Научная статья на тему 'TOSHKENT SHAHAR MARKAZIY DAVLAT ARXIVIDAGI IJTIMOIY HAYOT BILAN BOG‘LIQ HUJJATLAR'

TOSHKENT SHAHAR MARKAZIY DAVLAT ARXIVIDAGI IJTIMOIY HAYOT BILAN BOG‘LIQ HUJJATLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
945
85
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Arxiv / Kirov / Kuybishev / Lenin / Moskva / Oktyabr / Sergeli / Sobir Rahimov / Stalin / Frunze / Xamza / Chilonzor / sovet / komitet / kapital / yig’majild / fond / deputat va boshqalar. / Archive / Kirov / Kuibyshev / Lenin / Moscow / October / Sergeli / Sabir Rakhimov / Stalin / Frunze / Khamza / Chilanzar / Soviet / Committee / Capital / Assembly / Fund / Deputy / etc.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — S. Alikulov

Ushbu maqolada Toshkent shahar Markaziy davlat arxividagi ma’lumotlar asosida sobiq SSSR va mustaqillik davrida Toshkent shahrida iqtisodiy-ijtimoiy hayot rivoji uchun qanday e’tibor qaratilganligini ko’rishimiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DOCUMENTS RELATED TO PUBLIC LIFE IN THE CENTRAL STATE ARCHIVE OF TASHKENT CITY

In this article, based on data from the Central State Archives of Tashkent, we can see how much attention was paid to the development of economic and social life in Tashkent during the former USSR and independence.

Текст научной работы на тему «TOSHKENT SHAHAR MARKAZIY DAVLAT ARXIVIDAGI IJTIMOIY HAYOT BILAN BOG‘LIQ HUJJATLAR»

TOSHKENT SHAHAR MARKAZIY DAVLAT ARXIVIDAGI IJTIMOIY HAYOT BILAN BOG'LIQ HUJJATLAR

S. Alikulov

Toshkent viloyati Yangiyo'l tumani 9-maktab o'qituvchisi Salim21139595@gmail.ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Toshkent shahar Markaziy davlat arxividagi ma'lumotlar asosida sobiq SSSR va mustaqillik davrida Toshkent shahrida iqtisodiy-ijtimoiy hayot rivoji uchun qanday e'tibor qaratilganligini ko'rishimiz mumkin.

Kalit so'zlar: Arxiv, Kirov, Kuybishev, Lenin, Moskva, Oktyabr, Sergeli, Sobir Rahimov, Stalin, Frunze, Xamza, Chilonzor, sovet, komitet, kapital, yig'majild, fond, deputat va boshqalar.

DOCUMENTS RELATED TO PUBLIC LIFE IN THE CENTRAL STATE

ARCHIVE OF TASHKENT CITY

ABSTRACT

In this article, based on data from the Central State Archives of Tashkent, we can see how much attention was paid to the development of economic and social life in Tashkent during the former USSR and independence.

Keywords: Archive, Kirov, Kuibyshev, Lenin, Moscow, October, Sergeli, Sabir Rakhimov, Stalin, Frunze, Khamza, Chilanzar, Soviet, Committee, Capital, Assembly, Fund, Deputy, etc.

Har bir davlatning eng muhim sohalaridan biri bu - hech shubhasiz ijtimoiy sohadir. Toshkent shahar Markaziy davlat arxivida ham bu sohaga oid ham sovet davri, ham mustaqillik davriga oid juda ko'plab e'tiborga molik ma'lumotlar jamlangan.

Bu ma'lumotlarni o'rganish orqali biz sovet davri bilan mustaqillik davrida Toshkent shahri hayoti misolida butun O'zbekiston Respublikasi hududida ijtimoiy hayot, sog'liqni saqlash sohalari qay darajada ekanligini, yillar davomida ro'y bergan o'zgarishlar, mustaqillik yillarida bu soha rivojida qilingan ishlar xususida batafsil ma'lumot olishimiz mumkin. Bundan tashqari jamoat tashkilotlari va kasaba uyushmalari va ularga yaratilgan imkoniyatlar haqida ham bilib olishimiz mumkin.

Ijtimoiy hayotni yoritishda asosan quyidagi sohalarga e'tibor qaratildi: sog'liqni saqlash, ta'lim, ijtimoiy ta'minot va madaniyat.

Sog'liqni saqlash sohasiga oid fondlar. C-178, C-258, C-259, C-262, C-263, C-348, C-260, C-333.

Ta'lim sohasiga oid fondlar. C-13 - (Xalq ta'limi - 1918-1975 y.), C-49, C-50, C-52, C-53, C-370, C-385, M-619 - (O'rta maxsus ta'lim muassasalari - 1918-1973 y.), C-55, C-56, C-65, C-85, C-320, M-617 - (Maktablar - 1918-1945 y.), C-92, C-96, C-98, C-251 - (Maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari - 1922-1938 y.)1.

Ijtimoiy ta'minot sohasiga oid fondlar. C-249, C-175, C-240, C-275, C-338.

Madaniyat sohasiga oid fondlar. C-152, C-328, C-393, C-379, M-590, M-593, M-

627.

Jamoat tashkilotlarining ichida sovet davrida Sobiq qizil partizan va qizil askarlar ishlari bo'yicha Toshkent shahar komissiyasiga tegishli 1931-1935-yillarga oid ma'lumotlar asosidagi 7310 ta yig'majildni o'zida mujassamlashtirgan C-14 fondi ma'lumotlari e'tiborga molikdir. Ushbu fondda 1-Toshkent Qizil gvardiya polkining buyruqlari va bayonnomalari, okrug komissiya majlislari bayonnomalari, 1-Toshkent Qizil gvardiya polkining qo'mondonlik tarkibi va oddiy xodimlarning ro'yxatlari va sobiq qizil partisan va qizil askarlarning shaxsiy yig'majildidagi ma'lumotlar jamlangan.

Arxiv fondlarida saqlanayotgan hujjatlardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Toshkent shahriga ikkinchi jahon urushi yillarida 30 dan ortiq millat vakillari bo'lgan fuqarolar evakuatsiya qilingan. Jumladan, Toshkent shahriga aholini ko'chirish (evakuatsiya qilish) boshqarmasining jamg'arma hujjatlarida 1941-yil sentabr oyidan - 1942-yilning avgust oyigacha evakuatsiya qilingan aholi soni 76943 kishini tashkil etganligini ko'rishimiz mumkin. Bundan tashqari 1942-yilning fevral oyida 16 yoshdan 59 yoshgacha bo'lgan 12071 ta erkak, 24000 ayol, 7,5 mingga yaqin yosh bolalar, 6583 ta o'smirlarni Toshkent shahri o'z bag'riga olgan. Shulardan, 13126 tasi ish bilan ta'minlanib, 4600 kishiga moddiy yordam ko'rsatilgan. Ularning hammasi uy-joy, oziq-ovqat bilan ta'minlangan .

Umuman olganda, sog'liqni saqlash tizimi bo'yicha quyidagi fondlar eng yiriklari sanaladi. (4-jadvalga qarang)

4-jadval

Sog'liqni saqlash fondlari haqida ma'lumot*.

Fond nomi Fond raqami Qamrab olgan yilllari Yig'majildlar soni

1-son ambulatoriya C-260 1921 8

2-son Toshkent shahar epidemiologiya kasalxonasi C-348 1920-1921 24

Toshkent yangi shahar xirurgiya kasalxonasi C-259 1920-1925 19

1 Bo'riyeva X. Toshkent shahar joy nomlari (Toshkent shahar davlat arxivi hujjatlari asosida) / Meros. 3-son. T., 2016. B. 107-114.

2 TSHMDA, C-330-fond, 1-ro'yxat, 1-19-yig'majildlar.

Toshkent eski shahar kasalxonasi C-258 1920-1925 3

Toshkent epidemiologiya kasalxonasi C-333 1940 2

Tez yordam punkti C-262 1923 6

Bolalar traxomotoz kasalliklari uyi C-263 1936 15

Davlat sanitariya inspeksiyasi C-178 1945-1950 183

* TSHMDAda tuzilgan "Fondlar ro'yxati" ("перечень") 01.10.2018dan olingan.

Ushbu arxiv hujjatlarining ko'rsatishicha, 1917-yil 22-noyabrda sog'liqni saqlash komissari tayinlangan va ushbu komissarlik ixtiyoriga tibbiyot-sanitariya, farmatsevtika, veterinariya muassalari o'tkazilgan. 1918-yil epidemiya va ochlikka qarshi kurashish uchun sayyor davolash epidemiologiya guruhlari hamda bakteriologiya laboratoriyalari tashkil etilgan.

Mustaqillik yillarida ijtimoiy muassasalar fondlaridan Toshkent shahar Markaziy davlat arxivining 2004-2012-yillardagi faoliyatiga oid 40 ta yig'majilddan iborat M-

"5

623 fondini misol tariqasida olishimiz mumkin. Bu fond 1973-yilda tashkil etilgan . Bu fondda arxiv bo'limlarining yillik ish rejalari va hisobotlari, yillik moliyaviy, buxgalteriya va statistik hisobotlar, shaxsiy tarkib bo'yicha hujjatlar jamlangan.

Manbalar tahliliga ko'ra, mustaqillik yillarida respublikada tarmoq kasaba uyushmalari qayta tuzildi, ular o'z nizomlarini qabul qilib, Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazildi. Kasaba uyushmalarining bosh vazifasi o'z a'zolarining mehnat, ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy, intelektual, huquq va manfaatlarini muhofaza qilishda harakat birligini amalga oshirishdan iborat qilib belgilangan.

Madaniy hayot bilan bog'liq materiallar jumlasiga fan, ta'lim, madaniyat sohasiga oid ma'lumotlar jamlangan fondlarni keltirish mumkin. Toshkent shahar Markaziy davlat arxividagi fondlarda ta'lim tizimining barcha bosqichlari - maktabgacha ta'lim muassalari, umumiy maktablar, bilim yurtlari, texnikumlar, oliy ta'lim muassasalari, o'quv kurslari va ularning faoliyati haqida ko'plab ma'lumotlar mujassamlashgan. Bular jumlasiga, Toshkent shahar xalq deputatlari soveti ijroiya komiteti shahar jismoniy tarbiya va sport komitetining C-281 fondi (1973-1991-y.), Toshkent shahar xalq deputatlari soveti ijroiya komiteti madaniyat ishlari bosh boshqarmasining C-539 fondi (1946-1990-y.), Ishchilar deputatlari Toshkent shahar soveti ijroiya komiteti xalq ta'limi bo'limining C-13 fondi (1918-1975-y.), bu fond ta'lim sohasiga oid eng

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi "O'zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5834-son farmonining 6-bandiga binoan, Toshkent shahar davlat arxivi negizida Toshkent shahar markaziy davlat arxivi tuzildi.

katta fondlardan bo'lib, unda 2138 ta yig'majild jamlangan. Unda MIQ va Turkiston ASSR XKSning qarorlari, Toshkent shahar ijroiya komitetining qaror va farmoyishlari, xalq ta'limi kengashi yig'ilishlari, 1926-yilda I.A.Krilov nomidagi 1-bosqich maktabining ochilishi haqidagi ma'lumotlar, "Нацмен" (1923-yil uchun) va "Savodsizlikka qarshi kurash" (1924-yil uchun) jamiyatlarining ustavlari, savodsizlikka qarshi kurashish bo'yicha madaniy tadbirlar, qizil choyxonalarning olib brogan ishlari va pionerlar harakatining rivojlanishi to'g'risidagi hujjatlar, o'zbek ayollarining ozod etilishi ("Hujum" harakati) va 8-mart nomidagi o'zbek ayollari uchun birinchi yozuv kurslarining faoliyati to'g'risidagi hujjatlar, voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish bo'limining hujjatlari joy olganligini misol qilishimiz mumkin.

Shahar arxividagi C-13-fond hujjatlari Toshkent shahar xalq ta'limi boshqarmasiga tegishli bo'lib, undagi hujjatlar tahliliga ko'ra, O'zbekistonga 1 mln atrofida aholi, shu jumladan, 200 ming bolalar ko'chirib keltirilgan. Ular dastavval Toshkent shahriga, so'ng respublikaning boshqa viloyatlariga yuborilgan. 1942-yil yanvar oyida minglab yosh bolalar Toshkent shahriga ko'chirib keltirilib Mehribonlik uylariga joylashtirilgan, oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta'minlangan.

Turkistonda Xalq ta'limi bo'limi 1917-yilda Xalq Maorifi Komissariyati nomi bilan tashkil etilgan. 1918-yil mart oyidan unga O'lka Xalq ta'limi soveti maqomi berilgan. Uning fondida 4093 saqlov birligida yig'majildlar mavjud. Ushbu hujjatlarda ta'lim sohasiga oid chiqarilgan qarorlar, farmoishlar buyruqlar, Xalq ta'limi bo'limining yig'ilish bayonnomalari, Pedagogika muzeyining ochilishi to'g'risidagi hujjatlar (1922-yil), "Savodsizlikni tugatish" (1924-yil) jamiyatlarining nizomlari saqlanmoqda. XX asrning 30-yillaridan boshlab esa aloqa, sport, sanoat, transport va kutubxona yo'nalishidagi texnikumlar vujudga kelgan bo'lsa, 1940-yillarda iqtisod va aviatsiya, 1950-yillarda qurilish va texnika kabi yangi yo'nalishdagi texnikumlar tashkil etilgan.

Urushdan keying yillarga kelib, ya'ni 1945-yilda I.K.Krupskaya nomli Toshkent maktabgacha ta'lim va ayollar pedagogika bilim yurti, 1947-yilda Toshkent teatr va rassomchilik bilim yurti, 1952-yilda esa Hamza nomidagi musiqa bilim yurtlari o'z faoliyatlarini boshlagan.

Shuningdek, arxivda sovet davriga oid 15 ga yaqin universitet va institutlarning jamg'armalari mavjud bo'lib, ularda Milliy arxiv fondining 80 mingdan ortiq hujjatlari saqlanmoqda4.

Sovet davridagi oliy ta'lim muassasalarining fondlari ichida V.I.Lenin nomidagi Toshkent davlat unversiteti (Turkiston xalq unversiteti negizida Turkiston davlat unversiteti5 tashkil etilgan. Keyinchilik O'rta Osiyo davlat unversiteti6, Toshkent davlat

4 Darmonova M.A. Toshkent shahar Markaziy davlat arxivi: tarixi va tarixiy manbalari. - T.: Ilm-ziyo-zakovat, 2020. - 86-bet.

5 TSHMDA. C-38 fond. 11-yig'majild. 18-varaq.

6 Doimo saqlanadigan yig'majildlar 2-son ro'yxati. 1989-1998-yillar uchun. 47-varaq.

n

unversiteti , Mirzo Ulug'bek nomidagi Toshkent davlat unversiteti deb nomlanib, bugungi kunda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy unversiteti deb

a

yuritiladi ning C-38 fondini misol tariqasida olishimiz mumkin. Bu fond 1917-1998-yillardagi hujjatlarni o'z ichiga olgan 18669 ta yig'majilddan iborat. Unda O'zbekiston Milliy Unversitetining dastlabki davrdagi faoliyati, birinchi va ikkinchi jahon urushi yillardagi faoliyati, ko'chirib keltirilgan bolalarning O'zbekiston Milliy Unversitetidagi ta'limi kabi hujjatlar bilan birga RSFSR Xalq Komissarlar Sovetining 1920-yil 7-sentabrda imzolangan farmoni bilan Turkiston Xalq Unversiteti negizida tashkil etilganligi to'g'risidagi hujjatlar, RSFSR Ministrlar Soveti, O'zSSR Kommunal xo'jalik ministrligining qarorlari va ko'rsatmalari kabi hujjatlar ham joy olgan.

Arxiv manbalaridagi statistik ma'lumotlarda qayd etilishicha, Turkiston davlat universiteti tashkil topgach, uning huzuridagi Ishchilar fakultetlari kengayib, o'quvchilar soni ham ortib borgan. Jumladan, 1919-yil oxiri 100 o'quvchi tahsil olgan bo'lsa, 1921-yil yanvarga kelib, undagi o'quvchilar 480 kishiga yetgan, ularning 60 foizi mahalliy millat vakili bo'lgan9.

Manbalar tahliliga ko'ra, 1922-yil fevralda ochilgan Toshkentning Eski shahar qismidagi Ishchilar fakultetlarining maxsus xotin-qizlar bo'limi ham bo'lgan. Keyinchalik 1927-1928-yillarda Samarqand, Farg'ona va boshqa viloyatlarda ham Ishchilar fakultetlari ochilgan. 1929-yil Toshkent pedagogika institute huzuridagi Ishchilar fakultetining 30 ta guruhi bo'lib, har bir guruhda 30 dan ortiq bola bilim olgan10.

Shahar arxivida Belinskiy nomidagi Toshkent kechki pedagogika institutining

1929-1961-yillardagi ish faoliyati davomida shakllantirilgan 637 dona hujjatlari C-40-fondda saqlanmoqda. Institutning asosiy faoliyatiga doir yillik hisobot hujjatlarida qayd etilishicha, Toshkentda 1929-yilda kechki pedagogika institute tashkil etilgan bo'lib, u 1961-yil 1-yanvardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga birlashtirilgan.

Arxivning doimiy jamg'armalar va hujjatlar hisobi to'g'risidagi ma'lumotlariga ko'ra, C-45-jamg'armada SSSR Yengil sanoat xalq komissarligiga qarashli Toshkent to'qimachilik institutining hujjatlari saqlanmoqda. Jamg'armada jami 4705 dona hujjat mavjud bo'lib, hujjatlardagi ma'lumotlarning davriy chegarasi 1931-2001-yillarni o'z ichiga oladi.

Arxiv hujjatlarida qayd etilishicha, SSSR Xalq Maorifi komissarlari sovetining 1932-yil 26-iyuldagi 90-sonli qaroriga binoan Toshkent to'qimachilik institute tashkil tolpan. 1932-yil 1-sentabrdan institute o'z faoliyatini boshlagan. 1933-yili

7 O'zMA. R-25-fond. 1-son ro'yxat. 1028-yig'majild. 228-varaq.

8 TSHMDA. C-38-fond. Toshkent davlat unversiteti 1-son ro'yxati. 1917-1964-yillar uchun. 19-varaq.

9 O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. "I". 454-bet.

10 TSHMDA, C-52-fond, 1-son ro'yxati, 65-yig'majild, 37-varaq.

To'qimachilik institute 1931-yilda tashkil etilgan Bauman nomidagi texnika-texnologiya institute bilan birlashtirilgan.

Shu bilan birgalikka 1940-yil 5-avgustda tashkil etilib, 1941-yil 18-oktabrda tugatilgan O'zSSR xalq ta'limi komissarligi Toshkent o'qituvchilar malakasini oshirish institutining C-46 fondi ham e'tiborga molik, chunki bu fondda 131 ta yig'majild ikkinchi jahon urushidan oldin butun O'zbekistonda (Toshkent shahari misolida) o'qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlari qanday yo'lga qo'yilganligi (Toshkent malaka oshirish institute to'g'risidagi nizom) va ikkinchi jahon urushining bu sohaga salbiy ta'sirini ya'ni aynan mana shu daxshatli urush sabab bu sohada olib borilgan ishlar butkul to'xtatilganligini va buning natijasida O'zbekiston SSRda ta'lim sohasi qay ahvolga kelib qolganligini ko'rishimiz ham mumkin.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining C-93-fondining 1960-1982-yillar uchun tuzilgan doimo saqlanadigan yig'majildlar 1-son ro'yxati (davomi)ga kiritilgan hujjatlardagi ma'lumotlarda qayd etilishicha, 1961 -yil institut tarkibida 10 ta umumiy fakultetlararo kafedra, 11 ta fakultet va ushbu fakultetlar negizida 39 ta kafedra faoliyat yuritgan. 1982-yilga kelib, institutda 13 ta umumiy fakultetlararo kafedra, 12 ta fakultet va uning tarkibida 62 ta kafedralar bo'lgan.

Oliy ta'lim sohasidagi hujjatlar sirasida 1918-yilda tashkil etilgan C-38 fondi asli ikki sondan iborat. Uning birinchi soni yuqorida ko'rib o'tkaganimizdek, 1918-1964-yillarni o'z ichiga olsa, aynan shu fondning ikkinchi soni 1965-1998-yillardagi hujjatlar asosida tashkil topgan. Unda 11505 ta yig'majild mavjud. Bu fondning ikkinchi sonini e'tiborli jihati shundaki, bitta fondni o'rganish orqali O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy unversitetining ham sobiq SSSR davridagi, ham mustaqillik davridagi faoliyatini o'rganishimiz va bu ikki davr o'rtasidagi farqni o'zaro solishtirishimiz mumkin. Aynan mana shu O'zMU misolida butun O'zbekiston Respublikasidagi oliy ta'lim bu ikki davrda qanday yo'lga qo'yilganligini ko'rishimiz mumkin.

Bu fondda shuningdek, unversiteti rektorining asosiy faoliyati bo'yicha buyruqlari, yillik rejalar va unversitetning fakultetlari, kafedralari, bo'limlari faoliyati to'grisida hisobot, ilmiy loyihalarning yillik rejalari va hisobotlari, ta'lim kengashi, ixtisoslashgan kengashlar, fakultet kengashlari, majlislari bayonnomalari, kafedra majlislari, metodik seminar va konferensiyalar bayonnomalari, talabalar ilmiy to'garaklarining faoliyati va hujjatlari, talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti materiallari va boshqa ma'lumotlar joy olgan.

Shuningdek, mustaqillik davriga oid O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Toshkent sharqshunoslik institutining M-635 fondi ma'lumotlari ham mavjud. Bu fond 1991-yilda tashkil etilgan. Unda 1991-2004-yillardagi ma'lumotlar asosidagi tuzilgan 843 ta yig'majild mavjud.

Mustaqillik davriga oid O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika unversitetining M-640 fondi ma'lumotlari ham mavjud. Unda 1999-2016-yillardagi ma'lumotlar asosidagi tuzilgan 1946 ta yig'majild mavjud. Bu fondda unversiteti rektorining asosiy faoliyati bo'yicha buyruqlari, yillik rejalar va unversitetning fakultetlari, kafedralari, bo'limlari faoliyati to'grisida hisobot, ilmiy loyihalarning yillik rejalari va hisobotlari, ta'lim kengashi, ixtisoslashgan kengashlar, fakultet kengashlari, majlislari bayonnomalari, kafedra majlislari, metodik seminar va konferensiyalar bayonnomalari, talabalar ilmiy to'garaklarining faoliyati va hujjatlari, talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti materiallari va boshqa ma'lumotlar joy olgan.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligi Mannon Uyg'ur nomidagi Toshkent davlat teatr instituti11ning 1974-yilda tashkil etilgan C-360 fondi ma'lumotlari ham muhim hisoblanadi. Unda 1991-2009-yillardagi ma'lumotlar asosida tuzilgan 440 ta yig'majild mavjud. Bu fondni ham 2 ta soni mavjud. Uning birinchi soni 1944-2001-yillardagi ma'lumotlar asosida tuzilgan2431 ta yig'majilddan iborat. Bu fondni o'rganish orqali sovet davri va rassomchilik sohasidagi ishlarning rivojiga qo'yilgan to'siqlar va mustaqillik davrida bu soha rivoji uchun qanday imkoniyatlar yaratilganligi va ularning samarasi haqidagi ma'lumotlarni bilib olishimiz mumkin.

Mustaqillik davrida ta'lim yo'nalishidagi muassasalarning jami 20 ta jamg'armasi tashkil etilgan bo'lib, unda Xalq ta'limi tuman bo'limlarining (M-591, M-592, M-594), shahar o'quvchilar ijodiyot markazi (M-617), mehribonlik uylari (M-557, M-638), akademik litseylar (M-619, M-657, M-658, M-665), kollejlarning (M-639), institutlar (M-580, M-631, M-635, M-636, M-641), universitetlarning (M-632, M-640) va akademiya (M-633)ning yeti mingdan ortiq Milliy arxiv fondi hujjatlar saqlanmoqda.

O'zbekiston banklar assotsiatsiyasi12 bank moliya akademiyasi13ning 1996-2011-yillardagi faoliyati davomidagi hujjatlar asosida tuzilgan 431 ta yig'majilddan iborat M-663 fondi ham mustaqillik davrida ta'lim sohasidagi ijobiy o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi. Fonddan akademiyaning asosiy faoliyati bo'yicha buyruqlar, ilmiy kengash bayonnomalari, magistr mutaxassislar tayyorlash ishchi o'quv-rejasi, akademiya kafedralari va o'quv kompyuter axborot markazining o'quv-uslubiy ishlar hisoboti, harajatlar smetasi va akademiyaning tarkibiy bo'linmalari Nizomi, akademiya magistrantlarining chet el mamlakatlariga tajriba orttirish uchun yuborish shartnomalari, yillik statistika hisobotlari, professor-o'qituvchilarning shaxsiy tarkib yig'majildlari kabi ma'lumotlar joy olgan.

11 A.N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr va rassomchilik instituti 1990-yil 24-sentabrda M.Uyg'ur nomidagi Toshkent davlat teatr instituti deb qayta nomlandi.

12 Uyushma, ittifoq.

13 TSHMDA. M-663 fond (Bank-moliya akademiyasi, 1996-yil uchun Nizomi). Doimiy saqlanadigan yig'majildlar 1-son ro'yxati. 1-yig'majild. 10-varaq.

REFERENCES

1. Alimova va b.Toshkent tarixi(qadimgi davrlardan hozirgi kungacha).-T,2007.167-bet.

2. G'ulamov R, Zayko G, Zotov A.Tashkent.Kratkiy spravochnik.-T,1958.-192s.

3. Narodnoye obrazovaniye v O'zbekskoy SSR za 25 let(1924-1939).

4. Bo'riyeva X.Toshkent shahrining tarixiy toponimikasi(XIX asr oxiri XX asr boshlari).T:Noshirlik yog'dusi,2009.234-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.