Научная статья на тему 'TIL TA’LIMIDAGI YUTUQLAR, MADANIYATLAR VA INNOVATSIYALAR OʻRTASIDAGI BOGʻLANISH'

TIL TA’LIMIDAGI YUTUQLAR, MADANIYATLAR VA INNOVATSIYALAR OʻRTASIDAGI BOGʻLANISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
12
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
til / chet tili / koʻp tillilik / madaniyatlararo muloqot / metod / innovatsiya

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mavlonova Zulfina Ashraf Qizi

Ushbu ilmiy maqolada til ta’limi hamda xorijiy tillarni oʻqitish va oʻrganishdagi turli metodlar, til ta’limida qoʻlga kiritilayotgan yutuqlar, madaniyat va innovatsiyalar xususida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TIL TA’LIMIDAGI YUTUQLAR, MADANIYATLAR VA INNOVATSIYALAR OʻRTASIDAGI BOGʻLANISH»

TIL TA'LIMIDAGI YUTUQLAR, MADANIYATLAR VA INNOVATSIYALAR

O'RTASIDAGI BOG'LANISH Mavlonova Zulfina Ashraf qizi

"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11085815

Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqolada til ta'limi hamda xorijiy tillarni o'qitish va o'rganishdagi turli metodlar, til ta'limida qo'lga kiritilayotgan yutuqlar, madaniyat va innovatsiyalar xususida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: til, chet tili, kop tillilik, madaniyatlararo muloqot, metod, innovatsiya

Abstract. This scientific article reflects on language education and various methods of teaching and learning foreign languages, achievements in language education, culture and innovations.

Keywords: language, foreign language, multilingualism, intercultural communication, method, innovation.

Аннотация. В данной научной статье рассматриваются вопросы языкового образования и различные методы преподавания и изучения иностранных языков, достижения в области языкового образования, культуры и инноваций.

Ключевые слова: язык, иностранный язык, многоязычие, межкультурная коммуникация, методика, инновации.

Tarixiy davrlardan boshlab til sohasi rivojlanib yuksalib hozirgi davrga qadar yetib keldi. Qadimgi davrda so'z orqali til muhiti, til orqali tilshunoslik muhiti borligiga yaqqol guvoh bo'lamiz. Qadimgi vaqtlardan beri tilshunoslik muhiti shakllangan. Yillar o'tishi natijasida turli til muhitlari, turli mamlakat hududlarida, turli tillar shakllanib, yuksalib, hozirgi davrga qadar yetib kelgan.Tilni tabiiy muhitda oilada, jamiyatda yoki birlashgan holda o'rganish juda muhimdir. Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq til ta'limi sohasini va xorijiy tillarni o'qitish tizimini, yoshlarimizni o'qitishni jahon andozalariga mos sharoitlarda bilim olishini, jismoniy va ma'naviy jihatdan yetuk insonlar bo'lib kamolga yetishini ta'minlash, qobiliyat hamda iqtidorini yuzaga chiqarish, qalbida yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg'ularini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan beqiyos sa'y-harakatlar zamirida ham ana shu ezgu maqsad mujassamdir. Bugungi kunda tilni o'rganish hayotimizning barcha sohalaridagi har qanday yoshdagi ta'lim oluvchining va insonlarning muloqoti va shaxsiyatini rivojlantirishga yordam beradi. Ta'limga katta e'tibor berilib, «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun va 1997 yil 29-avgustda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilingach, ta'lim tizimi tubdan isloh qilina boshlandi. Tarjimonlik, tilshunoslik sohalarni o'rganish, xorijiy tillarni bilish, insonning istiqbolini oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi qarori asosida xorijiy tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirishni isloh qilish masalasiga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilib, DChet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidaD PQ-1875-sonli qarori qabul qilinishi katta o'zgarish bo'ldi. Zamonaviy boshlang'ich ta'limdagi eng asosiy va ijobiy o'zgarishlarga sabab bo'lgan sohalardan biri bu- til ta'limi sohasi, bu sohani rivojlantirish uchun eng avvalo yoshlarimizga bolalik chog'idanoq yani maktabgacha ta'lim muassasalarida xorijiy tillarni o'qitish istiqbollarini yaratishni belgilab olib, aniq maqsadli, bolalarga tushunarli dastur yaratib, xizmat ko'rsatishni oshirmog'imiz lozim. Dunyo yaralgandan buyon yer yuzida turli tillar tarqalib rivojlanib kelmoqda. Qaysi mintaqaga qaramaylik o'z tili, o'z shevasi bor. Mamlakatimizda xorijiy til muhiti yaratish hamda o'sib borayotgan yoshlarga xorijiy tillarni

o'rgatish hamda mamlakatda xorijiy tillarni izchil rivojlantirishga e'tibor qaratishimiz joizdir. Xorijiy tillarni rivojlantirish hamda til ko'nikmalarimi aniqlash uchun turli til sertifikat imtihonlari joriy etilgan. Xorijiy tillarni o'rganganlik darajasini aniqlash test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgan talabgorlarga rag'batlantirishlar qilinmoqda. Bu aynan mamlakatimizda xorijiy til muhitini yuksalayotganligini belgisidir. 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan "Chet tillarini" o'rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida"gi Prezident Qarori chet tillarini o'rganish imkoniyatlarini kengaytirdi. Respublikamizda chet tilining o'qitilishi, chet tili o'qituvchilarining bilim va ko'nikmalarini baholashning umumevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi.

Til ta'limida barqaror o'zgarishlar qilinib, mamlakat bo'ylab xorijiy tillar rivojlantirilmoqda. Bunga yaqqol namuna sifatida til to'g'risidagi qonunga kiritilayotgan o'zgartirishlarni aytishimiz joizdir. O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili to'g'risida"gi Qonuni qabul qilinganiga o'ttiz bir yil to'ldi. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, biz xalqimizning taqdiri, ertangi kuni haqida o'ylar ekanmiz, eng avvalo, millatimizning asl fazilatlarini, go'zal urf-odatlarimiz, betakror san'atimiz va adabiyotimizni, ona tilimizni ko'z qorachig'iday saqlashimiz zarurligining ta'kidlanishi ham bejiz emas. Bundan tashqari, mamlakatimizda turizm sohasi ham rivojlanib kelmoqda, biz kelayotgan turistlarga sifatli xizmat ko'rsatish uchun eng avvalo biz xorijiy tillarni tez va sifatli usullar bilan rivojlantirishimiz zarurdir.

Metod-usul, prinsip kabi tushunchalar bilan bir xil tushunchadir. Metod- metodika atamasi grek-lotincha metodos- metodus so'zlaridan kelib chiqqan bo'lib, ma'lum bir maqsadga yetkazadigan yo'l yoki o'quv materialini rejalashtirish, tanlash demakdir. Bu til ta'limni rivoj topishida, madaniyatlar va innovatsiyalarni bir biriga bog'lashda muhim vositadir.

Har bir davlat hududida balki mamlakatning har bir jabhasida xorijiy tillarni o'qitish va yangi o'rganilgan tildagi ma'lumotlarni hayotga tadbiq etish, uni ishlatish, kunning e'tiborli talablaridandir. Aynan hozirgi davrda juda ko'pchilik mamlakatlarda ko'p tillilik muhiti hukm surmoqda. Biz ko'z oldimizga yer yuzini keltirib qarasak, butun yer yuzida ko'p tilli insonlar yashab har sohada yangiliklarini yaratib kelmoqda. Tilshunoslik sohasida ko'pchilik nazarini o'ziga jalb etayotgan xorijiy tillarning o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Xorijiy tillarni o'rganishga bo'lgan talab yildan yilga ortib bormoqda. Xorijiy til bilan birgalikda xorij mamlakatlarini madaniyati ham kirib kelmoqda. Butun dunyo mamlakatlari hududida til va madaniyat bir biri bilan chambarchas bog'liqdir. Chet tilini o'rganish asosan suniy muhitda bo'ladi yoki biror bir ustoz rahbarligida o'rganiladi. Chet tilini o'rganish qiyin kechadi, ya'ni chet tilini o'rganish bilan birga aynan shu davlat madaniyati til ta'limidagi yutuqlar va yangidan yangi metodikalar o'rganiladi.

Dunyo rivojlanib ilmiy texnika rivojlanayotgan bo'lsa-da, inson har bir yangilikni o'z ko'zi bilan ko'rishni yoki qaysidir maqsad bilan boshqa davlatga sayohatga borar ekan, eng avval o'sha mamlakat tilini, tarixini, yashash sharoiti va albatta iqlimi sharoitiga qizib izlanish olib boradi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz joizki, mamlakatda til ta'limini va xorijiy tillar qanchalik ahamiyat kasb etishini va ilmiy metologik qarashashlarni chuqur anglashimiz va bu sohalarni rivojlantirish yo'lini davom ettirmog'imiz zarurdir. Bundan tashqari til ta'limi sohasini va xorijiy tillarni yaxlit birlashib rivojlanish yo'liga o'tkazmog'imiz darkordir. Turli til tayyorlov markazlar sonini oshirish evaziga mamlakatning butun hududlarda, til o'rgatadigan bazalar tashkillashtirib, mahalliy xalq orasida ham til o'rganish salohiyatini oshirib, mamlakatni til ta'limi salohiyatini jahon reytingida yuqori darajaga ko'tarish uchun ildam, bir tan-u bir jon bo'lib harakat qilishimiz

maqsadga muvofiqdir. Yaqin yillarda mamlakatda xorijiy tillarni keng ko'lamli rivojlantirish hamda til ta'limidagi madaniyatlarni o'rnini anglagan holda innovatsiyalar bilan bog'lashimiz kelajagimiz uchun zarurdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari" to'g'risida'gi PQ-1875-sonli qarori https://lex.uz/docs/-4428097

2. XORIJIY TILLARNI O'QITISHNING ZAMONAVIY USULLARI https://nauchniyimpuls.ru/index.php/ni/article/view/2900

3. O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi qonunlari https://kompy.info/1-ozbekiston-respublikasining-davlat-tili-haqidagi-qonunlari-h.html

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari" to'g'risida"gi PF-5850-son Farmoniga muvofiq https://lex.uz/acts/-5058351

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.