УДК 677.21.052.
TARAMLI TSILINDR KONSTRUKTSIYASINING TAHLILI
Dadaxanov Nurilla Karimovich NamMTI, dotsent. [email protected].Тел. +99893403-13-39
Abdusaidov Axatjon Abdug'ani o'g'li NamMTI, magistranti. Тел.(+99899519-93-97.
Annotatsiya. Maqolada to'qimachilik mashinalaridagi cho'zuvchi asboblarining taramli silindrlari konstruktsiyasi o'rganilgan. Unda taramli tsililindrning egilishini ezuvch valiklarning og'ishiga ta'siri tadqiq qilingan. Ezuvch valiklarning og'ishini ishlab chiqariladigan mahsulot sifatiga ta'siri o'rganilgan.
Аннотация. В статье изучено конструкция рифленого цилиндра вытяжных приборов текстильных машин. Исследованы влияния изгиба рифленого цилиндра на перекосе нажимного валика. Изучены влияния перкоса нажимного валика на качество выпускаемой продукции.
Abstract. The article studies the design of the corrugated cylinder of the exhaust devices of textile machines. The influence of the corrugated cylinder bending on the pressure roller misalignment has been studied. Studied the effect of pressure roller percussion on the quality of products.
Kalit so'zlar: cho'zuvchi asbob, taramli silindr, ezuvchi valik, ishqalanish kuch maydoni, siqish chizig'i, rezinali qoplama.
Ключевые слова: вытяжной прибор, рифленой цилиндр, нажимной валик, поле сил трения, линия зажима, резиновые покрытия.
Keywords: drafting system, grooved cylinder, pressure roller, friction force field, clamping line, rubber covers.
KIRISH
Mavjud yigirish tizimlarida tabiiy, sun'iy va sintetik tolalarni ipga qayta ishlashda, texnologik jarayonning asosiy vazifasi, ustma-ust qo'yish va chizish yo'li bilan tuzilishi va xossalari bo'yicha bir xil bo'lgan pilta, pilik va ip olish hisoblanadi. Tolalarni qo'shishdan maqsad mahsulotni qalinligi, rangi, tola tarkibi bo'yicha tenglashtirish bo'lsa, cho'zishdan maqsad tolalarni tekislash va parallellashtirish bilan birga mahsulotni ingichkalashdir [1, 2].
Turli yigirish tizimlarida yigiruv mashinalarida qo'llaniladigan cho'zish moslamalari silindrli tasmasiz, tasmali va taroqli bo'lishi mumkin. Silindrli cho'zish qurilmalari bir-biridan silindrlar va valiklar soni, ular orasidagi masofalar, shuningdek, ishchi chiziqning joylashuvi bilan farqlanadi.
USULLAR
Qurilmalarning barcha pastki cho'zish juftlari po'latdan yasalgan taram qilingan silindrlardan va yuqoridagi juftlik metall roliklardan iborat bo'lib, silliq yoki taram qilingan sirt
yoki elastik qoplamali bo'ladi. Taram qilingan silindrlar silindr stoykalariga joylashtiriladi, ular bir-biridan zveno uzunligiga teng masofada o'rnatiladi. Taram qilingan silindrlar liniyasi podshipniklarda aylanadi.
Sof jun tolalar uchun mo'ljallanga cho'zuvch asboblarda, ularning sun'iy tolalar bilan aralashmasi va sof sun'iy tolalarni cho'zish mumkin. Ba'zan, junni ikki tasmali cho'zuvchi asboblarning tasmani olib yuruvchi yuqorigi ezuvchi valiki, silindrni tishli g'ildiragi orqali aylantiriladi. Bunday konstruktiv yechimni muvaffaqiyatli deb hisoblash mumkin emas, chunki noto'g'ri o'lchamlar ezuvchi valiklarining elastik qoplamalarining turli xil deformatsiyalanishga olib keladi, silindr va valiklarning aylanish tezligining tasmalar bilan tengligini ta'minlash amalda mumkin emas, bu ip sifatining yomonlashishiga olib keladi. Ezuvchi valiklar amalda yumalash podshipniklariga o'tqazilganligi sababli, bu ularning aylanish qulayligini kafolatlaydi, eng ko'p qo'llaniladigan qurilmalar taram silindrlardan friktsion ishqalanishdan harakatni oladi. Piltalash va yigirish mashinalarining cho'zuvchi qurilmalari ham xuddi shunday printsip asosida ishlaydi.
Tolaning ishonchli siqilishini ta'minlash va ishqalanish kuchlarining kerakli maydonini yaratish uchun silindrlarning yuzasi taram qilingan. Ko'plab tajribalar va fabrikalarning kundalik tajribasi taramning profili va holatining texnologik jarayonning borishiga va valikka kerakli yuklanishning kattaligini aniqlashga ta'sir ko'rsatadi. Silindr va valik orasidagi o'rtacha bosim taram lentasining kengligiga bog'liq: lentaning kengligi oshishi bilan bosim pasayadi va shunga mos ravishda valikdagi kerakli yuklanish ortadi. Juda kichik kenglik elastik qoplamaning tez almashishiga va hatto tolalarning shikastlanishiga olib keladi. Yeyilish va tasodifiy shikastlanmaslik uchun silindrning taram qilingan yuzasi yuqori qattiqlikka ega bo'lishi kerak.
NATIJALAR
GOST 12188-66 ga binoan paxta yigirish ishlab chiqarishining yigiruv, piltalash va piliklash mashinalarining taram qadami, yigiruv va piliklash mashinalari slindrlari uchun bir xil va o'zgarmas qilib olinadi. Piltalash mashinalari uchun silindrlar taram qadami bir xil va doimiydir. Doimiy qadamli rifliyalarga o'tish munosabati bilan, ularni sovuq holda prokatlash usuli bilan olish imkoniyatlarini ochib berdi, bu esa ushbu mehnat talab qiladigan ish unumdorligini keskin oshirishga va silindrlar sirtini yuqori aniqlikda tayyorlashga imkon berdi
[3].
Ko'p sonli ish joylari (chiqishlar) bo'lgan dastgohlarda taramli silindrlar qatori alohida zvenolardan iborat bo'ladi (piliklash va yigiruv mashinalarida). Yakka chiqarishli piltalash mashinalari uchun taramli silindr bitta silindrga (zvenoga) ega. Zvenoga bir yoki bir nechta taramli stoyka kirishi mumkin, ularning har biri u orqali o'tadigan mahsulotning cho'zilishini ta'minlaydi. Silindrning uzunligi mashinaning asosiy texnik ko'rsatkichlaridan biridir.
Silindrlarning o'lchamlari standartlashtirilganligi sababli, ularning mustahkamlikka hisoblash tekshirish xarakteriga ega bo'lishi kerak. Ish jarayonida silindr egilish va burilish ta'sirida murakkab kuchlanish holatida bo'ladi. Eguvchi kuchlar valiklardagi yuklanish, valiklar va silindrlarning og'irligi yig'indisidir. Yetarli aniqlik bilan, yuklanishni silindrlarning uzunligi
bo'ylab bir tekis taqsimlangan deb hisoblash mumkin. Bundan tashqari, silindrlarga, unga harakat beruvchi tishli uzatmadan eguvchi momenti ta'sir qiladi.
Yuqorida aytilganlar, taramli silindrlarning egilishga ishlashini ko'rsatadi. Bunda podshipniklarning qarshiligini oshirishi mumkin va shu bilan taramli silindrning burovchi momentini oshiradi. Egilishda bosim valiklarning ustvorligi yomonlashadi, shu sababli mahsulotning notekisligi ortadi, yna ipning uzilishi ortishi ham mumkin [4, 5, 6, 7, 8, 9].
O'lchash asosi sifatida silindrlarning 2-chi qatorining riflyali yuzasi olingan. O'lchov vositasi sifatida shtangensirkul ishlatildi. Shtangensirkulning o'lchash sirtlari silindrning 2-chi qatorini riflyali yuzasi va chiqish silindrining ezuvchi valigi yuzasiga qo'yib o'lchanadi (1-rasm). Valiklar og'ishining qiymati sifatida va Zmax masofa qiymatlarining farqi AZqabul
1-rasm. Valiklar og'ishini o'lchash sxemasi.
Dastlabki tadqiqot shuni ko'rsatdiki, valikning ustvor bo'lmagan holati mahsulot sifatini yomonlashtiradi. Chastotalar poligoni (2-rasm) va gistogrammalar (3-rasm) tahlili shuni ko'rsatadiki, eng keng tarqalgan og'ish 0,2 dan 0,6 mm.gacha bo'lgan diapazonda bo'lib, bu valik o'qining 0,23o dan 0,7o gacha buralishiga to'g'ri keladi. Biroq, 2-rasmdan, shuningdek, maksimal og'ish 1,8 mm.ga yetishi mumkinligini ko'rsatadi yoki bu valik o'qining 2o ga buralishiga to'g'ri keladi.
HULOSA
Cho'zuvchi juftligining kontakt tekslig'ini o'rganish shuni ko'rsatdiki, valik va silindrning o'qlari og'ganda, kontakt teksligining tengtaqsimlanmaganlik koeffitsienti 10-15% ga ortadi. Cho'zuvchi juftligidagi tolalarni siqish kuchi, valik va silindr o'qlarining og'ish burchagi 0 dan 4o gacha bo'lganda, 30% gacha kamayadi.
a) 25 teksli ip ishlab chiqarishda valik og'ishining chasotalari poligoni.
b) 10 teksli ip ishlab chiqarishda valik og'ishining chasotalari poligoni.
2-rasm.
a) 25 teksli ip ishlab chiqarishda valik og'ishining gistogrammasi.
b) 10 teksli ip ishlab chiqarishda valik og'ishining gistogrammasi.
3-rasm.
ADABIYOTLAR
1.Sayidmurodov M.M., Abduvakhidov M., Muradov A. Study of dynamics of the turning process in pneumechanical spinning in the presence of double false torsion. // The American journal of engineering and technology. Iuly 2020. Page No: 58-64.
2. Сайидмуродов М.М и др. Анализ проблем пневмомеханического способа прядения и направления дальнейшего его развития. // "UNIVERSUM: Технические науки" -М. 2021 г. № 3 (84), 46-49 с.
3.Макаров А.И. и др. Расчет и конструирование машин прядильного производства. -М.: «Машиностроение». 1981. с.211.
4.Дадаханов Н.К., Шукуров М. Анализ несоосностей осей нажимного валика и рифцилиндра. // «Известия ВУЗов. Технология текстильной промышленности» - Иваново,
1997. №1. с.116-117
5. Шукуров М.М., Дадаханов Н.К., Махкамов Р.Г. О несоосности нажимного валика и рифленого цилиндра вытяжного прибора кольцепрядильной машины // Доклады Академии наук Республики Узбекистан - 1997. - №1. - С. 26-28.
6. Дадаханов Н.К. Исследование контактной плоски вытяжных пар с учетом перекоса осей нажимного валика и цилиндра. "Известия вузов. Технология текстильной промышленности" - Иваново, 2001 г. -№2, с. 104-106.
7. Dadakhanov N.K. Research and calculation of line parameters ring spinning machines. //Solid State Technology Pennwell Corporation. Vol. 63, Issue 6, 2020. -p.9756-9762.
8. Dadakhanov N.K. Studying yarn incorpectiveness operated on the improved exhaust extractor.// ACADEMICIA. -Kurukshetra, Vol. 10, Issue 7, July 2020. -p.474-482.
9. Дадаханов Н.К. Разработка устройств для контроля волокон в процессе вытягивания в вытяжных приборах машин прядильного производства. Дис... канд. техн. наук. -Т.: ТИТЛП. 1997 г.