Научная статья на тему 'TEJAMKOR TEXNOLOGYLAR ASOSIDA YUQORI SIFATLI QOVUN QOQI OLISH'

TEJAMKOR TEXNOLOGYLAR ASOSIDA YUQORI SIFATLI QOVUN QOQI OLISH Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

151
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qovun / mahsulot / sifati / xavfsizligi / usuli / texnologiyasi / saqlanishi / afzalliklari / rentabelligi / duxovka / quyosh-havo bilan quritish / sun'iy quritish. / Melon / product / quality / safety / method / technology / storage / advantages / profitability / oven / solar-air drying / artificial drying

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — M. T. Yuldashev, D. Sh. Mamatkulov, E. Sh. Devletshayeva

Ushbu maqolada quritilgan qovunlarni olish usullari, shuningdek, tabiiy va sun'iy quritishdan foydalanishning farqi va samaradorligini o'rganish ko'rib chiqiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses methods for obtaining dried melons, and also studies the difference and efficiency of using natural and artificial drying

Текст научной работы на тему «TEJAMKOR TEXNOLOGYLAR ASOSIDA YUQORI SIFATLI QOVUN QOQI OLISH»

TEJAMKOR TEXNOLOGYLAR ASOSIDA YUQORI SIFATLI QOVUN

QOQI OLISH

M. T. Yuldashev

Toshkent Davlat Agrar Universiteti Samarqand filiali magistranti

D. Sh. Mamatkulov

Toshkent Davlat Agrar Universiteti Samarqand filiali magistranti

E. Sh. Devletshayeva

Toshkent Davlat Agrar Universiteti Samarqand filiali magistrant

assistent

Ushbu maqolada quritilgan qovunlarni olish usullari, shuningdek, tabiiy va sun'iy quritishdan foydalanishning farqi va samaradorligini o'rganish ko'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: Qovun, mahsulot, sifati, xavfsizligi, usuli, texnologiyasi, saqlanishi, afzalliklari, rentabelligi, duxovka, quyosh-havo bilan quritish, sun'iy quritish.

This article discusses methods for obtaining dried melons, and also studies the difference and efficiency of using natural and artificial drying.

Keywords: Melon, product, quality, safety, method, technology, storage, advantages, profitability, oven, solar-air drying, artificial drying.

Poliz ekinlari dunyoda 6,2 mln. gektar maydonga ekilib, 142,4 mln. tonna yalpi hosil etishtirib kelinmoqda. Hozir kunda mamlakatimiz meva-sabzavot yetishtirish bo'yicha dunyoda yetakchi davlatlardan hisoblanadi, yiliga 20 mln tonnadan ziyod mahsulot yetishtirib kelmoqda. O'zbekiston qovunlari dunyo bozorida u o'zining o'rniga ega. O'zbekistonda hozirgi kunda 160 dan ortiq navlari tarqalgan bo'lib, ular bir biridan tezpisharligi, hosildorligi, kasalliklarga chidamliligi, ta'mi, saqlanuvchanligi, qayta ishlashga, quritishga yaroqliligi kabilar bo'ychna farqlanadi. Mamlakatimizda eng ko'p yetishtiriladigan

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

navlar: Okurug', Dahbedi, Samarqand obi novvoti, Ko'k tinni-

October 5-6

1087, Ko'kcha-588, Obi novvot, Shakarpalak, Gurlan va boshqalar.

Qovun nafaqat yangi, balki qayta ishlangan qimmatli oziq-ovqat mahsulotidir. Qovun mevasining tarkibida 18% gacha qand, kraxmal, pektin, C vitamini (20 mg% gacha), B vitaminlari, ko'p miqdorda temir va nikotinik kislotalar, mineral tuzlar mavjud.

Qovun ozuqaviy qiymati bo'yicha boshqa mevalardan qolishmaydi. Mevaning nozik shirali pulpasining yuqori ta'mi g'ayrioddiy xilma-xillik bilan to'ldiriladi. Qovun, keyin tarvuz va qovoq mevalaridagi qattiq moddalar va shakarlarning eng yuqori miqdori. C vitamini eng ko'p qovun mevalarida uchraydi. Aholi vitaminl arga bo'lgan ehtiyojini ta'minlash maqsadida ularni quritib saqlaymiz.

TADQIQOT MAQSADI

Qovun mevalarini quritishda sun'iy usullardan foydalanishning afzalliklari va iqtisodiy samaradorligini aniqlash.

Tadqiqot usullari. Qovun mevasini tabiiy va sun'iy quritish o'rtasida sifatli va tejamkor mahsulotni solishtirish bo'yicha tadqiqotlar olib borildi.

Qovunlarning barcha navlari quritilishi kerak, ammo po'stlog'i qattiq, eti zinch, qandorli va kuchli xushbo'yli mevalarga ustunlik qiladi.

Mamlakatimizda Sirdaryo viloyati, Xovos tumanida qovunlarni tabiiy usulda (havo va quyosh usuli) yordamida quritish amaliyoti rivojlangan. Quritish uchun mo'ljallangan, pishgan va buzilmagan, chirish o'choqlari bo'lmagan qovun navlari olinadi. Uning haddan tashqari mo'rtligini yo'qotish uchun 2-3 kun davomida quyosh ostida qoldiriladi. Shundan so'ng, mevalar yuviladi, quritiladi va kesiladi: ular uzunlamasina chiziq bo'ylab ikkiga bo'linadi, yo'ldosh va urug'lar chiqariladi, eti po'stlog'idan ajratiladi va 2-3 sm qalinlikda turli shakilda to'g'ralib maxsus yog'ochda yasalgan dasgohlarga joylanadi.

Respublikamiz tabiiy sharoitining qulayligi qovun shamollatish va oftobga quritish imkonini beradi. Qovunlarni quritishdan maqsad, ularning namini qochirib, mikroorganizmlar rivojlana olmaydigan hamda har-xil biologik jarayonlar ro'y bermaydigan holda keltirishdir. Quritishning shunday bir me'yori borki, undan namlik miqdori belgilangan darajadan pasaysa, mikroorganizmlar rivojlana olmaydi. Bu minimal daraja bakteriyalar uchun achitqi bakteriyalar uchun esa 15-20 foizini tashkil qiladi.

Shu sababli quritishdan keyin qovunni namligi 15-25 % bo'lsa ularni sifatli saqlash mumkin. Sifatli sabzavot

October 5-6

mahsulotlarini olish uchun ularni tez va yaxshi quritishni ta'minlaydigan sharoit yaratish lozim.

Havoning past namligi va uning harakatining yuqori tezligi jarayonning tezlashishiga yordam beradi, bu o'rtacha 10-12 kun davom etadi.

Havo - quyosh quritishining kamchiliklari shundan iboratki, ob-havoni sharoitlariga bog'liqligi shundaki uni muntazam nazorat qila olmaymiz va uning qurish davomiyligi (1-2 hafta), bu uzoq muddatda mahsulotning ifloslanish darajasi oshib ketadi.

Shuning uchun quyoshda quritilgan qovun ko'pincha maxsus zavodlarga yuboriladi, bu zavodda qayta ishlash texnologiyasi bo'yicha qaytadan ishlov beriladi.

Ishonchli va samarali quritish usuli bugungi kunda sun'iy quritish bo'lib, sun'iy quritish har xil turdagi quritgichlarda amalga oshiriladi: kamerali, kanalli (tunnel) uzluksiz ishlaydigan, barabanli, rakeli va tasmali ko'p pog'onali uzluksiz ishlaydigan, suyuq qatlamli quritgichlar.

Biz tadqiqotni Samarqand viloyati Tayloq tumanidagi meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonasida olib bordik. Tadqiqot davomida sun'iy quritish ancha tejamkor, tez va sifatli maxsulot olishni tamillaydi. Tadqiqot ikki bosqichda o'tkazildi.

Poliz ekinlarini quritish texnologik jarayonining birinchi bosqichida qovunning o'rta vazindagilari tanlanib, barcha sifat ko'rsatkichlari (pishiqligi, rangi, ta'mi va hidi) bo'yicha saralab olindi. Keyinchalik texnologik stolda po'stloq, urug' va yo'ldosh tozalandi, xomashyoning yaroqliligi tekshirildi va tortildi.

Keyingi bosqichda qovunlarni turlariga karab 2-3 sm qalinlikda kesib maxsus dasgohlarga 1,5-2 kg dan maxsulot joylanadi. Qovun eti zanglamaydigan metal yoki plasmas dasgohlardan yasalgan dasgohlardan foydalinadi.

Quritish kamerasining ishlash usuli maxsus emitentlarning birgalikdagi harakati va oldindan qizdirilgan havo bilan purkash orqali mahsulotdan namlikni olib tashlashga asoslangan. Quritish vaqti 2,5-4 soat davom etdirilib, uning namligi 2022% quritilgan mahsulot keyingi qadoqlash uchun yuboriladi.

Quritilgan mevalar 16-25% namlikni o'z ichiga oladi. Ularning kaloriya tarkibi yangi mevalardan bir necha baravar yuqori.

Tayyor quritilgan qovun shaffof oltin yoki och jigarrang rangga, yoqimli xushbo'y hidga, yumshoq tuzilishga va yopishqoq yuzaga ega, siqilganida mahsulot elastiklikni namoyon qiladi.

Mavjud quritish usullarini taqqoslaganimizda: Mavjud

(tabiiy) usulida quritilganda qovun navlarining etiga nisbatan qoqi

October 5-6

chiqimi 8,3-13,6 % ni va sun'iy usulda quritilganda esa qoqi chiqimi navlar bo'ycha 9,0-14,7 % ni tashkil qildi.

Sun'iy usulda olingan qovun qoqi tarkibida mavjud (tabiiy) usulga nisbatan ogonaleptik baholonganda, sun'iy usulda quritilgan qoqi sifatii va ekalogik tozaligi bilan bilan ustun bo'lib, 10 ballik baholash tizimida 0,5-1,1 ziyd ball bilan baholandi.

Quritish shkafida quritilgan qovun qoqi oziq-ovqat xavfsizligi va mahsulot sifati bo'yicha standartning barcha talablariga javob beradi va qovunlarni sun'iy quritish shkafida quritiiganda vaqt tejaladi va sifatli mahsulot olishga erishiladi.

REFERENCES

1. Azimov B.J. Azimov B.B Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o'tkazish metodikasi. T. Uzbekiston milliy ensiklopediyasi". 2002(2006). -Б.181-185.

2. Ostanaqulov T.E. Meva - sabzavot va poliz ekinlarini etishtirish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi. Samarqand/2006/- B.323.

3. Шаймардонов Б.П "Технологические основы и обоснование схемы и параметров механизации безотходной переработки плодов дыни". Автореферат.2000.- Б.22

4. Худойберганов, Х.Ш,Тилавов Х.М "Саклашга ва кайта ишлашга мулжалланган сабзи (Dfucus carota)навларини етиштириш,илдизмеваларини оргонолиптик ва биокимёвий курсаткичларини бахолаш"2022-Б-30.

4. Agro.uz/ru/11-0384/

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.