Karakulov N.M.
Acting Associate Professor of the Department of Geography and its teaching methodology Tashkent State Pedagogical University named after Nizami
THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF WAGE IN THE POVERTY REDUCTION STRATEGY IN TASHKENT REGION
Abstract. This article describes the role and importance of wages in the poverty reduction strategy in Tashkent region. The article also analyzes the average monthly wage by type of economic activity.
Key words: Monthly wages, poverty, strategy, inflation, employment, entrepreneurship, labor resources, living and dining services, unemployment, jobs, regional economy.
KARAKULOV N.M. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Geografiya va uni o'qitish metodikasi kafedrasi dotsenti v/b
TOSHKENT VILOYATIDA KAMBAG'ALLIKNI KAMAYTIRISH
STRATEGIYASIDA ISH HAQINING O'RNI VA AHAMIYATI
Annotatsiya. Ushbu maqolada Toshkent viloyatida kambag'allikni kamaytirish strategiyasida ish haqining o 'rni va ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, maqolada iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha o'rtacha hisoblangan oylik ish haqi tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: Oylik ish haqi, kambag'allik, strategiya, inflyatsiya, bandlik, tadbirkorlik, mehnat resurslari, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar, ishsizlik, ish o'rinlari, hududlar iqtisodiyoti.
Jahon tajribasidan ma'lumki aholi farovonligi va ularning yashash sharoitining yuqoriligi ularning ish bilan bandligi ya'ni biron bir korxona yoki firmalarda ishlashi emas balki oylik ish haqi miqdoriga ham bog'liqdir. Ish haqi qancha yuqori bo'lsa albatta ishlovchilarning moliyaviy imkoniyati shunga yarasha yuqori bo'ladi. Shu sababli Toshkent viloyatida kambag'allikni kamaytirish strategiyasida ish haqining o'rni va ahamiyati juda kattadir.
Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning ma'lum qismi, ya'ni ishchi va xizmatchilarga, ya'ni ishchi kuchiga tegishli qismi uning ishlab chiqaruvchilari o'rtasida mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadi, bu iqtisodiyotda ish haqi deb yuritiladi[1]. Ish haqi hozirgi davrda nafaqat O'zbekistonda balki barcha mamlakatlar iqtisodiyotida muhim o'rin tutadi. Shuning uchun ham iqtisodchi olimlar ish haqining mazmuniga katta e'tibor beradilar. Ish haqining mazmunini aniqlashda turli iqtisodchilar turli tomondan
yondashib, unga har xil ta'rif beradilar. Masalan, mashhur ingliz iqtisodchilari D.Rikardo va T.Maltuslaring «Yashash uchun vosita minimum!» konsepsiyasida ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi bilan bir xil deb hisoblanadi. Lekin bunday qarash to'g'ri emas. Bu minimum o'z ichiga ishchi kuchi shakllanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlar tug'dirgan ehtiyojlarni ham oladi. Shu bilan birga ishchi kuchi narxining quyi chegarasini yashash uchun zarur vositalar miqdorining minimumi bilan aniqlash, ishga yollovchilarning ish haqini mazkur quyi chegaradan pasaytirishga intilishiga olib kelishi mumkin [4].
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida ayrim mualliflar (jumladan, «Ekonomiks» darsliklarida, V.D.Kamayev rahbarligida nashr etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligi va boshqalarda) ish haqini mehnat narxi sifatida, ayrimlari esa mehnat bozoridagi talab va taklifning muvozanat narxi sifatida talqin etadilar. Bunda ular asosan bozorda mehnat sotiladi degan noto'g'ri tushunchaga asoslanishadi. Mehnat ishchi kuchining funksiya qilishi, uning ma'lum maqsadga qaratilgan faoliyat jarayoni bo'lib, uning na qiymati, na narxi yo'qligi, bu jarayonni bozorga olib chiqib sotib bo'lmasligi fanda ham, real hayotda ham, iqtisodiy amaliyotda ham hammaga ayon bo'lgan va allaqachon isbotlangan masaladir. Shuning uchun buni isbotlashga harakat qilmasak ham bo'ladi. Lekin bu g'oyaning negizida bir ijobiy tomon borki, uni albatta hisobga olish zarur. Bu ham bo'lsa ular mehnatni ishchining malakasi, intensivligi va natijasi bilan bog'lashga harakat qilganlar.
Ushbu xulosalardan keyin ish haqining mazmuniga ta'rif berib aytish mumkinki, ish haqi - ishchi va xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir [1].
Ish haqi ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan zaruriy mahsulot bilan chambarchas bogliqdir. Chunki ish haqi uning asosiy qismini tashkil etadi. Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning turmush va mehnat sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me'yori bilan iste'mol me'yori o'rtasidagi bog'liqlikni ta'minlashdan iboratdir. Albatta ishchi kuchini takror hosil qilishda ish haqidan tashqari foiz, renta, foyda, dividend, turli imtiyozlar va nafaqalarning ham roli bor. Ish haqining mazmunini to'laroq tushunish uchun nominal va real ish haqi tushunchalarini bilish zarur. Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu sababli nominal va real ish haqi farqlanadi.
Nominal ish haqi - bu ma'lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi. Nominal hisoblangan ish haqi - ma'lum bir davr (soat, oy, yil) mobaynida xodim tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish yoki ko'rsatilgan xizmat) evaziga ish beruvchilar tomonidan, amaldagi qonun hujjatlariga asoslangan holda soliq va boshqa to'lovlarni o'z ichiga oluvchi yollanma xodimning mehnatiga haq to'lash tarzida jismoniy shaxsga pul
shaklida hisoblangan daromadlardan iborat [4]. Misol uchun, non ishlab chiqarish korxonasi ishchisi mart oyida 3 mln. so'm, aprel oyida 2 mln. so'm, may oyida 3.5 mln. so'm ish haqi oldi. Bular nominal ish haqi hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligiga ko'ra nominal hisoblangan ish haqi - ma'lum bir davr (soat, oy, yil) mobaynida xodim tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish yoki ko'rsatilgan xizmat) evaziga ish beruvchilar tomonidan, amaldagi qonun hujjatlariga asoslangan holda soliq va boshqa to'lovlarni o'z ichiga oluvchi yollanma xodimning mehnatiga haq to'lash tarzida jismoniy shaxsga pul shaklida hisoblangan daromadlardan iborat[2].
Mehnat daftarchalari mavjud bo'lgan xodimlar soni - oyning ma'lum bir sanasiga, ya'ni birinchi yoki oxirgi sanasiga ko'rsatiladi. Bunda haqiqatda ishlayotganlar, vaqtincha ishlamayotgan, biroq ishga rasman biriktirilganligi huquqini saqlab qolganlar ham hisobga olinadi. Bitta tashkilotning ichida ichki o'rindosh sifatida rasmiylashtirilgan xodim bir kishi sifatida hisobga olinadi.
Mehnat daftarchalari mavjud bo'lgan xodimlar tarkibiga O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va boshqa mehnatga oid qonunchilik va me'yoriy hujjatlarda keltirilganlar kiritiladi.
Quyidagi xodimlar mehnat daftarchalari mavjud bo'lgan xodimlar tarkibiga kiritilmaydi: boshqa tashkilotlardan o'rindoshlik bo'yicha ishga qabul qilinganlar; fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalar bo'yicha ish bajaruvchilar; tashkilot tomonidan, ishdan ajralgan holda, ta'lim muassasalariga yuborilganlar [2].
O'rtacha ish haqini hisoblash uchun qabul qilinadigan xodimlar soni -homiladorlik va tug'ish bo'yicha ta'tilda bo'lgan, bevosita tug'uruqxonaning o'zidan yangi tug'ilgan chaqaloqni farzandlikka olish munosabati bilan ta'tilda bo'lgan, hamda bolani uning qonun hujjatlariga muvofiq ma'lum bir yoshga to'lguniga qadar parvarish qilish bo'yicha ta'tilda bo'lgan ayollar; ta'lim muassasalarida o'qiyotgan va ish haqi saqlanmagan holda qo'shimcha mehnat ta'tilida bo'lganlar, shuningdek, ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish uchun ish haqi saqlanmagan holda ta'tilda bo'lgan xodimlarlarni inobatga olmagan holda, mehnat daftarchalari mavjud bo'lgan va ish haqi hisoblangan xodimlarning o'rtacha sonini ifodalaydi[2].
Real ish haqi - bu nominal ish haqi summasining qanchalik tovarlar va xizmatlar miqdorini sotib olishga yetadigan quvvatidir. Boshqacha aytganda real ish haqi - bu nominal ish haqining «xarid qilish» qobiliyatidir. O'z-o'zidan ma'lumki, real ish haqi nominal ish haqi miqdoriga va xarid qilinadigan tovarlar (va xizmatlar) narxiga bog'liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo'lganda, nominal ish haqiga to'g'ri mutanosibdir va iste'mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir [4].
2023-yilda o'rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdori respublikamizda 4 551 400 so'mni, Toshkent viloyatida esa 4 526 000 so'mni tashkil qilgan va bu 25 400 so'mga kamroqdir (1-rasm). Respublikadagi o'rtacha
oylik ish haqiga nisbatan Toshkent viloyatida o'rtacha oylik ish haqi, 2023-yil yanvar-dekabr holatida 99.4 % ni tashkil qilgan. Bu ko'rsatkich bo'yicha viloyat O'zbekiston hududlari orasida uchinchi o'rinni egallaydi. Birinchi o'rinda Toshkent shahri (7 453 400 so'm) va ikkinchi o'rinda Navoiy viloyati (5 887 800 so'm) turadi. Eng kam ish haqi miqdori viloyatlar ichida Namangan viloyatiga to'g'ri keladi. Bu viloyatda ish haqi miqdori 3 310 600 so'mni tashkil qilganini ko'rishimiz mumkin.
Toshkent viloyatida o'rtacha oylik ish haqi dinamikasi (qishloq xo'jaligi korxonalari hamda kichik tadbirkorliksiz, yanvar-dekabr, ming so'mda) 1-rasmda berilgan bo'lib, viloyatda 2019 yildan beri ish haqi oshib borganini kuzatish mumkin. Bunga asosiy sabab yangi korxonalar, kichik tadbirkorlik sub'ektlari, oilaviy korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar sonining oshib borishidir.
Shuningdek mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tadbirkorlarga qulay shart-sharoitlar yaratilayotgani, mahsulotlar sifati oshib borishi, korxonalar eksport salohiyoti oshib borishi ham salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.
5000000 4500000 4000000 3500000 3000000
O 2500000
l/l
2000000 1500000 1000000 500000 0
12345
YILLAR
1-Rasm. Toshkent viloyatida o'rtacha oylik ish haqi dinamikasi (qishloq xo'jaligi korxonalari hamda kichik tadbirkorliksiz, yanvar-dekabr, ming so'mda)
Izoh: Diagramma O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
2023 yilning yanvar-dekabr oylarida respublika hududlari bo'yicha o'rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori o'sish sur'atlari Farg'ona viloyatida (119,1 %), Toshkent shahrida (118,7 %), Jizzax viloyatida (118,1 %), Xorazm viloyatida (118,0 %) hamda Samarqand viloyatida (117,8 %) kuzatildi.
Toshkent viloyati tumanlarlari bo'yicha o'rtacha oylik ish haqining viloyat o'rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori miqdori Olmaliq shahrida - 7 026 400 ming so'mni (155,2 %), Nurafshon shahrida - 5 674 100 so'mni (125,4 %), Qibray tumanida - 5 546 400 so'mni (122,5 %) Bekobod shahrida - 4 926 300 so'mni (108,8 %), tashkil etdi (1-jadval). Aksincha, Bo'ka tumanida - 2 661 300 so'mni (58,8 %), Bekobod tumanida - 2 687 600 so'mni (59,4 %), Piskent tumanida -2 856 800 so'mni (63,1 %), Parkent tumanida - 2 904 700 so'mni (64,2 %) tashkil etib, ushbu ko'rsatkichni pasayganligini ko'rish mumkin.
1. Jadval. Toshkent viloyati tumanlari bo'yicha yuridik shaxslarda ishlovchilarning o'rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ming so'mda
(2023- yil yanvar-dekabr, qishloq xo'jaligi va _ kichik biznes subyek
№ Ma'muriy-hududiy birlik nomi O'rtacha oylik ish haqi miqdori, so'm
1 Olmaliq sh 7026,4
2 Nurafshon sh. 5674,1
3 Qibray t 5546,4
4 Bekobod sh. 4926,3
5 Ohangaron t. 4666,9
6 Chirchiq sh 4560,8
7 Ohangaron sh. 4496,8
8 Yangiyo'l t. 3880,5
9 Bo'stonliq t. 3840,1
10 Angren sh. 3822,0
11 Zangiota t. 3573,2
12 O'rta Chirchiq t. 3507,3
13 Toshkent t. 3505,3
14 Yangiyo'l sh. 3480,0
15 Yuqori Chirchiq t. 3399,5
16 Chinoz t 2961,5
larisiz)
17 Oqqo'rg'on t. 2961,2
18 Quyi Chirchiq t. 2942,9
19 Parkent t. 2904,7
20 Piskent t. 2856,8
21 Bekobod t. 2687,6
22 Bo'ka t. 2661,3
Izoh: Jadval O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
Yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning o'rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqlari (keyingi o'rinlarda -o'rtacha oylik ish haqi) har bir iqtisodiy faoliyat turlarida turlicha farqlanadi. O'rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi tarkibiga qo'shimcha to'lovlar, mukofot pullari, rag'batlantiruvchi to'lovlar, kompensatsiya va ishlamagan vaqti uchun to'lovlar, shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va kasaba uyushmasiga ajratmalar kiradi.
Respublikamizda mehnatga haq to'lashning eng kam miqdoriga so'nggi marta 2023-yil 1-dekabrdan o'zgartirish kiritildi hamda 1 050 000 so'mga yetkazildi. Bu esa ish haqi hajmining ijobiy o'zgarishiga olib keldi. 2021-yilda bu ko'rsatkich 747 300 so'mga teng bo'lgan.
Toshkent viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra 2023 yil yanvar-dekabr oylari uchun o'rtacha oylik ish haqi ko'rsatkichini shakllantirishda qishloq xo'jaligi va kichik tadbirkorlik sub'ektlari hisobga olinmagan, chunki fermer xo'jaliklari hamda kichik tadbirkorlik sub'ektlari yilda bir marta hisobot taqdim etishi belgilangan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha o'rtacha hisoblangan nominal oylik ish haqini tahlil qiladigan bo'lsak quyidagi natijalarni olishimiz mumkin.
Sanoatning asosiy tarmoqlari bo'yicha o'rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko'rsatkichi tog'-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash, elektr, gaz, bug' bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash hamda ishlab chiqarish sanoatida kuzatildi.
Sanoat iqtisodiy faoliyat turi bo'yicha o'rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko'rsatkichi Navoiy viloyati (8 449 100 so'm), Toshkent shahri (6 464 200 so'm), Andijon (5 681 300 so'm), Toshkent (5 648 000 so'm) hamda Qashqadaryo (5 589 700 so'm) viloyatlarida kuzatildi. Toshkent viloyatida bu o'tgan yilga nisbatan 12.0% o'sganligini ko'rish mumlin.
Qurilish faoliyat turi bo'yicha o'rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko'rsatkichi respublikada Toshkent viloyati (7 589 500 so'm) da qayd etildi.
Savdo faoliyat turi bo'yicha o'rtacha oylik ish haqi Toshkent viloyatida 3 464 700 so'mni tshkil qilib, savdo sohasining asosiy tarmoqlari bo'yicha o'rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko'rsatkichi avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni ta'mirlash sohasida, eng past ko'rsatkich esa avtomobil va mototsikllarning savdosidan tashqari chakana savdoda kuzatilgan.
Statistika ma'lumotlariga ko'ra tashish va saqlash iqtisodiy faoliyat turining asosiy tarmoqlari bo'yicha o'rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko'rsatkichi ombor xo'jaligi va yordamchi transport faoliyatida, eng past ko'rsatkich esa pochta va kuryerlik faoliyatida kuzatilgan. Bu tarmoq bo'yicha o'rtacha oylik ish haqining miqdori bo'yicha Toshkent viloyati respublikamizdagi ma'muriy birliklar orasida 12-chi o'rinnni egallaydi.
Axborot va aloqa sohasining asosiy tarmoqlari bo'yicha o'rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko'rsatkichi kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlarda, eng past ko'rsatkich esa noshirlik faoliyatida kuzatildi.
Bu tarmoq bo'yicha o'rtacha oylik ish haqi 6 652 200 so'mga teng
bo'lgan.
Moliya va sug'urta faoliyati iqtisodiy faoliyat turi bo'yicha o'rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko'rsatkichi moliyaviy xizmatlar ko'rsatish va sug'urtalash bo'yicha yordamchi faoliyatda eng past ko'rsatkichi esa sug'urtalash va nafaqa ta'minotidan tashqari moliyaviy xizmatlarda kuzatildi.
Mazkur faoliyat bo'yicha o'rtacha 10 090 300 so'm oylik ish haqi qayd qilingan.
Ta'lim sohasining asosiy tarmoqlari bo'yicha o'rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko'rsatkichi oliy ta'limda, eng past ko'rsatkich esa maktabgacha ta'limda kuzatildi. Ta'lim sohasida ish haqi hajmi (3 098 500 so'm) bo'yicha Toshkent shahridan keying ikkinchi o'rinni egallagan (2-jadval).
Sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish sohasi faoliyat turi bo'yicha o'rtacha oylik ish haqi viloyatda 2 909 200 so'mga teng bo'lib, respublikada 11 o'rinni band qilgan.
Yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar sohasi bizga ma'lumki Toshkent viloyatida yaxshi rivojlangan. Shunga qaramasdan bu soha bo'yicha o'rtacha oylik ish haqi hajmi (1 869 000 so'm) jihatidan viloyat so'ngi o'rinlarni, aniqrog'i 14 ta ma'muriy-birliklar egallaydi (2-jadval).
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra san'at, ko'ngil ochish va dam olish sohasi faoliyat turi bo'yicha o'rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko'rsatkichi Toshkent viloyatida (5 798 600 so'm), Namangan viloyatida (4 787 700 so'm) hamda Toshkent shahrida (4 406 400 so'm) kuzatilib, yuqori o'sish sur'ati 17.1% qayd etildi.
2.Jadval. Toshkent viloyatida iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha o'rtacha
№ Iqtisodiy faoliyat turlari 2023 yil
l O'rtacha hisoblangan oylik ish haqi, so'm 4 526 000
2 Iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha o'rtacha hisoblangan oylik ish haqi
3 Sanoat 5 648 000
4 Qurilish 7 589 500
5 Savdo 3 464 700
6 Tashish va saqlash 4 255 900
7 Yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar l 869 000
в Axborot va aloqa 6 652 200
9 Moliyaviy va sug'urta faoliyati l0 090 300
10 Ta'lim 3 098 500
ll Sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar 2 909 200
l2 San'at, ko'ngil ochish va dam olish 5 798 600
Izoh: Jadval O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
Toshkent viloyatida o'rtacha ish haqini oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishga e'tibor qaratish lozim:
1. Korxonalarda ish haqini oshirish uchun mehnat unumdorligi va iqtisodiy natijalarni oshirishni ta'minlaydigan moliyaviy resurslar va vositalarni shakllantirish kerak. Ish haqi faqat korxona ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi emas, unda ish haqi uchun mablag'lar miqdori olingan daromadlar hajmiga bog'liq. Yuqori ish haqi darajasiga erishish uning faol, rag'batlantiruvchi rolni to'liqroq amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi;
2. Ishchi xodimlar uchun zamonaviy mukofotlash usullarini faollashtirish talab qilinadi. Bunda korxonani takomillashtirish va uning uchun muhim bo'lgan ishlab chiqarish natijalariga erishish uchun xodimlarning motivatsiyasini oshirish katta ahamiyatga ega;
3. Ishlab chiqarish miqdori va ishchilarning individual malakasini oshirish, bu umumiy mehnat unumdorligini oshirishga olib keladi;
4. Mahsulot birligiga mehnat, moddiy va energiya sarfini kamaytirish;
5. Biznes sub'ektlarining operatsion va strategik maqsadlariga erishishini ta'minlash;
6. Shahar va qishloq aholi punktlari infratuzilmasini yaxshilash va modernizatsiyalash;
7. Faoliyat ko'rsatayotgan sanoat korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish uchun modernisatsiya qilish maqsadida ichki va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
8. Eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarishni maqsadli va samalari qo'llab quvvatlash mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotda qo'llash hamda rag'batlantirish;
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki mamlakatdagi aholi bandligini ta'minlash va ishsizlarni ijtimoiy himoyalash hamda ularning ish haqini oshirish davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanishi zarur.
Ish haqini oshirish va bu orqali kambag'allik darajasini kamaytirish uchun viloyatda iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirishni jadallashtirish lozim bo'ladi. Bunda albatta ilg'or xorijiy tajribalarni o'rganish va mazkur tajribalarni iqtisodiyotga tadbiq etish maqsadga muvofiq bo'ladi.
References:
1. Ishga joylashtirishga muhtoj aholi sonini aniqlash, shu jumladan, uy xo'jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo'yicha o'rganishlar o'tkazish, shuningdek, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish metodikasini takomillashtirish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 2017-yil 22-dekabrdagi 1011-son
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi
3. Toshkent viloyati statistika boshqarmasi
4. Xodiyev B.Y, Shodmonov Sh.Sh., Iqtisodiyot nazariyasi darslik Barkamol fayz media 2017 569-571 betlar
5. Xatamovich, A. I., & Maidanovich, K. N. (2022). Climate Change and Its Impact on Increasing Poverty. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 9(12), 485-493.
6. Maidanovich, K. N., Abduxamitovna, N. A., Eshmatovna, U. G., Qizi, E. N. N., & Ug'li, S. B. F. (2023). Place and Role of the Urtachirchik District in the Development of the Economy of the Tashkent Region. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 10(3), 214-220.
7. As, F. E. Z. I. U. (2021). An Effective Form Of Socio-Economic Development Urol Xamrayevich Safarov, Nurbol Maidanovich Karakulov. International Journal of Progressive Sciences and Technologies (IJPSAT).
8. Каракулов, Н. М., Нугманова, А. А., & Усманова, Г. Э. (2023). ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ ПРОМЫШЛЕННОСТИ УРТАЧИРЧИКСКОГО РАЙОНА: PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF INDUSTRY IN THE URTACHIRCHIK REGION. Молодой специалист, 2(11), 17-26.
9. Maidanovich, K. N., Xamrayevich, S. U., Jumaqulovich, R. A., Eshmatovna, U. G., & Qizi, Z. S. S. (2023). The Organization of Activities in the Agro-Industrial
Complex of Urta-Chirchik District. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 10(12), 32-38.
10. Karakulov, N. M., Safarov, U. X., Janzakov, A. B., & Mamadaliyeva, D. B. (2024). THE ROLE OF FAMILY ENTREPRENEURSHIP IN REDUCING POVERTY IN THE URTACHIRCHIK DISTRICT OF THE TASHKENT REGION. Экономика и социум, (9 (124)), 174-180.
11. Karakulov, N. M., Safarov, U. X., Janzakov, A. B., & Mamadaliyeva, D. B. (2024). THE ROLE OF FAMILY ENTREPRENEURSHIP IN REDUCING POVERTY IN THE URTACHIRCHIK DISTRICT OF THE TASHKENT REGION. Экономика и социум, (9 (124)), 174-180.
Internet sources:
1. http s: //gov. uz/oz/bv
2. http://ru.euronews.eom/2013/04/02/spanish-unemployment-edges-down/.572
3. https://www.gazeta.uz/oz/2022/03/08/unempoyment/
4. https://scienceweb.uz/publication/20713