Научная статья на тему 'TOHIR MALIKNING “SHAYTANAT” VA MARIO PYUZONING “CHO‘QINTIRGAN OTA” ASARLARIDA INTERTEKSTUALLIKNING UMUMIY XUSUSIYATLARI'

TOHIR MALIKNING “SHAYTANAT” VA MARIO PYUZONING “CHO‘QINTIRGAN OTA” ASARLARIDA INTERTEKSTUALLIKNING UMUMIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
20
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
intertekstuallik / badiiy matn / umumiylik / diniy intertekstuallik / madaniy intertekstuallik

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Do‘smuradova Yulduz

Mazkur maqolada ikkita badiiy asarning umumiy intertekstual xususiyatlarini guruhlarga bo‘lib tasnif qilinish ko‘zda tutilgan. Badiiy matnda intertekstual aloqalarni yaratishning lingvistik vositalari hamda romanlardagi intertekstuallikning umumiy xususiyatlari borasida ham bir qadar fikr va mulohazalar yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOHIR MALIKNING “SHAYTANAT” VA MARIO PYUZONING “CHO‘QINTIRGAN OTA” ASARLARIDA INTERTEKSTUALLIKNING UMUMIY XUSUSIYATLARI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

TOHIR MALIKNING "SHAYTANAT" VA MARIO PYUZONING "CHO'QINTIRGAN OTA" ASARLARIDA INTERTEKSTUALLIKNING UMUMIY XUSUSIYATLARI

Do'smuradova Yulduz

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch toktoranti E-mail: [email protected] ORCID: 0009-0009-0403-5618 https://doi.org/10.5281/zenodo.14509540

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-Dekabr 2024 yil Ma'qullandi: 14- Dekabr 2024 yil Nashr qilindi: 17- Dekabr 2024 yil

KEY WORDS

intertekstuallik, badiiy matn, umumiylik, diniy intertekstuallik, madaniy intertekstuallik.

Mazkur maqolada ikkita badiiy asarning umumiy intertekstual xususiyatlarini guruhlarga bo'lib tasnif qilinish ko'zda tutilgan. Badiiy matnda intertekstual aloqalarni yaratishning lingvistik vositalari hamda romanlardagi intertekstuallikning umumiy xususiyatlari borasida ham bir qadar fikr va mulohazalar yuritilgan.

Bizga ma'lumki, adabiy til muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan xizmat qiluvchi til shakli hisoblanadi. Adabiy tilning ikki - og'zaki va yozma ko'rinishi mavjud. Har qanday adabiy til xalq og'zaki nutqi asosida shakllanib, shu xalq tiliga xos shevalarni umumlashtiradi va barcha sheva vakillari uchun tushunarli shakl oladi.

"Jonli til xalq o'rtasida faoliyat ko'rsatuvchi tildir. Tilni xalq yaratadi. Tilni adabiy til va xalq tili deb ajratishning ma'nosi shuki, san'atkorlar tomonidan ishlangan yoxud hali ishlanmagan til bor".

"Badiiy asar tili xarakter va manzaralarni yaqqol gavdalantirish uchun birinchi navbatda, ularning ichki dunyosini, mohiyatini butun qarama-qarshiliklari bilan aks ettiradi va shu akslangan hayot kitobxon his-tuyg'ularini uyg'otadi." Bundan anglashimiz mumkinki, hayot inson qalbining turfa xil holatlarini tasvirlash orqali kitobxon his-tuyg'ulariga ta'sir ko'rsatish, badiiy tasviriylik va emotsional xususiyatni keltirib chiqaradi. Asosiy qism

Bilamizki, har qanday nasriy yoki nazmiy asarning badiiy-estetik bo'yoqdorligini, badiiy qiymatini oshiruvchi badiiy tasviriy vositalar -bu asarlarda qo'llanadigan turli stilistik usullardir. T.Malik va M.Pyuzo ham o'z asarlarida stilistik usullardan mohirona foydalana olishgan va shuning uchun ularni asarlari bugungi kungacha o'quvchilar tomonidan sevib mutolaa qilinadi.

T.Malik va M.Pyuzo turli xil makonlarda yashab ijod qilgan, o'z davridayoq xalqning sevimli yozuvchisi, hikoyanavis, romannavis bo'lib tanilgan. Ular ijodidagi o'ziga xoslik, teran dunyoqarash va so'z tanlash mahoratining o'ta yuqoriligi o'quvchilar e'tiborini o'ziga jalb qila olgan. Mario Pyuzo - amerikalik yozuvchi va jurnalist bo'lgan. Asli ism-sharifi Tohir

Abdumalikovich Xabilov bo'lgan, Tohir Malik esa adabiy taxallusi bo'lgan o'zbek yozuvchisi dedektiv, ma'rifiy asarlari bilan kitobxonlar ko'nglidan chuqur joy olgan. Davr va makon ziddiyatlari, jamiyatdagi o'zaro qarama-qarshiliklar har ikki yozuvchi ijodida yaqqol namoyon

bo'lib, asarlarining lingvostilistik xususiyatlari, asarlari tilining o'ziga xos xususiyatlarini belgilab bergan.

Shu o'rinda ikkala asarga ham qisqacha to'xtalib o'tishni joiz deb topdik. "Cho'qintirgan ota" asari AQShdagi o'ta nufuzli jinoiy sindikat - Don Korleone mafiya klani haqida hikoya qiladi. Shu darajada ishonarli va ustalik bilan yozilgan ushbu asar o'quvchining hayotiga xavf solmagan holda mafiozlarning eng qorong'u xonalarigacha kirib borishiga yo'l ochib beradi.

„Shaytanat" asarida esa jinoyat olamidagi voqealar fonida asosiy e'tibor asar qahramonlarining ruhiy dunyosini tahlil etishga qaratilgan. Kishilarni jinoyatning razil olamidan ehtiyot bo'lishga chaqiruvchi, ogohlantiruvchi asardir.

Ayni paytda badiiy matnda intertekstual aloqalarni yaratishning lingvistik vositalari hamda romanlardagi intertekstuallikning umumiy xususiyatlari borasida so'z yuritilar ekan, badiiy til va uning xossalari xususiyatiga ham e'tibor qaratishni lozim topdik. Odatda tilshunoslik va adabiyotshunoslikka doir tadqiqot ishlarida badiiy asar tili va adabiy tilning o'zaro o'xshash va farqli jihatlari alohida ta'kidlab o'tiladi. Chunki, oddiy qatlam vakillari bu ikki tushunchalarni bir tushuncha yoki kontseptni anglatadi degan fikrlar ham mavjud. Izlanishlarimiz davomida shu narsaga amin bo'ldikki, Tohir Malikning "Shaytanat" asari va Mario Pyuzoning "Cho'qintirgan ota"(The Godfather) romanlari orasida muhim intertekstual o'xshashliklar mavjud. Ikkala asar ham jinoyat dunyosini, kuch va sadoqatning murakkabligini va oilaviy qadriyatlar bilan bog'liq muammolarni tasvirlashda o'ziga xos usuldan foydalangan. T.Malik va M.Pyuzo asarlarining lingvostilistik xususiyatlari umumiy jihatlari xususida mulohaza yuritishda biz aynan ularning asarlarida qo'llangan turli badiiy tasviriy vosita -intertekstuallik va uning turlaridan mohirona foydalanganligiga e'tibor qaratishni lozim topdik. Ularning intertekstual umumiy xususiyatlarini quyidagicha tasniflashimiz mumkin:

1.Patriarxal boshqaruv va oilaviy tuzilma: Ikkala asarda ham bosh qahramonlar (Don Vito Corleone va Asadbek) oilaning kuchli va hurmatga sazovor rahbarlari sifatida tasvirlangan. Ular o'z yaqinlarini himoya qilish uchun barcha choralarni qo'llaydi, hatto qonuniy me'yorlardan chetlashsalar ham. Bu oilaga va an'anaviy qadriyatlarga asoslangan patriarxal boshqaruv tuzilmasi ikkala asarda ham markaziy o'rinda turadi.

2.Qasos va adolat tushunchasi: Har ikkala asarda qasos asosiy mavzulardan biridir. "Shaytanat" va "Cho'qintirgan ota" asarlaridagi qahramonlar o'zlariga va oilalariga nisbatan qilingan adolatsizliklar uchun qasos olishga intilishadi. Bu qasos tushunchasi jinoyat olamining o'ziga xos adolat tizimini yaratadi, bu tizimda qon to'kish orqali hisob-kitob qilish normal holat sifatida qabul qilinadi.

3.Diniy va madaniy intertekstuallik: "Cho'qintirgan ota" asarida cho'qintiruv va boshqa diniy tushunchalar mavjud bo'lsa, Shaytanatda islomiy qadriyatlar va Sharqona tarbiya o'z ifodasini topgan. Bu diniy va madaniy intertekstuality ikki asardagi oilaviy va ijtimoiy qadriyatlarning ziddiyatli, ammo muhimligini ifodalaydi.

4.Ikki olam o'rtasidagi konflikt: Ikkala asarda ham qahramonlar jinoyat dunyosi bilan oddiy hayot o'rtasidagi o'zaro ziddiyat bilan yuzlashadilar. Michael Corleone ("Cho'qintirgan ota") va Asadbek ("Shaytanat") to'g'ri yo'lni tanlash va oila traditsiyalari yoki jinoyat olamiga sodiq qolish kabi qarorlarni qabul qilishga majbur bo'lishadi. Bu ziddiyat intertekstualllik orqali jinoyat olamidagi odob-axloq tushunchalarini sinovga qo'yadi.

5.Jinoyat olamidagi axloqiy dualizm: Ikkala asarda ham jinoyatchi qahramonlar ichki axloqiy

dualizmni boshdan kechiradilar. Ular bir tomondan jinoyatchi bo'lishlari bilan birga, o'z yaqinlariga mehribon va sadoqatli insonlar sifatida tasvirlanadi. Bu jihatlar ikki asar orasidagi asosiy intertekstual o'xshashlikni tashkil etib, jinoyat olamidagi axloqiy murakkabliklarni ochib beradi. Xulosa

Olimlarning intertekstuallikka doir bergan ilmlaridan kuzatishimiz mumkinki, interstekstuallik va matnlararo munosabatlarni uch turga ajratish mumkin: majburiy, ixtiyoriy va tasodifiy. Ushbu o'zgarishlar ikkita asosiy omilga bog'liq: yozuvchining niyati va ma'lumotnomaning ahamiyati. Ushbu turlarning farqlari va toifalar o'rtasidagi farqlar mutlaq va eksklyuziv emas, aksincha, ularni bitta matn ichida birgalikda yashashga imkon beradigan tarzda boshqariladi. Shuni qo'shimcha qilishimiz kerakki, matn yaratish va o'zaro ta'sirning muayyan holatlari uchun intertekstuallikning muayyan mezonlarining dolzarbligi aniqlanishi kerak, chunki ularning hammasi ham har xil aloqa turlarida, masalan, badiiy va ilmiy kommunikatsiyada bir xil sifat ifodasiga ega emas. Bu gradual, prototipik hodisa sifatida intertekstuallik g'oyasiga mos keladi. Mana shularni hisobga olgan holda badiiy matn sifatida berilgan ikkala asarda ham intertekstuallikning umumiy jihatlari kuzatildi.

Adabiyotlar:

1. Yo'ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. Toshkent. Fan, 2008.

2. Красных В.В. Система прецедентных феноменов в контексте современных исследований / Язык, сознание, коммуникация: Сб. статей. - М.: "Филология", 1997. Вып. 2. - С. 5-12

3. Пьего-Гро Н. Введение в теорию интертекстуальности. - М.: ЛКИ, 2008. - 240 с.

4. 4. Presupposition and Interrextuality Author (s): Jonathan Culler Source:MLN. Vol.91.NO.6. Comparative Literature(Dec., 1976).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.