Научная статья на тему 'TARIX FANINI O’RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O’RNI VA AHAMIYATI'

TARIX FANINI O’RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O’RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2904
156
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Hurrit / Shattivasni / Vashshukan / Arman tog’liklari / Xoldey qabilalari / Der qal’asi / Yuqori Mesopatamiya pasttekisligi / Xoldeylar hukmronligi / Tushrat / Qadimgi Mitanni / xo’jaligi / davlatning zaiflashuvi / mamlakatning parchalanishi. / Hurrit / Shattivasni / Vashshukan / Armenian Mountains / Holdey Tribes / Der Castle / Upper Mesopotamian Plain / Holdey Rule / Tushrat / Ancient Mitanni / Economy / Weakening of the State / Disintegration of the Country.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Bekruz Bahrom O’g’li Elguzarov, Sulaymon Haydarov

Maqolada Qadimgi Sharq tarixiga oid manbalar haqida o’rganishimizda Mitanni davlatchiliging tarixi haqida gap boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF MITAN'S STATEHOOD IN THE STUDY OF HISTORY

The article deals with the history of the Mitanni statehood as we study the sources on the history of the Ancient East.

Текст научной работы на тему «TARIX FANINI O’RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O’RNI VA AHAMIYATI»

TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA

AHAMIYATI

Bekruz Bahrom o'g'li Elguzarov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti el guzarovbehruz1230@gmail.com

Ilmiy rahbar: Sulaymon Haydarov

ANNOTATSIYA

Maqolada Qadimgi Sharq tarixiga oid manbalar haqida o'rganishimizda Mitanni davlatchiliging tarixi haqida gap boradi.

Kalit so'zlar: Hurrit, Shattivasni, Vashshukan, Arman tog'liklari, Xoldey qabilalari, Der qal'asi, Yuqori Mesopatamiya pasttekisligi, Xoldeylar hukmronligi, Tushrat, Qadimgi Mitanni, xo'jaligi, davlatning zaiflashuvi, mamlakatning parchalanishi.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF MITAN'S STATEHOOD IN THE STUDY

OF HISTORY

Bekruz Bahrom ugli Elguzarov

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region elguzarovbehruz1230@gmail.com

Scientific adviser: Sulaymon Haydarov

ABSTRACT

The article deals with the history of the Mitanni statehood as we study the sources on the history of the Ancient East.

Keywords: Hurrit, Shattivasni, Vashshukan, Armenian Mountains, Holdey Tribes, Der Castle, Upper Mesopotamian Plain, Holdey Rule, Tushrat, Ancient Mitanni, Economy, Weakening of the State, Disintegration of the Country.

KIRISH

Qadimgi Mitanni Mesopotamiyaning shimoliy-g'arbida joylashgan qadimgi davlatlardan biridir. Uning yer usti asosan tog'lik, janubiy qismi esa qisman tekisliklardan iborat .Dajla va Frot dayolari Mitanni yerlaridan boshlanadi. Miloddan avvalgi XII asr oxiri-XVI asr boshlarida bu o'lkada Mitanni davlati tashkil topdi. Mamlakat aholisining asosiy qismini hurritlar tashkil etganlar. Keyinchalik ular amoriylar aralashib ketadilar.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Milloddan avvalgi XVI-XV asrlarda Mitanni davlati kuchayadi.Mitanni Kichik Osiyo, Finikiya, Suriya va Falastinga o'z ta'sirini o'tkazgan. Miloddan avvalgi XV asrda Mitanni goh Misr, goh Xett, goh Ossuriya bilan urushlar olib borgan. Janglarda Mitanni qo'shinlari goh yengadi, goh yengiladi.Bu davrda Xett davlati kuchayib, Mitanni ustiga qo'shin tortadi. Jangda Mitanni podshosi Tushratti qo'shinlari yengiladi .Shu vaqtda podsho saroyda fitna uyushtirilib, Tushratti o'ldiriladi. Ossuriya Alshi davlatlar ittifoqini tuzib, ittifoqchilar Mitanni qo'shinlariga zarba beradilar. Xett podshosi Tushrattining o'g'li Shattivasni taxtga o'tqizib, unga qizini nikohlab beradi.Oqibatta Mitanni Xett davlatiga qaram bo'lib qoladi. Mitanni Xettlar yordamiga tayanib Ossuriyani qaram qilib olmoqchi bo'ladi, ammo ossur qo'shinlaari yan g'alaba qozonib, Mitanni podshosi oilasi bilan asr olinadi.Mitanni poytaxti Vashshukan ossur qo'shinlari tomonidan vayron etiladi. Keyingi janglarda ham ossurlar g'alaba qozonib mamlakatni vayron etadilar.Ko'p kishi qirib tashlanadi. 15 mingdan ortiq kishi asr olinadi. Miloddan avvalgi XIII asrda Mitanni davlati parchalanib mayda davlatchalarga bo'linib ketadi. U Ossuriya davlatining ta'siriga tushib, o'z mustaqilligini yo'qotadi. Mitannning katta qismini Arman tog'liklari egallagan.Mamlakat janubida Yuqori Mesopotamiya pasttekisligi joylashgan.

MUHOKAMA

Mitannida kulolchilik, to'qimachlik, zargarlik, qurolsozlik, ma'dansozlik ham rivoj topgan edi. Mitanni to'rt tomonga boradigan yo'l ustida, shuningdek madaniyat rivoj topgan mamlakatlar o'rtasida joylashgan edi. Shuning uchun bu yerda ichki va tashqi savdo rivojlangan edi.Mitanni Misr, Suriya, Falastin, Finikiya, Xet, Mesopotamiya, Urartu va Ossuriya kabi davlarlar bilam qizg'in aloqalar olib borganlar. Mitanni boshqa xalqlar ma'daniyatini mohirona o'zlashtirganlar va o'z kelajak avlodlariga singdirganlar.Mitanni podsholigining ijtmoiy tuzumida hududiy jamlar, qishloq, katta oilali uy jamoalari ''dimtular''muhim o'rin tutgan. Yer katta oilaning mulki hisoblangan.Davlat tepasida turgan hukmdor vafot etsa, uning o'rniga hukmdorning o'g'li yoki ukasi taxtga o'tirgan .Viloyatlarni podsho tomonidan tayinlangan ''xazannu''-qishloq boshlig'i boshqargan.

NATIJA

Mitanni podsholari hind-oriy sulolalari sulolari ismlarini saqlab qolib ''Mand jangchilari podshosi'' va ''Xurri jangchilari podshosi'' unvoniga ega edilar.Hind-oriy ma'budlari Indra, Mitra -Varuna va Nasati hukmron doiralarning homiysi hisoblangan. Miloddan avvalgi XVI asr oxirida podsho Suttarni I davrida Mitanni Zagros va Nineviyadan Shimoliy Suriyagacha bo'lgan hududlarni egallab, ulkan davlatga

aylandi.Shu yildan boshlab 150 yil davomida Old Osiyoda Mitannidan kuchli davlat yo'q edi. Mitanni bu davrda Misr bilan Mesopotmiya va Sharqiy O'rtayer dengizi havzasi uchun uzoq kurash olib bordi. Miloddan avvalgi XV asrda vaziyat o'zgarib Misr bilan Mitanni o'rtasida ittifoqchilik vujuga kelib sulolaviy nikohlar tuzildi. Tutmos IV va Amenemxotep III Mitanni malikasiga uylandilar.Miloddan avvalgi XIV asr boshlaridagi Mitannidagi sulolaviy nizo , saroy fitnalari davlatni zaiflashtirdi.Xett podshosi Sippilium Mitanniga qarshi urush ochib Suriyani tortib oldi va Mitanniga yurish qildi.Yordamga chaqirilgan Ossuriya hukmdori Ashshurballit I mamlakatning sharqiy viloyatlarini anneksiya qildi.

XULOSA

Shu vaqtdan boshlab Mitanni Mesopotamiya shimolidagi kichik davlatchaga aylanib qoldi.Uning ustidan nazorat qilish uchun ossurlar va xettlar o'zaro kelishib oldilar. Qachonlardir qudratli davlat qoldig'I sifatida Mitanni miloddan avvalgi 1260-yilda Ossuriya podshosi Salmanasar I tomonidan tugatildi.

REFERENCES

1. Kabirov A. Qadimgi Sharq tarixi.Toshkent -2016.

2. Avdiyev V.A. Qadimgi dunyo tarixi.Toshkent-2009.

3. Omonov, A. O. O., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 7(5).

4. Turg'Unboyeva, M., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA "O'TTIZ YILLIK URUSH" NING AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

5. Ashirova, N. X. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

6. Yoriqulov, A. S. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O'RNI. Scientific progress, 1(5).

7. Rahimberdiyev, A. E. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA ELAM DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

8. Nomozov, M. M. O., & Haydarov, S. A. (2021). OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR. Scientific progress, 1(5).

9. Fayziyeva, Y. I. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(5).

10. Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRANKLAR DAVLATI O'RNI VA AHAMYATI. Scientific progress, 1(5).

11. Амиркулович, X. С. (2021). УЗБЕКИСТОН ТАРИХИ ФАНИНИ У^ИТИШДА ТАСВИРИЙ САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УЗИГА ХОСЛИГИ. Scientific progress, 1(3).

12. Хдйдаров Усмон. (2021). Тарих дарсларини самарадорлигини оширишда миниатюралардан фойдаланишнинг йуллари. Scientific progress, 1(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.