Научная статья на тему 'TASHKILOTLARDA MANFAATLAR TO‘QNASHUVINING YASHIRIN IQTISODIYOTGA TA’SIRI'

TASHKILOTLARDA MANFAATLAR TO‘QNASHUVINING YASHIRIN IQTISODIYOTGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
127
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davlat soliq xizmati / soliq ob’ektlari / manfaatlar to‘qnashuvi / yo‘l haritasi / yashirin iqtisodiyot / state tax service / tax objects / conflict of interest / road map / shadow economy.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Abdullaev, Alijon Yarashbaevich

Yashirish iqtisodiyotni qisqartirish va adolatli soliq tizimini yuritishda iqtisodiy tashkilotlarning o‘zaro hamkorligisiz ko‘zlangan natijaga erishib bo‘lmaydi. Shu o‘rinda soliq organlarining soliq ob’ektlari va soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlarni aniqlashda tashkilotlar bilan hamkorligida manfaatlar to‘qnashuvi natijasida yuzaga kelgan kamchiliklarni tahlil qilish va undagi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar berishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPACT OF CONFLICT OF INTERESTS IN ORGANIZATIONS ON THE HIDDEN ECONOMY

The excpected result can not be achieved without the interaction of economic organizations, in reducing the underground economy and maintaining fair tax system. In this regard, it consists of analyzing the shortcomings and offering proposals to eliminate identified shortcomings that arise as a result of the conflict of interests of the tax authorities in cooperation with organizations in the identification of tax objects and objects related to taxation.

Текст научной работы на тему «TASHKILOTLARDA MANFAATLAR TO‘QNASHUVINING YASHIRIN IQTISODIYOTGA TA’SIRI»

TASHKILOTLARDA MANFAATLAR TO'QNASHUVINING YASHIRIN

IQTISODIYOTGA TA'SIRI

Alijon Yarashbaevich Abdullaev

O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi

ANNOTATSIYA

Yashirish iqtisodiyotni qisqartirish va adolatli soliq tizimini yuritishda iqtisodiy tashkilotlarning o'zaro hamkorligisiz ko'zlangan natijaga erishib bo'lmaydi. Shu o'rinda soliq organlarining soliq ob 'ektlari va soliq solish bilan bog'liq ob 'ektlarni aniqlashda tashkilotlar bilan hamkorligida manfaatlar to'qnashuvi natijasida yuzaga kelgan kamchiliklarni tahlil qilish va undagi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha takliflar berishdan iborat.

Tayanch iboralar: davlat soliq xizmati, soliq ob 'ektlari, manfaatlar to'qnashuvi, yo'l haritasi, yashirin iqtisodiyot.

THE IMPACT OF CONFLICT OF INTERESTS IN ORGANIZATIONS

ON THE HIDDEN ECONOMY

ABSTRACT

The excpected result can not be achieved without the interaction of economic organizations, in reducing the underground economy and maintaining fair tax system. In this regard, it consists of analyzing the shortcomings and offering proposals to eliminate identified shortcomings that arise as a result of the conflict of interests of the tax authorities in cooperation with organizations in the identification of tax objects and objects related to taxation.

Key words: state tax service, tax objects, conflict of interest, road map, shadow economy.

ВЛИЯНИЕ КОНФЛИКТА ИНТЕРЕСОВ В ОРГАНИЗАЦИЯХ НА

СКРЫТУЮ ЭКОНОМИКУ

ANNOTATSIYA

Yashirish iqtisodiyotni qisqartirish va adolatli soliq tizimini yuritishda iqtisodiy tashkilotlarning o'zaro hamkorligisiz ko'zlangan natijaga erishib bo'lmaydi. Shu o'rinda soliq organlarining soliq ob 'ektlari va soliq solish bilan bog'liq ob 'ektlarni aniqlashda tashkilotlar bilan hamkorligida manfaatlar to'qnashuvi natijasida yuzaga

kelgan kamchiliklarni tahlil qilish va undagi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha takliflar berishdan iborat.

Tayanch iboralar: davlat soliq xizmati, soliq ob 'ektlari, manfaatlar to'qnashuvi, yo'l haritasi, yashirin iqtisodiyot.

KIRISH

Muhtaram Prezidentimiz boshchiliklarida mamlakatimizda soliq siyosatini takomillashtirish bo'yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib, natijada so'ngi yillarda «Soliq xizmati - insofli soliq to'lovchilarning ishonchli hamkori» shiori ostida davlat soliq xizmati organlarini soliq to'lovchilarning biznes-hamkori va maslahatchisi, ularga servis xizmatlar ko'rsatishga yo'naltirilgan idora sifatidagi yangi imidji shakllandi.

Shu bilan birga, ekspertlarning baholashlari va tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida o'tkazilayotgan so'rovlar iqtisodiyotdagi yashirin aylanmaning, ayniqsa, savdo va umumiy ovqatlanish, avtotransportda tashish, uy-joy qurilishi va ta'mirlash, turar-joy xizmatlarini ko'rsatish kabi sohalarda yuqori darajada saqlanib qolayotganligidan dalolat beradi, bu esa vijdonli tadbirkorlarning iqtisodiy manfaatlariga putur yetkazmoqda, ular uchun teng bo'lmagan biznes yuritish shartlarini yuzaga keltirmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi "Raqamli iqtisodiyot va elektron huqumatni keng joriy etish chora tadbirlari to'g'risida"gi Qarorda1 iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruv tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali 2022 yilga qadar elektron davlat xizmatlari ulushini 60 foizgacha yetkazishni nazarda tutgan holda davlat axborot tizimlari va resurslarini yaratish hamda integratsiya qilish, davlat ma'lumotlar bazalaridagi axborotlarni unifikatsiya qilish vazifasi belgilangan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Jahon o'z hisobotida raqamli iqtisodiy bilim va raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotning yangi bir qatlami bo'lib, uning doirasida jamiyatda, biznes va davlat sohasidagi yangi raqamli malakalar va imkoniyatlar shakllanadi, deya ta'rif beradi2.

1 Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacH npe3HgemuHHHr 2020 HHÏÏ 28 anpe^garn nK-4699-coHnn "ParçaM^H H^racoguëT Ba эœктpoн xy^yMaTHH KeHr ®opnn этнm nopa Tag6HpnapH TyrpHCHga"rH Kapopn.

2 ffl.TomMaTOB 2020 HHÏÏ "ParçaM^H HrçTHCogHëTga MO^HHBHH TexHO^ornanap Ba 3aMOHaBHH TynoB TH3HMnapHHH pHBO^^aHTHpnm Hy^apn" ^aMHHT Ba 6omrçapyB 2020 №3(89).

45

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoniga3 asosan yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashishda vazirlik va idoralarning faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda soliq va bojxona ma'muriyatchiligini takomillashtirish bo'yicha «yo'l xarita»si tasdiqlangan.

Shuningdek, Vazirlik va idoralarning rahbarlariga «yo'l xaritasi»ning o'z vaqtida va to'liq ijro etilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilgan.

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida 4 O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalarni joriy qilish boshqarmasining asosiy vazifalari qatorida soliq to'lovchilar, soliqqa tortish ob'ektlari, hisoblangan va to'langan soliqlar hamda boshqa majburiy to'lovlar, shuningdek ular bo'yicha imtiyozlar to'g'risidagi axborotlarni yig'ish, qayta ishlash va saqlash belgilangan. Mazkur qarorning 2-ilovasida ko'rsatilgan idora va tashkilot rahbarlari zimmasiga soliq majburiyatlari bilan bog'liq bo'lgan ma'lumot va boshqa axborotlar to'laqonli hisobga olinishini ta'minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklangan.

Biroq yuqoridagi qaror 2012 yilda qabul qilingan bo'lsada, ba'zi tashkilotlarning ma'lumotlar bazasi bugungi kunga qadar davlat soliq xizmati organlari ma'lumotlar bazasiga integratsiya qilinmagan.

O'zbekiston Respublikasi Soliq ma'muriyatchiligi so'ngi yillarda inson omilisiz nazorat tizimini rag'batlantirish orqali karuppsion holatlarni cheklash bilan birgalikda soliq ob'ektlarini hisobga olishning avtomatlashgan tizimi orqali ijobiy natijalarga erishilmoqda va natijada soliq stavkalari kamaytirilgan bo'lishiga qaramasdan yildan yilga davlat byudjeti tushayotgan tushumlari miqdori oshishi tendensiyasini ko'rish mumkin.

O'zbekiston Respublikaning "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonunining5 3-moddasida manfaatlar to'qnashuvi - shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta'sir ko'rsatayotgan yoxud ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan hamda

3 Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacH npe3HgemuHHHr 2020 hhïï 30 OKTa6pgarn n®-6098-coH^H "^mnpHH HRTHCogHëTHH RHCRapTupum Ba co^hr opraraapn ^ao^nara caMapagop^muHH omnpnm 6yÖHHa TamKH^HH Hopa-Tag6npnap TyrpHCHga"rH OapMOHH.

4 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacn npe3HgemuHHHr "Y36eKHCTOH Pecny6^HKacn gaB^aT CO^HR xH3MaTH ngoparapn aх6орот-коммyннкaцнa th3hmh ^aoOTara caMapagop^uruHH aHaga omnpnm Hopa-Tag6npnapH TyrpHCHga"rH n^-1843-COH^H Rapopn, 2012 HH^ 30 OKTa6pb.

5 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacHHHHr "Коррyпцнara rçapmn Kypamnm TyrpHCHga"rH YP^-419-coh^h KpHyHH, 2017 hhïï 3 aHBapb

shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o'rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo'lgan vaziyat, deb ta'rif berilgan.

Shu bilan birga, yuqoridagi qarorning 21-moddasida davlat organlarining xodimlari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish chog'ida manfaatlar to'qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo'lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo'l qo'ymasligi kerakligi, manfaatlar to'qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, davlat organlarining xodimlari o'zining bevosita rahbarini darhol xabardor qilishi kerak. Manfaatlar to'qnashuvi mavjudligi to'g'risida ma'lumotlar olgan rahbar bu to'qnashuvning oldini olish yoki uni bartaraf etish yuzasidan o'z vaqtida choralar ko'rishi shartligi belgilangan.

O'zbekiston Respublikasi "Davlat soliq xizmati to'g'risida"gi Qonunida6 asosan davlat soliq xizmati organlari o'z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni davlatning boshqa boshqaruv organlari, davlat hokimiyati mahalliy organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi, statistika va moliya organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlikda bajaradilar. Mazkur organlar va tashkilotlar soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish va soliqlar bo'yicha huquqbuzarliklarga qarshi kurashda davlat soliq xizmati organlariga ko'maklashishlari shartligi nazarda tutilgan.

O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 133-134-moddalarida organlar, muassasalar va tashkilotlarning soliq organlariga ma'lumotlar taqdim etish majburiyatlari belgilangan.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan vakolat doirasida davlat byudjetiga soliqlarning to'laqonli tushushini ta'minlash va soliq solish ob'ektlarini hisobga olish tizimini samarali yo'lga qo'yish maqsadi o'tkaziladigan tahlillar ham o'rganishlar natijasida qo'shimcha soliq solish ob'ektlari aniqlanib kelinmoqda.

Yuqoridagi qonun normalariga asosan davlat soliq xizmati organlari tomonidan tegishli soliqlarni hisoblashda qo'llanilishi mumkin bo'lgan ma'lumotlar asosida ish yuritishida bir qator tashkilotlarning ma'lumotlar bazasi shakllanmaganligi yoki manfaatlar to'qnashuvi yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlar sababli ma'lumotlar taqdim qilinmasdan qolmoqda.

6 Y36eKHCTOH Pecny6nHKacHHHHr "^aB^aT co^HK; xH3MaTH TyrpHCHga"rH №474-I-COH^H KoHyHH, 1997 HHÏÏ 29 aBrycT

Jumladan, suv resurslardan foydalanganlik bo'yicha ma'lumotlarni taqdim qilish majburiyatiga ega bo'lgan tashkilotlar tomonidan real vaqt rejimida ma'lumotlarning taqdim qilinmasligi, shuningdek yuk transport vositalari to'g'risidagi ma'lumotlarni shakllantirishda umumiy ma'lumotlarni olish imkoniyati cheklanganligi sababli tahlil va o'rganishlar o'tkazishda kamchiliklar mavjud.

Sug'oriladigan maydonga ega qishloq xo'jaligi korxonalar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun 2020 yil soliq hisobotlarida suv hajmini kamaytirib ko'rsatganligi bo'yicha aniqlangan qo'shimcha manbalar

to'g'risida ma'lumot7

t/r Hudud nomi kamchilik aniqlangan korxonalar shundan qayta hisobot qabul qilinganlar

soni summasi soni summasi

X Respublika bo'yicha 37 028 235,9 2 373 13,9

Davlat organlari yoki nodavlat tashkilotlari davlat soliq xizmati organlari tomonidan belgilangan tartibda so'ralgan ma'lumotlarni taqdim qilishda davlat byudjetiga daromadlarning shakllanishini hisobga olgan holda, ma'lumotlarni to'laqonli taqdim qilishi lozim.

XULOSA

Shuningdek, axborot texnologiyalardan keng foydalangan holda tashqilotlar tomonidan manfaatlar to'qnashuvi va korrupsiya holatlarini oldini olish maqsadida ma'lumotlar bazasini shakllantirish muhim, deb hisoblaymiz.

Tashkilotlar o'rtasida ma'lumotlar almashinuvida to'laqonli axborot almashishiga erishish orqali yashirish iqtisodiyotni tartibga solish va davlat byudjetiga soliqlarning belgilangan muddatlarda tushushiga hamda soliq solishning adolatlilik prinsipi ta'minlanilishiga erishish mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Davlat soliq xizmati to'g'risida"gi №474-I-sonli Qonuni, 1997 yil 29 avgust.

7 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacn ^aB^aT co^HR RyMHTacn Mat^yMoraapn

48

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

VOLUME 1 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-1843-sonli qarori, 2012 yil 30 oktyabr.

3. O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi O'RQ-419-sonli Qonuni, 2017 yil 3 yanvar

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3802-sonli qarori, 2018 yil 26 iyun.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi PF-5468-sonli O'zbekiston Respublikasining Soliq siyosatini takomillashtirish Konsepsiyasi to'g'risida"gi Farmoni

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6098-sonli "Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni

7. Sh.Toshmatov 2020 yil "Raqamli iqtisodiyotda moliyaviy texnologiyalar va zamonaviy to'lov tizimlarini rivojlantirish yo'llari" Jamiyat va boshqaruv 2020 №3(89) maqola.

8. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2010 yil, 51-son, 480-modda.

9. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi "2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo'ljallari to'g'risida"gi PQ-4086-sonli qarori

10. O'zbekicton Recpublikacining Soliq kodeksi 2019 - T: "Adolat"

11. O'zbekicton Recpublikacining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi.

2019. T: "Adolat".

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.