Научная статья на тему 'TERMIN VA REALIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

TERMIN VA REALIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
4
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
termin / atamalar / realiya birliklari / emotsional-ekspressiv bo‘yoqlar / til va madaniyat / o‘zlashgan so‘zlar / leksema / tarixiy kolorit. / термин / термины / единицы реалии / эмоционально-экспрессивные краски / язык и культура / заимствованные слова / лексема / исторический колорит.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — X.A. Abduqahhorova

maqolada termin va realiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning o‘xshash va farqli jihatlari haqida fikr yuritilgan. Bundan tashqari realiya birliklari, realiya birliklarining xalqning turmush-tarzi, milliy urf-odat va an’analari hamda madaniy munosabatlari bilan aloqadorligi kabi masalalar o‘rin olgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF TERMS AND REALITIES

в статье рассматриваются особенности терминов и реалий, их сходства и различия. Кроме того, включены такие вопросы, как единицы реалии, взаимосвязь единиц реалии с образом жизни народа, национальными обычаями и традициями, а также культурными отношениями.

Текст научной работы на тему «TERMIN VA REALIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© X.A. Abduqahhorova1H_

1O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: maqolada termin va realiyalarning o'ziga xos xususiyatlari, ularning o'xshash va farqli jihatlari haqida fikr yuritilgan. Bundan tashqari realiya birliklari, realiya birliklarining xalqning turmush-tarzi, milliy urf-odat va an'analari hamda madaniy munosabatlari bilan aloqadorligi kabi masalalar o'rin olgan.

MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi - termin va realiyalarning o'ziga xosliklarini aniqlash, ularning milliy, madaniy va tarixiy ahamiyatini tadqiq etishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda ilmiy adabiyotlar tahlili, realiya birliklarini lingvokulturologik jihatdan o'rganish va tarjima jarayonidagi xususiyatlarini o'rganish usullari qo'llanilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar shuni ko'rsatdiki, termin va realiyalarning farqli jihatlari ularning lingvistik va madaniy vazifalarida namoyon bo'ladi. Realiya birliklari xalqning turmush-tarzi, urf-odatlari va tarixiy koloritini ifodalovchi asosiy vosita sifatida namoyon bo'ladi.

XULOSA: tadqiqot natijalari termin va realiya birliklarining til va madaniyat o'rtasidagi uzviy aloqani yoritishda muhim o'rin tutishini tasdiqladi. Bunday birliklarning chuqur tadqiqi ularning tarjima jarayonidagi rolini va xalqning madaniy boyligini tushunishga imkon beradi.

Kalit so'zlar: termin, atamalar, realiya birliklari, emotsional-ekspressiv bo'yoqlar, til va madaniyat, o'zlashgan so'zlar, leksema, tarixiy kolorit.

ОСОБЕННОСТИ ТЕРМИНА И РЕАЛИЙ_

© Х.А. Абдукаххорова1И

1Узбекский государственный университет мировых языков, Ташкент, Узбекистан Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье рассматриваются особенности терминов и реалий, их сходства и различия. Кроме того, включены такие вопросы, как единицы реалии, взаимосвязь единиц реалии с образом жизни народа, национальными обычаями и традициями, а также культурными отношениями.

Iqtibos uchun: Abduqahhorova X.A. Termin va realiyalarning o'ziga xos xususiyatlari. // Inter education & global study. 2024. №10(1). C.558-563.

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ЦЕЛЬ: основная цель исследования - выявить особенности терминов и реалий, исследовать их национальное, культурное и историческое значение.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании применялся анализ научной литературы, изучение реалий с лингвокультурологической точки зрения и их особенности в процессе перевода.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показали, что различия терминов и реалий проявляются в их лингвистических и культурных функциях. Единицы реалий выступают основным средством выражения образа жизни, обычаев и исторического колорита народа.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования подтвердили важность терминов и реалий в освещении тесной связи языка и культуры. Их глубокое изучение позволяет понять их роль в процессе перевода и оценить культурное наследие народа.

Ключевые слова: термин, термины, единицы реалии, эмоционально-экспрессивные краски, язык и культура, заимствованные слова, лексема, исторический колорит.

Для цитирования: Абдукаххорова Х.А. Особенности терминов и реалий. // Inter education & global study. 2024. №10(1). С.558-563.

CHARACTERISTICS OF TERMS AND REALITIES

© Xosiyat А. Abduqahhorova1®

1Uzbekistan state world languages university, Tashkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the article discusses the characteristics of terms and realities, their similarities and differences. In addition, issues such as the connection of realia units with the way of life of the people, national customs and traditions, and cultural relations are included.

AIM: the main objective of the study is to identify the distinctive features of terms and realities and to explore their national, cultural, and historical significance.

MATERIALS AND METHODS: the study employed the analysis of scientific literature, an examination of realia units from a linguistic-cultural perspective, and their peculiarities in translation.

DISCUSSION AND RESULTS: the findings showed that the differences between terms and realities are manifested in their linguistic and cultural functions. Realia units act as a primary means of expressing the way of life, customs, and historical color of a nation.

CONCLUSION: the study results confirmed the importance of terms and realities in highlighting the intrinsic connection between language and culture. Their in-depth

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

study allows for a better understanding of their role in translation processes and an appreciation of the cultural heritage of a nation.

Keywords: term, terms, units of reality, emotional-expressive colors, language and culture, borrowed words, lexeme, historical color.

For citation: Xosiyat А. Abduqahhorova. (2024) 'Characteristics of terms and realities' // Inter education & global study, (10), pp.558-563. (In Uzbek).

Bugungi kunda dunyo tillarida bo'lganidek, o'zbek tilida ham terminlarni turli atamalar va realiyalar bilan aralash holda, ya'ni birining o'rnida ikkinchisini qo'llash kuzatiladi. Ba'zan, terminlarni realiya deb talqin qilish yoki atamalar bilan realiyalarning o'xshash va farqli tomonlarini ko'rsatib berishga qaratilgan ilmiy izlanishlar uchrab turadi.

Atamalarning realiyalardan farq qiluvchi jihatlari bolgar olimlari S.Vlaxov, S.Florinlarning ilmiy tadqiqotlarida yetarlicha asoslab berilgan. Fanda realiyalarni, avvalo terminlardan, qolaversa atamalardan farqlab olish zarur, - degan qarashlar ham mavjud. Atamalar haqida G.O. Vinokur quyidagicha fikr bildiradi. "Atamalar maxsus so'zlar emas, balki maxsus vazifadagi so'zlardir".

Termin biror fan yoki texnikaga doir aniq bir tushunchani, voqea-hodisani ifodalaydi, bir ma'noli, sinonim va emotsional-ekspressiv bo'yoqlardan xoli bo'ladi (biroq dubletlarga ega bo'lishi mumkin), ko'pincha o'zlashgan so'zlardan iborat bo'ladi.

Terminlarning umumiste'moldagi so'zlardan farqli jihati shundaki, ularning qo'llanilish doirasi chegaralangan bo'ladi. Tilda terminlar o'z-o'zidan paydo bo'lib qolmaydi, aksincha zaruratga qarab yuzaga keladi yoki yaratiladi. Shuningdek, oddiy so'zdan farqli ravishda, terminning ma'nosi kontekstga bog'liq bo'lmaydi. Muayyan leksema terminologik maydonda termin sifatida qo'llanar ekan, uning ayni ma'nosi saqlanib qolaveradi. Biroq, ko'p komponentli terminlarning aniq ma'nosini belgilab olish uchun matn zarur.

Terminning tuzilishi masalasi, ya'ni uning necha qismdan iborat bo'lishi, ixcham -noixchamligi ham bahstalab masalalardan biri bo'lib, bu hodisaning ijobiy yoki salbiy ekanligi haqida aniq bir fikr bildirilmagan . Terminga nisbatan qo'yiladigan, lekin amalda har doim ham erishib bo'lmaydigan talablardan biri - uning ixcham bo'lishidir.

Ayni paytda, shunday xususiyatlar realiyalarda ham mavjud. A.D.Shveyserning fikricha, shunday realiyalar mavjudki, ularni bir paytning o'zida ham realiya, ham termin, deb atash mumkin, hatto "termin-realiya" degan atama ham bor. Biroq, ular o'rtasida ma'lum ma'noda farqlar ham mavjud. Masalan, realiya ham ekvivalentsiz leksika hisoblansa-da, termin kabi tarjima tilida har qanday kontekst ichida izohlanavermaydi. Masalan, uikend, grin-xoll terminlari o'zlashgan so'zlar sifatida "dam olish", "hordiq", "tomoshaxona", "o'yinxona" so'zlari bilan izohlanishi mumkin . Darhaqiqat bu terminlar kundalik hayotimizda tez-tez uchrab turuvchi neologizmlar qatoriga kirib kelayotganligi hech kimga sir emas.

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Termin - milliy, tarixiy, mahalliy bo'yoqlarga ega emas va odatda nominativ vazifani bajaradi. Realiyalar esa o'zida mahalliy, milliy koloritni aks ettirib, badiiy ifoda vositasi sifatida ham foydalaniladigan, ma'lum bir xalq tiliga xos so'zdir . Termindan esa muayyan bir millatga mansublikni talab qilish mumkin emas. U ifodalagan predmet yoki tushuncha turli aloqalar vositasida boshqa tillarga osongina o'tishi mumkin.

G.V.Chernov realiyalarning terminlardan farqi haqida quyidagilarni ta'kidlagan edi: "Realiya o'zi vujudga kelgan til qobig'ida keng ishlatilishi, aksincha boshqa tillarga o'tganda, begona so'z sifatida qabul qilinishi bilan xarakterlanadi". Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, ba'zi mintaqalarda uchrovchi hayvonlarni boshqasida uchratmaslik mumkin. Bunday hodisalar til leksikasida ham o'z aksini topadi. Masalan, Afrikada uchraydigan leopard; Janubiy Amerikada uchraydigan koyot, lama; Avstraliya kengurusi singari hayvon nomlari (realiyalar)ni o'zbek tiliga xuddi shunday o'tgan, - deyish mumkin.

Mazkur realiyalar, ayni paytda, boshqa tillarda neologizm yaratishga ehtiyoj tug'dirmaydi. Bunday hodisalarni boshqa sohalarda ham uchratish mumkin va ularni tarjima qilish tarjimondan lug'atlar va ensiklopediyalarga qarash, ushbu so'zning tarjima tilida keng yoki tor doirada tarqalganligini hisobga olish, so'z ifodalovchi kolorit, kontekstni chuqur va atroflicha o'rganishni talab qiladi. Masalan:

Oziq-ovqat, ichimlik va ovqatlanish joylariga oid realiyalar: palov, lag'mon, go'ja, ayron, qimiz, bo'za, choyxona va b.

kiyim-kechak nomlari: chakmon, paranji, jinsi, kimono, sari, chopon; san'at va madaniyatga oid: mustazod, lazgi, tanovar; milliy musiqa asboblari: g'ijjak, dutor, baraban, balalayka, gitara; mifologiyaga oid: dev, pari, yalmog'iz kampir, uchar gilam; diniy tushunchalarni ifodalovchi realiyalar: haj, machit, xo'ja, eshon, darvesh va boshqalar.

Hattoki, o'lchov va pul bilan bog'liq realiyalar ham uchraydi. Buning isboti sifatida R.Fayzullayevaning "Yo'llar yiroq, ko'ngillar yaqin" nomli maqolalar to'plamida realiya haqida quyidagicha fikrlar ifodalangan. "Realiyalarga milliy taomlar, kiyim-kechaklar, milliy cholg'u asboblari, ro'zg'or anjomlari, nomlar, taxalluslar, laqablar, shahar, qishloq xususiyatlari, me'morchilik, geografik nomlar, tabiat manzaralari, hayvon va o'simliklarning nomlari, daraja, unvon, va boshqa bo'linishlarni ifodalovchi so'zlar, muassasalar, tashkilotlar, diniy marosimlar va boshqa etnografik belgilarni bildiruvchi so'z va iboralar kiradi" .

De'mak realiyalar terminlardan ba'zi jihatlari bilan farq qilar ekan. Realiyalar har bir tilning o'z urf-odati, an'analari va milliy koloritini o'zida aks ettiruvchi tushuncha sifatida namoyon bo'ladi. Bu ikki tushunchani farqlash va o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash borasida yana bir qancha tadqiqot ishlari diqqatimizni jalb qildi.

Tilshunos Z.Xolmonovaning "Realiyalar semantikasining tarjima matnlardagi ifodasi" nomli maqolasida atama va realiyani quyidagicha farqlaydi.

1. Atamalar ilmiy adabiyotlarda uchraydi, realiya badiiy adabiyotda va ommaviy axborot vositalarida kuzatiladi.

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

2. Atamalar milliy bo'yoqdorlikka ega bo'lmaydi, neytral ifoda ustunlik qiladi. Realiya milliy, mahalliy va tarixiy kolorit ifodasi uchun xizmat qiladi.

3. Atamalar u yoki bu tushunchani nomlash uchun sun'iy ravishda yunoncha va lotincha morfemalar asosida tanlanadi. Realiyalar esa tabiiy tilda mavjud bo'ladi,

xalq tomonidan yaratiladi.

4. Atamalar biror narsa-buyumlarning nomi sifatida shu predmet-narsalar bilan birga tarqaladi. Muayyan millatning boyligi sifatida e'tirof etiladi. Realiyalar ma'lum bir xalq madaniyati bilan chambarchas bog'langan, aynan shu xalq tilida umumiste'mol qilinadigan va boshqa xalqda mavjud bo'lmagan narsa-buyum nomlaridir.

5. Atamalar tarjima muqobillariga ega birliklar hisoblanadi. Realiyalar aksariyat hollarda tarjima qilinmaydi .

Bu kabi farqlanishi haqiqatga juda ham yaqin. Masalan, Olima realiyalarni tarixiy kolorit ifodasi sifatida qaragan. Buning isboti sifatida "paranji" realiyasini olsak, bu so'z tarixiy termin sifatida bugungi kunda umumiste'moldan chiqqan, lekin u bilan bog'liq o'zbek xalqining bir qancha milliy urf-odat va qadriyatlari mavjud. Tarixdan bizga ma'lumki, oldin hamma ayollar paranji ostida yurgan. Bugungi kunda "paranji" faqatgina qizni uzatib ketish chog'ida boshga kiyiladigan kiyim sifatida ma'nosida biroz farqlanish bilan ishlatilmoqda. Hozirgi kunda ilm-fan, texnika rivojlangan bir paytda bunday realiyalar o'z o'rnini boshqa realiya birliklariga bo'shatib berishiga hech shubhamiz qolmadi. Chunki, "paranji" o'rniga "sari" leksemasining ishlatilishining guvoh bo'lmoqdamiz. Bunday misollarni juda ko'p keltirishimiz mumkin.

De'mak, realiya til va madaniyat bilan bog'liq birliklar qatoriga kiradi. Terminlar esa ilm-fan sohasiga tegishli narsalarni o'zida aks ettiradi. Shu boisdan, realiyalarni lingvokulturologiya sohasi bilan bog'lasak, maqsadga muvofiq bo'ladi. Realiyalar ko'proq badiiy matnlarda aks etadi. Masalan, "palov" realiyasi o'zbek xalqining milliy urf-odatlari va an'analarini o'zida aks ettirgan. U taom sifatida o'zbeklarning mehmondo'stligi va bag'rikengligini namoyon etadi. Milliy taom sifatida to'y va turli marosimlarda tayyorlanadi va bu realiya birdan ortiq ma'nolarni o'zida mujassam etadi. Xotinlar palovni damlagan vaqtda, boy kelib qoldi. (Oybek, Tanlangan asarlar). O'zbek tilining izohli lug'atida uning bir qancha turlari keltirilgan: ivitma palov, qovurma palov, samovar palov, xalta palov, choyxona palov. Ba'zi o'rinlarda uning sinonimi sifatida osh leksemasi ishlatiladi. Osh leksemasi metonimiya asosida ma'no ko'chishini hosil qiladi. Oshga ko'rinmadingiz?. Oshga o'tiring. Oshga qarang tarzida (oddiy so'zlashuvda) ishlatiladi.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, realiya birliklarining xalqning turmush-tarzi, madaniyati, dunyoqarashi, milliy o'zligini va ularning so'z boyligini oshiruvchi xususiyatlarini e'tiborga olgan holda tilimizda bu birliklarni chuqurroq tadqiq etish maqsadga muvofiqdir.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Abdullayev F. Til qanday rivojlanadi? - Toshkent: Fan, 1972.

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

2. Baxronova D. Xorijiy so'z va terminlardan foydalanishda me'yor va milliy-assotsiativ fikrlash muammolari. // - Toshkent: 2011.

3. Влахов С., Флорин С. Непереводимое в переводе. М.:Международные отношения, 1986.

4. Файзуллаева Р. Йуллар йирок, кунгиллар якин // Таржима санъати (Маколалар туплами). - Т.: 1973.

5. Mirahmedova Z. O'zbek tilining anatomiya terminologiyasi va uni tartibga solish muammolari. Toshkent: "Fan", 2010.

6. Usmanova Sh. Lingvokulturologiya, darslik. - Toshkent 2019.

7. Томахин Г.Д. Реалии в языке и культуре. М.: Иностр. язык в школе, 1997.

8. Xolmonova Z. "Realiyalar semantikasining tarjima matnlardagi ifodasi". Academic Research in Educational Sciences journal. 2021, 749-b.

9. Чернов Г.В. В вопросу о передаче безэквивалентной лексики при переводе публицистики на английский язык. - Москва: 1958.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Abduqahhorova Xosiyat Abdurasul qizi, o'qituvchi [Абдукаххорова Хосият Абдурасул кизи, преподователь], [Xosiyat А. Abduqahhorova, teacher]; manzil: Uchtepa tumani, Kichik xalqa yo'li ko'chasi G-9a mavzesi, 21-uy Toshkent, Kichik xalqa yo'li O'zbekiston, [адре^ Учтепинский район, улица Кичик Халка Йоли, квартал Г-9а, дом 21, Ташкент, Кичик Халка Йоли, Узбекистан], [address: Uchtepa District, Kichik Khalka Yoli Street, District G-9a, House 21, Tashkent, Kichik Khalka Yoli].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.