TURIZM KLASTERINING ERKIN TURISTIK ZONALAR FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA TUTGAN O'RNI
Shohista Tuyg'un qizi Yazdanova
Turizm kafedrasi asistent o 'qituvchisi Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti, E-mail: [email protected]
Annotatsiya: Turizm klasteri bu goegrafikhudud bilan chegaralangan turistik diqqatga sazovorjoylar guruhi shuningdek, yuqori sifat bilan jihozlangan uskunalar, xizmatlar, ijtimoiy-iqtisodiy uyg'unlik, hududda faoliyatyuritayotgan korxonalarning raqobatbardoshligini ta'minlaydigan mukammmal boshqaruv tizimidir. Ushbu maqolada O 'zbekistonda tashkil etilayotgan erkin turistik hududlar hamda ularning samarali faoliyatyuritishini ta 'minlashda turizm klasterlariningahamiyati haqidaso'z yuritilgan, bunda turizm klasterlarini tashkil etishningxususiyatlarigaalohida to 'xtalib o 'tilgan.
Kalit so'zlar: Turizm, xizmatko 'rsatish, klaster, turizm klasteri, O 'zbekiston, erkin turistikzonalar, "Amirsoy" kurortzonasi, sayyohlar, rivojlanish strategiyasi.
THE ROLE OF THE TOURISM CLUSTER IN THE EFFECTIVE ORGANIZATION OF THE ACTIVITY OF FREE TOURIST ZONES
Shahista Yazdanova
Assistant teacher of the Department of Tourism Tashkent State University of Oriental Studies, E-mail: [email protected]
Annotation: A tourism cluster is a group of tourist attractions limited to a geographical area, as well as a perfect management system that ensures high-quality equipment, services, socio-economic harmony, and the competitiveness of enterprises operating in the area. In this paper given data about free tourist zones and the importance of tourism clustersfor the effective organization offree tourist zones. Also highlighted is information about the characteristics of the organization of tourism clusters.
Keywords: Tourism, service, cluster, tourism cluster, Uzbekistan free tourist zones, "Amirsoy" resort zone, tourists, development strategy.
РОЛЬ ТУРИСТИЧЕСКОГО КЛАСТЕРА В ЭФФЕКТИВНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ СВОБОДНЫХ ТУРИСТИЧЕСКИХ ЗОН
Шахистa Язданова
Ассистент кафедры туризма Ташкентский государственный университет востоковедения,
Электронная почта: [email protected]
Аннотация: Туристический кластер - это группа туристических объектов, ограниченная географической территорией, а также совершенная система управления, обеспечивающая высокое качество оборудования, услуг, социально-экономическую гармонию и конкурентоспособность предприятий, работающих на данной территории. В данной работе приведены данные о свободных туристических зонах и значении туристических кластеров для эффективной организации свободных туристических зон. Также выделены сведения об особенностях организации туристических кластеров.
Ключевые слова: туризм, сервис, кластер, туристический кластер, Узбекистан, свободные туристские зоны, курортная зона «Амирсой», туристы, стратегия развития.
KIRISH
Mamlakat iqtisodiga kam xarajat va resurs sarflagn holda katta daromad keltiruvchi sohalardan biri bu albatta turizm va mexmondo'stlik sanoati hisoblanadi. O'zbekistonda sohaning izchil rivojlanishiga sabab qilib 8210 dan ortiq moddiy-madaniy meros obyektlari borligi, hamda so'nggi yillarda turizm sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar deyish mumkin. Buning isboti sifatida yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonining ortib borayotganini misol keltirish mumkin. Joriy 2024-yilning yanvar-iyul oylarida 4,2 mln chet ellik sayyohlar tashrif buyurgan1 bo'lsa, bu o'tgan 2023-yilning ayni shu davгiga nisbatan 15,3 foizga ko'p. O'zbekiston kabi iqtisodiyoti rivojlanayotgan davlatlar uchun turizm sohasini yanada rivojlantirishning eng samarali usullaridan biri bu mamlakatda turizm klasterlarini samarali tashkil etishdan iboгatdir. Turizm klasteri o'z navbatida turizm bilan chambarchas bog'liq bo'lgan sohalaming bu- tekis гivojlanishiga ham hissa qo'shadi. Bugungi raqamli texnologiylar davrida turizm xizmatlar bozorini raqamlashtirilgan texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin, turizm bozoridagi talab va taklifni o'zida aks ettiradigan yaxlit birikma sifatida, turizm klasterlarini misol qilish mumkin. Chunki turizmda xizmat ko'rsatuvchi barcha tashkilotlar o'z tovarlarining maksimal darajada sotilishi hamda turistlar o' zlari istagan xizmat turlaridan erkin foydalana olishi uchun ham turizm klasterlarini samarali yo'lga qo'yish zarur.
0'zbekiston-2030 strategiyasining 58-bo'limida2 mamlakatda 30 ta yirik turizm klasterlarini tashkil etish belgilangan bo'lib ushbu islohotlar xususiy investitsiyalarni jalb etish hisobiga bo' lishi nazarda tutilgan. Bundan kelib chiqib, aytish mumkinki mamlakatimizning noyob, takrorlanmas turizm salohiyatini ochib berish yangi destinatsiyalarni yaratishda avvalambor turizm klasterlarini tashkil etish va uni samarali faoliyat yuritishi uchun innavatsion texnologiyalar yordmida faoliyat yuritishini ta'minlash dolzarb masalaga aylandi.
1 http s ://www.ichkiturizm.uz/ru/event/114#!
2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.09.2023, PF-158-son. Elektron manba: https ://lexuz/ru/docs/-6600413
90
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI
Turizm klasteri atamasi o'tgan asrning oxirlarida qo' llanila boshlangan. M.Porter turizm klasterini geografik jihatdan bir-biriga bog'liq tashkilot va institutlarning ma'lum maqsad yo'lida birlashib faoliyat yuritishi3 deb ta'riflaydi. Hozirgi davrga kelib klasterning ahamiyati yanada ortdi. J. Jakson va P. Myorfilarning fikriga ko'ra turizm klasteri mehmondo'stlik sanoatini rivojlantirish va rejalashtirishda asosiy o'rinni egallaydi, hamda muvaffaqqiyatli va samarali natijalarga erishish uchun innovatsiyalarni joriy etilishini talab etadi4. V. Mingettining g'oyasiga ko'ra ma'lumotlarni innavatsion texnonologiyalar yordamida almashinish tashkil etilgan turizm klasteri, "smart destinatsiyalarni" vujudga keltirishi mumkin5. M. Benining takidlashiga ko'ra turizm klasterida eng asosiy urg'u mukammal boshqaruvga qaratilishi lozim6, shundagina tizim samarali ishlashi mumkin. Ushbu maqolada Sh.Yazdanovaning magistrlik dissertatsiyasida olib borilgan erkin turistik zonalarning tarkibida turizm klasterlarini tashkil etish bo'yicha yozgan ma' lumotlaridan foydalanilgan.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqolada tadqiqotning nazariy va empirik usullaridan foydalanildi. Unda so'nggi tadqiqot nashrlari tahlili berilgan, olingan natijalar statistik ma'lumotlar bilan taqqoslangan. Muallif metodologiyasida tizimli yondashuv, kuzatish, taqqoslash, mavhumlashtirish, ideallashtirish va guruhlash usullari qo'llanilgan. Tadqiqot natijalarini vizualizatsiya qilish uchun grafik usulidan foydalanilgan.
TAHLIL VA NATIJALAR
Hozirgi fan va texnologiyalar davrida butunjaxon iqtisodiy integratsiya va xalqaro savdo munosabatlarining rivojlanishi natijasida alohida soliq, bojxona va boshqa imtiyozlar rejimiga ega bo'lgan, mamlakatning hududiy jihatdan ajratilgan qismi erkin yoki maxsus iqtisodiy hududlarga bo'lgan ehtiyoj ortib bormoqda Bunday hududlar tashkil etilgan mamlakatda aholi bandligini oshirishda, ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatish soha va tarmoqlarini rivojlantirishda, mamlakatning eksport salohiyatini oshirishda, hududga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Erkin turistik zonalar ham o'z xususiyatiga ko'ra klasterlar deb atalishi mumkin. Chunki ularda ham korxonalar geografik yaqinlikda joylashgan bo'ladi va o'zaro hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor bo'ladi. Erkin turistik zonalarning klasterlardan farqi davlat tomonidan berilgan imtiyozlar
3 Porter, M. E. (1998b). Clusters and the new economics of competition. Harvard Business Review, 76(6), 77-90
4 Jackson, J., Murphy, P. (2002). Tourism destinations as clusters: Analytical experiences from the new world. Tourism and Hospitality Research, 4(1), 36-52.
5 Minghetti, V. (2001). From destination to destination marketing and management: Designing and repositioning tourism products. The International Journal of Tourism Research, 3.
6 Beni, M.C. Globalizacao do Turizmo: Megatendencias do Setor e a Realidade Brasileira; Aleph: Sao Paulo, Brazil, 2003; 208p, ISBN 978-8576571087. [Google Scholar]
91
deyish mumkin. Shundan kelib chiqib, erkin turistik zonalarning tashkil etilishi klasterlar bilan tenglashtiradigan mumkin.
1-rasm.erkin turistik zona va turizm k laster o'rtasidagi bog'liqlik7
Yurtimizda eng birinchilardan bo'lib Chorvoq turistik-rekreatsion zonasi tashkil etilib uning tarkibida "Amirsoy" kurort zonasi o'z ish faoliyatini boshladi. Erkin turistik zonalarga berilgan imkoniyatlarning samarasi o' laroq mamlakatimizda keyingi yillarda qator turistik zonalar tashkil etib kelinmoqda. Bu kabi zonalar tarkibida yaxlit destinatsiya xosil qilish maqsadida kichik turistik zonalar ham tashkil etib kelinmoqda. Kichik turistik zonani samarali boshqarish uchun turizm klasterlari qo'l keladi. Quyida turizm klasterini tashkil etish uchun zarur bo'lgan omillar bilan tanishamiz. Turistik klasterlar o'z navbatida ko'pchilik ekspertlar tomonidan boshqaruv organiga ega bo'lgan, geografik jihatdan bir biriga yaqin joylashgan korxonalar majmuasi hisoblanadi. Turizm klasterlarida yagona marketing siyosati va rivojlanish strategiyasi mavjud bo'ladi hamda har bir klaster a'zosi odatda tovar yoki xizmatni yaratishda o'zining aniq vazifasini bajaradi va bu jarayon klasterning bosh organi tomonidan boshqarib kuzatib boriladi. Turizm klasterlarining tashkil etilishi odatda kichik hajmdagi korxonalarga jahon bozoriga chiqishga imkoniyat beradi shu bilan birga yirik hajmdagi global kompaniyalar bilan raqobatlashishga sharoit yaratadi.
Taniqli amerikalik olim Maykl Porter klasterlarni keng tadqiq qilgan. Uning fikricha klaster bu- ma'lum bir sohada hamkorlik qiluvchi geografik jihatdan yaqin joylashgan korxona va tashkilotlar guruhidir. M.Porter klaster maxsus ishlab chiqilgan strategiyasiz rivojlana olmaydi deya ta'kidlaydi. Turizm klasteri ichidagi raqobat, ma'lumotlar va mutaxassislar almashinuvi klasterning rivojlanishiga yordam beradi8. Ikki xil turdagi strategiyalar bo'lib9, ular biri-birini to'ldiradi. Bu strategiyalar quyidagilar:
7 Mavjud manbalar asosida шШ1М tomonidan tizimlashtirilgan
8 Михеев А.А. Развитие кластеров в региональных экономических системах: преимущества, проблемы, пути
поддержки. - Проблемы современной экономики. 2008. № 3. - С 355.
+ Ф
- tegishli turizm klasterilarda bilimlardan foydalamshni kuchaytirishga qaratilgan strategiyalar;
- turizm klasteri ichida yangi hamkorlik tarmoqlarini yaratishga qaratilgan strategiyalarga bo'linadi. Strategiyaning qaysi turini qo'llash esa ta'sischilar tomonidan o'rganib chiqilib so'ngra mulohazaga kelishiladi. Agarda klasterlarning samarali faoliyat ko'rstishini asosiy maqsad qilib olinsa ushbu hududda innavatsion yangilik va loyihalardan keng qo'llab boorish mumkin bo'ladi.
Rivojlanish strategiyasi bo'yicha turizm k lasterlarni quyidagi turlarga bo'lish mumkin:
1. Infratuzilmali innovatsion turizm klasterlari, bunda klaster mavjud infratuzilma sharoitida quriladi hamda klasterda butunlay texnologiyalar keng qo'llanadi;
2. Innovatsion turizm klasteri, bu turdagi klaster butunlay yangi infratuzilma asosida quriladi. Bu turdagi klasterlarni qurish katta tavakkalchilik bilan kechganligi sababli asosan davlat hamkorligida tashkil etiladi;
3. Ultratuzilmali turizm klasteri, ya'ni mavjud sanoatni qayta tashkil etish orqali yaratilgan klaster hisoblanadi. Bu klasterda eng yangi texnologiyalar tegishli sanoat korxonalariga joriy etiladi va uning atrofida yordamchi xizmat ko'rsatish korxonalari tashkil etiladi.
Sanab o'tilgan 3 turdagi turizm klasteridan qaysi birini qo'llash, avvalambor turizm klasteri uchun tanlangan hududning moddiy resurslari, geografik joylashuvi, turizmning aynan qaysi turlarini rivojlantirishga qaratilgani va yana qator omillarga ko'ra uchchalasidan biri tanlanilishi mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqib turizm klasterlarining quyidagi xususiyatlarini ajratib ko'rsatish mumkin:
- turizm klasteri tizimida asosiy innovatsion mahsulotlar ishlab chiqariladigan yirik korxonaning mavjudligi;
- sohada faoliyat yurituvchi asosiy korxonalarning yig'ilganligi;
- turizm klasterining har bir a'zosi uchun hamkorlikning muhim ekanligi va o'zaro munosabatlarning barqarorligi;
- boshqaruv qarorlarining joriy etilishining nisbatan uzoq vaqt olishi, sifat nazorati, innovatsion jarayonlar monitoringining yo'lga qo'yilganligi;
- turizm klasterlar odatda import o'rnini bosuvchi tovarlarni ishlab chiqarishga moslashadi.
Turizm klasterlarida innovatsiyaning o'rni nihoyatda ahamiyatli, bu o'ta ta'sirchan soha bo'lganligi sababli har bitta innovatsiya turistik tovarning hayotiylik sikliga salbiy ta'sir o'tkazadi. Shu sababli ham innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi yirik korxonaning mavjudligi alohida ahamiyatlidir. Turizm klasteri hududidagi barcha tadbirkorlik subyektlari mavjud maqsad asosida o'zaro hamkorlikda faoliyat yuritishlari umumiy istiqbolga olib boradi. Qabul qilinadigan qarorlar ijrosi ham barcha tomonidan bajarilishi lozim.
Hududlar tizimida turizm klasterlarining tashkil etilishi quyidagi afzalliklarni beradi:
- davlat organlarining tadbirkorlar bilan hamkorligini yaxshilaydi. Bunda turizm klasterlarini boshqaruv qarorlari davlat organlari vakillari ham ishtirok etib, klasterning iqtisodiy holatiga ta'sir o'tkazuvchi qarorlarni qabul qilishda qatnashadi;
- korxonalarga mehnat resurslari, ta'minotchilar, bozor chiqimi to'g'risida ishonchli ma'lumotni berish orqali tegishli iqtisodiy sohaning muammolari va kuchli tomonlarini aniqlab olishga yordam beradi;
- kichik tadbirkorlik sub'ektlarining unumdorligining oshishiga va shu orqali soliq bazasining kengayishiga olib keladi;
- o'rta va kichik hajmdagi korxonalar uchun bozorga kirib borish to'siqlarini kamaytiradi;
- klaster ichidagi korxonalarning umumiy iqtisodiy barqarorligini oshiradi hamda yangi moliyaviy resurslarni jalb qilishga imkoniyatlarni beradi;
- tadbirkorlar birgalikda paydo bo'layotgan muammolarni tizimlashtirib ularni bartaraf etishni birgalikda amalga oshiradi;
- korxonalarni malakali kadrlar bilan ta'minlashni yaxshilaydi;
- ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini rivojlantirish imkoniyati;
- ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi;
- tashqi bozorlarga chiqishning yangi imkoniyatlari paydo bo'ladi.
Yuqorida sanab o'tilgan qator afvzalliklar shuni ko'rsatadiki, turizm
klasterlarini rivojlantirish nafaqat belgilangan hududda faoliyat yuritayotganlarga, balki mamlakat iqtisodiyotiga, ishsizlikning kamayishiga, aholi turmush tarzining o'sishiga ham ijobiy ta'sir o'tkazadi.
Hududlarda turizm klasterlarning tashkil etilishida quyidagilar asosiy rolni o'ynaydi:
- yangi texnologiyalar yaratiladigan ilmiy laboratoriyalar;
- sanoat namunalarini yaratishda ishtirok etadigan eksperimental ishlab chiqarish;
- ommaviy ishlab chiqarishni yo'lga qo'ya oladigan sanoat guruhlari;
- barqaror talab yaratishda qatnashadigan va tovarni tanitishga xizmat qiladigan marketing guruhlari;
- loyixalarni investorlar kengashini o'z ichiga oluvchi boshqaruv tuzilmalari.
Turizm klasterlarini tashkil etishni samarali yechimlaridan biri bu malakali kadrlar masalasidir, turistik xizmat yoki mahsulot turini yangilash ularni targ'ib etish va sinovdan o'tkazishda malakali ekspertlar kerak bo'ladi. Agarda turizm klasteri boshqaruv qismi malakali mutaxasislardan tashkil topgan bo'lsa bu tizim faoliyatining tezroq yaxshi natija ko'rsatishini ta'minlaydi10.
10 9. Beni, M.C. Globalizacao do Turizmo: Megatendencias do Setor e a Realidade Brasileira; Aleph: Sao Paulo, Brazil, 2003; 208p, ISBN 978-8576571087.
94
Xorijiy tajribalarga asosan klasterlar shakllanishining quyidagi variantlarini alohida belgilab o'tish mumkin:
"tepadan pastga" - davlat organlari klasterlar strategiyasini belgilab beradi; "pastdan tepaga"- alohida loyixalarning birlashishi natijasida paydo bo'ladi va bu odatda xo'jalik sub'ektlari tashabbusi bilan yuz beradi; "aralash"- yuqoridagi ikkita variantni o'zida aks ettiradi . Turizm klasterida u yoki bu variantni tanlash davlat organlariga bog'liq bo'lib, ularning biznes bilan aloqasi qanchalik kuchli ekanligi bilan bog'liq. Davlatning qo'llab quvvatlashisiz klasterlar tashkil topishi juda qiyin.
2-rasm. Turizm klasteri va Erkin turistik zonalarning hududiy bog'liqligi11
Yuqorida erkin turistik zona, kichik turistik zona hamda turizm klasterlarining hududiga nisbatan joylashuvi qanday bo'lishini 2-rasm orqali ifodalangan. Unga ko'ra turizm klasteri turistik zonaning bir qismi bo'la oladi bunda faqatgina klasterning erkin turistik zonaga ajratilgan hududda joylashgan bo'lishi kifoya qiladi. Turizm klasterlari sohaning kompleks rivojlanishiga yordam beradi.
Davlatning qo'llab quvvatlashisiz turizm klasterlar tashkil topishi juda qiyin. Erkin turistik zonalar tashkil etilgan hudud tarkibida turizm klasteri va bir nechta kichik turistik zonalar tashkil etish mumkin. Maydon jihatidan ETZlar eng yirik turistik hudud hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi "Chorvoq turistik-rekratsion zonasini tashkil etish to'g'risida"12gi farmoniga ko'ra turistik-rekratsion zonaning tarkibida bir qancha kichik va maxsus turistik zonalar yaratilishi mumkin.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, klasterlarni tashkil etish turizm sohasida tannarxni tushirish imkoniyatini beradi. Erkin turistik zonalar xususiyati jihatdan klasterga yaqin tuzilma bo'lganligi sababli klaster xususiyatlari erkin iqtisodiy zonalarga ham mos keladi. O'zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishda transport tarmog'i, mehmonxona zanjirlari, turoperator va turagentlar faoliyatini klaster yadrosi yoki koordinatsion markaz orqali
11 Mavjud manbalar asosida muallif tomonidan tizimlashtirilgan
12 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.12.2017 yildagi PF-5273-son. Manba: https://lexuz/docs/-3441087?ONDATE=03.08.2024
Turizm Klasteri
Kichik turistik zona
Erkin turistik zona
muvofiqlashtirish muhim ahamiyatga ega. Erkin turistik zonalarda turistik korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish bilimlar diffuziyasi, ya'ni muhim innovatsiyalarning tarqalishiga, katta turistlar oqimini samarali taqsimlash, turistik mavsumning salbiy oqibatlarini kamaytirish imkoniyatini berishi mumkin. Turistik zonalarda koordinatsion markazning asosiy vazifasi sifatida turistik talabning barqarorligini ta'minlash, ichki resurslardan unumli foydalanishni nazorat qilishdan iboratdir. Erkin turistik zonalarda turistik mavsumning talab yuqori bo'lgan davrida ham narxlarning keskin oshib ketmasligini ta'minlash va turistik talab kamayish davrida, masalan qish oylarida, ham yirik tadbirlar, konferensiyalar, bayramlar, festivallar va shunga o'xshash ommaviy tadbirlarni tashkil etish orqali turistik korxonalar uchun barqaror talabni ta'minlash imkoniyati muvofiqlashgan boshqaruv yordamida amalga oshiriladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Beni, M.C. Globalizacao do Turizmo: Megatendencias do Setor e a Realidade Brasileira; Aleph: Sao Paulo, Brazil, 2003; 208p, ISBN 978-8576571087. [1: 3, 8]
2. https ://studenttheses.universiteitleiden.nl/access/item%3A2607876/view [2:
3. https://www.ichkiturizm.uz/ru/event/114#! [3: 2]
4. Jackson, J., Murphy, P. (2002). Tourism destinations as clusters: Analytical experiences from the new world. Tourism and Hospitality Research, 4(1), 3652. [4: 3]
5. Minghetti, V. (2001). From destination to destination marketing and management: Designing and repositioning tourism products. The International Journal of Tourism Research, 3. [5: 3]
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.12.2017 yildagi PF-5273-son. Manba: https://lex.uz/docs/-3441087?ONDATE=03.08.2024 [6: 9]
7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.09.2023, PF-158-son Elektron manba: https://lex.uz/ru/docs/-6600413 [7: 2]
8. Porter, M. E. (1998b). Clusters and the new economics of competition. Harvard Business Review, 76(6), 77-90 [8: 3]
9. Yazdanova Sh. T. -Erkin turistik zonalarni tashkil etishning xususiyatlari-magistrlik dissertatsiyasi: magistrlik dissertatsiyasi. UO'Q:338.482.224, KBK:65.433, Toshkent-2023 [9: 4-8]
10. Zaidi, T. (2019). Examining tourism cluster development in state-led economies: The case of Dubai and Singapore. MA thesis. Universitieit Leiden. [10: 3]
11. Михеев А.А. Развитие кластеров в региональных экономических системах: преимущества, проблемы, пути поддержки. - Проблемы современной экономики. 2008. № 3. - C. 355. [11:5]