Kurbonova Sh.B.
Alfraganus universiteti "Umumkasbiy fanlar"
kafedrasi o'qituvchisi
TASVIRIY SAN'AT ASARLARINI YARATISH TEXNIKASI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Yangi O 'zbeksitonda tasviriy san 'at darslarini o 'qitishning o 'ziga xos jihatlari, shuningdek, tasviriy san 'at asarlarini yaratish texnikasi hamda bu borada olimlarningfikrlari tahlil etilgan.
Kalit so 'zlar: tasviriy san 'at, rangtasvir, monumental rangtasvir, tasvirlash texnikasi, akvarel, qalamtasvir.
Kurbonova Sh. B.
Teacher of the "General Professional Sciences" department of Alfraganus University
TECHNIQUE OF CREATING FINE ART WORKS
Abstract: This article analyzes the specific aspects of teaching fine art classes in New Uzbekistan, as well as the techniques of creating fine art works, as well as the opinions of scientists in this regard.
Key words: fine art, painting, monumental painting, painting technique, watercolor, pencil drawing.
Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan inqilobiy o'zgarishlar jamiyatimizni iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy jihatdan jahonning eng rivojlangan mamlakatlari qatoridan o'rin olishda o'zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Tasviriy san'at ta'limi mazmunini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri milliy-hududiy materiallaridan samarali foydalanishga katta e'tibor berilmoqda. Shuning uchun tasviriy san'at ta'limi mazmunini takomillashtirishning hozirgi bosqichi o'ziga xos xususiyat kasb etib, badiiy ta'limda milliy-hududiy va o'lkashunoslikka oid materillarning xususiyatini inobatga olishni taqozo etadi.
Tadqiqot ishi bugungi kunda Farg'ona vodiysi xalqlarining milliy madaniyati, o'ziga xos xalq amaliy san'ati va nomoddiy obidalarni saqlash, etnik an'analarni tiklash va kelajak avlodga yetkazish asosida o'rta maktabda tasviriy san'at ta'limini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan.
Keyingi vaqtda hamma sohalarda bo'lgani kabi, xalq ta'limi tizimida ham ko'pgina amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hususan, o'quvchilarni badiiy jihatdan voyaga yetkazishda tasviriy san'at fanini darslarida milliy-hududiy va o'lkashunoslikka oid materillar tarixini chuqurroq o'rganish maqsadida dars va darsdan tashqari mashg'ulotlarni to'g'ri tashkil etish, o'quvchilarni ekskursiyalarga olib chiqishga katta ahamiyat berilmoqda.
O'zbekistonda yangi ma'naviy-g'oyaviy yo'nalishlarning shakllanishi o'z navbatida, zamonaviy san'atning barcha sohalariga samarali ta'sir etib, ijodiy izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini yanada jadallashtiradi. Tarixiy, madaniy va ma'naviy-ahloqiy qadriyatlarning keng qatlamlarini qayta idrok etish g' oyalari, yangilanish tamoyillari me' morlik, tasviriy va amaliy bezak sohalarida yaqqol namoyon bo'lmoqda.
Viloyatimizda va Respublikamizda o'tkazilayotgan ko'p sonli ko'rgazmalarning katta qismini an'anaviy tarzda dastgohli rangtasvir asarlari tashkil qiladi. Bu ko'rgazmalar faollik ko'rsatib kelayotgan rangtasvir san'ati namoyondalarini ko'p maqtaymiz, ammo ular haqidagi ma'lumotga egamizmi? O'zbekistonni barcha viloyatlarida ham rangtasvir bir xil taraqqiy topganmi? O'sib kelayotgan yosh avlod bu haqda ma'lumotga egami? Viloyatlarda, jumladan Namanganda yashab, ijod qilayotgan rassomlar haqida ma'lumotlar darslik, o'quv qo'llanmalarga kiritilganmi? Bu savollarni barchasi javobini kutib yotgan ilmiy muammolardir.
Rangtasvirning bugungi kundagi grafik xududi Samarqand, Buxoro, Andijon, Namangan, Toshkent, Nukus kabi ko'zga ko'ringan markazlardan iborat.
O'quvchilar rasm chizish va rangtasvir texnikasi borasida yetarli bilim va malakalarni egallamay turib, kompozitsiya, qalamtasvir, rangtasvir, haykaltaroshlik, halq amaliy san'ati va boshqa fanlarni yuqori darajada o'zlashtira olmaydilar.
Bugungi kunda tasviriy san'at ta'limi mazmuni, hamda metodlarini takomilashtirish eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Ular quyidagilardan iborat: tasviriy san'at fani mashgulotlarini o'qitishning hozirgi holatini aniqlash va uning keyingi mo'ljallangan istiqbolli yo'llarini ishlab chiqish. Farg'ona vodiysi tasviriy va xalq amaliy san'ati, shu o'lkada tug'ilib o'sgan xalq rassomlari, xalq ustalari ijodi, qadimiy haykaltaroshlik san'ati materiallarini yoshlarga bilim va badiiy-estetik tarbiya berish tasviriy san'at asarlarini o'qiy olishga o'rgatish.
Tasviriy san'at darslarida milliy-hududiy, mahalliy manbalardan foydalanishni keng yo'lga qo'yish orqali yoshlarni yuqori malakali mutaxassis bo'lib yetishishlarini ta'minlash va yuksak didli vatanga sadoqatli, O'zbekiston san'atini hamda jahon xalqlari san'atini mukammal biladigan o'tmish madaniyatimizni sevib qadrlay oladigan kishilar bo'lib yetishishlarini ta'minlashdir.
Tasviriy san'at o'qitish metodikasi muammolariga bag'ishlangan adabiyotlarda "rangtasvir texnikasi", "tasvirlash texnikasi", "tasviriy san'at asarlarini yaratish texnikasi" singari atamalarga tez-tez duch kelamiz.
Rangtasvir texnikasi deganda, vitraj, mozaika, freska chizish nazarda tutiladi. Ma'lumki, rangtasvir asarlari qadimdan o'zining yuksak badiiyligi va ishlanish texnikasi jihatidan kishilarni hayratga solib kelmoqda. Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun tayyorlangan dasturlarda san'atshunoslik asoslari, rangtasvir va qalamtasvir ishlash, naturaga qarab tasvirlash, borliqni idrok etish bo'limlari mavjud bo'lib, kasbiy badiiy va umumiy badiiy ta'lim tizimlari o'rtasiga qat'iy chegara qo'yib bo'lmaydi.
Rangtasvir deb tekis yuzada turli rang va materiallar vositasida bajariladigan tasviriy asarga aytiladi. Bu tur uchun asosan bo'yoqlar - moyli bo'yoq, akvarel, guash, tempera, shuningdek, rangli qalamlar, ko'mir, qalam, pastel, sous, sangina kabi badiiy materiallar bilan ishlash xarakterlidir.
Rangtasvir asarlari qog'oz, mato, karton, devor, oyna, yog'och kabi tekis yuzalarga ishlanadi. Rang tasvir asosini rasm tashkil etadi. Har qanday rangtasvir ishida, avvalo, uning rasmi ishlab olinadi. Unda kompozitsiya, nur va soya, rang asosiy o'rinni egallaydi.
Rangtasvir asarlari bajarilish texnikasi jihatdan turli-tuman bo'lib, ular moybuyoqli, temperali, freskali, mozaikali, vitrajli, akvarelli, guashli, pastelti bo'lishi mumkin. Rangtasvirning quyidagi turlari mavjud: 1. Dastgohli rangtasvir. 2. Monumental (mahobatli) rangtasvir. 3. Miniatyura (mu'jaz) rangtasviri. 4. Dekorativ (bezak) rangtasvir. 5. Teatr-dekorativ (bezak) rangtasviri.
Dastgohli rang tasvir deyilganda, rassomlarning maxsus asbob dastgoh (molbert) yordamida ishlaydigan suratlari tushuniladi. Dastgohli rang tasvir asarlari uncha katta bo'lmagan o'lchovda yuqorida qayd qilib o'tilganidek mato, karton, oyna, faner kabi tekis yuzali materiallarga buyoklar bilan ishlanadi. Dastgohli rangtasvirda ko'pincha moyli va akvarel bo'yoqlar qo'llaniladi.
Monumental rangtasvir atamasi monumental (mahobatli), ya'ni katta o'lchovdagi rangtasvir ma'nosini anglatadi va bu turdagi asarlar ko'pincha binolarning ichki va tashqi devorlariga tempera bo'yoqlari bilan ishlanadi. Freska, mozaika, vigraj, panno monumental rangtasvir asarlarining turlari hisoblanadi.
Freskalar asosan bino devorlarining o'ziga, shuningdek, unga matolar yordamida ishlanadi.
Mozaika - turli tabiiy va ikkilamchi materiallar - rangli oyna parchalari, toshlar, sintetik materiallardan bino devorlariga yoki tekis materiallar ustiga ishlanadi.
Vitraj esa binolarning deraza, eshik, oynalari ustiga bo'yoqlar yordamida ishlanadi. Vitrajlar uy ichkarisi va tashqarisidan ham bir xil ko'rinadi.
Miniatyura (mu'jaz) rangtasviri deb, bejirim, kichik hajmdagi, nozik san'at asarlariga aytiladi. Miniatura rangtasviri o'rta asrlarda kitob bezagi bilan bog'liq, xolda rivoj topdi.
U kitoblardagi bosh, yakuniy bezak, zarxat harf, iltyustratsiyalardan iborat bo'lgan. Rangtasvirning bu turi Sharqda, shu qatori Movarounnahrda katga shuxrat qozongan. Hozirda u mustaqil san'at turi sifatida nafaqat kitoblarni, balki turli quticha, tomosha qovoq, kabilarni bezatishda ham keng qo'llanilmoqda. Shuningdek, bu tur mustaqil san'at sifatida yildan-yilga ommalashib bormoqda.
Dekorativ rangtasvir asarlari mustaqil amaliy ahamiyatga ega bo'lib, u binolarning ichki va tashqi devorlarini bezatishda keng qo'llaniladi. Ular panno shaklida, shuningdek, quticha, patnis, sandal, shkaflarni bezatishda qo'l keladi. Bino ichini bezatishga xizmat qiladigan naqshlar, frizlar, namoyon kabi mayda elementlar ham dekorativ rangtasvirga kiradi. Teatr dekorativ ranggasviri spektakl dekoratsiyalari, unda ishlatiladigan grim, saxna jihozlari bilan bog'liq. Ular teatr
rassomi tomonidan tayyorlanib, spektakl mazmunini tomoshabinga keng va chuqurroq singdirshga yordam beradi.
Bu bezaklarda rassomlar sahnaning yoritilishi va ranglarga alohida e'tibor qaratadilar. Spektakl bezaklari unda ifodalangan voqea sodir bo'layotgan joy, davr, muxit to'g'risida tomoshabin tasavvurlarini boyitadi, va qarashlarni idrok etishini osonlashtiradi va faollashtiradi.
Tasviriy san'at nazariyasi va amaliyotida akademik ranggasvir iborasi ham ishlatiladi. Akademik ranggasvir asosan o'quv jarayonida foydalaniladigan ko'rgazmali ranggasvir ishlarini nazarda tutadi. Haykaltaroshlik ham huddi rangtasvir kabi hayotiy voqea va xodisalarni turli uslub va tasvirlash texnikasi hamda materiallar yordamida ifodalaydi. Haykaltoroshlikda tosh, metall, gips, yog'och, pesok (qum), sim kabi materiallar keng qo'llaniladi. Haykaltaroshlik asarlari kesish, yopishtirish, o'lchash va o'yish, qo'ritish orqali bajariladi. Haykaltaroshlikning asosan ikki turi mavjud bo'lib, ularning birinchisi gulli, yumaloq, haykallar, ikkinchisi esa relefli — burtma xaykallardir. Yumaloq, haykallarni har tomondan ko'rish mumkin bo'lsa, relef, haykallarni fakat bir tomondan, ya'ni oldi plan ko'rish kerak bo'ladi. Relefli haykallar tekislik ustiga ishlanib, yuzadan kisman burtib chiqqan bo'ladi.
Tasvirlash texnikasi ko'proq kompozitsiyadagi detallarni ishning bosh g'oyasiga bo'ysunishi qonuni, muvozanat qonuni, detallarning haykalda simmetrik va assimetrik joylashuvi qoidasi, kompozitsiyasida harakat va turg'unlik, qarama-qarchilik kabi qoidalarga alohida e'tibor berishni taqozo etadi.
Texnika - san'at sohasida: alohida o'rganish va usullar majmuasi, yig'ndisi, uning natijasida badiiy asr yaraladi. «Texnika» tushunchasi tor ma'noda rassomning maxsus material yoki asbob bilan ishlash natijasi, shu materialning badiiy imkoniyatlaridan foydalana bilish. Yanada kengroq ma'noda bu tushuncha tasviriy hususiyatning mos elementlarini o'z ichiga qamrab olgan-jismlarning moddiyligini, bo'rtgan shaklni yasash, fazoviy munosabatlarni modellashtirish va h.k. Barcha texnik usullar badiiy natijaga olib kelishi kerak. Texnik usullar mazmunga bevosita bog'liq. Realistik texnikaning asosiy hususiyatlari eng avvalo asarning g'oyaviy-qiyofali qurilishiga bo'ysunganligiga asoslanadi.
Akvarel bo'yoqlar yelim bo'yoqlar qatoriga kiradi. Akvarel lotincha so'z bo'lib, «akva» - suv demakdir. Bu bo'yoq suvda tez eriydi.
Akvarel bo'yoq boshqa bo'yoqlarga nisbatan yorqin, toza va jozibalidir. Shuning uchun u bilan ishlangan tasvirlar chiroyli. nafosatli ko'rinishi sababli kishi e'tiborini jalb qiladi. Akvarel bo'yog'ida o'quv-mashq vazifalirni. Shuningdek badiiy asarlar ham yaratish mumkin. Bundan albatta bo'yoqning va rang tanlashning hususiyatlarini yaxshi bilishi lozim.
Akvarel texnikasini mukammal egallash, bu sohada malaka xosil kilish uchun birinchi navbatda ish qurollari va ashyolarning ham bo'lishi katta ahamiyatga ega. Qog'oz. albatta oq, yetarli darajada qalin va yuzasi g'adir-budur bo'lishi kerak. Juda silliq qog'ozga bo'yoq tekis surtilmaydi. Qog'zning yuzasi g'adir-budur bo'lsa. bo'yoq zarrachalari uning govaklariga singib, quriganda mustahkam qotadi.
Akvarel texnikasining guash tempera va moy bo'yoqlaridan farqi uning tiniqligi va havoiligi, bo'yoqlarning yorqinligi va tozaligi bilan uyg'unlashib ko'rinishidir.
Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki tabiatda absolyut oq va absolyut qora ranglar mavjud emas. Ularning barchasi qandaydir bir rang tovlanishda bo'ladi. Masalan. qoraning jigarrangga, ko'kka, yashilga moyil ekanligini ko'rishimiz mumkin. Oq rangning turlm nozik tuslarga moyilligi ham tabiiy. Bunday rang va tuslarning hamda ularning to'q-ochliklarini topib tasvirlash uchun moybo'yoqda ishlash texnikasi juda qulaydir.
Grizayl (Grisaille - lotincha "griz" ya'ni kulrang) usulida rasm ishlash turli ranglar vositasida ish usuliga o'tish uchun tayyorgarlik bosqichi bo'lib, unda mo'yqalamni ishlatish yo'llari va akvarel bo'yoqlarining hususiyatlarini o'rganish uchun imkoniyat yaratadi. Grizayl texnikasida buyum sirtlari, shakllarining ro'paradan (fas), yondan, ustdan va kundalang ko'rinishlarini tahlil qilish qulayrok kechadi. Bu mashg'ulotlar jarayonining boshlanishida faqat akvarelda emas, tempera, moybuyok, akril kabi bo'yoqlarida ham ishlashni tavsiya qilish mumkin.
Bu texnika bilan bir nechta natyurmortlarni tasvirlab o'rgangandan so'ng. barcha rang xillari bilan ham natyurmort ishlash ancha oson bo'ladi.
Lessirovka /nemischa lasieren sir bilan qoplash ma'nosida- rangtasvir texnikasining bir turi bo'lib, boshqa bo'yoqlar qatlami zich holda qurigan tekislika juda yupqa, baquvvat va xiraroq qoplashdir. Bunda ranglarning jarangdorligi, alohida bir yengilligi vujudga keladi.
Tasviriy san'at asarlarini yaratish texnikasini ongli o'zlashtirilishi ilmiylik prinsipidagidek perspektiva, rangshunoslik, optika va yorug' soya qonunlari, anatomiyadan ba'zi ma'lumotlarga ega bo'lishi bilan bog'liq.
Tasviriy san'at va uni o'qitish metodikasida rasm chizish texnikasini o'rgatishga oid bir muncha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan (M.Nabiev, R.Hasanov, B. Boymetov, S. Bulatov, B.Oripov, B.Azimova, D.A. Gancharova, M.X. Mirzaxmedov va b.). Tasviriy san'at o'qitishning turli bosqich va tashkiliy qismlarida o'lkashunoslikka oid materiallar asosida rasm chizishni o'rgatishning maqsad, mazmun, vazifa, usul va vositalari mavjud bo'lib, tasviriy san'at fani o'qituvchilari ularni yaxshi bilishlari talab qilinadi.
Har qanday predmetning hajmi, shakli, materiali va ularning fazoda joylashuvini biz faqat yorug' soya jihatdangina emas, rang jihatdan ham idrok etamiz. Hajmi va materialni idrok etish predmetlar yuzasida joylashgan yorug'-soya va ranglarga bog'liq bo'ladi. Birinchi va ikkinchi planda predmetlarning ranglari bir-biridan o'z to'yinganliklari, yorug'langanliklari bilan keskin farq qiladilar. Shuning uchun ham biz narsalar shaklining tabiiy emas, prespektiv ko'rinishini tasvirlaganimizdek, predmetlar ranglarini ham tabiiy emas, perspektivada ko'rinayotgandek shartli tasvirlashimiz kerak bo'ladi.
Ulug' rassom Leonardo da Vinchi perspektivani uch bo'lakka bo'lgan edi. 1. Chiziqli perspektiva. 2. Relef perspektivasi 3. Rang va havo perspektivasi. Chiziqli perspektivada narsalar kishi ko'zidan uzoqlasha va yaqinlasha borgani sari ularning o'lchovlarida, havo, ranglarida o'zgarishlar yuz beradi. Relef perspektivasi deganda
esa narsa shakllaridagi aniqlik va ularning fazoda uzoqlashuvi natijasida yorug'lik va soya o'rtasidagi nisbiy o'zgarish tushuniladi. Rang va havo perspektivasining mohiyati, rangtasvir ishlashda rasmning ta'sirchan va ifodali chiqishida ahamiyati kattadir. Perspektiva qisqarish degan ma'noni anglatadi. Bunda kuzatuvchiga nisbatan uzoqlashib borayotgan tomonlar oldinda turgan tomonga nisbatan biroz kichraygan holda ko'rinadi. Masalan, temir yo'llar, simyog'ochlar misolida buni ko'rish mumkin. Bundan tashqari, havo perspektivasi, rang perspektivasi ham mavjud. Rang va havo perspektivasi ham ana shu talablarni amalga oshirishda qo'l keladigan muhim usullardan biridir.
Rangshunoslik asoslari kursi bo'lajak mutaxassislarning rangshunoslik borasida bilim malaka va ko'nikmalarini yanada yaxshi rivojlantirishga qaratilgan. Rangtasvirnpng asosini rangshunoslik fani tashkil qiladi. Bo'lajak rassom o'qituvchilarga ranglarning tabiatda hosil bo'lishi va tarqalishi masallarini, ularning atrof-muhit ta'sirida o'zgarib ko'rinishini, bo'yoqlarni tayyorlash va ulardan foydalanish yo'llarini o'rgatadi.
XIX asrda nemis tabiatshunos olimi G.L.Gelmgols rangshunoslik nazariyasida muhim yangilik yaratgan. Ko'p yillik tajribalari asosida xromatik ranglarni uchta asosiy alomat - rang tusi (nomi), rangning och-to'qligi va to'yinganligi asosida turkumlash kerakligini ko'rsatgan.
Bo'yoqlar ikki turga bo'linib, suv bilan ishlatiladigan bo'yoqlar va moy bilan ishlatiladigan bo'yoqlar. Suv bilan ishlatiladigan bo'yoqlar sirasiga akvarel. tempera, guash bo'yoqlari va tush kabilar kiradi. O'quvchilar suv bilan ishlatiladigan bo'yoqlardan foydalanishning o'ziga xos mahoratlarini egallab olganlaridan so'nggina, moybo'yoqda rangtasvir ishlashga o'tadilar. Moybo'yoqda rangtasvir shllashning o'ziga xos tartib - qoidalari hamda tayyorgarlik bosqichlari mavjud.
Ranglarni nomlari va xususiyatlarini bilmasdan turib, kerakli maqsadga erishish qiyin albatta.
O'quv jarayonida nimani o'rgatish masalasining mohiyatiga oid mutaxassislarning turli, ko'pincha bir-biriga qarama-qarshi fikrlari izohlab kelinmoqda. Bu borada ikki muammo mavjud: birinchisi - nimani o'rgatiladi, savoliga javob berishda, aksariyat olimlar ta'lim mazmuni o'rgatiladi, degan aslida to'g'ri, ammo umumiy javobni qaytaradilar. "Nimani - ta'lim mazmunini" muammosining hal etilishi dolzarbligicha qolmoqda.
Tasviriy san'at o'qitish mazmunining tarkibiy qismlarini tadqiq etish muhim nazariy-izlanishlar sirasiga kiradi. Ta'lim mazmuni qanday qismlardan tashkil topishi o'qitish maqsadlariga uzviy bog'liq holda hal etiladi. Maqsad odatda mazmunni belgilaydi, ya'ni mazmun ta'lim chog'ida o'zlashtiriladigan o'quv-metodik hodisa bo'lsa, uning mahsuli erishiladigan maqsad sari olib boradi.
Ishning toza, puxta bajarilganligi nafaqat tartiblilikka bog'liq, balki qalam, mo'yqalamdan foydalanish mahoratini o'zlashtirishga ham bog'liqdir. Tasvirlash, chizish texnikasi bo'yicha mahoratlar o'quvchi qo'llari rivojlanganliklari bilan bog'liq bo'lgan muvofiqlashtirish, aniqlik, ohistalik, harakatlarning erkinligidan iboratdir.
Jahon ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida tasviriy san'atni o'qitishda bolaga individual yondashuvni takomillashtirish (N.A.Kosenko, S.A.Amanjonov), tasviriy san'at ta'limida innovatsion texnologiyalarni qo'llash (G.A.Gorbunova), topshiriqlar tizimini o'quvchining layoqati, omilkorligiga mos ravichda tanlash, taqsimlash va taqdim etishning didaktik imkoniyatlaridan oqilona foydalanish (A.K.Markova), tasviriy san'at darslarida tabaqalashtirib o'qitish prinsiplarini qo'llash, ijodiy qobiliyatni takomillashtirish (M.A.Semenova), tasviriy san'at darslarida milliy-badiiy an'analardan foydalanish (M.V.Kadirova) bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.
O'z xalqi va ajdodlari o'tmishini, tug'ilib o'sgan shahri, qishlog'i san'ati va madaniyati tarixini yaxshi bilgan insonning irodasi kuchli bo'ladi, uni har xil aqidalar girdobiga tushishdan saqlaydi. O'z xalqining tasviriy va amaliy san'at tarixi saboqlarini anglab yetgan o'quvchi hozirgi zamonni yaxshi tushunadi, kelajakni to'g'ri tasavvur etadi.
Adabiyotlar ro'yxati
1. Абдуллаев Н. Санъат тарихи. 2 т. - Тошкент: Укдтувчи, 1986. - 259 б.
2.Абдуллаев Н. Санъат тарихи. 2.т - Тошкент: SAN'AT, 2.1 Т. 2001, Б. 165173.
3. Abdullaev N. San'at tarixi elektron o'quv qollanma T. 2005
4. Абдурахмонов Б. Художественная культура Узбекистана: ХХ век. -ташкент: Узбекистан, 2000. - 180 с.