Научная статья на тему 'TURKCHADA “BARIŞ” SO‘ZI BILAN BOG‘LIQ DIPLOMATIK TERMINLARNING KOGNITIV TAHLILI'

TURKCHADA “BARIŞ” SO‘ZI BILAN BOG‘LIQ DIPLOMATIK TERMINLARNING KOGNITIV TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
117
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kognitiv tilshunoslik / diplomatik terminologiya / ssenariy / freym / skipt / geshtalt. / Cognitive linguistics / diplomatic terminology / scenarios / frame / script / gestalt.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Asadova, Dilbar

Hozirgi kunda til va tafakkur bir-biri bilan aloqador va ajralmas birlik sifatida o‘rganuvchi bilim sohasi tobora kengayib bormoqda. Bu kognitiv tilshunoslik deb ataluvchi tilshunoslikning bir sohasi bilan bog‘liqdir. O‘tgan asrning 70-yillarida tilshunoslikda paydo bo‘la boshlagan bu soha kunimizga kelib eng diqqat talab qiladigan sohaga aylanib bormoqda. Sababi sun’iy intelekt yaratishda bu juda ham muhim hisoblanadi. Biz ushbu maqolamizda esa turkcha diplomatik terminlari orasida yer olgan barış – tinchlik atamasini aynan ana shu kognitiv tarzda taqin qildik. Bunda atamalar o‘zlari anglatayotgan ma‘no va tushinchaga qanday erishishi mumkinligini kognitiv yo‘l bilan oydinlik kiritish asosiy maqsadimiz. Shuning uchun kognitiv lingvistikada lisoniy voqealaishlarning turlarini ko‘rsatib beruvchi ba’zi islohlardan samarali foydalanishga harakat qildik va ishimizda tahliliy metodlardan foydalanishga urindik. Shuningdek, atamalarni tahlil qilishda kognitivishtik yondashuvni qanday tarzda amalga oshirish mumkinligi haqida o‘z qarashlarimizni oldinga surib, bu yo‘lda bizgacha shakllangan bilimga oz bo‘lsa ham o‘z hissamizni qo‘shishini oliy maqsad deb bildik. Buning uchun maqolada barış atamasidan yo‘lga chiqib fikrlarimiz bayonida turli xil misollardan foydalandik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COGNITIV ANALYSIS OF DIPLOMATIC TERMS RELATED TO THE WORD "BARISH" IN TURKISH

In our modern world, the field of knowledge that studies language and thinking as an interconnected and integral unit is expanding. It has to do with a branch of linguistics called cognitive linguistics. This field of linguistics, which began to appear in the 70s of the last century, is becoming one of the most important fields today. This is because of the importance of artificial intelligence. In this article, we have coined the term barış – peace in turkish diplomatic terms. Our main goal is to clarify in a cognitive way how terms can achieve their meaning and understanding. Therefore, we have tried to make effective use of some of the reforms in cognitive linguistics that reflect the types of linguistic events, and have tried to use analytical methods in our work. We also put forward our views on how a cognitive approach can be applied to the analysis of terms, with the ultimate goal of making a small contribution to the information that has been formed in this way. To do this, we have used the term peace in the article and used various examples in our statements.

Текст научной работы на тему «TURKCHADA “BARIŞ” SO‘ZI BILAN BOG‘LIQ DIPLOMATIK TERMINLARNING KOGNITIV TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TURKCHADA "BARI§" SO'ZI BILAN BOG'LIQ DIPLOMATIK TERMINLARNING KOGNITIV TAHLILI

Dilbar Asadova

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Hozirgi kunda til va tafakkur bir-biri bilan aloqador va ajralmas birlik sifatida o 'rganuvchi bilim sohasi tobora kengayib bormoqda. Bu kognitiv tilshunoslik deb ataluvchi tilshunoslikning bir sohasi bilan bog'liqdir. O'tgan asrning 70-yillarida tilshunoslikda paydo bo'la boshlagan bu soha kunimizga kelib eng diqqat talab qiladigan sohaga aylanib bormoqda. Sababi sun 'iy intelekt yaratishda bu juda ham muhim hisoblanadi. Biz ushbu maqolamizda esa turkcha diplomatik terminlari orasida yer olgan bari§ - tinchlik atamasini aynan ana shu kognitiv tarzda taqin qildik. Bunda atamalar o 'zlari anglatayotgan ma'no va tushinchaga qanday erishishi mumkinligini kognitiv yo 'l bilan oydinlik kiritish asosiy maqsadimiz. Shuning uchun kognitiv lingvistikada lisoniy voqealaishlarning turlarini ko'rsatib beruvchi ba'zi islohlardan samarali foydalanishga harakat qildik va ishimizda tahliliy metodlardan foydalanishga urindik. Shuningdek, atamalarni tahlil qilishda kognitivishtik yondashuvni qanday tarzda amalga oshirish mumkinligi haqida o 'z qarashlarimizni oldinga surib, bu yo 'lda bizgacha shakllangan bilimga oz bo 'lsa ham o 'z hissamizni qo 'shishini oliy maqsad deb bildik. Buning uchun maqolada bari§ atamasidan yo 'lga chiqib fikrlarimiz bayonida turli xil misollardan foydalandik.

Tayanch tushunchalar: Kognitiv tilshunoslik, diplomatik terminologiya, ssenariy, freym, skipt, geshtalt.

COGNITIV ANALYSIS OF DIPLOMATIC TERMS RELATED TO THE WORD "BARISH" IN TURKISH

Dilbar Asadova

Lecturer at Tashkent State University of Oriental Studies

ABSTRACT

In our modern world, the field of knowledge that studies language and thinking as an interconnected and integral unit is expanding. It has to do with a branch of linguistics called cognitive linguistics. This field of linguistics, which began to appear in the 70s of the last century, is becoming one of the most important fields today. This is because of the importance of artificial intelligence. In this article, we have coined the term bari§ - peace in turkish diplomatic terms. Our main goal is to clarify in a

253

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

cognitive way how terms can achieve their meaning and understanding. Therefore, we have tried to make effective use of some of the reforms in cognitive linguistics that reflect the types of linguistic events, and have tried to use analytical methods in our work. We also put forward our views on how a cognitive approach can be applied to the analysis of terms, with the ultimate goal of making a small contribution to the information that has been formed in this way. To do this, we have used the term peace in the article and used various examples in our statements.

Keywords: Cognitive linguistics, diplomatic terminology, scenarios, frame, script, gestalt.

КОГНИТИВНЫЙ АНАЛИЗ ДИПЛОМАТИЧЕСКИХ ТЕРМИНОВ, СВЯЗАННЫХ СЛОВОМ «БАРИШ» В ТУРЕЦКОМ ЯЗЫКЕ

Дильбар Асадова

Преподаватель Ташкентского государственного университета

востоковедения.

В нашем современном мире расширяется область знаний, изучающая язык и мышление как взаимосвязанную и целостную единицу. Это связано с разделом лингвистики, называемым когнитивной лингвистикой. Эта область языкознания, которая начала формироваться в 70-х годах прошлого века, становится сегодня одной из важнейших областей. Это связано с важностью искусственного интеллекта. В этой статье мы ввели термин барыш - мир в турецких дипломатических терминах. Наша главная цель — прояснить когнитивным образом, как термины могут достичь своего значения и понимания. Поэтому мы попытались эффективно использовать некоторые реформы когнитивной лингвистики, отражающие типы языковых событий, и попытались использовать аналитические методы в нашей работе. Мы также выдвинули свои взгляды на то, как можно применить когнитивный подход к анализу терминов, с конечной целью внести небольшой вклад в сформированную таким образом информацию. Для этого мы использовали термин «мир» в статье и использовали различные примеры в наших высказыван иях.

Ключевые слова: Когнитивная лингвистика, дипломатическая терминология, сценарии, фрейм, сценарий, гештальт.

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Til biror-bir millatning bilim xazina hisoblanadi. U - muayyan tuzilishga ega va bu tuzilish yordamida fikr va tushunchalarni uzatish vositasi hisoblanadi. Chunki fikr va tushunchalar tashqi dunyoning aqlimizda qayta ishlangan shaklidir. Ma'lumki, dunyoni, voqealikni bilish, uni idrok etish oddiy hodisa emas. Ayrim xollarda bilishni to'g'ridan to'g'ri fahimlash, tushunish harakatlari bilan bog'lab qo'yishadi. Aslida fahmlash va tushunish bilishning oliy ko'rinishidir. Masalan, hayvonlar ham reflekslari orqali bila oladi, ammo ular bilgan narsasini fahmlay olmaydi. Insondagi bu fahmlash qobiliyati til bilan bog'liqdir. Tilshunoslikning til va idrok aloqasini o'rganuvchi bo'limi esa kognitiv tilshunoslikdir. Kognitiv tilshunoslik atamasining mazmuni inglizcha "cognitive - bilishga oid" so'zi bilan bog'liq. Kognitiv tilshunoslik - bu psixik hodisa sifatida tilni o'rganishda bir-birining ustiga chiqadigan yondashuvlar klasteridir1.

Atamalarni shakllantirishda ham kognitiv tilshunoslik juda muhim hisoblanadi. Chunki atamalar biror-bir fan doirasida ma'lum bir tushunchani anglatadi. Atama va u anglatgan tushincha ma'lum miqdorda bog'liqlik kasb etishi kerakdir. Chunki ular orasida bog'liklik bo'lmasa, esda qolishi qiyin va atamalar mantiqqa to'g'ri kelmaydigan darajaga tushib qoladi. Bunday holatda esa bu atama fan doirasida qbul qilinmaydi. Xuddi shunday, xalqaro munosabatlarda ham har bir davlatga xos bo'lgan va ba'zan xususiy, ba'zan umumiy mohiyat kasb etadigan atamalar mavjud. Bu atamalar ma'lum bir tilga xos bo'lishi ham, xalqaro miqyosda barcha davlatlar e'tirof etgan bo'lishi ham mumkin. Lekin bir davlatga xos bo'ladimi, butun dunyo e'tirof etgan bo'ladimi, atamalar o'zi anglatadigan tushinchani to'liq qamrab olishi kerakdir. Bu qamrov esa kognitiv tilshunosliksiz mumkin emasdir. Ushbu maqolada ham biz e'tiborimizni diplomatik terminlarning kognitiv talqiniga qaratmoqchimiz. Bunda biz uchun "bari§" so'zi asos bo'ladi. Kongnitiv tahlil asosida Turkiyada diplomatik termin sifatida "bari§" so'zi nima uchun xizmat qilganini aniqlash ushbu ishning maqsadidir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Kognitiv psixologiya, falsafa va boshqa fanlarda kognitiv paradigmaning asosiy xususiyatlarini kognitiv tilshunoslik tomonidan qabul qilingan konseptlarni batafsilroq ko'rishimiz mumkin. Kognitiv lingvistika tilni kognitiv funktsiyada o'rganadi, bu yerda kognitiv tilshunoslik tashqi dunyo va ong o'rtasidagi oraliq axborot tuzilmalarining hal qiluvchi rolini ifodalaydi.

1 Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik, Sangzor nashriyoti, Jizzax - 2006. b.10

255

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Kognitiv lingvistika, xuddi kognitiv psixologiya kabi, bizning tashqi dunyo bilan o'zaro ta'sirimiz ongdagi axborot tuzilmalari orqali amalga oshiriladi, deb taxmin qiladi. Bu kognitiv psixologiyaga qaraganda aniqroq fan, lekin tabiiy til ni axborotni tashkil qilish, qayta ishlash va uzatish vositasi sifatida ko'radi. Shunday qilib, til dunyo bilimlarining ombori, yangi bilimlarni yaratish va eskilari haqida ma'lumotlarni saqlashga yordam beradigan tushunchalar to'plami sifatida qaraladi.

Bir qator asarlarda ta'kidlanganidek, predmetlashtirilgan harakatlar murakkab, gibrid konseptual tuzilishga ega. Bir tomondan, asl fe'lning ba'zi xususiyatlarini olib, reifikatsiya vaqtda o'zgarishliligi, bosqichma-bosqichligi va elementligi jihatdan vaqt chegaralarining mavjudligi bilan tavsiflanishi mumkin.

Shunindek, atama tanlashda inson xotirasiga tayanish, uning oldingi bilimlaridan kelib chiqqan holda so'zlarni atama xoliga keltirish tabiiy xoldir. Chunki atamashunoslar ham biror-bir atamani o'rtaga tashlashda yoki tarjima qilishda tafakkurdagi voqealanishga qarashadi. Bu voqalanish turlicha ko'rinishlarda bo'lishini biroz oldin aytib o'tdik. Ushbu ilmiy ishning xulosasi sifatida bari§ atamasi qanday shakllangani, shakllanish jarayonida ongimizda qanday lisoniy harakatlar va voqealanishlar bo'lganini ilm insonlarining e'tiboriga havola qildik.

Boshqa tomondan, otning xususiyatlariga ega bo'lish bilan birga, reifikatsiya vaqt va bo'shliqdagi barqarorlik, yaxlitlik va bo'shlik chegaralar kabi xususiyatlarga ham ega bo'ladi. Xarakat kategoriyasini oxirigacha qoldirmasdan, fe 'llashgan otlar obyekt kategoryasiga o'tadi2, bu uni nimani bildirishi, aniqrog'i bizning ongimizda qurilgan narsani, ham harakat sifatida, ham ob'ekt sifatida bo'lishi to'g'risida o yiashimizga imkon yaratadi3. Terminologiyada so'zlar termin sifatida olinar ekan, avvalo, ma'lum bir fan doirasida ma'nosi maxsuslashtirilgan bo'lishi va aniq bir tushunchani ifoda etishi kerak ekanligi diqqat markazida turadi. Aynan ana shu maxsuslashtirish va aniq bir tushunchani ifoda etish kognitivistika bilan bog'liq bo'lishi bizningcha mantiqa mosdir. Chunki voqea-hodisa ongimizda shakllanadi va til orqali boshqa inson ongiga yetib boradi. Buni ma'lum bir fan doirasida atamalar orqali yaqqol ko'rishimiz mumkin. Misol uchun, o'ymakorlik atamasi duradgorchilikda o'yib naqsh solish ma'nosini beradi. O'ymakorlik degan atamani ishlatganimizda tinglovchi ko'z oldiga bir duradgor qo'liga anjomlarini olib yog'ochga ishlov berayotgan vaziyat va tayyorlanayotgan naqsh izlari keladi. Demakki, atamalarni ham tahlil qilar ekanmiz, atamalar bir jihatdan lisoniy voqealik

2 Irisxanova O. O lingvokreativnoj dejatel'nosti cheloveka: otglagolnye imena. Moskva: VTII. 2004. 352 s.

3 Sayfuddinova M. Iqtisodiy diskursdagi asosiy atamalarning kognitiv tahlili. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. May, 2021. 833 b.

256

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

jarayonlarini bosib o'tadi. Bu jarayonlar ssenariy, skript, freym, geshtalt, prototip va kategoriyalash jarayonlaridir. Shunday ekan diqqat markazimizni diplomatiyada ishlatilib kelinayotgan va insoniyat uchun eng muhim ahamiyat kasb etgan tinchlik atamasining kognitiv tahliliga qaratmoqchimiz.

Turkcha - O'zbekcha tarjima lug'atlarida "barif so'zi "tinchlik" ma'nosini beradi. Biror bir kishi, jamiyat, davlatlarning boshqa kishi, jamiyat, davlatlar bilan urish-janjallarsiz bir-biri bilan totuv yashashiga tinchlik deb ataladi. Bu holat har bir jamiyat va davlatning rivojlanishida tinchlik suv va havodek zarur hisoblanadi. Shuning uchun ham ushbu so'z diplomatiya sohasining ajralmas atamalari qatoridan joy olgan. Lug'aviy ma'osiga qaraydigan bo'lsak, bari§ so'zi mavhum ot, sanalmaydigan ot hisoblanadi. Ma'nosi esa yuqorida keltirdigimiz kabidir. Ammo atamalar xalq tilidagidan farq qiladi. Chunki atamalar so'zlarni maxsuslashtirish yo'li bilan xosil qilinadi. Demakki, xalqaro munosabatlar sohasida bari§ so'zi qanday ma'nolarni bildirish uchun qo'llaniladi? Bu savolga kognitiv tilshunoslikning quyidagi usullari bilan javob berishga xarakat qilamiz.

Turkiyada diplomatik terminlar lug'atlarida yoki Türk Dil Kurumu tasdiqlagan lug'atlarda bari§ atamasiga quyidagicha ta'rif berilgan:

- Bariçma i§i (yarashuv)4

- Savarin bittiginin bir antlaçmayla belirtilmesinden sonraki durum, sulh, hazar (urishning barham topganligining bir ahdlashma bilan e'lon qilinganidan keyingi vaziyat: sulh)

- Böyle bir antlaçmadan sonra insanlik tarihindeki sûreç (Shunday bir ahdlashuvdan keyingi insoniyat tarihidagi davr)

- Uyum, karçihkh anlayi§ ve ho§görü ile oluçturulan ortam (kelishuv, bir-birini tushunish va toleranslik bilan shakllantirilgan davra)5.

Bari§ so'zi termin sifatida bu tushunchalarni anglatishi o'z-o'zidan sodir bo'lmaydi. Ushbu so'z bu tushunchalarni anglatishi konseptning lisoniy voqealanish jarayonlari orqali sodir bo'lgan deya olamiz.

Kognitiv tilshunoslikda ssenariy konseptning lisoniy voqealanish jarayonlaridan biridir.

Ssenariy - biror-bir tipik xodisaga xos o'zaro bog'liq faktlarning ularning uzviyligini aks ettiruvchi namunaviy shakl yordamida yoritishdir6. Shunga ko'ra, ban§ deganimizda aqlimizga ikki davlat o'rtasidagi urishni nihoyasiga yetkazish

4 www.tebdiz.com - turkcha elektron onlayn lug'at

5 www.sabah.com.tr/tdk-anlami/baris-ne-demek-baris-tdk-sozluk-anlami

6 Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik. Sangzor nashriyoti, Jizzax - 2006. b.35

257

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

uchun yarashuv sulhi keladi. Bunga sabab esa kongnitiv tilshunoslikdagi ssenariy jarayonidir. Misol uchun, bir paytlar Napaleon Bonapart deyarli butun Yevropani o'ziga bo'ysundiradi. Bosib olgan davlatlari sekin asta Napaleonga qarshi birlasha boshlashadi. Natijada ikki dushman qo'shinlari Vaterlooda to'qnashadi va qattiq jang bo'lib o'tadi. Ushbu jangda Napaleon qo'shinlari butunlay tor-mor etiladi, Napaleon esa umrbod surgun etiladi. Mag'lub Fransiya bilan g'olib davlatlar Parijda sulh tuzib tinchlikni o'rnatiladi. Bu bir ssenariydir. Ko'pgina urishlar shunday yakun topadi. Tabiiy, tavsilotlar va voqealar farq qiladi, lekin "tinchlik o'rnatildi" deganimizda ko'z o'ngimizda shu voqealar gavdalanishi bir ssenariydir. Buning ortidan esa bari§ so'zi "sulh" ma'nosini bildiradigan atama hosil bo'lishiga zamin yaratiladi.

Bundan tashqari, bari§ deyilganda to'g'ridan to'g'ri aqlimizga unga aloqador so'zlar keladi. Misol uchun: urush, g'alaba, mag'lubiyat, qarama-qarshi tomonlar... Bu esa yuqoridagi ssenariy kabi skriptni chog'ishtirmoqda. Skript ham xuddi ssenariy kabi bir tushunchaga aloqador tushunchalarni bir oraga kelishidir.

Skript (inglizcha script so'zining tub ma'nosi qo'lyozma, yozuv) namunaviy konseptual tuzilmalarning bir turi sifatida qaralib, u inson tafakkurida aks etayotgan borliqdagi voqealarning me'yoriy ketma-ketligi namumasidir7. Shunga ko'ra bari§ atamasi o'z ma'nosini to'liq ifodalashi uchun urush, g'alaba, mag'lubiyat, qarama-qarshi tomonlar kabi atamalarga ehtiyoji bor. Bu tushunchalarsiz bari§dan anglashiladigan ma'no qusurligicha qoladi. Ya'ni, fikrimizni yanada soddaroq ifoda etadigan bo'lsak, ikki qarshi taraf bir-biri bilan urush olib bordi. Jang natijasi har doim ma'lum: bir taraf g'olib, ikkinchi taraf mag'lub bo'ladi. Bu holat oxir-oqibat tinchlikni tiklash uchun yarashuvga olib keladi. Demakki, aytib o'tgan tushunchalarimiz natijasida bari§ atamasi o'z ichiga bari§ma i§i (yarashuv) tushunchasini o'z ichiga singdiradi.

Kognitiv tilshunoslik inson tafakkuri bilan tilning munosabatini o'rganadi. Yana ham to'g'rirog', inson tafakkurida jonlangan voqea-hosidalarning tilda aks etish yo'llarini o'rganadi. Bu yo'llardan bir esa freym deyiladi. Freym kognitiv tilshunoslikda voqea-hodisalarni qayta ishlab qisqa shaklda ifoda etish uchun yordam beradigan jarayon. Misol uchun, xarid deganimizda yana bir qisqa jarayon keladi aqlimizga: sotuvchi - tovar - xaridor - pul orasidagi qisqa voqea. Bu jihatdan ssenariyga o'xshaydi. Ammo ssenariy vaziyatgacha bo'lgan paytni nazarda tutadi, freymda esa vaziyatning ayni o'zi hisobga olinadi. Endi esa bari§ atamasini freym hodisasi orqali ifoda etadigan bo'lsak, buning uchun qisqa voqea ya'ni suhldan keyingi qarama-qarshi tarafning tinch totuv yashashi voqeasini ayta olamiz. Bu tinch-

7 Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik. Sangzor nashriyoti, Jizzax - 2006. b.38

258

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

totuvlik turli qonunlar bilan, kelishuvlar bilan mustahkamlanishi, o'zaro ishonch va yordamsevarlik bilan davom etishi mumkin. Ban§ atamasining freym voqealanishi orqali o'rtaga chiqadigan ma'nosi quyidagichadir:

- Böyle bir antla§madan sonra insanlik tarihindeki sûreç (Shunday bir ahdlashuvdan keyingi insoniyat tarihidagi davr)

To'g'ri bu aytganlarimiz bizning fikrimiz va bu mutlaqo to'g'ri demoqchi emasmiz. Faqat bu yerda natija va kelib chiqayotgan xulosalar shunga dalolat qilmoqda.

Yuqoridagi lisoniy voqealanishlar qaysi biri qachon aqlga kelishi, qaysi vaziyatda qanday ma'no ahamiyat kasb etishi albatta konteksda bilinadi. Faqat kognitiv tilshunoslik til va tafakkurni o'rganar ekan, ma'nolarni konteksda ayon bo'ladi deyish biroz ishni chigallashtirishi mumkin. Shuning uchun lisoniy voqealanishlar bir paytning o'zida bir butun holatida yoki butunning parchasi holatida namoyon bo'ladi. Ilm-fanda tadqiqotlar analiz, sintez yoli bilan olib borilishi bir metod holatiga kelgan. Xususan, lingvistika ham bundan mustasno emasdir. Lingvistikaning bir parchasi hisoblangan kognitiv tilshunoslikda konseptlarning voqealanishida ham voqealarga bir butun holatda, yoki biror-bir voqeaning qismi sifatida qarash mavjud. Bu kognitivistikada Geshtalt deb ataladi.

Geshtalt (nemischa obraz, struktura, yaxlit shakl) - ruhiy tuzilmalar, obrazlarning o'ziga xos yaxlitlikni ta'minlovchi belgi va xususiyatlarning umumlashmasini anglatadi8. Demak, voqealikni idrok etish va ruhan his etish yaxlitlikni ko'rishdan boshlanadi. Yaxlitlik o'z ortida parchalarni yashiradi. Agar qarshimizga bir parchasi chiqsa, uning butunlik bilan aloqasini izlashimiz kerak bo'ladi. Yuqorida keltirib o'tgan voqealanishlarni bir bo'laklar holdida deb tasavvur etadigan bo'lsak, ularning butunlashtirib yaxlid holga keltirishimizga to'g'ri keladi. Maqsad esa voqealikni idrok etish va ruhan his etishdir.

Yuqorida turli lisoniy voqealanishlar asosida bari§ termini uchun quyidagicha ma'nolarni kashf etishga harakat qildik: Skript: Bari§ma i§i (yarashuv)

Ssenariy: Savarin bittiginin bir antla§mayla belirtilmesinden sonraki durum, sulh, hazar (urishning barham topganligining bir ahdlashma bilan e'lon qilinganidan keyingi vaziyat: sulh)

Freym: Böyle bir antla§madan sonra insanlik tarihindeki sûreç (Shunday bir ahdlashuvdan keyingi insoniyat tarihidagi davr)

8 Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik. Sangzor nashriyoti, Jizzax - 2006. b.47

259

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Endi bu ma'nolarni geshtalt orqali birlashtiradigan bo'lsak, bari§ - urishni tugatish maqsadida tomonlarning yarashuvi, bu yarashuvni davom ettirmoq uchun tuzilgan sulh va shartnoma, bu sulh va shartnomalar soyasida urishdan keyingi qo 'lga kiritilgan tinchli davridir.

Bu bo'laklar o'zaro birlashishi uchun asos bo'lib xizmat qiladigan tamal tushuncha esa tinch-totuvlik tushunchasi. Ushbu atama bag'riga jo bo'lgan ushbu ma'nolarning barchasi shu tushuncha atrofida aylanadi. Bu voqealanishdan bahs olib borayotgan atamamizning to'rtinchi ma'nosi kelib chiqadi.

Bari§ - Uyum, karçilikh anlayi§ ve ho§gorü ile oluçturulan ortam (kelishuv, bir-birini tushunish va toleranslik bilan shakllantirilgan davra)

Shu tarzda, qalamga olganimiz xalqaro munosabatlar sohasida ishlatiladigan terminlardan hisoblangan bari§ termini o'z ichiga olgan ma'nolarni kognitiv tarza ochib berishga harakat qildik. Bunda asos qilib olgan lisoniy voqealanishlardan ssenariy, skript, freym va geshtaltlar atamaning tafakkurda jonlanishi va qayta ishlanishi natichasida qanday tushunchalarni anglatishini tahlil qilishda yordam beradi.

Bularga qo'shimcha tarzda bari§ atamasi diplomatik aloqalarda boshqa tushunchalar bilan birlashib yana yangi atamalarni shakllantirish va hosil qilishda ishtirok etadi. Lekin hosil qilingan har bir atamada tamal ma'no yana tinch-totuv yashash, farovonlik ma'nolari bo'lib qolaveradi. Chunki yuqorida aytib o'tganimizdek, bu atamaning ongimizda jonlanadigan asl shakli bu ma'nolardir. Atama qanchalik boshqa so'zlar bilan aloqaga kirishib boshqa atamalar va tushunchalar hosil qilmasin, so'zning asl o'zligidan kechib bo'lmaydi. Bu hech qanday gramatik qoida bilan bog'liq emas. Bu inson ongi va tafakkuri bilan bog'lik hodisadir.

Quyida Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan tayyorlangan Xalqaro munosabatlar terminologiyasi lug'atida keltirib o'tilgan bari§ so'zi ishtirok etgan atamalar ro'yxatini turkcha - inglizcha - o'zbekcha shakllarini ro'yxatini tuzdik. Bu tuzgan qisqagina lug'atchamiz faqatgina nomi keltirilgan manbadan olingan. Buning uchun ban§ so'zi faqat berilgan ro'yxatdagina mavjud degan tushunchaga kelinmasligi kerak. Buni yuqoridagi fikrlarimizning dalili sifatida lug'atni e'tiboringizga havola etmoqchimiz.

1-shakl Lug 'at

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Turkcha9 Inglizcha O'zbekcha

Dunya bari§i World peace Dunyo tinchligi

i? bari§ Domestic/internal peace Ichki tinchlik

istikrarli bari§ Stable peace Barqaror tinchlik

Kalici bari§ Lasting peace Doimiy tinchlik

Ortadogu bari§ sureci Middle east peace process Yaqin sharq tinchlik jarayoni

Soguk bari§ Cold peace Sovuq tinchlik

Surdurulebilir bari§ Sustainable peace Davomli tinchlik

Uluslararasi bari§ ve guvenlik international peace and security Xalqaro tinchlik va xavfsizlik

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

AB bari§i koruma gucu EU peace keeping force Yevropa Ittifoqi tinchlikparvar kuchlari

Anla§mazliklarin bari§fil fozumu Peaceful settlement of disputes Nizolarni tinch yo'l bilan hal qilish

Bari§ ifinde bir arada ya§ama Peaceful coexistence Tinch-totuv yashash

Bari§ in§asi Peace-building Tinchlik qurilishi

Bari§ sureci Peace process Tinchlik jarayoni

Bari§ yapim sureci Peace-making process Tinchlik o'rnatish jarayoni

Bari§a kar§i su? Crimes against peace Tinchlikka qarshi jinoyat

Bari§fil fozum Peaceful solution Tinch yechim

Bari§fil mudahale Peaceful intervention Tinch aralashuv

Bari§fil yakla§im Peaceful approach Tinch yondashuv

Bari§i koruma Peace-keeping Tinchlikni saqlash

Bari§i koruma gu?leri Peacekeeping forces Tinchlikparvar kuchlar

Bari§in denetimi Peace monitoring Tinchlik nazorati

Bari§in ihlali Breach of peace Tinchlikni buzish

Bari§ma Reconciliation Yarashtirish

Bari§sever toplumlar Peace loving peoples Tinchliksevar

9 Uluslararasi ili§kiler Terminolojisi, Turkiye Cumhuriyeti Di§i§leri Bakanligi, Tercume Dairesi Ba§kanligi tarafindan hazirlanan Turk?e-ingilizce-Fransizca sozluk. Eylul, 2014. 26 s.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

jamiyatlar

BM bari§ gücü UN peacekeeping force BMT tinchlikparvar kuchlari

Bölgesel bari§ Regional peace Mintaqaviy tinchlik

Çok uluslu ban§ gücü Multinational peace force Ko'p millatli tinchlikparvar kuchlar

XULOSA

Atamashunoslikka kognitiv yondashuvda inson ongida struktur bilimlarning shakllanish va voqealanish jarayonlari masalasi asosiy o'rinda turadi. Kognitivistikada bilimlar strukturasi turlicha ko'rinishlar: freym, ssenariy, skript, geshtalt kabilar bilan ifodalanadi. «ongimizda egallangan bilimning aks etishini ifodalovchi tuzilmalar qatorida «skript», «ssenariy», «kognitiv model» kabilar borligini olimlar e'tirof etadilar. Ayrim ilmiy tadqiqotlarda esa semantika va gnoseologiya o'rtasidagi oraliq bosqichida obraz, geshtalt, freym, prototip, kategoriyalash kabi namunaviy birliklar yuzaga keladi deb ko'rsatilgan». Atamalardagi bunday turlichalik shunday izohlanadiki, ular butun mohiyati bilan bilimlarning turli-tuman ekanligini anglatadi, qolaversa, yuqorida keltirilganidek, har bir soha yoki yo'nalishga oid bilimlarda u yoki bu strukturani ifodalash uchun o'z atamasini qo'llashga harakat qilanadi. Bundan diplomatik aloqalarga oid terminlar ham musatasno emasdirlar.

Shunindek, atama tanlashda inson xotirasiga tayanish, uning oldingi bilimlaridan kelib chiqqan holda so'zlarni atama xoliga keltirish tabiiy xoldir. Chunki atamashunoslar ham biror-bir atamani o'rtaga tashlashda yoki tarjima qilishda tafakkurdagi voqealanishga qarashadi. Bu voqalanish turlicha ko'rinishlarda bo'lishini biroz oldin aytib o'tdik. Ushbu ilmiy ishning xulosasi sifatida bari§ atamasi qanday shakllangani, shakllanish jarayonida ongimizda qanday lisoniy harakatlar va voqealanishlar bo'lganini ilm insonlari e'tiboriga havola qildik. Bu voqealanishlar ssenariy, freym, sikript, geshtalt shakllarida namoyon bo'ldi va ulardan kelib chiqqan tushunchalar esa quyidagichadir:

Skript: Bariçma i§i (yarashuv)

Ssenariy: Savarin bittiginin bir antlaçmayla belirtilmesinden sonraki durum, sulh, hazar (urishning barham topganligining bir ahdlashma bilan e'lon qilinganidan keyingi vaziyat: sulh)

Freym: Böyle bir antlaçmadan sonra insanlik tarihindeki sûreç (Shunday bir ahdlashuvdan keyingi insoniyat tarihidagi davr)

262

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Geshtalt: Uyum, kar§ihkli anlayi§ ve ho§goru ile olu§turulan ortam (kelishuv, bir-birini tushunish va toleranslik bilan shakllantirilgan davra).

Yana shuni ham ta'kidlab o'tishimiz joizki, atamalarni lingvistik tahlih qilishda kognitiv tilshunoslik muhum jabhalardan biri bo'lib xizmat qilishi mumkindir.

REFERENCES

1. Abdukhalilova, D. (2019). The formation of double words and their place in linguistics. In Proceedings of the scientific-practical conference" Young philology of Uzbekistan-2019 (Vol. 1, No. 30, pp. 172-173).

2. Ирисханова О. О лингвокреативной деятельности человека: отглагольные имена. Москва: ВТИИ. 2004.

3. Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik, Sangzor nashriyoti, Jizzax - 2006.

4. Sanakulov, Z. Linguistic Classification of Word-Forming Units in German and Uzbek: in the Confrontational Aspect. ACTA NUUz, 1(4), 2020. 81-86s.

5. Qizi, S. M. A. (2021). IQTISODIY DISKURSDAGI ASOSIY ATAMALARNING KOGNITIV TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 831-845.

6. Sodiqov A, Abduazizov A, Irisqulov M. Introduction to linguistics. -T., 1981.

7. Uluslararasi tli§kiler Terminolojisi, Turkiye Cumhuriyeti Di§i§leri Bakanligi, Tercume Dairesi Ba§kanligi tarafindan hazirlanan Turkfe-ingilizce-Fransizca sozluk. Eylul, 2014.

8. Xojiev A. Explanatory dictionary of linguistic terms. - T .: National Encyclopedia of Uzbekistan, 2002.

9. Санакулов, З. И. (2020). Суз ясалишининг лексикографик аспекти (немисча-узбекча лугатлар мисолида). Узбекистонда хорижий тиллар, 4(33), 31-45.

10. www.sabah.com.tr/tdk-anlami/baris-ne-demek-baris-tdk-sozluk-anlami

11. www.tebdiz.com - turkcha elektron onlayn lug'at

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.