Zokirov X.
TerDU Tabiiy fanlar fakulteti Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasiprofessori
Zayirova D.
TerDU Tabiiy fanlar
fakulteti Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi o 'qituvchisi
TAQIR O'TLOQI TUPROQLAR SHAROITIDA POMIDORNING BO'RON NAVIDAN YUQORI HOSIL YETISHTIRISHDA AZOTLI O'G'ITLAR ME'YORI (ISSIQXONA MUHITIDA)
Annotatsiya: Termiz tumanida tarqalgan sug'oriladigan taqirli-o'tloqi tuproqlar sharoitida pomidorning bo 'ron navidan yuqori hosil yetishtirishda mineral o'g'itlarning N300P120K100 maqbul me'yori va azotli o'g'itlarni muddatlarini ishlab chiqilishi, yillik azotli mineral o 'g'itlarning 20 foizini ko'chat ekilgandan keyin, 30 foizini gullash davrida, 50 foizini yoppasiga meva tugish davrida qo'llash lozimligi, mineral o'g'itlarni maqbul me'yorda qo'llash tuproqlarning agrokimyoviy xossalariga ijobiy ta 'sir etishi, pomidor hosildorligi 75 t/ga, rentabellik darajasi 53 foizga oshishiga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: Tuproq oziq moddasi, mineral azot, nitrat, ammoniy, azotli o'g'it, issiqxona,pomidor, o'sish, rivojlanish.
Zokirov Kh.
professor of the Department of Ecology and Soil Science
of TerSU Faculty of Natural Sciences
Zayirova D.
teacher of the Department of Ecology and Soil Science
Faculty of Natural Sciences, TerSU
THE RATE OF NITROGEN FERTILIZERS IN GROWING HIGH YIELD OF TOMATOES IN THE CONDITIONS OF BARREN MEADOW SOILS (IN GREENHOUSE ENVIRONMENT)
Annotation: lies in the fact that under the conditions of irrigated barren meadow soils common in the Termez region, with the development of the optimal norm of mineral fertilizers N300P120K100) and the duration of the use of nitrogen fertilizers when cultivating a high yield of a thunderstorm tomato variety, it is necessary to apply 20% of annual nitrogen mineral fertilizers after planting seedlings, 30% during the flowering period and 50% during the fruiting period. The use of mineral fertilizers in an acceptable amount has a positive effect. on the agrochemical properties of the soil will increase tomato yield by 75 t/h and profitability by 53%.
Keywords: Soil nutrition, mineral nitrogen, saltpeter, ammonium, nitrogen fertilizer, greenhouse, tomato, growth, development.
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunga kelib pomidoming 1000 dan ortiq turli xil navlari ochiq va issiqxona muhitida yetishtirilib kelinmoqda. Keyingi yillarda respublikamizda sabzavot ekinlari ichida sevib iste'mol qilinadigan pomidor yetishtirishni keng joriy etish va aholini ushbu mahsulot bilan uzluksiz ravishda ta'minlash maqsadida keng qamrovli chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida issiqxona va ochiq muhitda pomidor yetishtirish texnologiyasi takomillashtirilib, sifatli pomidor va yuqori pomidor hosili olishga erishildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 26.02.2021 yildagi PQ-5009 sonli O'zbekiston respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 20202030 yillarga mo'ljallangan strategiyasida " tuproqning unumdorligi va qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorligini oshirish, sug'oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yanada yaxshilash, ekologik toza maxsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanish" bo'yicha muhim vazifalar belgilab berilgan.
Hozirda dunyo bo'yicha pomidor ekilgan maydonda ekilgan turlarida hosildorligi yiliga 80-100 t/ga, issiqxonalarda 180-200 t/ga, gidroponika sharoitida esa 250-350 t/ga yetmoqda.Issiqxonada ekiladigan sabzavot ekinlari ichida pomidor asosiy yetishtiriladigan ekin turi hisoblanadi. Mamlakatimiz issiqxona sabzavotchiligidagi mavjud muammolarni va kamchiliklarni bartaraf etish, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, hosildorlikni oshirish omillarini izlash muhim ahamiyatga ega. Buning uchun pomidorning biologik xususiyatlari, issiqxonalarda uni turli davrlarda yetishtirishda ta'minlanadigan tuproq shart-sharoitlarni, navlarni to'g'ri tanlash, o'simliklarni parvarishlash va o'g'itlash kabi barcha texnologik elementlarni chuqur o'rganish va ularni ishlab chiqarish sharoitida qo'llay olib yuqori hosil olishga erishish eng dolzarb masaladan biridir. So'ngi yillarda davlatimiz chiqarayotgan qarorlar va normativ hujjatlar qishloq xo'jaligida yetishtirilayotgan oziq ovqat mahsulotlarini axolining ehtiyojidan kelib chiqqan holda yetishtirish,doimiy ichki bozor talabini bajarishga qaratilgandir.
Tadqiqotning ob'ekti. Issiqxonaning sug'oriladigan taqir-o'tloqi tuproqlari, pomidorning Bo'ron navi, mineral o'g'it karbamid.
Tadqiqotning predmeti. Tuproqlarning agrokimyoviy pomidorning o'sishi va rivojlanishi, hosili, uning sifati hisoblanadi. xossalari,
Tadqiqotning maqsadi. Taqirli o'tloqi tuproqlar sharoitida pomidorning Boron navidan yuqori hosil yetishtirishda azotli o'g'itlar me'yorini ishlab chiqish (issiqona muhitida).
Tadqiqotning vazifalari.
Azotli o'g'itlarning sug'oriladigan taqir o'tloqi tuproqlarning agrokimyoviy xossalariga ta'sirini aniqlash;
taqir o'tloqi tuproqlarda pomidor o'simligini o'sishi va rivojlanishiga azotli mineral o'g'itlarni ta'sirini aniqlash; taqir o'tloqi tuproqlarda pomidordan yuqori hosil yetishtirish uchun azotli mineral o'g'itlarning maqbul me'yorini qo'llash va muddatlarini aniqlash;
Mineral o'g'itlar pomidorning sifati va hosildorligini oshirishda muhim axamiyat kasb etadi. Tuproqning tabiiy iqlim sharoitidan kelib chiqib pomidorga o'g'itlarni qaysi muddatda va maqbul me'yorda berish bu yuqori hosilning garovidir, O'g'itlarni noto'g'ri vaqtda va noaniq miqdorda qo'llash u umumiy hosil dorlikni sezilarli darajada tushirib yuboradi.Ilmiy manbalarga asosan ekinlar hosildorligi va hosil sifati mineral o'g'itlar ta'sirida o'simlik tanasida ro'y beradigan fiziologik jarayonlar xususiyatlariga bog'liqdir. Xar-hil me'yordagi azotli o'g'itlarning pomidor hosildorligiga ta'sirini aniqlash maqsadida (issiqxona muhitida) pomidorning bo'ron navi ekilib ularga har-xil me'yordagi azotli o'g'it berib sinaldi. Umuman, pomidordan yuqori va sifatli hosil olish bugungi kunda shu sohaning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.O'simliklar xususan pomidorni oziq moddalarga bo'lgan talabi, gullash, shonalash, va hosil to'plash davrlarida ortadi. Ushbu davrda kelib ba'zi poliz va sabzavot ekinlari ular tomonidan oson o'zlashtiriladigan, oson singuvchi mineral o'g'itlarga ko'proq zarurat sezadi. Bu kabi o'g'itlar jumlasiga karbomid, qo'shsuperfosfat xlorsiz kaliylar kiradi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, bu bilan xuddi shu o'g'itlar bilan cheklanib qolish kerak degan xulosaga kelib qolmaslik lozim.Tajribada bir xil ko'chatlar sonida turli me'yordagi mineral o'g'itlar ta'sirida hosil to'plashi va bir dona pomidorning vazniga ta'siri o'ziga hos bo'ldi. O'g'it qo'llanilmagan nazorat variantida bir dona pomidor ko'chatdalO dona pomidor shakillangan bo'lib, uning vazni 50 grammdan oshmagan holda o'rtacha 1 tupda 0,500 gr hosil to'plandi. N300P300K150 fonidagi variantda bir dona o'simlikdagi mevalar soni 1820 dona, bir dona pomidor mevasining o'rtacha og'irligi 150-170 grammni tashkil etib 1tupda hosildorlik o'rtacha 3kg ni tashkil etganligi aniqlandi.N250P250K125 fonidagi variantda bir dona o'simlikdagi mevalar soni 16-18 dona, bir dona pomidor mevasining og'irligi 140-160 grammni tashkil etib 1tupda hosildorlik o'rtacha 2,700 kg ni tashkil etganligi aniqlandi.Hosildorlik bo'yicha eng past ko'rsatkich N350P350K175 fonidagi variantda kuzatildi Bunda pomidor o'simligida vegetativ o'suvchi novdalarning kuchli o'sib taraqiy etishi, meva tugishi kamayib ketib 1 tup ko'chatda hosildorlik 1,500 kg ni tashkil etdi.
Xulosa qiladigan bo'lsak issiqxona muhitida o'stirilgan pomidor ekinining o'sish va rivojlanishi bo'yicha olib borgan kuzatuvlar natijasida ob-havoning va ayniqsa azotli mineral o'g'itlarning hissasi katta ekanligi aniqlanadi.Vaholanki azotli mineral o'g'itlar pomidor ekinining o'sishi jarayonlariga , shuningdek gullar va mevalarning shakllanishi uchun eng kerakli bo'lgan mineral o'g'itdir.
Foydalanilgan adabiyotlar 1.Yunusov.S, Abdiev.Z Issiqxonalarda sabzavot ko'chatchiligi qishloq xo' jalik oliy o'quv yurti talaba va magistrlari uchun darslik.Toshkent - 2020 119-124-125141
2. Yusupov.X, Issiqxonada ko'chat yetishtirishning samarali usulini qo'llash bitiruv malakaviy ishi Urganch-2017 14-b
3.Zokirov Xolmat Xurramovich ''Surxondaryo tabiati va ekologiyasi'' Termiz -2021 81-b 4. Karimov M.U. ''O'g'it qo'llash tizimi''Toshkent-2017 18-180-200-b