TARBIYA JARAYONIDA OILA , MAHALLA HAMDA TA'LIM MUASSASALARINING O'ZARO HAMKORLIGI
M.B.Tursunova
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim fakulteti "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi" kafedrasi o'qituvchisi Jurakulova Shaxlo Anvarovna
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika unversiteti Boshlang'ich ta'lim fakulteti
talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.6615026
Annotatsiya. Yurt kelajagi bo'lgan yoshlarning, bolalarning mustaqil va erkin shaxs sifatida shakllanishida oila , mahalla va maktab hamkorligi, ta'lim-tarbiya jarayonini har tomonlama takomillashtirish juda katta ahamiyatga ega, o'zaro hamkorlikni yanada mustahkamlanishi samarali tashkil etilishi yoshlarni barkamol avlod sifatida kamol topishi uchun zamin bo'ladi.
Kalit so'zlar: hamkorlik, jamiyat, mustahkam, barkamol, tashabbus, konsepsiya, temperament, haqqoniylik.
ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ СЕМЬИ, ОБЩЕСТВА И ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ в образовательном процессе
Аннотация. Большое значение в формировании будущей молодежи и детей как самостоятельных и свободных личностей имеют семейно-общественное и школьное сотрудничество, всестороннее совершенствование образовательного процесса.
Ключевые слова: сотрудничество, общество, сильное, гармоничное, инициатива, концепция, темперамент, честность.
INTERACTION OF FAMILY, COMMUNITY AND EDUCATIONAL INSTITUTIONS IN THE EDUCATIONAL PROCESS
Abstract. Family, community and school cooperation, comprehensive improvement of the educational process are of great importance in the formation of the future youth and children as independent and free individuals.
Keywords: cooperation, society, strong, harmonious, initiative, concept, temperament, honesty.
KIRISH
Yosh avlodni tarbiyalashda asosiy ta'lim - tarbiya o'chog'i bu oila va maktabdir. Oilada bola tarbiyasi g'oyat nozik va murakkab masala hisoblanib , bu ota- onadan odob , bilim , tarbiyani talab qiladi. Tarbiya ishi ta'lim muassasalari bilan oila hamda mahalla hamkorligida amalga oshiriladigan murakkab , mas'uliyatli vazifadir. Bolaning mustaqil va erkin inson sifatida rivojlanishi uchun birinchi navbatda oila mustahkamligini ta'minlash lozim. Oila jamiyat tayanchi ekanligini unutmasligimiz kerak. Oiladagi ta'l im - tarbiyani to'ldiruvchi bu maktab va mahalla hisoblanadi. Ta'lim muassasalari , oila va mahalla o'zaro hamk orlikda ishlashi bola tarbiyasi, ayniqsa uning barkamol shaxs tarbiyasi uchun zarur .O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan "Mustahkam oila yili" davlat dasturini amalga oshirish jarayonida oila, mahalla, ta'lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlikni
yanada kuchaytirish, har tomonlama sog'lom, yetuk va barkamol yoshlarni voyaga yetkazish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 1993-yilda ishlab chiqilgan Oila, mahalla, ta'lim muassasalari hamkorligi Konsepsiyasi asosida umumta'lim maktablari bilan o'zini o'zi boshqarish organlari va oilalar o'rtasida yaqin hamkorlik yo'lga qo'yilgan. Bu esa yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, o'quvchilarda qiziqishini, iste'dodini, qobiliyatini rivojlantirishda xizmat qilib kelmoqda. Hozirgi kunda " Oila , mahalla , ta'lim muassasalari" hamkorligi oilalardagi axloqiy muhitni yaxshilab , ularda tarbiyalanayotgan farzandlarni zamon talablari asosida hamda milliy qadriyatlar ruhida trbiyalashda muhim rol sanalmoqda.
Inson bolasi uchun oila asosiy go'sha , hayotga tayyor bo'lib chiqadigan qutlug' va mo'tabar dargoh. Uning xosiyati fazilatlarini , odam jismonan va ruhan quvvat-u tarbiya olishini oila bilan bog'lasak , turmush kechirishdagi hissasi juda ham ulug' ekanini his qilamiz. Oila -jamiyatning bir bo'lagi hisoblanib , u qancha mustahkam va har tomonlama barkamol bo'lar ekan jamiya ham tez rivojlanadi.
TADQIQOT NATIJALARI
Yana bir narsani unutmasligimiz kerak tarbiyada har bir bolaning xulqiga , temperamentiga qarab munosabat , muomala qilishimiz lozim . Albatta , bunda bolaning yoshi , jinsi, aqli, farosati, xullas , hammasini hisobga olish darkor. U hali bola degan fikrni unutib, bola boshidan degan fikr bilan tarbiyalanib borishi kerak.
Tarbiya jarayonida mayda detal degan narsa bo'lmasligi kerak , chunki u o'z o'rnida g'oyat muhim bo'lishi mumkin." Bolani faqat u bilan gaplashganda , nasihat qilganda yoki unga biror narsa buyurgandagina tarbiyalayman deb o'ylamang. Siz bolani turmushingizning har bir lahzasida , hattoki o'zingiz uyda yo'qligingizda ham tarbiyalaysiz. Sizning qanday kiyinishingizni , boshqalar bilan va boshqalar haqida qanday gaplashishingizni , xursand bo'lishingiz yoki tashvishlanishingiz, do'st va dushmaningiz bilan qanday muomala qilishingiz gazeta o'qishingiz bularning hammasi bola uchun katta ahamiyatga ega " degan edi tarbiyashunos olim. Haqiqatdan ham inson farzandida shunday bir narsa borki , u oilada olgan tarbiyasini bir umr unutmaydi va doim o'sha ishga taqlid qilib yashaydi . Dono xalqimizda bir maqol bor" Qush uyasida ko'rganini qiladi".Shunday ekan farzandlarimizga yoshligidan katta e'tibor berishimiz lozim.
MUHOKAMA
Agar oilada muhit yaxshi bo'lmasa ya'ni ota -ona farzandlariga befarq bo'lib va har doim janjallar sodir bo'laversa bu bolaning tarbiyasiga, rivojlanishiga qattiq ta'sir ko'rsatadi. Chunki oila farzandning dastlabki tarbiya maktabidir.Afsuski, oramizda shunday ota-onalar ham uchraydiki, bolaning hamma talab - ehtiyojlariga haddan tashqari e'tiborli bo'lib, barcha o'jarliklarini ko'taradilar. Natijada bola kelajakda yomon xulqli , jamiyatga zarari tegadigan inson bo'lib qoladi. Ana shunday muammolar kelib chiqmaslikning oldini olish uchun biz bo'lajak yosh avlodga to'g'ri tarbiya berib, ularga adolatlilik, to'g'ri so'zlilik, haqqoniylik va hurmat-izzatni o'rgatishimiz lozim.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, yosh avlodni tarbiyalashda asosiy ta'lim-tarbiya o'chog'i bu maktabdir.Maktabga har xil oiladan turli xil xulq-atvordagi o'g'il -qizlar kelishadi. Bularda maktabning qonun va qoidalariga ko'nikma hosil qilish , jamoa bilan birga bo'lish odatini shakllantirish juda qiyin hisoblanadi. Ana shu narsa oila bilan maktab hamkorlikda o'tkazsa bolalar xulqidagi salbiy xususiyatlarni bamaslahat hal qilishsa , tarbiyasi yomon o'quvchi bo'lmaydi.
Biz bilamizki hamma narsa mahalladan boshlanadi. Yoshlar tarbiyasi ular ma'naviy kamolotining samarali yo'llaridan biri davlat huquq-targ'ibot organlari , xalq ta'lim tizimi hamda mahallalarning jamoat tashkilotlarining yaqin hamkorligidir .
Bo'lg'usi kelajakda, jamiyatimizda komil insonni tarbiyalashga har bir oila, mahallaning ahamiyati katta. Yoshlarni avlodni yaxshi xulqli, davlat ramzlariga sadoqatli qilib tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga, xarakteriga alohida ahamiyat berish kerak, chunki bularsiz tarbiyada maqsadga erishib bo'lmaydi
Yosh avlodni tarbiyalashda "Oila, mahalla, maktab hamkorligi "konsepsiyasi jarayonida ularning har bir vazifalari bor . Masalan:
-avvalambor oilada sog'lom muhitni rivojlantirish , bir -birlariga g'amxo'r bo'lish; -farzandlarga dunyoviy bilimlar berish, ma'naviyatli inson bo'lib yetishish; -bolalarni mustaqil fikrlashga o'rgatish va vatanga muhabbat tuyg'usini shakllantirish; -bolalarning bo'sh vaqtlarida qo'shimcha ta'lim berish;
-mahalla faollari bilan bolalarning ta'lim-tarbiyasiga oid majlislar o'tkazib, muammolarni hal etish;
-mahalla tomonidan o'quvchilarga ko'rik-tanlovlar, bayram, sport musobaqalarini o'tkazish.
A. Avloniyning: " Tarbiya biz uchun yo hayot , yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir" iborasi oila ,maktab ,mahalla tamoyiliga aylanishiga erishildi. Hozirgi kunda bolalarning tarbiyasiga mahalla, jamoatchilik juda katta yordam ko'rsatmoqda. Jamoatchilikda yosh bolalarni tadbiq etish, sinfdan tashqari ishlar, tashkilotchilik bilan shug'ullantirish maqsadga muvofiq. Mahallaning yana foydali tomoni bu o'quvchilarni dasrdan tashqari vaqtlarida tarbiyasi qiyin bo'lgan o'smirlarni tarbiyalash va bolalar bilan yashash joylarida sport va madaniy ishlar olib borishdir
Zero," Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e'tibor berilmasa , kelajak boy beriladi." degan edi I. Karimov. Haqiqatdan ham tarbiya bo'lmasa ta'lim bo'lmaydi.Ta'lim bo'lmasa agar kelajagimiz boy beriladi. Shuni aytishim mumkinki, kelajak yoshlarimiz har tomonlama yetuk, barkamol bo'lishi uchun tarbiyaga e'tibor qaratishimiz lozim.
Tarbiya jarayonini raqamlar orqali ifodalasak, tarbiyani 1 chi o'ringa qo'yib uni 1 raqami qilib tanlab olaylik, endi uni ortiga qancha ko'p nol qo'ysak u son shunchalik kattalashadi ya'ni insonning yaxshi hislatlari ortib boradi, lekin birgina bir raqamini olib tashlash bu sonning qiymatini butunlay o'zgartirib 0 qilib ma'no anglatmay qo'yadi. Bundan ko'rinib turibdiki tarbiyasiz inson hech kimga aylanib qolgandik go'yo. Demak , insonni inson qilib turadigan , uning libosi bu tarbiyadir
Prezidentimiz amalga oshirilayotgan hech kimdan kam bo'lmagan, yuksak ma'naviyatli avlodni voyaga yetkazish yo'lidagi keng ko'lamli ishlarda oila, mahalla va ta'lim muassasalari
hamkorligining ahamiyati kattadir. Ta'lim va tarbiyaning uyg'unlikda olib borilishi mustaqil fikrli, barkamol yoshlarni ulg'aytirishda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. R. Mavlonova, K. Xoliqberdiyev, "Pedagogika". T: "O'qituvchi nashriyoti". 2002-yil
2. Ona tili o'qitish metodikasi / K. Qosimova, S. Matchonov, X. G'ulomova, Sh. Yo'ldosheva, Sh. Sariyev. -T: "NOSHIR", - 2009
3. Abdullayeva, O. O. (2021). Abay ijodini o'rganishda savol va topshiriqlar ustida ishlash. Academic research in educational sciences, 2(3), 4-9.
4. Abdullayeva, O. O. (2021). Ibroyim Yusupov ijodi asosida o'quvchilarnmg vatanparvarlik tuyg'ularini o'stirish. Academic research in educational sciences, 2(3), 176180.