Научная статья на тему 'TRAINING AND IMPROVING YOUNG KICKBOXERS IN COMBINATION TECHNIQUES'

TRAINING AND IMPROVING YOUNG KICKBOXERS IN COMBINATION TECHNIQUES Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
10
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
indicator / technical-tactical / kickboxing / quickness / strike / indicator / technical-tactical / kickboxing / quickness / strike

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Egamberdiyev Muhammad

In this thesis, conclusions are presented on the methodology of training young kickboxers in combination methods and its improvement, as well as experimental justification of its effectiveness, research results are presented, and relevant practical recommendations are highlighted

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRAINING AND IMPROVING YOUNG KICKBOXERS IN COMBINATION TECHNIQUES

In this thesis, conclusions are presented on the methodology of training young kickboxers in combination methods and its improvement, as well as experimental justification of its effectiveness, research results are presented, and relevant practical recommendations are highlighted

Текст научной работы на тему «TRAINING AND IMPROVING YOUNG KICKBOXERS IN COMBINATION TECHNIQUES»

YOSH KIKBOKSCHILARNI KOMBINATSION USULLARGA O'RGATISH VA TAKOMILLASHTIRISH

ТРЕНИРОВКА И СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ЮНЫХ КИКБОКСЕРОВ

КОМБИНИРОВАННЫМ ТЕХНИКАМ

TRAINING AND IMPROVING YOUNG KICKBOXERS IN COMBINATION TECHNIQUES

ШШШл. "4

У

sir,

ЩЖ

^P i.

Annatatsiya.

Yosh kikbokschilarni kombinatsion usullarga o'rgatish, uni takomillashtirish metodikasini va uning samaradorligini tajribada asoslash bo'yicha xulosalar keltirilgan bo'lib, tadqiqot natijalari keltirilgan hamda tegishli amaliy tavsiyalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: ko 'rsatkich, texnik-taktik, kikboks, tezkorlik, zarba

Аннотация.

Представлены выводы по обучению юных кикбоксеров комбинаторным методам и обоснование методики ее совершенствования и ее эффективности на опыте, результаты исследований и выделены соответствующие практические рекомендации.

Ключевые слова: показатель, технико-тактический, кикбоксинг, быстрота, удар.

Annotation.

In this thesis, conclusions are presented on the methodology of training young kickboxers in combination methods and its improvement, as well as experimental justification of its effectiveness, research results are presented, and relevant practical recommendations are highlighted.

Keywords: indicator, technical-tactical, kickboxing, quickness, strike

Tadqiqotning dolzarbligi

Hozirgi kunda O'zbekistonda ommaviy sport turlarining rivojlanishi davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Jismoniy tarbiya va sportni moliyalashtirishning murakkab sharoitlariga qaramasdan aholini sog'lomlashtirish, yoshlarni barkamol ruhda tarbiyalash, iqtidorli yosh sportchilarni saralash va ularni turli musobaqalarga tizimli tayyorlash kabi vazifalar ustuvor hisoblanadi [1].

Tadqiqot maqsadi: mashg'ulot janglari va rasmiy musobaqalarda harakat turlarining qo'llanilish va kombinatsiya ko'rsatkichlarini hisobga olish asosida ishlab chiqilgan 14-15 yoshdagi kikbokschilarning texnik-taktik tayyorgarligini optimallashtirish metodikasini nazariy jihatdan hamda tajribada asoslab berishdan iborat.

Ilmiy yangiligi:

- kikboks j angini olib borish taktik manevrini hisobga olingan holda turli xil malakaga ega bo'lgan yosh kikbokschilarning texnik va jismoniy tayyogarligi metodikasi ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan;

- yosh kikbokschilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi strukturasi tarkibining omillarga bog'liq o'ziga xos jihatlariga aniqlik kiritilgan, shuningdek maxsus jismoniy qobiliyatlar ko'rsatkichlari ixtisoslashtirilishi amalga oshirilgan;

- harakatlarni amalga oshirish imkoniyatlari tipologiyasi asosida yosh kikbokschilarning sport iste'dodiga samarali tashxis qo'yish imkoniyatlari ochib berilgan, yosh kikbokschilarni jang olib borish taktik maneralari bo'yicha o'zaro farqlanuvchi sportchilarida

maxsus jismoniy tayyorgarlikning o'ziga xos jihatlariga aniqlik kiritilgan, ushbu sportchilar kontingenti uchun samarali hisoblangan mashg'ulotlar vositalari ishlab chiqilgan.

Maxsus jismoniy tayyorgarlik kikboksda yuqori natijalarga erishish asosi hisoblanadi. U kikbokschining jismoniy sifatlari, shuningdek, organizm shakllari va funksiyalarining ma'lum darajada rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Organizm qancha mustahkam va ishga qobiliyatli bo'lsa, u mashg'ulot yuklamalarini shuncha yaxshiroq, qabul qiladi, unga tezroq, moslashadi hamda uzoq, vaqt davomida mashqlanganlik holatida turadi.

Har bir sport turida ijro etiladigan harakat malakasi negizida tezkor-kuch sifati hal qiluvchi muhim manbaa bo'lib hisoblanadi. Tezkorlik sportchining umumiy va maxsus tezkorligi ajratiladi.

Tezkorlik sifatini tarbiyalashda asosiy vosita sifatida sakrash va sakrovchanlik mashqlari hamda umumrivojlantiruvchi mashqlardan keng foydalaniladi.

Sportchining sport mahorati va malakasi o'sib borgan sari umumiy rivojlantiruvchi mashqlardan maxsus mashqlarga mashqlanganlikning "ko'chishi" kamayadi. Shuning uchun mashg'ulot jarayonida umumiy tezkorlikni tarbiyalovchi vositalardan kikbokschining maxsus tezkorlik sifatlarini rivojlantirish maqsadida foydalanish sportchining boshlang'ich tayyorgarlik bosqichida o'zini oqlaydi. Sportchining sportdagi natijalari va mashqlanganligi ortib borgan sari tezkorlikni yanada takomillashtirish shunday yo'ldan borishi kerakki, koordinasiya jihatdan asosiy maxsus mashqlarga maksimal darajada yaqinlashtirilgan umumrivojlantiruvchi mashqlarni oqilona va qunt bilan tanlab olish lozim.

Yosh kikbokschilarni tayyorlashda ularga tezkor - kuch sifatini paydo bo'lishi va maxsus jismoniy tayyorgarlikni ahamiyati katta. Hozirgi vaqtda ko'pgina ilmiy ishlarda har xil testlar orqali kikbokschilarning umumiy va maxsus jismoniy sifatlari ularning musobaqa vaqtidagi organizmidagi holati haqida ma'lumotlar beriladi (4,13,16). Kikboksda olib boriluvchi janglarda ushbu tezkorlik shakllarining kompleks holda namoyon bo'lishiga duch kelinadi (bittalik va seriyali zarbalar, siljishlar tezkorligi, himoyaga o'tish tezkorligi). Kikbokschining aytib o'tilgan tezlik shakllari orasida mashqlanganlikning ko'chishi mavjud emas. Bitta shakl harakatlarida tezlik imkoniyatlarini takomillashtirishga qaratilgan mashg'ulot boshqa shakllarga taalluqli bo'lgan harakatlarning bajarilish tezligiga ham ta'sir qiladi. Masalan, bittalik zarbaning tezligini oshirish maksimal ravishda tez-tez bajariladigan seriyali zarbalarning tezkorligida, reaksiya vaqtida va kikbokschining siljib yurish tezligida deyarli aks etmaydi. Musobaqa jangining sharoitlari esa raqiblardan hamma aytib o'tilgan shakllarning tezlik sifatlarini bir vaqtning o'zida maksimal tarzda namoyon qilishni taqozo etadi. Kikbokschi tezkorligini analitik uslub yordamida tarbiyalash asosida tezkorlikning alohida shakllarini: bittalik zarbalar, seriyali zarbalar tezkorligi, siljib yurish tezligi, himoyalanish reaksiyasi vaqti va h.k. - tanlab hamda maqsadli takomillashtirish yotadi. Yaxlit uslub kikbokschining raqib bilan h.k to'qnashish sharoitlarida murakkab texnik harakatlarni bajarishda shu tezkorlik sifatlarini kompleks yaxshilashga qaratilgan.

Kikbokschi tezkorligini analitik uslub yordamida tarbiyalash asosida tezkorlikning alohida shakllarini: bittalik zarbalar, seriyali zarbalar tezkorligi, siljib yurish tezligi, himoyalanish reaksiyasi vaqti va h.k. - tanlab hamda maqsadli takomillashtirish yotadi. Yaxlit

uslub kikbokschining raqib bilan bevosita to'qnashish sharoitlarida murakkab texnik harakatlarni bajarishda shu tezkorlik sifatlarini kompleks yaxshilashga qaratilgan.

1jadval

Yosh kikbokschilar tomonidan jang olib borishning turli manyaralarida texnik-taktik vositalarning qo'llanilishining solishitirma tavsifi (%)

№ Jangning taktik manyeralari

Ko'rsatkichlar Nokautchilar Tempchlar O'yinchilar

G'alabaga erishish vositalari

1 Jangovar faoliyat zichligining yuqoriligi 2,6 75,6 12,4

2 Nokaut qiluvchi zarba; -hujum 52,5 10,3 4,6

-qarshi hujumda kutib 38,9 3,9 5,2

olish

-javob qarshi hujumi 6,0 4,8 4,4

3 Texnik-taktik xushyorlik - 5,4 73,4

Kikbokschi ar qo'llaydigan asosiy jangovar vositalar

4 Bittalik zarbalar 37,6 14,8 28,8

5 Chalg'ituvchi harakatlar 12,2 18,6 16,6

6 Harakatlanish 18,3 13,3 21,5

7 Himoya harakatlari 19,1 10,6 14,7

8 Zarbalar seriyasi 7,6 35,3 13,0

9 Sparring elementlari 5,2 7.4 6,0

Yengil vazn toifasidagi kikbokschilarda esa seriyali zarbalarning kuchi, kuch chidamliligi, qiyin sharoitlarda yakka zarbalarning kuchi, yakka zarbalarning kuch xarakteristikasi ko'rsatkichlarini maqsadga yo'naltirilgan holda ajratib ko'rsatish kerak bo'ladi.

O'rta vazn toifasidagi shug'ullanuvchilar uchun seriyali zarbalarning portlash kuchi, yakka zarbaning kuchi, tezkor-kuch ishida motor ish qobiliyati xosdir.

Boshlang'ich tadqiqotlar davomida nazorat va tajriba guruhi sportchilarida morfofunksional rivojlanish ko'rsatkichlarini tekshirish sezilarli farqlanish mavjud emasligini ko'rsatdi. Tadqiqot davomida har ikkala sinovdan o'tkaziluvchilar guruhlarida bo'y uzunligi qiymatining ishonarli bo'lmagan tavsifda o'sishi aniqlandi (nazorat guruhida - 0,5%, tajriba guruhida - 0,4%).

Nazorat va tajriba guruhida mashq qiluvchilarda bo'y uzunligi o'sish jadalligi (tempi) bir xilda saqlanib qolishi qayd qilindi. O'z navbatida, turli xildagi o'quv-mashg'ulotlar dasturlarining kikbokschilarda bo'y uzunligi ko'rsatkichlari o'zgarishiga ta'siri qayd qilinmadi. Shuningdek, variatsiya koeffitsiyent qiymatlari ham har ikkala guruhlarda sezilarli darajada emasligi aniqlandi.

Nazorat va tajriba guruhlarida tana vaznining ishonarli bo'lmagan tavsifda ortishi aniqlandi. Faqat nazorat guruhida ushbu ko'rsatkichlarning «tabaqalanishi» kuzatildi, ya'ni variatsiya koeffitsiyent qiymati ortib borishi qayd qilindi.

Amalga oshirilgan tadqiqotlar davomida KA ko'rsatkichi har ikkala sportchilar guruhlarida ishonarli bo'lmagan tavsifda o'zgarishi aniqlandi, shu sababli yakuniy tekshirishlarda ushbu tavsif bo'yicha guruhlararo sezilarli darajadagi farqlanishlar qayd qilinmadi. Faqat tajriba guruhi kikbokschilarida kaftning kuchi ko'rsatkich ishonarli darajada o'zgarishi aniqlandi (4,6%, r<0,05). Shuningdek, har ikkala guruhda mashq qiluvchilarda kuchning rivojlanish darajasida yetarli yuqori qiymatdagi farqlanish qayd qilindi (1-rasm ).

Tadqiqot davomida faqat tajriba guruhi sportchilarida O'TS (o'pkaning tiriklik sig'imi) ko'rsatkichning ahamiyati qiymati besh foizlik darajada ortishi (7,4%) aniqlandi. Nazorat guruhida bu ko'rsatkich nisbatan kamroq darajada o'zgarishi qayd qilindi (3,6%, r>0,05), bu holat guruhlar o'rtasidagi ushbu ko'rsatkich bo'yicha o'zaro farqlanish ishonchliligini ifodalaydi (r<0,05).

I Nazorat guruhi BTajriba guruhi

1-rasm. Tadqiqot davri davomida yosh kikbokschilar morfofunksional ko'rsatkichlarining o'sib borish dinamikasi.

Biz ishlab chiqqan uslub bo'yicha amalga oshirilgan mashg'ulotlar mashqlari vegetativ tizim funksional darajasining nisbatan takomillashtirilishiga imkonini beradi. Yurakning qisqarish chastotasi (YUQCh) qiymati tinch holatda faqat tajriba guruhi sinaluvchilarida ishonarli darajada o'zgarishi aniqlandi (3,2%, r<0,05). Ushbu ko'rsatkich bo'yicha yakuniy tekshirish davomida guruhlararo o'zaro farqlanish ishonchlilik darajasi besh foizlik qiymatda bo'lishi aniqlandi. Tadqiqot davomida SAB va DAB ko'rsatkichlari har ikkala guruhlarda ishonchsiz darajada o'zgarishi aniqlandi.

Tadqiqot tekshirishlari amalga oshirilishi davomida nazorat guruhi sportchilarida salomatlik ko'rsatkichi koeffitsiyent qiymati sezilarli darajada o'zgarmasligi, tajriba guruhida esa - ushbu ko'rsatkich, ishonchli darajada yaxshilanishi aniqlandi (2,8%, r<0,05).

Boshlang'ich tekshirishlar davomida nazorat va tajriba guruhi sportchilarining jismoniy tayyorgarlik ko'rsatkichlari ham sezilarli darajada o'zaro farqlanmasligi qayd qilindi. Ushbu

ko'rsatkichning variatsiya koeffitsiyent qiymati har ikkala guruhda ham deyarli bir xilda bo'lishi aniqlandi.

Xulosa

Mashg'ulot janglarida qo'llaniladigan harakatlarning hajmlari va natijaliligi ko'rsatkichlariga tuzatishlar kirituvchi mashqlar kompleksi va taktik ko'rsatmalar tayyorlandi hamda yosh kikbokschilarning mashg'ulot jarayoniga joriy qilindi. Yosh kikbokschilar bilan amalga oshirilgan suhbat jarayoni davomida sportchilarning jismoniy tayyorgarligi tiplariga bog'liq holatda, ularning u yoki bu masalaga nisbatan umumiy baholash nuqtai nazaridan fikr-mulohazalariga aniqlik kiritildi shuningdek, foydalaniluvchi o'quv-mashg'ulotlar uslublarining samaradorligi masalasiga aniqlik kiritildi, ularning mashq qiluvchilar organizmiga ta'sir darajasi o'rganildi. Tadqiqot materiallarini kikboks sport maktablarining mashg'ulot jarayonida, shuningdek, kikboks mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha ta'lim faoliyati jarayonida keng qo'llash mumkin. Tadqiqot natijalaridan amaliyotda foydalanish joriy etish dalolatnomalari bilan tasdiqlanadi.

Foydalanilgan Adabiyotlar

1. Adbilbekov T., Tuychibayev M., Nazarova V. Metabolicheskiye izmeneniya v organizme kikboksyerov v razlichnbiye periodbi trenirovochnogo prosessa // Tez. dokl. X Resp. nauchn-prakt. konf. «Puti optimizasii fizicheskogo vospitaniya i sportivnoy trenirovki v respublike». - T., 1988 - S.6-7.

2. Akopyan A.O. Organizasiya nauchno-prakticheskix issledovaniy na baze syentra yedinoborstva VNIIFKa // Teor. i prakt. fiz. kult. 2003. № 10-S.48-49.

3. Aminov R.X. Kvalifikasionnbiy podxod na etape nachalnoy podgotovki yunbix kikboksyerov 14-15 let: Avtoref. diss... kand. ped. nauk - Tyumen. 2001. - 24-s.

4. Axmedshin R.G. Sootnosheniye sredstv OFP i SFP na predsorenovatelnbix etapax podgotovki molodbix karatistov / V sb. «Materialbi Mejdunarodnoy nauchno-prakt. konferensii «ProblemM, teorii i praktiki fizicheskoy kultrnbi i sporta» - T.- 2001. - S.24

5. Axmedshin R.G., Mirzakulov Sh. Faktornaya struktura fizicheskoy podgotolennosti karatistov //V sb. «Barkamol avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning roli», Buxara, 2002. S.142.

6. Balsevich V.K. Kontuibi novoy strategii podgotovki sportsmenov olimpiyskogo klassa // Teoriya i praktika fiz. kwult., 2001g. №4-s. 10-11.

7. Basik T.V., Kalashnikov Yu.B., Shiyan V.V. Sposob osenki spesialnoy vыnoslivosti taekvondistov // Teoriya i praktika fiz. kult., 2001. - №1-S.28

8. Volkov L.P. Teoriya i metodika detskogo i yunosheskogo sporta. Kiyev, Olimpiyskaya literatura, 2012. - s 294.

9. Garipov A.T., Kleshev Yu.Yu., Fomin Ye.V. Skorostno-silovaya podgotovka yunbix voleybolistov. «Metodicheskiye rekomendasii. VFV, M.: 2009. - s 45.

10. Godik M.A. Fizicheskaya podgotovka futbolistov. M.: Terra-Sport, 2006. - s 272.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.