Научная статья на тему 'Tarbiyaning umumiy metodlari'

Tarbiyaning umumiy metodlari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
326
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
tarbiya / metod / Abdulla Avloniy / tushuntirish / ijtimoiy ong

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulnoza Husanova

Tarbiya jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy xulqni boshqara olishi bilan dolzarb hisoblanadi. Mazkur maqola orqali tarbiyaning jamiyatdagi o’rni, o’ziga xos xususiyatlari, tub mohiyati, tushunchalari batafsil tushuntirildi, misollar orqali dalillandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Tarbiyaning umumiy metodlari»

Tarbiyaning umumiy metodlari

Gulnoza Husanova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Annotatsiya: Tarbiya jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy xulqni boshqara olishi bilan dolzarb hisoblanadi. Mazkur maqola orqali tarbiyaning jamiyatdagi o'rni, o'ziga xos xususiyatlari, tub mohiyati, tushunchalari batafsil tushuntirildi, misollar orqali dalillandi.

Kalit so'zlar: tarbiya, metod, Abdulla Avloniy, tushuntirish, ijtimoiy ong

General methods of education

Gulnoza Husanova

Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after

Alisher Navoi

Abstract: Education is relevant in the development of society as it can control social behavior. Through this article, the role of education in society, its characteristics, essence, and concepts were explained in detail and proved by examples.

Keywords: education, method, Abdulla Avloni, explanation, social consciousness

Tarbiya ona vazifasidir, keyin ota, keyin maktab jamoat ishidir. (Abdulla Avloniy)

Nafaqat bir oila, balki yer yuzidagi har bir mamlakatning gullab-yashnashi, undagi yashovchi xalqlarning farog'ati ham shubhasiz ta'lim va tarbiya tufaylidir. Bu hayot olamida tarbiya singari insoniyatga ta'sirli narsa yo'qdir. Maqsad, mazmun, shakl, metod va vositalar kabi tushunchalar tajriba jarayonining mohiyatini ochib beradi, biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda o'ziga xos ahamiyatga ega bo'lgan yana bir tushuncha ham mavjud, bu tarbiya metodlari tushunchasidir.

Tarbiya metodi (yunoncha "metodos" - yo'l) tarbiya maqsadiga erishishning yo'li; tarbiyalanuvchilarning barkamol shaxs xislatlarini singdirish maqsadida tarbiya jarayonini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etish usulidir. Tarbiya metodlari bilan bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish maqsadi bilan belgilanadi va tarbiya jarayoniga taalluqli ko'pgina tarbiyaviy ta'sirlarni o'z ichiga oladi.

a) Xalq pedagogikasi metodlari.

Tarbiyaning maqsad va vazifalari borasidag muayyan xalqning hayotiy tajribasi hamda turmush tarzida shakllangan majmuidir. Muayyan bir jamiyatda har bir odam

yashash uchun amal qilishi shart sanalgan va rnf-odat, udum, xulq, odob, marosim, an'ana, badiiy ijod, turmush tarzi, o'yin singari empirik vositalarda namoyon bo'ladigan amaliy faoliyat hamdir. Xalq pedagogikasida qo'llaniladigan xilma-hil tarbiya metodlari mavjud.

Tushuntirish: hikoya qilish, o'rgatish.

Mashqlantirish: mashq qildirish, odatlantirish.

Namuna:maslahat berish, uzr so'rash, o'rnak bo'lish.

Nasixat qilish, o'git: iltimos qilish, maqullash, ko'ndirish, oq yo'l tilash, undash va hakozalar.

Qoralash va jazo: ta'na, gina, tanbeh berish, ayblash, uyaltirish, urush, kaltaklash va hakozo.

b) O'zini o'zi tarbiyalash metodlari o'quvchilarning o'zini o'zi idora qilishlari turli o'quvchilar faoliyatida faol eshtirok etishlarini ta'minlash, ularning ijtimoiy mavqiylarini o'shirish maqsadida qullaniluvchi usullardir. O'zini o'zi tahlil qilish o'z shaxsi, hatti-xarakatlarini tahlil qilish mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usulidir. O'z-o'zini tarbiyalsh insondan, birinchi navbatda, o'zini bilish, uning salbiy va ijobiy xususiyatlarini baholashni talab qiladi. Buning uchun shaxsning aqliy faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo'lish, o'z ustida ishlash usullari va texnikasini o'zlashtirish, o'z-o'zini tarbiyalash mohiyatini tushunish zarur.

c) Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar.

O'quvchilarda ma'naviy-axloqiy, e'tiqod, dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his tuyg'usga ta'sir ko'rsatish usullari hisoblanadi. Yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularning hayot mazmunini tushunib olishlariga ko'maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar qo'llaniladi.

d) Mashq va o'rgatish metodlari. Bu metodlar muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvoffiq va har tomonlama puhta tashkil qilish, xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. Mashq o'quvchi uchun ongli, ijodiy jarayondir. Mashq natijasida o'quvchining aqliy qobilyati rivojlanadi, yangi bilimlar hosil qiladi, axloqiy tarbiyasi kengayadi.

Tarbiya xususida taniqli, buyuk mutafakkir, jadidchi Abdulla Avloniy ta'kidlaganidek: " Al-xosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo falokat, yo saodat- yo falokat masalasidur". Balki ijtimoiy milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etish, davlatlarning qudratli bo'lishi avlodlarning tarbiyasiga ko'p jihatdan bog'liq. Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib borar ekan, unga muvofiq ravishda tarbiya jarayoni ham takomillashib boraveradi

E.I.Goland, M.Verzilin tasnifiga ko'ra an'anaviy ta'lim metodlari:

Og'zaki: suhbat, hikoya, munozara va boshqalar

Ko'rgazmali: demonstratsiya

Amaliy: mashq, amaliy, labaratoriya, o'yin.

Kitob bilan ishlash: o'qish, o'rganish, konspekt qilish, reja tuzish.

Vedio metod: ko'rish, o'rganish, nazorat qilish. O'quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga ko'ra ham ta'lim metodlari turlicha tasnif qilinadi. Bularga: Axboriy-retseptiv (o'qituvchining axborotni uzatishi o'quvchining esa bilim olishi, anglashi va yodda saqlashi) reproduktiv (bilimlar hamda aqliy va faoliyat usullarini hosil qilishga doir topshiriqlarni tuzish va taqdim etish), muammoli bayon etish, (muammoni qo'yish va uni hal etish usullarini ochib berish, topshiriqni idrok etish, uni qismlarga ajratish va o'zini o'zi nazorat qilish) everestik (muammoni qo'yish va uni rejalashtirish, qo'yilgan vazifa bilan bog'liqlikda muammolarni hal etish yo'llarini mustaqil izlash va hal etish). Maxmutov o'z ilmiy izlanishlari natijasida ta'limning binar medodlari mavjudligini aytib o'tgan:

O'rgatish metodlari O'rganish metodlari

Axboriy malumotli Ijro etish

Tushuntirishli Reproduktiv

Ko'rgazmali - amaliy Ijodiy-amaliy

Tushuntirishli - undovchi Qisman izlanishli

Undovchi Izlanishli

Yuqoridagi qarashlarning barchasi zamonaviy dedaktikada ta'lim metodlari tasnifiga turli yondashuvlardir. Bunday ilmiy qarashlarga M.A.Danilov, P.Esipov, M.I.Maxmutov, I.Y.Lernir, E.I.Goland va boshqa olim va pedagoglar o'z hissalarini qo'shishgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Гайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.

2. Аслонов И. (2022) «Бобурнома» бадиий - психологик тасвир муаммоси объекти сифатида. O'zMU xabarlari. Toshkent - 2022. №1/5.

3. Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) The Problem of Artistic - Psychological Image in Boburnoma. Eurasian Scientific Herald. Volume 7| April, 2022. ISSN: 27957365.

4. Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) Appearance of Zahiriddin Muhammad Bobur in "Boburnoma"Central Asian journal of theoretical and applied sciences Volume: 03 Issue: 06 | Jun 2022 ISSN: 2660-5317.

5. Sattorov V. N (2023). Umumiy pedagogika fani taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES, 3, 710-719. (2023)

6. Sattorov V. N (2023). Umumiy pedagogika fanini o'qitishda inovatsialar. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES, 3, 734-745 (2023).

7. Sattorov V. N (2022). Methods of shaping the culture of the teacher. Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning. vol 3 no. 02. 36-41 (2022). ISSN (online): 2776-0995

8. Sattorov V. N (2023). Indicators of Pedagogical Competence and its Effectivenss. International Journal of Inclusive and Sustainable Education. vol 2 no. 02. 86-88. (2023). ISSN(e): 2833-5414

9. Arapbaeva Damegul Kurbanovna, Amirova Bibisara Aubakirovna. Personal Psychological Adaptation and its Characteristics. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION. VOL. 2. NO 2. 2023. -P. 68-70.

10. Jobborova Gulnoza Kadamovna. (2022). Formation of Ecological Culture of Primary School Students. Eurasian Scientific Herald, 7, 240-242. Retrieved from

11. Jobborova Gulnoza Kadamovna. PEDAGOGIK ODOB-AXLOQ VA TALABA XULQ - MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY OMILLARI. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 3(1/2), Jan. , 2023. 97-105. https://scholar. google. com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=TARBIYANING+UMUMIY+METODLAR I+Husnora+Odil+Qizi+Berdimurodova&btnG=

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.