Научная статья на тему 'TO„QIMACHILIK IPLARINING NOTEKISLIGI VA UNI ANIQLASH USULLARI'

TO„QIMACHILIK IPLARINING NOTEKISLIGI VA UNI ANIQLASH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

586
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Spektral tahlil / Siro / Og„ish / arifmetik / Korrelyatsion tahlil / Notekislik gradienti / metodika / Kvadratik notekislik / Puasson modeli / CentexUz / Notekislik indeksi. / Spectral Analysis / Siro / Deviation / Arithmetic / Correlation Analysis / Inequality Gradient / Methodology / Quadratic Inequality / Poisson Model / CentexUz / Inequality Index

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Sanjar Norqul O„g„li Yarashov, Nurali Qudratovich Safarov, Olim Shoyqulovich Abdurahmonov

Maqolada “Siro” ipining noteksligi va uni aniqlash usullari keng yoritilgan. Halqali yigirish mashinasi yodamida “Siro” usulida Ne=40 bo„lgan yigirib pishitilgan ip ishlab chiqarilgan bo„lib, ipning notekslik bo„yicha ko„rsatkichlari spektral tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article describes methods for determining the unevenness of Siro on a ring spinning machine, yarn with Ne = 40 was produced using the Siro method, and spectral analysis of the unevenness of the yarn was carried out.

Текст научной работы на тему «TO„QIMACHILIK IPLARINING NOTEKISLIGI VA UNI ANIQLASH USULLARI»

TO'QIMACHILIK IPLARINING NOTEKISLIGI VA UNI ANIQLASH

USULLARI

Sanjar Norqul o'g'li Yarashov

Termiz muhandislik-texnologiya instituti assistenti sanj aryarashov2@gmail .com

Nurali Qudratovich Safarov

Termiz muhandislik-texnologiya instituti dotsenti [email protected]

Olim Shoyqulovich Abdurahmonov

Termiz muhandislik-texnologiya instituti katta o'qituvchisi olimabdurah@gmail .com

Maqolada "Siro" ipining noteksligi va uni aniqlash usullari keng yoritilgan. Halqali yigirish mashinasi yodamida "Siro" usulida Ne=40 bo'lgan yigirib pishitilgan ip ishlab chiqarilgan bo'lib, ipning notekslik bo'yicha ko'rsatkichlari spektral tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Spektral tahlil, Siro, Og'ish, arifmetik, Korrelyatsion tahlil, Notekislik gradienti, metodika, Kvadratik notekislik, Puasson modeli, CentexUz, Notekislik indeksi.

The article describes methods for determining the unevenness of Siro on a ring spinning machine, yarn with Ne = 40 was produced using the Siro method, and spectral analysis of the unevenness of the yarn was carried out.

Keywords: Spectral Analysis, Siro, Deviation, Arithmetic, Correlation Analysis, Inequality Gradient, Methodology, Quadratic Inequality, Poisson Model, CentexUz, Inequality Index.

KIRISH

Hozirgi kunda jahon bozorida to'qimachilik iplari sifati deyilganda birinchi navbatda ularning tashqi ko'rinishi va

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

ravonligi tushiniladi, ya'ni ular ustivor ko'rsatkichlar sanaladi.

April, 2022

Shuning uchun ipning yo'g'on va ingichka joylari, nepslar soni bilan bir qatorda chiziqiy, kvadratik notekisliklari ustuvor ko'rsatkichlar sifatida baholanadi. Yana muhim ko'rsatkich - nisbiy pishiqlik hisoblanuvchi mezonidir.

Bugungi shidad bilan rivojlanayotgan davrda to'qimachilik sanoatining bozor munosabatlari sharoitidagi rivoji texnika va texnologiyaning takomillashishi, fan va texnikaning yangi yutuqlarini ishlab chiqarishga tadbiq etish, jarayoni samaradorligini oshirish hamda tayyor mahsulot sifatini yaxshilash bilan bog'liqdir. Bunday sharoitlarda to'qimachilik sanoati oldiga mahsulot sifatini kelgusida yaxshilash, buyumlar assartimentlarini yangilash va kengaytirish, ishlab chiqarishga takomillashgan sermaxsul texnologiyalarni tadbiq etish, texnologik jarayonlardagi o'timlarni qisqartirish vazifalarini ko'ndalang qo'yadi. Yuqorida keltirilgan muomalarni yechimi, yangi turdagi gazlama va tirikataj motolari ishlab chiqarish bo'lib bunday matolar ishlab chiqarish uchun pishitilgan iplardan foydalanish talab etiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Barcha turdagi iplarning notekisliklari kattaliklarini aniqlash uchun tegishlicha maxsus usullar ishlab chiqilgan va qo'llanib kelinmoqda. Ular standartlarga kiritilib, texnikaviy nazorat yo'riqnomalarida o'z aksini topgan. Yigirish yarim mahsulotlari(pilta, pilik) yoki ipning berilgan bir xossasi bo'yicha notekislik kattaligini aniqlash uchun sinov ishlarini o'tkazib, bir guruh raqamli ko'rsatkichlarga ega bo'lish kerak. Keyin ko'rsatkichlarning o'rtacha arifmetik qiymatlarini topib, ularning og'ishlarini aniqlash mumkin. Sinovlar o'tkazish metodikasida namunalarni olish, sinovlar miqdori va takrorligi qayd etiladi. O'rtacha arifmetik qiymat bilan u yoki bu tomonga farq o'rtacha arifmetik qiymatdan og'ish deb ataladi. Og'ish musbat yoki manfiy bo'lishi mumkin. Agar mazkur og'ishning o'rtacha arifmetik qiymati topilib foizlarda ifodalansa, ko'rsatkich bo'yicha notekislik topilgan bo'ladi [1].

Chiziqiy notekislik N quyidagi formula bilan aniqlanadi.

2( x - x -100

(1)

x - m

Bu formula soddaroq qilib yozilishi ham mumkin, ya'ni

V y

Bu yerda, x -sinovlarning o'rtacha arifmetik qiymatlari; x1 - o'rtacha arifmetik qiymatdan kichik yoki katta qiymatlarning o'rtacha arifmetik qiymatlari;

(2)

April, 2022

m - sinovlar soni;

m1 - o'rtacha arifmetik qiymatlardan kichik yoki katta qiymatlar soni;

S - o'rtacha arifmetik qiymat x ning sinovlar soni m ga ko'paytmasi;

S1 - o'rtacha arifmetik qiymatdan kichik yoki katta qiymatlar yig'indisi;

Bundan tashqari yuqorida aytilganidek, kvadratik notekislik ko'proq ishlatiladi, chunki o'rtacha arifmetik qiymatdan og'ish kvadratga ko'tarilib, sinovlar soni kamaytirilib aniqlanadi [2]. Kvadratik notekislikni aniqlash uchun, oldin o'rtacha kvadratik og'ish topiladi, ya'ni,

a =

i

m

Z(x - x )

m -1

topilib, so'ngra kvadratik notekislik S hisoblanadi.

c = 0:100,%;

(3)

(4)

Notekislik indeksi va notekislik darajasi mahsulotda tolalarning amaldagi joylashishi bo'yicha notekisligi tolalarning tasodifiy joylashishidagi notekisligidan katta bo'ladi. Tolalarning amaldagi joylashishi bo'yicha (qayta taralgan piltada) notekisligi tolalari tasodifiy joylashgan mahsulot notekisligidan katta bo'ladi. Tolalari ideal joylashuvga ega mahsulotning notekisligi hamisha amaliy notekislikdan kichikdir. Bu vaziyat tolalarning aralashuvi samarasi va taralishi bilan izohlanadi. Bu holatda mahsulotning strukturaviy notekisligi kattalashadi, tolalarning cho'zish asbobida guruh-guruh bo'lib harakatlanishi kuzatiladi [3].

Mashinalar va cho'zish asbobining yoxud urchuqlarning nostatsionar va har xil ishlashidan tolalarning tasodifiy joylashuvi paydo bo'lib chiziqiy zichligi bo'yicha notekislik ortadi.

Shunday qilib, real mahsulotning tavsif ko'rsatkilari bo'yicha og'ishi idealnikiga nisbatan katta bo'ladi. Real va ideal (gipotetik) mahsulotlar notekisliklari orasidagi farqqa qarab texnologiya va mahsulot ravonligi bo'yicha xulosaga kelish mumkin.

Mahsulotda tolalarning tasodifiy joylashuvi mahsulot ko'ndalang kesimi koordinatasiga bog'liq bo'lmay, uning har qanday kesimida tasodifiy kattalik sifatida qolaveradi. Tadqiqotlarga qaraganda gipotetik mahsulot ko'ndalang kesimida tolalar joylashuvi Puasson taqsimotiga bo'ysinganligi bois, mahsulotning kvadratik notekisligi Puasson modeli hisoblanib ko'ndalang kesimlari yuzasi bo'yicha gipotetik notekislik quyidagicha topiladi:

a =

100

F fm

1 +

C ^

v100 y

100

1 + 4

Cl 100

(5)

April, 2022

2

2

2

367

_ T

Bu yerda m = —^ - mahsulot ko'ndalang kesimidagi tolalar soni;

TT

Tip, Tt - ip va tolaning chiziqiy zichligi, teks;

Cq = 2Cd - tolalarning ko'ndalang kesimlari bo'yicha kvadratik notekisligi, %; Cd - tolalarning diametri bo'yicha kvadratik notekisligi, %. Ko'p holatlarda gipotetik mahsulot kvadratik notekisligi ancha soddaroq bo'lib quyidagi formula bilan aniqlanadi:

100K

cr =■

(6)

Bu yerda, K0 - tola turiga bog'liq koeffitsient bo'lib, paxta uchun 1,06 Cq = 35% deb qaralganda; jun uchun esa 1,12 ga teng.

Yigirish mahsulotlari notekisligini o'rganishda notekislik indeksi deb ataluvchi ko'rsatkichdan foydalaniladi. Notekislik indeksi deb haqiqiy mahsulot notekisligining gipotetik mahsulot notekisligiga nisbatiga aytiladi, ya'ni

C c

I =

Cr 100K

Bu yerda,

K =

1

1 +

c }

V100 y

(7)

(8)

Yigirish texnikasi va texnologiyasining rivojlanishi natijasida sinov usullari, vositalari ham takomillashib bordi. Mahsulot sifatini baholashning yangi mezonlari belgilanib borildi.

Notekislini aniqlash usullari

1. Notekislikni uni tashkil yetuvchi komponentlarga ajratib aniqlash;

2. Korrelyatsion tahlil;

3. Notekislik gradienti;

4. Spektral tahlil [4].

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Hozir ipning notekisligini yo'g'onlikning o'zgarishi spektri, ya'ni uzunliklari bo'yicha qiymatlari ko'rsatiladi. Bu spektrogramma deb ataluvchi grafikda yaqqol ifodalanadi. Biz buni Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi laboratoriya sharoitida olingan "Siro" ipi uchun keltiramiz. Bu yerda Ne=40 ga teng (1-rasm)

Iplarning muhim ko'rsatkichlaridan yana biri bu - nisbiy pishiqlik hisoblanuvchi mezonidir. Agar biz nisbiy uzish

April, 2022

2

368

kuchi R bilan Rw ko'rsatkichi orasidagi bog'liqlikni xisobga oladigan bo'lsak quyidagicha ifodalanadi:

R = Rw ■0,9807 sN/teks

(9)

1-rasm. Uzunligi bo'yicha mahsulot massasining o'zgarish spektrogrammasi

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Shuning bilan bir vaqtda taqqoslash maqsadida o'rta tolali paxtadan qayta tarash sistemasida olingan Ne=40 qayta tarash ipi va Ne=40 "Siro" iplarining fizik-mexanik hususiyatlari "CentexUz" laboratoriyasidagi zamonamiy sinov uskunalarida aniqlanib, qiymatlari 1-jadvalda keltirilgan. Jadvalda iplarning fizik-mexanik xossalari qisqacha keltirildi.

1-jadvalda

"Siro" va qayta tarash iplarining fizik-mexanik xususiyatlari

№ K o „pcaT kh H.iap h o mh "Si ro" i pi Qayta tarash ipi

1 Ingliz nomeri, Ne 40 40

2 Maksimal uzush kuchi, gf 283,36 263,10

4 Nisbiy uzush kuchi, cN/tex 18,16 17,47

5 Uzayishi %% 6 4.8

® ©

April, 20221 Multidisciplinary Scientific Journal

©

o1

369

6 Nisbiy uzush kuchi bo'yicha variatsiya koeffitsienti CV % 5,29 6.45

7 Uzilish vaqti, sekund 3,44 2,8

8 Buramlar soni 850 920

9 Ko'rsatkichi 18,52 17,82

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar asosida "Siro" va qayta tarash iplarining ma'lum bir kuch ta'siridagi uzayish diagrammasi 2-rasmda keltirildi.

Keltirilgan diagrammadan quydagicha xulosaga kelishimiz mumkin: 4-tip I navli paxta tolasidan olingan qayta tarash ipiing fizik-mexanik xususiyatlari, 4-tip I navli paxta tolasidan olingan "Siro" ipiing fizik-mexanik xususiyatlaridan kichchik ekanligini ko'rishimiz mumkin.

300 250 200 150 100 50 0

Siro 1

Qayta tarash 2

123456789 10 11 12 0 25 50 75 100 125 150 175 200 225 250 284 0 22,5 45 67,5 90 100 122,5 150 172,5 200 263,1

2-rasm. Kuch ta'siridagi uzayish

XULOSA

Iplarning notekisliklari kattaliklarini aniqlash uchun tegishlicha maxsus usullar ishlab chiqilgan va qo'llanib kelinmoqda. Ular standartlarga kiritilib, texnikaviy nazorat yo'riqnomalarida o'z aksini topgan. Yigirish yarim mahsulotlari (pilta, pilik) yoki ipning berilgan bir xossasi bo'yicha notekislik kattaligini aniqlash uchun sinov ishlarini o'tkazilib, bir guruh raqamli ko'rsatkichlarga ega bo'lindi. So'ngra ko'rsatkichlarning o'rtacha arifmetik qiymatlarini topib, ularning og'ishlarini aniqlandi. Sinovlar o'tkazish metodikasida namunalarni olish, sinovlar miqdori va takrorligi qayd etildi va halqali yigirish mashinasida klassik usulda olingan ipga nisbatan "Siro" yigirish

April, 2022

370

usulida olingan ipning notekislik bo'yicha barcha ko'rsatkichlari va fizik-mexanik hususiyatlari ustun qiymatlariga ega ekanlitgi aniqlandi.

REFERENCES

1. SITRA norms for spinning mills, Coimbator-641014, 2004

2. Sevost'yanov A.G, Metod i sredstva issledovaniy mexonika-texnologicheskix protsessov tekstil'noy promtishlennosti, M:MGTU 2007 g.

3. Onarboev B.O., Tulaganova M.T., Isakulov V.T., Improving the sealing protection of equipment in spinning machines. International journal of advanced research in Science engineering and technology. Vol.6, issue 6, june 2019.

4. L.Amzaev, Q.Jumaniyazov, S.Matismoilov "Tadqiqotning uslub va vositalari" Toshkent 2014.

April, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.