Научная статья на тему 'TAXIATOSH SUV TOZALASH INSHOOTI ISH REJIMI TAHLILI'

TAXIATOSH SUV TOZALASH INSHOOTI ISH REJIMI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
suv / suvni tozalash / inshoot / tindirgichlar / quruq qoldiq / suv tarkibi / loyqalik darajasi. / вода / водоподготовка / сооружение / отстойники / сухой остаток / состав воды / степень мутности.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Xoshimov Sardorbek Ne’matjon O‘g‘li, Jetpisbayeva Shaxsanem Jalg‘asbaevna

Bugungi kunda dunyo aholisining qarib 40 foizi toza ichimlik suvi yetishmaydigan hududlarda istiqomat qiladi. Xalqaro statistika tashkilotlari tahlilariga ko‘ra 2025-yilga kelib, har 10 kishidan 6 nafari yoki umumiy aholining 5,5 milliard qismi toza ichimlik suvi tanqisligidan aziyat chekadi. Ushbu muammo bizning mintaqamiz uchun ham juda ahamiyatli bo‘lib suv resurslari cheklanib borayotgan vaziyatda aholini toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada Taxiatosh suv tozalash inshooti ish rejimi, suvni tozalash usullari va bosqichlari bo‘yicha amalga oshirilgan dala tadqiqotlari hamda laboratoriya tadqiqotlari tahlili keltirilgan. Kirish qismidan va chiqish qismidan olingan suv na’munalarini loyqaligi va pH quruq qoldiq miqdori aniqlangan. Natijalar tahliliga ko‘ra pH quruq qoldiq miqdorida qiymatlar bir biriga yaqin ammo kirishda loyqalik miqdori o‘rtacha 550-650 mg/l ni tashkil qilgan. Chiqishda esa ushbu miqdor 0,5-3 mg/l gacha aniqlangan. Ushbu natijalardan xulosa qilib suv tozalash inshooti yog‘ingarchilik davrlarida yetarli darajada suvni tozalashda bir muncha qiyinchiliklar yuzaga kelayotganini ko‘rsatmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Analysis of the operating mode of the tahiatosh water treatment plant

Сегодня около 40 процентов населения мира проживает в районах, где не хватает чистой питьевой воды. По анализу международных статистических организаций, к 2025 году 6 из 10 человек или 5,5 млрд от общей численности населения будут страдать от нехватки чистой питьевой воды. Эта проблема очень важна для нашего региона, и одной из наших актуальных задач является обеспечение населения чистой и качественной питьевой водой в ситуации, когда водные ресурсы становятся ограниченными. В данной статье представлен анализ полевых и лабораторных исследований, проведенных по режиму работы, методам очистки воды и этапам водоочистной станции Тахиатaш. Определены мутность и pH проб воды, отобранных на входе и выходе. По результату значения рН по сумме сухого остатка были близки друг к другу, но величина мутности на входе составила в среднем 550-650 мг/л. На выходе количество определялось в пределах 0,5-3 мг/л. Подводя итоги этих результатов, можно сказать, что водоочистные сооружения показывают, что существуют некоторые трудности с достаточной очисткой воды в периоды дождей.

Текст научной работы на тему «TAXIATOSH SUV TOZALASH INSHOOTI ISH REJIMI TAHLILI»

TEXNOLOGIYA

UDK 532.546 (075.8)

TAXIATOSH SUV TOZALASH INSHOOTI ISH REJIMI TAHLILI

Xoshimov Sardorbek Ne'matjon o'g'li

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti, dotsent, [email protected]

Jetpisbayeva Shaxsanem Jalg'asbaevna "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqotlar universiteti

tayanch doktorant, [email protected]

Annotatsiya. Bugungi kunda dunyo aholisining qarib 40 foizi toza ichimlik suvi yetishmaydigan hududlarda istiqomat qiladi. Xalqaro statistika tashkilotlari tahlilariga ko'ra 2025-yilga kelib, har 10 kishidan 6 nafari yoki umumiy aholining 5,5 milliard qismi toza ichimlik suvi tanqisligidan aziyat chekadi. Ushbu muammo bizning mintaqamiz uchun ham juda ahamiyatli bo'lib suv resurslari cheklanib borayotgan vaziyatda aholini toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada Taxiatosh suv tozalash inshooti ish rejimi, suvni tozalash usullari va bosqichlari bo'yicha amalga oshirilgan dala tadqiqotlari hamda laboratoriya tadqiqotlari tahlili keltirilgan. Kirish qismidan va chiqish qismidan olingan suv na'munalarini loyqaligi va pH quruq qoldiq miqdori aniqlangan. Natijalar tahliliga ko'ra pH quruq qoldiq miqdorida qiymatlar bir biriga yaqin ammo kirishda loyqalik miqdori o'rtacha 550-650 mg/l ni tashkil qilgan. Chiqishda esa ushbu miqdor 0,5-3 mg/l gacha aniqlangan. Ushbu natijalardan xulosa qilib suv tozalash inshooti yog'ingarchilik davrlarida yetarli darajada suvni tozalashda bir muncha qiyinchiliklar yuzaga kelayotganini ko'rsatmoqda.

Аннотация. Сегодня около 40 процентов населения мира проживает в районах, где не хватает чистой питьевой воды. По анализу международных статистических организаций, к 2025 году 6 из 10 человек или 5,5 млрд от общей численности населения будут страдать от нехватки чистой питьевой воды. Эта проблема очень важна для нашего региона, и одной из наших актуальных задач является обеспечение населения чистой и качественной питьевой водой в ситуации, когда водные ресурсы становятся ограниченными. В данной статье представлен анализ полевых и лабораторных исследований, проведенных по режиму работы, методам очистки воды и этапам водоочистной станции Тахиатaш. Определены мутность и pH проб воды, отобранных на входе и выходе. По результату значения рН по сумме сухого остатка были близки друг к другу, но величина мутности на входе составила в среднем 550-650 мг/л. На выходе количество определялось в пределах 0,5-3 мг/л. Подводя итоги этих результатов, можно сказать, что водоочистные сооружения показывают, что существуют некоторые трудности с достаточной очисткой воды в периоды дождей.

Abstract. Today, about 40 percent of the world's population lives in areas where there is a shortage of clean drinking water. According to the analysis of international statistical organizations, by 2025, 6 out of 10 people or 5.5 billion of the total population will suffer from a shortage of clean drinking water. This problem is very important for our region and one of our urgent tasks is to provide the population with clean and high-quality drinking water in a situation where water resources are becoming limited. This article presents an analysis of field and laboratory studies conducted on the operating mode, water purification methods and stages of the Taxiatash water treatment plant. Turbidity and pH of water samples taken at the input and output were determined. According to the result, the pH values for the sum of dry residue were close to each other, but the turbidity value at the input averaged 550-650 mg / l. At the output, the amount was determined within 0.5-3 mg / l. To summarize these results, it can be said that the

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

TEXNOLOGIYA

water treatment plants show that there are some difficulties in sufficiently cleaning the water during rainy periods.

Kalit so'zlar: suv, suvni tozalash, inshoot, tindirgichlar, quruq qoldiq, suv tarkibi, loyqalik darajasi.

Ключевые слова: вода, водоподготовка, сооружение, отстойники, сухой остаток, состав воды, степень мутности.

Key words: water, water treatment, construction, settling tanks, dry residue, water composition, turbidity level.

Kirish. Eng qimmatbaho tabiat ne'matlaridan biri bu suvdir. Hozirgi kunda dunyo aholisining qarib 40 foizi toza ichimlik suvi yetishmaydigan hududlarda istiqomat qiladi. 2025-yilga kelib, har 10 kishidan 6 nafari yoki 5,5 milliard aholi toza ichimlik suvi tanqis hududda yashashi mumkin. Ushbu muammo bizning mintaqamiz uchun ham juda ahamiyatli hisoblanadi. Bugungi kunda yer yuzidagi daryolarning suvi ifloslanib ularning tabiiy resurslari ham tugab bormoqda. Suv tanqisligi katta iqtisodiy qiyinchilik bilan birga, aholi salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatib, ijtimoiy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Markaziy Osiyoda suv zaxiralarining qisqarishi, ularning sifat ko'rsatkichlari pasayishi ham eng dolzarb muammolar sirasiga kiradi. Albatta, aholining salomatligi, kelajagi bevosita toza ichimlik suvi bilan bog'liq. Kelajakda aholi sonining oshib borishi bilan yer usti va yer osti suvlaridan ichimlik suvi sifatida foydalanish yanada ortib boradi. Shu sababli ham yaqin yillarda aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, uni tejash borasida keng ko'lamli targ'ibot ishlarini olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotlar tahlili va masalaning qo'yilishi. Yevropa davlatlarida ham suv saqlash va tozalash inshootlarining ahamiyati muhim hisoblanadi. Masalan Slovakiyadagi suv saqlash inshootlaridan ichimlik suv sifatida ham foydalanib kelinmoqda va bu sug'orish tizimining bir qismidir shu bilan birga suv omborlarining umumiy hajmi taxminan 56,404 million m3 ni tashkil qiladi. Biroq, belgilangan ehtiyojni qondirish uchun 158 million m3 miqdorda suv talab qilinadi. Demak dunyo bo'ylab suv saqlash inshootlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi [1].

Bu borada olib borilgan tadqiqotlarga e'tibor beradigan bo'lsak, olimlar o'z ishlarida ichimlik suvining ekologik tozaligi, inson solomatligiga ta'siri, suvning inson hayotidagi ahamiyati, ta'biatni asrashdagi o'rni, ekologik mohiyati haqida ko'plab ilmiy izlanishlar olib borishgan. Suvning sifatini ya'ni sho'rlanish darajasini pasaytirish uchun suv o'simliklaridan foydalanishgan [2].

Tadqiqotchilar oqava suvlarni tozalash usullari, shundan ko'pchilik foydalanadigan usullardan biri biologik tozalash usulini qo'llagan. Ichimlik suvni tozalashda suv sifatining muhimligiga katta e'tibor berishgan [3]. Suv o'simliklarining oqova suvlarda o'sishi, rivojlanishi va ularni tozalashdagi mohiyati [6,7]. Olmaliq shahar maishiy-kommunal oqova suvlarni tozalash uchun mos bo'lgan suv o'tlarni laboratoriya sharoitida o'stirib hosildorligini aniqlash masalalari bilan shug'ullanganlar [8,9]. Suv ob'ektlarini muhofaza qilish va yuqori o'rni shahar va sanoatda suv tozalashda o'simliklari va suv o'tlari drenajlar haqqidagi ma'lumotlar tahlil qilindi va suv tozalash usullarini yanada takomillashtirish yo'llari belgilab olishgan [10,11]. Qazib olingan ichimlik suvining fizik-kimyoviy ko'rsatkichlarni aniqlashgan. Suvning loyqalik darajasi fizik va kimyoviy ko'rsatkichlarga ta'siri borligini o'rganishgan hamda baholagan [12]. Ichimlik suvning sifati inson salomatligiga katta ta'sir qiladi, suvdagi loyqalik darajasini aniqlash va bularning oldini olish, iste'molchilarga o'z vaqtida suv yetkazib berish muhim ahamiyat kasb etadi [13]. Ichimlik suvining gidrokimyoviy ifloslanish indekslari yordamida Turkiyaning asosiy daryolarida suv sifatini qiyosiy tahlillarini olib borishgan [14]. Tadqiqotchilar Buenaventura ko'rfazidagi oqava suvlarni hamda suvning qayta iste'molga

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

TEXNOLOGIYA

yaroqliligini, va ularning tarkiblarini baholashgan [15]. Kelgusidagi suv zahiralarini bashorat qilish uchun sun'iy neyron tarmoq yondashuvi orqali optik tomografiya yordamida suvning loyqalik darajasini o'rganishgan [16]. Ichimlik suvini samarali boshqarish uchun ichimlik suv manbalari monitoringini olib borish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ichimik suvni tozalash jarayonida istemolchilarga biologik toza hamda xavfsiz suv yetkazib berishni uchun tadqiqotlar olib borishgan [17]. Olimlar o'z izlanishlarida shahar ichidan o'tadigan kanalardagi suvning loyqalik darajasiga, mahalliy va landshaftning ta'siri borligini o'rganishgan [18]. Suv tozalash inshootlarida dastlab, qum shag'al filtrlaridan foydalanishgan.

Bu orqali suvning tezligi kamaygan hamda ma'lum bir darajada yirik tog' jinslarini ushlab qolgan. Bu suv tozalash inshootlarida muhim vazifalardan biri hisoblangan [20,21]. Olimlarimiz ichimlik suv sifatini yaxshilash bo'yicha olib borilgan tadqiqotlariga ko'ra birqancha usul hamda metodologiyalardan foydalanishgan. Hozirgi vaqtda Orol dengizi xavzasida suv resurslarining yo'qolishi va tabiiy manbalarda suv sifatining keskin yomonlashuvi natijasida, suv manbalarini ifloslanishidan asrashga jiddiy zarurat tug'dirmoqda.

Birinchi navbatda prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so'zlagan nutqida "Bugungi kunning eng og'ir ekologik muammolaridan biri - Orol halokatiga e'tibor qaratishni dunyo mamlakatlari yodiga solganlar|" ushbu hududlardagi toza ichimlik suvi muommosi naqadar dolzarbligini ko'rsatadi. Shu bilan birga YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan gidrologik dastur doirasida, yuzdan ortiq mamlakatlardan olimlar ishtirok etib, Qoraqolpog'iston aholisini toza ichimlik suvi bilan taminlash bo'yicha bir qancha samarali ishlar tashkil etishga harakat qilmoqda. Shularni inobatga olib, Qoraqalpog'iston Respublikasi Taxiyatosh tumanidagi Taxiatosh suv tozalash inshootida tabiiy dala tadqiqotlarini olib borish, bu inshootdagi suvning loyqalik darajasi hamda pH miqdorini aniqlash maqsad qilib olindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.11.2019 yilda PF-5883-sonli farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonda Respublikadagi 12 ta viloyat, Qoraqolpog'iston respublikasi, shaxar va tumanlar aholining ichimlik suvi bilan ta'minlanganlik darajasini va sifatini yaxshilash uchun asosiy vazifalar belgilab berilgan. Ushbu farmonning imzolanishi muommoning naqadar dolzarbligidan dalolat beradi.

Tadqiqot oybekti. Taxiatosh suv tozalash inshooti Qoraqolpog'iston Respublikasi Taxyatosh tumani Taxyatosh xo'jalik hududida joylashgan bo'lib, tuman markazidan 6 km uzoqlikda, Amudaryo o'zanida qurulgan. Umumiy hisobda 7 ta tumanni suv bilan taminlash uchun foydalaniladi. Suv tozalash inshooti 1993-yilda foydalanishga topshirilgan, loyixaviy qiymati 60 ming m3. ni, tashkil etadi. 2011-yilda qayta rekontruksiya qilinigan, umumiy yer maydoni 29,77 ga. teng. Taxiatosh suv tozalash inshooti (1-rasm), Taxiyatosh, Xojayli, Qanlikol, Shomanay, Qo'ng'irot, Mo'ynoq tumanlari va Nukus shahri aholisini kun davomida 60 ming.m3 ichimlik suv bilan ta'minlaydi.

Ichimlik suvi sifati O'zDst 950-2011 me'yoriy hujjat talablari asosida nazoratdan o'tkaziladi. Tozalash jarayonida, mexanik tozalash bosqichlaridan o'tib yakunda reagent sifatida alyuminiviy -sulfat Al (SO4) Ш0 zararsizlantirish uchun suyuq xlorlardan foydalaniladi.

Tadqiqot usuli (uslublari). Taxiatosh suv tozalash inshooti Taxiatosh tumanida joylashgan bo'lib, Taxiatosh gidrouzeli orqali Amudaryodan suv qabul qilib oladi. Taxiatosh suv tozalash inshootida suv 4 bosqichta tozalash ishlari amalga oshiriladi:

- birinchi bosqich radial (radialniy otstoynik) tindirgich katta va kichik panjaralardan orqali, katta va kichik ahlatlardan tozalangan suvlar kelib tushadi. Shu yerda suvga koagulyant (alyuminiy sulfat) qo'shilib ikkinchi boqichga uzatib beradi. Koagulyant suvdagi loyqalikni o'ziga tortib olib yirik cho'kuvchi zarrachalarni hosil qiladi. Bu bosqichda asosan suvni loyqa zarrachalarini yiriklashtirish maqsadida koagulyant aralshtiriladi va ikkinchi bosqichga

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

TEXNOLOGIYA

yuboriladi;

- ikkinchi bosqich gorizontal tindirgich hisoblanib suv loylardan tozalanadi, ya'ni tindirish jarayoni amalga oshiriladi;

- uchinchi bosqichda tindirilgan suv filtrlanadi, ya'ni filtrlash jaroyoni amalga oshiriladi. Filtrlash jarayonida asosan kvarts qumli filtrlardan foydalaniladi;

- to'rtinchi bosqich yuqoridagi bosqichlarda tozalangan suvni nasoslar yordamida iste'molchilarga yetkazib beriladi. Ushbu qismda yuvuvchi nasoslar ham bo'lib, bu nasoslar filtrlarni tozalash uchun ishlatiladi. Undan keyin filtrlangan suvni shu yerdagi laboratoryada kimyoviy bakterialagik yaroqlilik miqdori tekshuruvdan o'tkaziladi. Sifat darajasi O'z Dst 9502011 me'yoriy hujjat talablariga mosligi tekshiriladi.

1-rasm. Taxiatosh suv tozalash inshooti rejaviy ko'rinishi. Tajriba-sinov tadqiqot usullari. Taxiatosh suv omborining loyihaviy hajmi 60 ming.m3 bo'lib hozirgi kundagi foydali hajmi 60 m3 ni tashkil etadi. Taxiatosh gidrouzelidan Taxiatosh suv tozalash inshootiga suv kelib tushishi (2-rasm).

2-rasm. Taxiatosh suv tozalash inshootiga suv kelib tushishi.

Bu yerda Flygt nomli 3 ta nasos bor, 2 tasi ishlab turibdi, 1 ta nasos zaxira sifatida saqlab turiladi. Bu nasoslar soatiga 1500 kub suvni radial tindirgichga uzatib beriladi. Sutka davomida 72 ming m3, yiliga esa 26,28 mln.m3 suvni yetkazib berish qobiliyatiga ega.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

TEXNOLOGIYA

3-rasm. Radial tindirgich ko'rinishi.

Radial tindirgichda suvga kaogulyant (alyuminiy sulfat) aralashtirilib gorizantal tindirgichga yuboriladi. Kaogulyant suvdagi loyqa zarrachalarini o'ziga tortib olish qobiliyatiga ega (3-rasm).

4-rasm. Gorizontal tindirgich umumiy ko'rinishi.

II-bosqichta gorizontal tindirgichdan o'tkazilgan suvning loyqaligi talab darajasida tozalanishi lozim. Tindirgich samaradorligini ta'minlashda inshoot loyqalikdan tozalab turilishi lozim. Gorizantal tirgichda yirik zarrachalar ushlab qolingandan so'ng filtrga (4-rasm) uzatiladi. Filtrda asosan cho'kmay qolgan mayda fraksiyali zarrachalar tozalanadi.

5-rasm. Taxiatosh suv tozalash inshootining filtrlash qurilmalari.

Filtrdan o'tkazilgan suv tarkibini o'rganish maqsadida kimyoviy tahlillar olib boriladi

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 4-son, 2024

TEXNOLOGIYA

yetarli miqdorda xlor bilan qayta ishlanadi so'ngra talab darajasida (1-jadval) tozalangan ichimlik suvi nasos stansiyasi (5-rasm) iste'molchilarga yatkazib beriladi.

6-rasm. Taxiatosh suv tozalash inshooti nasos stansiyasi.

Mexanik tozalashdan kiyin nasos (6-rasm) lardan foydalanib, kimyoviy tozalash maqsadida kiyingi suv saqlash hovuzlariga o'tkaziladi.

O'zbekiston Respublikasi ichimlik suviga qo'yiladigan talablar ya'ni Davlat standarti talablari (1-jadval) da berilgan[1,2].

1-jadval

№ Ko'rsatkishlar Birlik Normalari Nazorat qilish usullari

1 20 va 60 0C suv hidi Ball 2 ГОСТ 33 51

2 Ta'mi Ball 2 ГОСТ 33 51

3 Rangi Gradus 20(25) ГОСТ 33 51

4 Loyiqaligi Mg/dm3 1,5(2,0) ГОСТ 33 51

5 Vodorod ko'rsatkichi pH 6-9 m

6 Umumiy qattiqligi Mgekv/dm3 7(10) ГОСТ 4151

7 Oksilligi Mg/dm3 5,0 Titrometriyalig Metod usulida

8 Xlor qoldig'i Mg/dm3 0,2 0,5 ГОСТ 18190

Taxiatosh suv tozalash inshootidan suv keltiruvchi kanaldan olingan suv na'munalarini kafedra laboratoriyasiga (7, 8- rasm) tegishli Spektrofotometr va pHMeters qurulmalari yordamida suvning loyqalik darajasi hamda pH miqdori tekshirib ko'rildi.

7-rasm. Spektrofotometr 8-rasm. pH Meters

Natijalar tahlili va muhokamalar.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

TEXNOLOGIYA

Olib borilgan tadqiqot davomida suv tozalash inshootining ishlash jarayoni bilan yaqindan tanishib chiqildi so'ngra inshootga kirib kelayotgan suv namunalarining loyqalik darajasi aniqlandi. Kirishda suvning loyqaligi yuqori darajada ekanligini natijalardan ko'rish mumkin. Laboratoriya tahlillari bir necha marotaba o'tkazilib natijalari maxsus jadvalga qayd qilib borilgan, natijalarni quyidagi 2-jadvalda ko'rish mumkin.

2- jadval.

Loyqalik miqdori mg/l № Loyqalik miqdori mg/l № Loyqalik miqdori mg/l

10.07.2024 y 629 (kirish) 15.07.2024 y 261 (kirish) 20.07.2024 y 673 (kirish)

1,7 1,3 3

0,9 3 1,2

0,8 0,5 1

0,6 0,8 2

0,8 0,7 1,8

629 0,6 1,5

Tadqiqotlar davomida olingan suv na'munalari laboratoriya sharoitida pHMeters qurilmasi orqali tekshirganimizda quyidagi natijalar aniqlandi (9-rasm).

9-rasm. Suvning pH miqdori gistogrammasi

Laboratoriya sharoitida suvning pH (quruq qoldiq) miqdori pHMeters qurilmasi orqali aniqlangan. Natijalardan ma'lum bo'lmoqdaki pH quruq qoldiq miqdori o'rtach qiymati oy davomida katta miqdorda o'zgarmayotganini ko'rish mumkin.

Xulosa. Taxiatosh suv tozalash inshootida olib borilgan tadqiqotlar va kuzatuvlar shuni ko'rsatdiki, inshootga kirayotgan suvning loyqalik darajasi yuqori. Ushbu loyqa suvni ichimlik suviga aylantirish maqsadida to'rt bosqichli tozalash jarayoni amalga oshiriladi. Ba'zi hollarda yog'ingarchiliklar ko'payganda loyqalik keskin oshishi va tozalash inshootining mazkur suvni to'liq tozalash imkoniyatini cheklashi aniqlangan. Demak, aholini toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash uchun tozalash inshootlarining ishlash jarayonlarini doimiy nazorat qilish va zarur bo'lganda texnik qurilmalarni yangilash zarur. Shuningdek, inshootlarning gidravlik parametrlarini tozalash quvvatiga moslashtirish ham muhimdir.

ADABIYOTLAR

1. Jurik, E., Zelenakova, M., Kaletova, T., Arifjanov, A. (2019), Small water reservoirs: sources of water for irrigation Handbook of Environmental Chemistry,69, pp. 115-131.

2. Ergashev A., Otaboev SH., Sharipov R., Ergashev T. 2009, Suvning inson hayotidagi ekologik mohiyati. T., "Fan" -53b.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 4-son, 2024

TEXNOLOGIYA

3. Valiev X.I., Muradov SH.O., B.M. Xolbaev. 2010, Suv resurslaridan mukammal foydalanish va muhofaza qilish. Darslik /Toshkent -2010

4. Taubaev T.T. Bo'riyev S.B. 1980, Oqava suvlarni biologik tozalash.Toshkent, 1980

5. Rustamov G'.S. 2020 , Shahar sharoitida shakllangan oqova suvlarni biologik tozalash texnologiyasini takomillashtirish. magistrlik dissertatsiyasi, Toshkent -2020.60b.

6. Shoyakubov R. 2009, Yuksak suv o'simligi - Pistiyani turli sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishdan chiqadigan oqova suvlarni tozalash samaradorligi. Algologiya, mikologiya va gidrobotanikaning dolzarb muammolari mavzusidagi xalqaro ilmiy - amaliy konferentsiyaning maqolalar to'plami T:, 2009. 259-262 b

7. Shoyaqubov R. 2008, Qishloq va sanoat korxonalari oqova suvlarini suv o'tlari va suv o'simliklari yordamida tozalash biotexnologiyasi. Toshkent 2008-yil 136-143-b

8. Xo'jjiyev S.O. 2004, Yuksak suv o'simliklarining oqova suvlarda o'sishi, rivojlanishi va ularni tozalashdagi mohiyati. Ijodkor yoshlar va fan-texnika taraqqiyoti: Resp. ilm-amal konf. to'pl. -Buxoro, 2004. -B. 127-128

9. Xolmatov U.A., Xidirboeva G. 2015, Olmaliq shahar maishiy -kommunal oqova suvlarni tozalash uchun mos bo'lgan suv o'tlarni laboratoriya sharoitida o'stirib hosildorligini aniqlash. Qishloq va suv xo'jaligining zamonaviy muamolari" mavzusidagi XIV an'anaviy ilmiy-amaliy anjuman. I- Qism.9-TIMI.T-2015 - 36-38-bet

10. Yo'ldoshev L.T. 2017, Ifloslangan suvlarda yuksak suv o'simliklarining ko'payishi va suvni tozalashdagi ahamiyati. Magistr akademik darajasini olish uchun dissertatsiya/ Buxoro-2017. 60 b

11. Музаффаров А. М., Таубаев Т.Т. 1971, Охрана водоемов и роль высшей водной растительности и водорослей в очистке коммунально промышленных стоков. Мат.совещ.по охраны объектов раст мира рек Средней Азии и Казахстана. Ташкент. 1971.С.5-7

12. Miljojkovic, D.; Trepsic, I.; Milovancevic, M. 2019, Assessment of physical and chemical indicators on water turbidity. Phys. A Stat. Mech. Its Appl. 527, 121171. [Google Scholar]

13. World Health 2017, Organization Water quality and health-review of turbidity: Information for regulators and water suppliers. Available online: https://apps.who.int/iris/handle/10665/254631. (accessed on 10 January 2023).

14. Marimon, W.; Jimenez, N.; Jiménez, C.; Chavarro, J.; Domínguez, E. 2021, Comparative Analysis of Water Quality Indices and Their Relationship with Anthropogenic Activities, Case Study Bogotá River. Res. Square [Google Scholar]

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

15. García-Rentería, F.-F.; Nieto, G.A.C.; Cortez, G.H. 2023, Evaluation of wastewater discharge reduction scenarios in the Buenaventura Bay. Water 15, 1027. [Google Scholar]

16. Khairi, M.T.M.; Ibrahim, S.; Yunus, M.A.M.; Faramarzi, M.; Yusuf, Z. 2015, Artificial neural network approach for predicting the water turbidity level using optical tomography. Arab. J. Sci. Eng. 41, 3369-3379. [Google Scholar]

17. Kim, S.E.; Seo, I.W. 2015, Artificial neural network ensemble modeling with conjunctive data clustering for water quality prediction in rivers. J. Hydro-Environ. Res. 9, 325339. [Google Scholar]

18. Delpla, I.; Florea, M.; Rodriguez, M. 2019, Drinking water source monitoring using early warning systems based on data mining techniques. Water Resour. Manag. 33, 129-140. [Google Scholar]

19. Miguel-Chinchilla, L.; Heasley, E.; Loiselle, S.; Thornhill, I. 2019, Local and landscape influences on turbidity in urban streams: A global approach using citizen scientists. Freshw. Sci. 38, 303-320. [Google Scholar]

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

TEXNOLOGIYA

20. Кондратенко П.В., Воронков О.К., Шейкин А.М., Ганин А.В., Ушакова Л.Ф. 2018, Инженерногео физические исследования состояния левобережного примыкания бетонной плотины Волховской ГЭС. Известия ВНИИГ им. Б.Е. Веденеева. Т. 288. С. 3745.

21. Jain A., Choudhary R.K. 2019, February, Rehabilitation of pervious foundation of Kanupur earth dam, Odisha — acase study. International Dam Safety Conference. Bhubaneswar, Odisha. Vol. 2. Pp. 931-939.

Me'yoriy hujjat.

1. Государственный стандарт Республики Узбекистан узбекское агентства стандартизации метрологии и сертификации вода питьевая Утвержден и введен постановлением Агентства «Узстандарт» за № 05-273 от 02.02.2011 г.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 26.11.2019 yildagi PF-5883-son Aholining ichimlik suvi bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun O'zbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida farmoni.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.