Научная статья на тему 'THE METHOD OF USING INTERNATIONAL EXPERIENCES IN THE ORGANIZATION OF MOTHER TONGUE CLASSES BASED ON INTERNATIONAL RESEARCH'

THE METHOD OF USING INTERNATIONAL EXPERIENCES IN THE ORGANIZATION OF MOTHER TONGUE CLASSES BASED ON INTERNATIONAL RESEARCH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
84
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
A.Shlyaxer / Finlandiya / Vetnam / Avstraliya ta’lim tizimi / D.Siddiqov / Finlandiya dars rejasi. / A. Schleicher / Finland / Vietnam / Australian education system / D. Siddikov / Finnish lesson plan.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ismadiyorova N.I.

Maqolada ona tili darslarini xalqaro tadqiqotlar asosida tashkil etishda xalqaro tajribalardan foydalanish, shuningdek, Finlandiya, Vetnam, Avstraliya mamlakatlarining o‘qitish usullarini o‘rganish haqida so‘z boradi. Ta’lim sifati yuqori bo‘lgan va xalqaro tadqiqotlarda yuqori natijalarga erishgan mamlakatlarning sohadagi xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ONA TILI DARSLARINI XALQARO TADQIQOTLAR ASOSIDA TASHKIL ETISHDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH METODIKASI

This article explores the application of international experience in organizing native language lessons based on global research, as well as examining teaching methodologies in Finland, Vietnam, and Australia. It presents information on the characteristics of countries that have achieved high-quality education and demonstrated exceptional results in international studies.

Текст научной работы на тему «THE METHOD OF USING INTERNATIONAL EXPERIENCES IN THE ORGANIZATION OF MOTHER TONGUE CLASSES BASED ON INTERNATIONAL RESEARCH»

UO'K: 373.091.33:811.512.133

Ismadiyorova N.I.

Teacher

of the Uzbek language and literature department of ADPI

Dostlik street 4, Andijan city

THE METHOD OF USING INTERNATIONAL EXPERIENCES IN THE ORGANIZATION OF MOTHER TONGUE CLASSES BASED ON INTERNATIONAL RESEARCH

Annotatsiya. Maqolada ona tili darslarini xalqaro tadqiqotlar asosida tashkil etishda xalqaro tajribalardan foydalanish, shuningdek, Finlandiya, Vetnam, Avstraliya mamlakatlarining o'qitish usullarini o'rganish haqida so'z boradi. Ta 'lim sifati yuqori bo 'lgan va xalqaro tadqiqotlarda yuqori natijalarga erishgan mamlakatlarning sohadagi xususiyatlari haqida ma 'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'z: A.Shlyaxer, Finlandiya, Vetnam, Avstraliya ta'lim tizimi, D.Siddiqov, Finlandiya dars rejasi.

Ismadiyorova N. I.

ADPI o'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi,

ONA TILI DARSLARINI XALQARO TADQIQOTLAR ASOSIDA TASHKIL ETISHDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH

METODIKASI

Abstract. This article explores the application of international experience in organizing native language lessons based on global research, as well as examining teaching methodologies in Finland, Vietnam, and Australia. It presents information on the characteristics of countries that have achieved high-quality education and demonstrated exceptional results in international studies.

Key words: A. Schleicher, Finland, Vietnam, Australian education system, D. Siddikov, Finnish lesson plan.

Kirish. Dunyoda xalqaro tadqiqotlar turli sohalar bo'yicha amalga oshiriladi. Xususan, hozirgi davrda ta'lim sohasidagi xalqaro tadqiqotlar ham yangilik emas. Bunday xalqaro tadqiqotlar yosh tanlamaydi, ya'ni yosh bolalar uchun ham, o'smirlar uchun ham, yoshi yuqori bo'lgan insonlar uchun ham mo'ljallangan. Xalqaro tadqiqotlarning o'tkazilish tarixi XX asr o'rtalariga borib taqaladi. O'zbekiston xalqaro tadqiqotlarning boshlang'ich sinf va o'smirlar o'rtasida amalga oshiriluvchi turida qatnashadi. Bunday xalqaro tadqiqotlarda qatnashish

мЭкономнка h соцнумм №11(126)-1 2024

www.iupr.ru

198

o'quvchi shaxsini rivojlantirishga imkon beradi. O'quvchi ijtimoiy hayotning bir bo'lagi sifatida rivojlanadi. O'rgangan bilimlarini amalda qo'llay oladilar va maqsadli foydalanadilar. Hozirgi tez taraqqiy qilib borayotgan jahonda ta'limsiz muvaffaqiyatli natijaga erishib bo'lmaydi. Shuning uchun ta'lim sohasida ko'plab olg'a siljishlar kuzatilmoqda. Buni Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning ta'limga III resennans sifatida baho berib, Taraqqiyot strategiyasining asosiy yo'nalishi sifatida ta'limga e'tibor qaratayotganligidan bilish ham mumkin. Jumladan, yangi davlat ta'lim standarti va Milliy o'quv dasturining qabul qilinishi, Xalqaro baholash dasturlariga muvofiq keluvchi yangi darsliklarning yaratilishi ta'lim yangilanayotganining isbotidir. Shu o'rinda o'quvchilarning o'qish savodxonligi -o'qib tushunish, tinglab tushunish, gapirish, yozish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun yangi pedagogik mahorat darslari ham kerak bo'lib, ushbu yo'nalishda yangi pedagogik texnologiyalarning yaratilishi, dars ishlanmalari ishlab chiqilishi muhim hisoblanadi.

Andreas Shlyaxer o'z nutqida quyidagi fikrlarni bayon qiladi: "O'quv dasturlarining o'zini o'zgartirib qo'yish bilan yuqori natija kutish mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Buning uchun o'qitish jarayonini, uning ishtirokchilari bo'lgan o'quvchilar va ularning ota-onalarining dunyoqarashini o'zgartirish lozim9." Bunda o'qituvchilar mahorati mahorati, bilim va saviyasining muntazam o'sib borishi hal qiluvchi kuch kabi ahamiyat kasb etadi. Zero, biz o'quvchilarni hozirgi zamon uchun emas, kelajak uchun tayyorlashimiz kerak.

Xususan, Vyetnam ta'lim tizimining o'ziga xosliklarini o'rganib, undan yaxshi amaliy natijalarni o'zlashtirsak, bu foydadan holi bo'lmaydi. Vyetnam maktablarida bir sinfda ko'p bolalar ta'lim olishadi, bir sinfda 60-70 ta o'quvchi ta'lim olganini guvohi bo'ldim, bu ko'rsatkich o'rtacha 50 ta o'quvchini tashkil etadi. Bu O'zbekiston maktablarida o'qitish samaradorligi sinfda bolalar ko'p deb bahona qilinishga asos bo'lmasligining isbotidir. Shunday sharoitda ishlab "Yil o'qituvchi" unvonini qo'lga kiritgan o'zbek o'qituvchisi o'z metodlarini sanab o'tadi. Ovoz- dars davomida o'quvchilarni ohang bilan boshqarish, guruhlar bilan ishlash- guruhlarga bo'ib, barcha harakat uchun baho berish, yomonlari uchun jarima baho, do'stona munosabatlar- o'quvchi yomon ko'rgan o'qituvchilaridan hech nima o'rganolmaydi, bolaga bola bo'lish, rag'bat- albatta, bola o'zining mehnatiga yarasha rag'bat berilishi kerak, har bir bola e'tiborda- bunda hech bir o'quvchi o'zini sinfga begona his qilmasligi kerak, sinfda hamma bola o'zlashtira olmaydi, lekin darsda qandaydir qobiliyatini namoyon qilishi kerak.10 Vyetnamda o'qituvchilar xonasiga kirilmaydi, hovlida o'tiriladi, bu o'quvchilarni o'rganishga yordam beradi. O'quvchilarni "qolip"dan chiqarish muhim, ularni fikrlashga o'rgatish uchun kitobdan hayotga olib chiqib, mantiqiy mulohaza yuritishga zamin yaratish kerak. Hozirda Vyetnamda Kembrij ta'lim dasturiga muvofiq ta'lim beriladi. Bu dastur o'quvchilarni darslikdan sug'urib, hayotga olib chiqishga

9 Shlyaxer A. Jahon miqyosidagi ta'lim. XXI asr maktab tizimini qanday barpo etmoq kerak? Muvaffaqiyatli islohotlar va yuqori natijalar - Toshkent: Zamin nashr, 2022. - 334 b.

10 Siddiqov D. "Dars jarayonida o'quvchilar bilan samarali ishlash usullari (Vyetnam tajribasi)"

mo'ljallangan. Vyetnamda baholash tizimi 20 balli hisoblanib, 10 balli bilimi uchun va 10 balli xulqi uchun qo'yiladi. Shuningdek, baho o'qituvchi tomonidan qo'yilmaydi, o'quvchilarni baholash yordamchi o'qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Vyetnam o'qituvchilari milliy kiyimda, xorijiy o'qituvchilarga majburiy emas, o'quvchilarda bog'chadan boshlab oliy ta'limgacha formaga jalb etilgan. Vyetnamda ham ota- onalar bilan ishlashga juda jiddiy qaraladi. O'quvchilar 70 ta bo'lsa ham, tartib joyida bo'ladi. Tarbiya ya'ni telefon yoki boshqa darsdan chalg'ituvchi vositalarga og'ib ketuvchi o'quvchilar uchun "maxsus bo'lim" tuzilgan. Bu bo'lim ro'yxatiga tushgan o'quvchi mashg'ulotlarga jalb etiladi. Ish rejalarga testlar kiritilmagan, bo'lsa ham oz. Testlar ota-onalar iltimosi orqali amalga oshiriladi. Ayrim ixtisoslashgan maktablarda 6 tagacha til o'rgatiladi.

Jumladan, Avstraliya ta'lim tizimi ham eng yaxshi tajriba orttirish uchun o'z texnologiyalarini taqdim eta oladi. Avstraliya ta'lim tizimini tubdan isloh qilish maqsadida 2009-yili Avstraliya ta'lim dasturini baholash tashkiloti (ACARA) tuzilgan. Unda belgilangan ta'lim sohalari sifatida ingliz tili, matematika, salomatlik va jismoniy tarbiya, gumanitar va ijtimoiy fanlar, san'at, texnologiyalar, tillar va ish o'rganish belgilab qo'yilgan. Avstraliya o'quv dasturi barcha yosh avstraliyaliklarga muvaffaqiyatli o'quvchilar, o'ziga ishongan va ijodiy shaxslar, faol va xabardor fuqarolar bo'lishga yordam berish uchun mo'ljallangan. Har bir o'quv sohasi yoki fanida mazmun tavsiflari, yoshlar nimani o'rganishini, yutuqlar standartlari esa har bir yil oxirida o'quvchilardan kutilayotgan bilim va ko'nikmalarning chuqurligini va murakkabligini tavsiflaydi.

Finlandiya maktablarida dars ssenariysi juda oddiy bo'lib, ularni quyidagicha tasvirlash mumkin:

S o'quvchilarni ruhlantirish va undash;

S umumiy va qisqacha faktlarni tushuntirish;

S o'quvchini faollashtirish;

S o'rganishdan zavq olish;

S aks ettirish;

S takrorlash;

S eslash - uyga vazifa.

Yuqoridagi dars qismlariga muayyan vaqt ajratiladi, dars rejasi11 esa quyidagicha:

1- jadval

Minutes Phase Method Content Source Other

0-5 Motivation

5-15 Teaching

15-30 Active learning

30-40 Reflection

11 petri.lounaskorpigmail.com

'^KOHOMHKa h соцнумм №11(126)-1 2024

www.iupr.ru

200

40-43 Repetition

43-45 Setting the homework

45-60 Active break

Ya'ni bunda "phase" bosqichni anglatib, darsning motivatsiya berish, o'qitish, faol o'rganish, aks ettirish, takrorlash, uy vazifasini belgilash va faol tanaffus qismlarini anglatadi. O'qituvchilar, odatda, kuniga 4 soatdan dars olib

boradilar va har hafta kasbiy ta'limni rivojlantirishga qaratilgan mashg'ulotlar uchun 2 soat vaqt ajratiladi. Finlandiyada ota-onalarning roli muhim hisoblanib, shu o'rinda ota-onalar ham mas'uliyatlidirlar. Ota-onalar baholash va ta'limiy reja tuzish majlislarida qatnashadilar, homiylik qiladilar, buvilar esa bolalar bilan dars qiladilar.

Finlandiya ta'limining "o'rta" bosqichida 7 ta tamoyil ustuvorlikka

ega:

- tenglik; bunda barcha maktablar bir xil moliyalashtirilgan holda, bir xil jihozlanadi, bir fan ikkinchisidan ustuvor qo'yilmaydi;

- bepul; tushlik, maktab avtobusi, darslik va o'quv qurollari;

- individuallik;

- amaliyot; "Yo hayotga tayyorlaymiz, yo - imtihonlarga. Biz birinchisini tanlaymiz";

- ishonch; o'qituvchilarga ham, o'quvchilarga ham ishonch bildiriladi;

- istak-xohish; bola vazifalarni bajarmasa, hech kim tanbeh bermaydi, shunchaki, sinfdan sinfga ko'chirilmaydi;

- mustaqillik; mavzular so'zlatilmaydi, u kitobda bor, o'quvchilar o'rtasidagi mojaroga aralashilmaydi.

Xulosa. Xalqaro tadqiqotlar mamlakatlararo har qanday sohalar (siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiyni solishtirish, o'zaro tajriba almashtirish, yutuq va kamchiliklar aniqlanib, natijalarni taqdim etuvchi tadqiqotdir. Jumladan, ushbu tadqiqot ta'lim sohasida ham keng ko'lamli rivojlantiruvchi faoliyatlarni amalga oshirmoqda. Ta'lim tizimi rivojlangan mamlakatlarning yutuqlaridan amaliy foydalanish barcha uchun muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Siddiqov D. "Dars jarayonida o'quvchilar bilan samarali ishlash usullari (Vyetnam tajribasi)"

2. Matkarimov A. "PISA" xalqaro baholash dasturi asosida o'quvchilar tayanch kompetensiyalarini shakllantirish: Ped. fan. nomz. ... diss. - Toshkent, 2022. - 143 b.

3. Shlyaxer A. Jahon miqyosidagi ta'lim. XXI asr maktab tizimini qanday barpo etmoq kerak? Muvaffaqiyatli islohotlar va yuqori natijalar - Toshkent: Zamin nashr, 2022. - 334 b.

4. petri.lounaskorpigmail.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.