TARIX FANINI O'RGANISHDA ELAM DAVLATCHILIGINING O'RNI VA
AHAMIYATI
Abdulaziz Elmurod o'g'li Rahimberdiyev
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi arahimberdiyev550@gmail .com
Ilmiy rahbar: Sulaymon Amirqulovich Haydarov
ANNOTATSIYA
Maqolada Qadimgi Sharq tarixiga oid manbalar haqida o'rganishimizda Elam davlatchiligining tarixi to'g'risida so'z boradi.
Kalit so'zlar: Karun va Kerxi daryo havzasi, dastlabki davlat, Elamtu, Xita, «Buyuk elchi», Anshan, Urning III sulolasi hukmronligi ostida, sug'orma dehqonchilik, mixxat yozuvi.
THE ROLE AND IMPORTANCE OF ELAM STATEHOOD IN THE STUDY OF
HISTORY
Abdulaziz Elmurod ugli Rahimberdiyev
Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region arahimberdiyev550@gmail.com
Research advisor: Sulaymon Amirkulovich Haydarov
ABSTRACT
The article deals with the history of Elamite statehood as we study the sources on the history of the Ancient East.
Keywords: Karun and Kerkhi river basins, the first state, Elamtu, Hita, Anshan, «Great Ambassador», under the rule of the III dynasty of Ur, irrigated agriculture, mixhat writing.
KIRISH
Eron bilan Mesopotamiyani bir-biriga bog'lab turgan Elam bo'lib, Old Osiyoning o'ziga xos madaniyatining qadimgi markazlaridan biri shu yerda bo'lgan. M.avv. VI-V mingyilliklarda hozirgi Eronning Karun va Kerxi daryo havzasida ibtidoiy odamlar gavjum bo'lib yashashgan. Bu yerlik aholi termachilik, ovchilik, baliqchilik va suv hayvonlarini tutib, tirikchilik qiladilar.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Shu davrda Eronning janubiy qismida xo'jalik rivojlanadi. Xususiy mulk, mulkiy tengsizlik va tabaqalanish jarayoni sodir bo'ladi. Ular keyinchalik Karun va Kerxi daryo bo'ylarida dastlabki sug'orma dehqonchilikka o'ta boshlaydilar. M.avv.VII-VI mingyilliklarda g'arbiy Eronda dehqonchilik bilan shug'ullangan o'troq va ko'chmanchi chorvador qabilalar m.avv.VI-V mingyilliklarda Eronning hududiga tarqaladi. M.avv. III mingyillik boshlarida janubi-g'arbiy Eronda poytaxti Suza bo'lgan Elamtu ( Bobil va ossur tilida «mamlakat» ) yoki Elam ilk davlat birlashmasi shakllanadi. M.avv. 2230-yil Elam hukmdori Xita Akkad podshosi NaramSuen bilan shartnoma tuzadi.Hukmdor Xita «Naram-Suenning dushmani mening dushmanim, Naram-Suenning do'sti mening do'stim» deb e'lon qiladi.Elam M.avv. XXIV-XXII asrlarda Akkad va Bobil podsholiklariga qaram bo'lib qoladi. M.avv. XXII asr boshida mustaqil davlatga aylanadi. Shu asr boshlarida Kutih-Inshushinak Elamni birlashtirib, uni yagona davlatga aylantiradi. Podsho sukkalmax (buyuk elchi) unvoni bilan Suzadan turib, davlatni boshqargan.
Lagash hokimi Eanmatum Elamni tor-mor qiladi. Akkad podshosi Manishtrisu Anshanni ( bu Elam davlatidagi o'lkalardan biri bo'lishi kerakligi to'g'risida ma'lumotlar beriladi ) bosib olib, shu shaharga xiroj to'lattirgan. Ur III sulolasi davrida Elam davlati Mesopotamiya hukmdorlariga tobe etiladi. Urning III dinastiyasi podshosi Shulga zamonida shumerlar Elamni ba'zi bir viloyatlarini batamom istilo qilgandan keyin, bu hududlarni shumerlarning maxsus amaldorlari tomonidan boshqariladi.Urdagi III dinatsiya ag'darilishi Elamni ozod bo'lishi va mustaqil podsholikni qayta tuzishga imkon beradi.So'ngra yana M.avv. XXI asrgacha Shumer va Akkad davlatlariga elamliklar qaram bo'lib qoladilar.M.avv.XXI asr oxirida Elam yana kuchayadi, mustaqillikka erishadi va qo'shni hududlarni, Janubiy Shumerni bosib oladi. Bobil podshosi Xammurapi esa elamliklarni Shumerdan haydab chiqaradi. M.avv. 1730-1700 yillarda Elam qo'shinlari Mesopatamiyaga bostirib kiradi va Akkadgacha bo'lgan yerlarni bosib oladi.Biroz muddat Elam o'z mustaqilligini saqlab turadi, keyinchalik bobilliklarga tobe bo'lib qoladi. M.avv. 1155-1115-yillar Elam podsholigini gullagan davri hisoblanadi. M.avv. 1115-yil Elamliklar bobilliklardan yengilib, yana mustaqilligini yo'qotadi. M.avv. VIII asrda Elam mustaqilligini qayta tiklashga muvaffaq bo'ladi, bobilliklar bilan ittifoq tuzib, ossurlarga qarshi kurash boshlaydi. M.avv. VIII-VII asrlarda Elam va Ossuriya o'rtasida juda qattiq va keskin kurash bo'lib o'tadi va kurash Ossuriya podshosi Ashshurbanapalning qo'shinlari poytaxt Suzani tor-mor keltirishi bilan tugaydi. VIII asrda podsho Sargon II Elam qo'shinlari bilan to'qnashadi. Keyinchalik yana bir Ossuriya podshosi Sinaxerib Elam ustiga juda ko'p qo'shin tortib boradi.Podsho Sinaxerib o'z harbiy yurishlari haqida yilnomalarda shunday ma'lumot qoldiradi: «Men mustahkamlangan 34 ta shaharni va kichik
www.scientificprogress.uz
shahañami, qishloqlami qamal qildim, taladim, yer bilan yakson qildim , o't qo'ydim va juda katta yong'indan chiqqan tutun osmonni bo'ronday qoplab oldi». Elaш M.avv. 549-yilda forslar toшonidan bosib olinadi va shu bilan davlat barharn topadi. Shunday qilib bir necha asrlar davornida shurnrnerlarga, bobilliklarga haшda ossuriyaliklarga qarshilik ko'rsatgan hatto Mesopotamiya davlatlariga qarshi bir necha bor hujuшga o'tgan, g'alabalar qozongan Elam davlati tanazzulga yuz tutadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Elam tarixining boshlanishi m.avv. III mingyilliklarga to'g'ri keladi. Davlatda suratli xat mustaqil ravishda paydo bo'lgan bo'lib, keyinchalik bu xat mixxat yozuvi bilan alrnashtirilgan. Mixxat esa, Mesopotarniyaning qadiшgi xalqlaridan o'zlashtirilgan. Dastlab mixxat matnlari akkad tilida yozilgan bo'lib, m.avv II rningyillikdan esa elamLy tilida yozila boshlangan. Ossuriya podshosi Ashshurbanapal Suzni bosib olgan davrda haш elarniy tili fors va bobil tillari bilan birga yashayveradi. Behistun yozuvining uch tilda bo'lganligi bunga dalildir.Elamning qulashi yangi xalqlarning ,eron tili guruhidagi midiya va forslarning kelib chiqishiga sabab bo'lgan. Elaшda ilk davlatlar tashkil topgan davrdan boshlab Korun va Kerxi daryo bo'ylarida sug'orma dehqonchilik, tog'li hududlarda esa, chorvachilik bilan shug'ullanib kelganlar.
XULOSA
Dehqonchilikda bug'doy, kunjut, tariq, arpa kabi ekinlar ekilgan va uzum, olma, nok, xurrno va sabzavotlar yetishtirilgan. Chorvachilikda yirik shoxli qoramol,qo'y-echki, ot,va eshak boqilgan. Elamda temirchilik, kulolchilik, zargarlik, to'qimachilik, miskarlik, hunarmandchilik, me'morchilik va boshqa sohalar rivojlangan. Elam shohlari va savdogarlari uzoq-yaqin шamlakatlar bilan savdo-sotiq olib borishga intilganlar. Yer uchastkalari tamomila ayollar ixtiyorida bo'lgan. Taxt me'rosligi ham o'ziga xos tartibi bo'lib, unda taxt otadan o'g'ilga o'tmay, balki akadan ukaga o'tgan.Qadimgi Elam, Midiya va Eron tarixini o'rganishda G.Kardashin, G.Petgov, E.Zeydlya, I.P.Veynberg, M.Delafus, J.de Morgan, R.de Mekeneш, R.Grishшan, E.Nechaxban, V.M.Masson va boshqa olimlarning xizrnatlari benihoya kattadir.
REFERENCES
1. Kabirov.A Qadirngi Sharq tarixi .Toshkent-2G16.
2. С.А. Хдйдаров. (2G2G). Узбекистон тарихини укитишда "Зафарнома"дан фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198
3. Сулаймон Амиркулович Хдйдаров. (2G2G). Тарих дарсларида интеграциялашган технологиялардан фойдаланиш. Science and Education. 1(8). 666-671
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-16G1 lllll \\\\\ Volurne: 1, ISSUE: 5
4. Хайдаров С. (2020). Узбекистан тарихи дарсларида педагогик технологияларни уйгунлашган холда куллашнинг методик талаблари. Academic Research in Educational Sciences. 1 (3). 1313-1321.
5. Хдйдаров Сулаймон Амиркулович. (2020). Тарих фанини укитишга оид экологик муаммолар масаласи «Scientific Progress» Scientific journal 1(1). 12-17.
6. С.А. Хайдаров. (2020). Тарих дарсларида тасвирий санъат асарларидан фойдаланиш. Science and Education. 1(9). 458-461.
7. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2021). Узбекистон тарихи фанини укитишда тасвирий санъат асарларидан фойдаланишнинг узига хослиги «Scientific Progress» Scientific journal 1(3). 9-14.
8. Khaydarov S.A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. Conference Proceedings. Page 41-43.
9. Хайдаров. С. (2021). Ёшларда ватанпарварлик хиссини тарбиялашда "Бобурнома" асарига ишланган миниатюраларнинг ахамияти. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 33-37 б.
10. Хайдаров. С. (2021). Захириддин Мухаммад Бобур хорижлик таткикотчилар нигохида: подшохлик муйкалами. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 43-46 б.
11. Сулаймон Хайдаров. (2020). Узбекистон тарихи фани дарслари самарадорлигини оширишда тасвирий санъат воситаларининг роли. Science and Education, 1(6), 174-179.
12. С.А. Хайдаров. (2020). Педагог-укитувчиларда ахборот-коммуникация куникмасини шакллантириш асослари. "Science and Education." Scientific journal. 1(7). 610-617 б.
13. Хайдаров.С. (2021). Ракамли таълим мухитида тарих дарсларида талабалар билимини назорат килиш воситалари ва методлари. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 160-163 б.
14. Khaydarov S.A. (2019). Use of products of the fine arts in teaching history of Uzbekistan. International Journal of Research. 6(03).40-44
15. Khaydarov S.A. (2020). Pedagogic and didactic possibilities of using miniature works in historical lessons. International Journal of Psychosocial Rehabilitation. 24(8). 1475-1792