Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
TARKIBIDA SELEN NANOZARRALARI TUTGAN NATRIY-KARBOKSIMITELSELLYULOZA ERITMALARI ASOSIDA OLINGAN PLYONKALARNING FIZIK-MEXANIK XOSSALARI
F.M.Turaqulov, H.E.Yunusov, A.A.Sarimsakov
O'zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti. O'zbekiston.
Bugungi kunda kimyo va farmatsevtika sohasida o'sma kasalliklarini davolovchi yangi preparatlarni yaratish, jumladan tarkibida selen nanozarralari (SeNZ) tutgan bioparchalanuvchan nanokompozit plyonkalar sintez qilish va ishlab chiqishni tashkil etish istiqbolli yo'nalishlardan hisoblanadi. Bunday nanokompozit plyonkalar terapevtik, hamda elastiklik xususiyatlarni o'zida namoyon etishi shart [1]. Plyonkalarda elastik xususiyatni berish uchun tibbiyotda ko'llaniladigan glitserinni palastifikator sifatida ko'llash mumkin va ularning miqdori natriy-karboksimitelsellyuloza (Na-KMS) plyonkalarida turlicha bo'lishi mumkin [2]. Nanokompozit plyonka olishda polimer matritsa sifatida sellyuloza, Na-KMS, xitozan, polivinil spirti va boshqalar qo'llanishi mumkin [3].
Mazkur ishning maqsadi tarkibida selen nanozarralari tutgan Na-KMS eritmalari asosida nanokompozit plyonka namunalarini olish va ularni plastifikatsiya qilish shartlarini aniqlash hamda fizik-mexanik xossalarini aniqlashdan iborat.
Mazkur ishda barqarorlashtiruvchi polimer matritsa sifatida polimerlanish darajasi (PD) = 1015, almashinish darajasi (AD) = 0.97 bo'lgan tozalangan Na-KMS namunalari tanlab olindi. Tanlab olingan tozalangan Na-KMS namunalaridan konsentratsiyasi 2% bo'lgan suvli eritma tayyorlandi. Eritma 6000 ayl/minut tezlikda 20 minut davomida sentrifuga (CenLee 20K Xitoy) qilish orqali uning erigan va gel fraksiyalari ajratib olindi. Na-KMS tuzining 2% erigan fraksiyasiga mexanik aralashtirilgan xolda Na2SeO3 tuzining 0.1 M eritmasidan qo'shildi 30 daqiqa mexanik aralashtirishdan so'ng va qaytaruvchi sifatida 0.1 M S6NgO6 eritmasi qo'shildi. So'ng olingan eritmaga har xil nisbatda gletsirin qo'shildi va har bir bosqichda eritmadan plyonkalar olindi. Olingan plyonka namunalarining mehanik xossalari, jumladan, uzilishdagi mustahkamligi (g) hamda nisbiy cho'ziluvchanligi (£) tadqiq qilindi 1-jadval.
1-jadval. Tarkibida SeO32- ionlari, SeNZ va Glitserin tutgan Na-KMS plyonkalarning fizik-mexanik ko'rsatkichlari
May 15, 2024
421
Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current _Challenges, Innovations and Prospects
№ Namunalar Yung moduli, MPa O'zilishdagi mustaxkamlik g, MPa Maksimal cho'ziluvchanlik s, mm Deform atsiya, %
1 2% Na-KMS 434,194 37,45 4,14 14,41
2 Na-KMS/ SeO32- 565,609 43.67 3,95 13,79
3 Na-KMS/SeNZ 771,499 63,43 3,21 11,16
4 Na-KMS/SeNZ 0,2 ml Glitserin 412,251 40,5604 7,14 24,8454 9
5 Na-KMS/SeNZ 0,4 ml Glitserin 370,556 31,9704 8,28581 28,8194
6 Na-KMS/SeNZ 0,6 ml Glitserin 311,267 27,3352 10,1341 39,2801
7 Na-KMS/SeNZ 0,8 ml Glitserin 280,615 21,3230 13,9638 46,5460
Qattiq jismning elastik deformatsiyasi uchun Guk qonuni - shu jismga qo'yilgan mexanik kuchlanish orasidagi chizikli munosabatni ifodalaydigan qonundir [4]. Guk qonuniga ko'ra Yung moduli (Ye) maksimal mustahkamlik chegarasini (g) nisbiy cho'ziluvchanlik (s) ga nisbatiga teng [5].
a
Ye= -
£
Yung moduli qiymatini keskin ortishi nisbiy cho'ziluvchanlikni uzilishdagi mustahkamlik ko'rsatkichiga nisbatan katta qiymatda o'zgarganligi orqali izohlash mumkin ( 1 -rasm).
1.Na-KMSplyonkasi. 2. Na-KMS/SeOs2-plyonkasi. 3. Na-KMS/SeNZ
422
May15,2024
Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current
plyonkasi. 4. Na-KMS/SeNZ/Glitserin (100:0,2 ml) plyonkasi 5. Na-KMS/SeNZ/Glitserin (100:0,4 ml)plyonkasi 6. Na-KMS/SeNZ/Glitserin (100:0,6 ml)plyonkasi 7. Na-KMS/SeNZ/Glitserin (100:0,8 ml)plyonkasi. 1-rasm. Na-KMS hamda tarkibida SeÜ32- ionlari, SeNZ va Glitserin tutgan Na-KMS plyonkalarningfizik-mexanik xossalarining o (zgarishi
Keltirilgan 1-rasmdan ko'rinadiki, Na-KMS eritmasidan olingan plyonkaning uzilishga mustahkamligi a = 37,45 MPaga teng bo'lib, 14,41% deformatsiyaga uchragan (1-rasm, 1). Eritmaga Na2SeÜ3 tuzi qo'shilganidan so'ng olingan plyonkaning uzilishga mustahkamligi a = 43.67 MPagacha ortgan, 13,79% deformatsiyaga uchragan (1-rasm, 2) va tarkibida SeNZ tutgan plyonkaning uzilishga mustahkamligi yuqori bo'lib, a = 63,43 MPani tashkil etdi va ushbu polimerda deformatsiya past bo'lib 11,16% gacha cho'zilgan (1-rasm, 3). Natijalar shuni ko'rsatadiki, tarkibida SeO32-ionlari va SeNZ tutgan Na-KMS plyonkaning uzilishga mustahkamligining yuqori bo'lishi va deformatsiyasining pastligi olingan plyonkalarning mustahkamligi va cho'zilishga bardoshliligining organligini ko'rsatadi. Plyonkalarining mustahkam bo'lishi Na-KMS makromolekulalari bilan SeO32- ionlari va SeNZ o'rtasida elektrostatik tortilishlar natijasida polimer zanjirning tikilishi bilan izohlash mumkin.
Gletsirin bilan plastifikatsiyalangan tarkibida SeNZ tutgan Na-KMS plyonkalarida fizikaviy va mexanik xossalari sezilarli darajada plastifikatorning miqdolriga bog'liq bo'lib, qo'llanilgan plastifikator miqdori ortib borishi, Na-KMS asosida olingan plyonkaning mexanik hamda elastiklik xususiyatlari sizilarli darajada o'zgarganligini ko'rishimiz mumkin (1-rasm, 4,5,6,7).
Xulosa qilganda tarkibida barqarorlashgan SeNZ tutgan Na-KMS plyonkasi uzilishga mustahkamligi yuqori bo'lib kam cho'ziluvchan xossani namoyon qildi.
Na-KMS eritmasi tarkibiga xar hil miqdorda glitserin ta'sir etirilib taqqoslanganda, ularning optimal tarkibi aniqlandi hamda og'irligi bo'yicha 0,6% massada glitserin aralashtirish orqali olingan plyonka namunalari optimal ko'rsatkichga ega ekanligi aniqlandi.
Mazkur tadqiqot ishi O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining "Organizmda nanozarralarning istiqboli, tibbiyot maqsadlari uchun nanostrukturali polimer shaklli dori vositalari va tibbiy buyumlarni yaratishning fundamental asoslari" (2020 - 2024-yillar) mavzusidagi davlat dasturining fundamental tadqiqotlar loyixasi doirasida bajarilgan.
423
May 15, 2024
Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
REFERENCES
1. Jubanov B.A., Batirbekov Ye.O., Iskakov R.M. Polimemie materiali s lechebnim deystviyem. Polymeric materials with therapeutic effect. Almaty: Complex, Publ., 2000, 220 p.
2. Zhang, Y. The effect of pea fiber and potato pulp on thermal property, surface tension, and hydrophilicity of starch-based bioplastics. /Zhang Y., Thompson M., Liu Q. //Carbohyd. Polym 2011. 86:700-707.
3. Zhang Y. Mechanical and thermal characteristics of pea starch films plasticized with monosaccharides and polyols. / J. Zhang Y., Han, J. H. // Food Sci. 2006a.71: E109-E118
4. Eseceli, Romeo Huseyin Emre.. Hooke's Law Experiment. 2019
5. Sheikh, md. Rana. Mechanical properties of polymers. 2023.
424
May 15, 2024