Научная статья на тему 'TERMIZ TUMANI SHAROITIDA POMIDOR ZARARKUNANDASI TUTA ABSOLUTA. POPULYATSION GENETIK KUZATUVI VA IQTISODIY AHAMIYATI'

TERMIZ TUMANI SHAROITIDA POMIDOR ZARARKUNANDASI TUTA ABSOLUTA. POPULYATSION GENETIK KUZATUVI VA IQTISODIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
7
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pomidor / preparat / toza mahsulot / bioekologik kurash.qarshi kurash / pomidor kuyasi / hosil / barg / meva / zararlanish. / Tomato / drug / clean product / bioecological control / control / tomato moth / crop / leaf / fruit / damage.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Eshnazarov K., Fayzullayeva S.I.

Pomidor sabzavotlar orasida eng ko’p istemol qilinadigan turdir. Pomidorga hosiliga bir qancha hasharot jiddiy zarar keltiradi. Shular jumlasidan pomidor kuyasi xam barg va mevalarning ashaddiy zarakunandasi xisoblanadi. Ushbu maqolada pomidor kuyasiga qarshi ishlatilgan preparatlar samaradorligi xaqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IN THE CONDITIONS OF THE TERMIZ DISTRICT, THE TOMATO PEST IS TUTA ABSOLUTA. POPULATION-GENETIC MONITORING AND ECONOMIC IMPORTANCEИЕ

Tomatoes are the most consumed type of vegetables. A number of insects cause serious damage to tomatoes. Among them, the tomato moth is considered a serious p est of leaves and fruits. This article describes the effectiveness of drugs used against tomato moth.

Текст научной работы на тему «TERMIZ TUMANI SHAROITIDA POMIDOR ZARARKUNANDASI TUTA ABSOLUTA. POPULYATSION GENETIK KUZATUVI VA IQTISODIY AHAMIYATI»

Eshnazarov K. Termiz davlat universiteti Zoologiya kafedrasi dotsenti Surxondaryo, O'zbekiston Fayzullayeva S.I.

magistr

Termiz davlat universiteti Surxondaryo, O'zbekiston

TERMIZ TUMANI SHAROITIDA POMIDOR ZARARKUNANDASI TUTA ABSOLUTA. POPULYATSION - GENETIK KUZATUVI VA

IQTISODIY AHAMIYATI

Annotatsiya. Pomidor sabzavotlar orasida eng ko 'p istemol qilinadigan turdir. Pomidorga hosiliga bir qancha hasharot jiddiy zarar keltiradi. Shular jumlasidan pomidor kuyasi xam barg va mevalarning ashaddiy zarakunandasi xisoblanadi. Ushbu maqolada pomidor kuyasiga qarshi ishlatilgan preparatlar samaradorligi xaqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar. Pomidor, preparat, toza mahsulot,bioekologik kurash.qarshi kurash, pomidor kuyasi, hosil, barg, meva, zararlanish.

Eshnazarov K.

Associate Professor of Department of Zoology Termiz State University Surkhandarya, Uzbekistan Fayzullayeva S.I.

magistr

Termiz State University Surkhandarya, Uzbekistan

IN THE CONDITIONS OF THE TERMIZ DISTRICT, THE TOMATO PEST IS TUTA ABSOLUTA. POPULATION-GENETIC MONITORING AND ECONOMIC IMPORTANCES

Annotation. Tomatoes are the most consumed type of vegetables. A number of insects cause serious damage to tomatoes. Among them, the tomato moth is considered a serious p est of leaves and fruits. This article describes the effectiveness of drugs used against tomato moth.

Key words. Tomato, drug, clean product, bioecological control, control, tomato moth, crop, leaf, fruit, damage.

KIRISH. Pomidor (lotincha: Solanum lycopersicum) bir yillik, tropik iqlimlarda ko'p yillik o't o'simlikdir. Sabzavot ekini sifatida keng ekiladi. Ilmiy terminologiyada tomat nomi ishlatilsa-da, O'zbekistonda o'simligi ham, mevasi ham pomidor yoki "pamildori"— (xalq orasida) deb yuritiladi. O'zbekiston 2022-yilning yanvar—sentabr oylarida 11 ta xorijiy davlatga qiymati 45,1 million dollarga teng bo'lgan qariyb 60 ming tonna pomidor eksport qildi.

Ushbu maqolada Termiz shahridagi yopiq maydonda avgust, sentyabr va oktabr oylarida olib borilgan kuzatuv natijalari, populyatsion genetik va iqtisodiy ahamiyati yoritiladi. Mazkur kuzatuv laboratoriya sharoitisiz amalga oshirilgan bo'lsa-da, zararkunandaning populyatsion dinamikasi, faollashuv davri, va pestitsidga chidamliligini boshqarishga doir amaliy xulosalar ishlab chiqildi.

Tadqiqot uslublari. Hisobga olish ishlarida yopiq ekin maydonida olib birildi.Maydon 2 ga bo'lib 2 bo'limga ajratilgan,1 va 2- bo'limlar 30 bosh qator va ularning har biri 6 kichik qatorlarni o'z ichiga oladi.har bir kichik qatorda o'rtacha 145-150 ta ko'chat ekiladi.Maydonda bizning kuzatuvimiz avgust oyidan boshlanib ekin uchun tuproq tayyorlash va zararsizlantirish ishlari amalga oshirilib,ko'chatlar ,bachkilar ekildi va shu vaqtdan boshlab kuzatuv ishlari olib borildi.Namunalar feramon tuzoqlar va tabiiy usulda yig'ilib tekshirish ishlari olib borildi.Har kuni harorat va namlik darajasi aniqlab o'lchab borildi.Ekin maydonlarining diagonali bo'yicha har 25 metrdan namuna olinadi. Barglarni zararkunandalar bilan zararlanish darajasi -o'simlik qattiq zararlangan vaqti kuzatiladi. Hisoblashlar olib borishda kuzatiladigan maydonning 10 ta joydan shaxmat usulida ekin maydoni bo'ylab joylashtiriladi va har bir o'simlik (kamida 100) ko'zdan kechiriladi.. 1m2 dagi zararkunanda soni aniqlash M.S.Gilyarov formulasi asosida olib borildi.

Termiz tumani issiqxonalarida olib borilgan tadqiqotlar Tadqiqot natijalari. 2024 yillarda Termiz tumanida O'tkazilgan kuzatuv Natijalari va Populyatsiya Dinamikasi Avgustdan oktabr oyigacha davom etgan kuzatuvda quyidagi asosiy xulosalar olindi: 1. Faollikning O'sishi:

- Avgust oyida zararkunanda nisbatan kamroq uchrasa-da, ammo 20-avgustdan 30- avgustgacha feramon tuzoqlarda 1-3 tadan kapalak aniqlandi.Sentyabr oyining birinchi 10 kunligida 3-7 tagacha aniqlangan bo'lsa,ikkinchi 10 kunlikda 5-12 tagacha hasharot aniqlandi ,uchinchi 10-kunlikda ham 7-13 tagacha aniqlandi.Sentyabr oyida populyatsiya keskin ko'paydi. Bu mavsumiy haroratning qulayligi va yopiq maydon sharoitining optimal mikroiqlimi bilan bog'liq.

- Oktabr oyida zararkunanda faolligi davom etdi,Birinchi 10 -kunlikda 511 tagacha bo'lsa,ikkinchi 10 kunlikda esa 4-8 tagacha va oxirgi 10 kunlikda esa 3-5 tagacha zararkunda kapalaklari aniqlandi.Bu esa qish mavsumida ham Tuta absoluta yopiq joylarda yashovchan bo'lishini ko'rsatadi.

2. Feromon Tuzoqlari Yordamida Monitoring:

- Feromon tuzoqlari yordamida kuzatuv olib borildi va har oyda qanchalik ko'p zararkunanda to'planishi kuzatildi. Tuzoqlar zararkunandani samarali boshqarish va faollik davrini aniqlashga yordam berdi.

3. Iqlimga Moslashuvchanlik:

- Zararkunandaning yuqori darajadagi moslashuvchanligi tufayli yopiq maydonda pestitsidlarsiz nazorat qilishning qiyin ekanligi aniqlandi.

Kuzatuvning Iqtisodiy Ahamiyati

1. Kimyoviy Vositalarning Tejamkorligi

- Pestitsidlarga yuqori darajada chidamli populyatsiyalar bilan kurashishda pestitsid sarfi ortadi, bu esa qishloq xo'jaligiga qo'shimcha iqtisodiy yuk bo'ladi. Kuzatuv natijalari asosida pestitsidlarni faqat zarurat tug'ilganda qo'llash tavsiya etiladi, bu esa xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi.

2. Hosildorlikni Ta'minlash

- Tuta absoluta sababli pomidor ekinlarida katta yo'qotishlar kuzatilishi mumkin. Zararkunandaning faollik davrlarini aniqlash va unga qarshi tezkor choralarni ko'rish hosildorlikni saqlab qolishga imkon beradi.

3. Barqaror Ekologik Kurash Strategiyalari

- Kimyoviy vositalarni kamroq qo'llash va biologik nazorat usullaridan foydalanish ekologik muvozanatni saqlashga xizmat qiladi. Bu qishloq xo'jaligi mahsulotlarining ekologik tozaligini oshirish va bozorda raqobatbardoshligini ta'minlaydi.

Xulosa. Termiz sharoitida yopiq maydonda olib borilgan Tuta absoluta kuzatuvi natijalari zararkunandaning populyatsion genetik yangiligi va iqtisodiy ahamiyatini yoritadi. Zararkunanda pestitsidlarga qarshi chidamlilik va mavsumiy moslashuvga ega bo'lgani uchun uning dinamikasini kuzatish va nazorat qilish muhimdir. Kuzatuv natijalari asosida fermerlarga pestitsidlarni samarali qo'llash va feromon tuzoqlaridan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar berilishi mumkin. Kelgusida laboratoriya sharoitida genetik tahlillar amalga oshirilsa, mazkur kuzatuv natijalari ushbu ilmiy izlanishlar uchun poydevor bo'lib xizmat qiladi. Bu esa Tuta absoluta bilan kurashda yanada samarali va barqaror strategiyalar ishlab chiqishga imkon beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.Xo'jaev Sh.T. Entomologiya, qishloq xo'jalik ekinlarini himoya qilish va agrotoksikologiya asoslari. - Toshkent: Fan, 2010. - 355 b.

2.Xo'jaev.Sh.T. O'simliklarni zararkunandalardan uyg'unlashgan himoya qilishning zamonaviy usul va vositalari. Toshkent:<Navruz> -2015 331 b. 3.Olimjonov R.A. —Entomologiya-Toshkent: O'qituvchi-1977.4. 4.Murodov S.A. —Umumiy entomologiya kursil.-Toshkent: —Mehnatl -19865.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.