Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-526-532
TALABALARNING CHIZMALAR O'QISH QOBILIYATLARINI PROFIL TO'G'RI CHIZIQ MISOLIDA SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH
Havoxon Elshodovna Xalilova
Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti x.xalilova@mail.ttyesi.uz
Ulug'bek Temirovich Rixsiboyev
Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti u.rixsiboyev@titli.uz
ANNTOTATSIYA
Maqolada talabalami profil to'g'ri chiziq misolida chizmalarni o'qishlikni shakllantirish va rivojlantirish ko'rib chiqilgan.
Kalit so'zlar: profil, tasavvur, konstruksiya, qobiliyat, loyihalash, qabariq, botiq, model, obyekt, tahlil.
ABSTRACT
The article discusses the formation and development of students' reading of drawings on the example of a profile straight line.
Keywords: profile, imagination, construction, ability, design, bubble, sink, model, object, analysis.
KIRISH
Ko'p yillik olib borgan tahlillarimiz chizmachilik darsliklarida keltirilgan mavzulardagi barcha tushuntirish chizmalari, ularning yaqqol tasvirlari yoki rasmlari, ko'rgazmali materiallar, elektron slaydlar va animatsiyali elektron ishlanmalar asosida tuzilganligi kuzatildi. Bu chizmachilik fanini mehnat va tasviriy san'at fanlari bilan integratsiyalab tuzilganligidan dalolat beradi. Bunday holni birinchi darsdayoq, ya'ni chizmachilikdan umumiy tushunchalar to'g'risida keltirilgan ma'lumotlarda kuzatish mumkin. Lekin chizmachilik fanidan o'quv adabiyotlarida boshqa fanlar bilan bog'liqligi to'g'risida aytilsada, ayniqsa tasviriy san'at fani bilan integratsiyalab o'qitilishi deyarli aytilmagan va yoritilmagan. Shuningdek, tasviriy san'at va chizmachilikdagi tasvirlarni, ya'ni rasm bilan chizmalarni bir-biridan farqi, ularning bir-biridan afzalligi va nazariy hamda amaliy ahamiyati to'g'risida qiyosiy
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-526-532
ma'lumotlar keltirilmagan[1-5].
Agar chizmachilikni mehnat va tasviriy san'at fanlari asosida emas, balki yangi fan sifatida talqin qilinsa, o'quvchi va talabalarda uni o'zlashtirish haqiqatda ham qiyin kechadigan fan bo'lib tassurot qoldirishi ham mumkin.
ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYASI
Ma'lumki, rasmlarda borliqdagi biror narsa, predmet yoki obyektning mavhum siymosi tasvirlangan bo'lib, uni har bir kishi bir ko'rishdayoq obyektni aytib beradi va rasmni osongina o'qiydilar. Ulardagi ranglarni anglaydi va go'yo tasvirlangan obyektni mavhum siymosi o'rnida borliqdagi narsaning fazodagi aslini ko'rib turgandek bo'ladilar. Bunday xususiyat tasviriy san'at darslarida bajarilgan tasvirlar, rasmlar, haykallar va amaliy san'at namunalari uchun xos bo'lganligi bois, ularni hamma kishilar uchun deb atash ham mumkin[6].
Chizmani ko'rgan har bir kishi esa, unda turli figuralar tasvirlangan deb ayta oladi xolos. Chizmada biror narsa, model yoki detal tasvirlanganligini chizmachilikdan xabari bor kishi, o'quvchi, talaba yoki mutaxassis aytishi mumkin xolos. Shu bois chizmachilikda bajarilgan chizmalarni texnik va muhandislar, mutaxassislar uchun deb qarash mumkin. 2- rasmda birinchi rasmdagi obyektning chizmasi berilgan.
Chizmachilikdan yetarli fazoviy tasavvurga ega bo'lgan talabalar ikkinchi rasmdagi ikki o'lchamda bajarilgan chizmadagi obyektning ko'rinishlarini tahlil qilib, uning tarkibiy qismlarini aniqlaydi. So'ngra chizmani o'qib, ya'ni uning olddan ko'rinishini ro'parasida mavhum siymoni ko'z o'ngida gavdalantirib fazoga tiklaydilar[7-8].
Buning uchun talabalarning chizmalarni o'qish malakalari va fazoviy tasavvuri hamda fantaziyasi talab darajasida shakllangan va rivojlangan bo'lishi lozim. Bunday sifatlarga talabalarni erishtirish uchun o'z izlanishlarimizda chizmani o'qish va fazoviy tasavvurni shakllantirish hamda ularni rivojlantirish vositasini ishlab chiqdik. Uning asosida ko'rinishlari 1- rasmda keltirilganidek bir xil, lekin tarkibiy elementlarining konstruksiyalari turlicha bo'lgan modellarni loyihalash, ya'ni konstruktiv loyihalash yotadi.
Bunday loyihalash jarayonida o'quvchi va talabalar o'z tafakkurlarida fazoviy fantaziya va tasavvur qilish, mustaqil ijodiy izlanishlar va tahlillar o'tkazish hamda mantiqiy va metodik to'g'ri xulosalarga kelish kabi qobiliyatlari shakllanadi va rivojlanib boradi. Bunda fazodagi mavjud obyektlar va ularning tekislikdagi mavhum
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-526-532
tasvirlari tadqiqot predmeti bo'lib, ularning bir-birdan konstruktiv farqi bo'lgan modellarni hamda geometrik figuralarni loyihalash tadqiqotlarimiz vazifasi qilib olindi[9-15].
Agar fazoviy tafakkur borliqdagi obyektlarni ongimizda to'liq tasavvur qilish va ularning tarkibiy qismlarini mantiqiy fikrlab aniqlash qobiliyatlaridan iborat bo'lsa, chizmani o'qish asosida fazoviy tafakkur yotadi.
MUHOKAMA VA NATIJA
Chizmani o'qishni shakllantirish va rivojlantirish vositasidan foydalanish metodikasi quyidagicha ishlab chiqildi:
Birinchi bosqich - chizma o'qishni shakllantirish bosqichi:
1. Bu bosqichda ikki ko'rinishda namuna qilib berilgan profil kesmaning 1-rasmdagidek, uning yaqqol tasviri olddan ko'rinishining ro'parasiga tiklanadi.
2. O'quvchi va talabalardan «Ikki ko'rinishi xuddi shunday bo'lgan, lekin konstruktiv tuzilishi bilan farq qiladigan model yoki geometrik figuralarni loyihalang» deb so'raladi. Ularni fikrlash, zikrlash, ijodkorlikka yo'llash va mantiqiy va usluban to'g'ri javoblarni izlab topishga barcha bilim zahiralarini safarbar qilib, uning qanday konstruktiv loyihalangan varianti bo'lish mumkin?» deb, muammoli muhit tashkil qilinadi.
Ikkinchi bosqich - chizma o'qishni rivojlantirish bosqichi:
Biz bu bosqichda chizmani o'qish vositasidagi namunani tekis chap tomo nini olib, tasvirdagi oldidan va ustidan ko'rinishlari to'g'ri chiziq bo'lgan geometrik figuralarni, ya'ni tekis to'g'ri yoki egri chiziq yoki ko'pburchaklar yoki ularni kombinatsiyalarini loyihalab-turli variantlarda va vaziyatlarda tasavvur qilib, talabalarning chizmani o'qish qobiliyatlarini rivojlantirishni maqsad qilib oldik. Bunda konstruktiv loyihalanadigan javoblar amaliy ahamiyatga ega bo'lishi ko'zda tutiladi va quyidagi shartlar asosida ishlab chiqiladi:
- chiziqlar to'g'ri to'rtburchakning bitta yoki ikkita yoki uchta yoki to'rttala uchida kesishsin;
- bitta uchda bitta yoki ikkitadan ortiq chiziq kesishmasin;
- loyihalangan variantlar mavjud bo'lib, ularni amaliyotga qo'llash mumkin bo'lsin.
O'quvchi va talabalarga chizmani o'qish qobiliyatini rivojlantirish maqsadida 1- rasmda konstruktiv loyihalangan har bir variantlarga hamda ularning har biriga vaziyatini hisobga olib loyihalangan yechimlariga qisqacha izoh beriladi.
Ikki ko'rinishi 1- rasmdagidek kesma bo'lgan geometrik figura uchun hayolan
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-526-532
ijodiy izlanishlar natijasida bir-biridan konstruktiv farqi bo'lgan figuralar loyihalab keltirilgan. Ular: 1- to'g'ri to'rtburchak, 2- yarim to'rtburchak - uchburchak, 3- ikki yoqli burchak, to'rtburchakning diagonali bo'ylab o'tgan og'ma to'g'ri (4), bot iq (5) va qavariq (6) chiziqlarning proyeksiyasi - ko'rinishi bo'ladi. Chizmada izlab topilgan variantlarni kombinatsiyalash orqali integrativ - omihta bo'lgan variantlarni ham loyihalash mumkin bo'ladi [16-17].
a
3
2- rasm
E 1-rasm mgan har bir variantda konstruktiv o'zgartirishlar kiritib, talabalarning konstruktiv loyihalash, tasavvur qilish va mantiqiy tahlil o'tkazib, chizmani o'qish qobiliyatini oshirishga harakat qilamiz. Buning uchun o'zak variant sifatida to'g'ri to'rtburchak olingan, 2- rasm.
Bunda ta'limning pedagogik metodlaridan biri bo'lgan aqliy xujum uslubiyatidan quyidagicha foydalanildi:
Savol: To'g'ri to'rtburchakka quyidagi konstruktiv o'zgartirish kiritib, uning bitta yoki ikkita yoki uchta yoki to'rttala uchlari turli radiuslarda yumaloqlanib, nazariy nuqtai nazardan «o'zak variantni yangi turini konstruktiv loyihaladik» deb qarash mumkinmi? Agar mumkin bo'lsa, maksimal yumoloqlash radiusi nechaga teng bo'ladi?
Javob: talabalar javobi umumlashtiriladi: Yumaloqlash radiusi 0 dan 10 (to'g'ri to'rtburchak qisqa tomonining yarmi) mmgacha bo'ladi.
Shu bois variantlar soni ko'plab bo'lishi mumkin ekan. Ular orasida har bir uchdagi yumaloqlash radiuslari turlicha bo'lishi ham mumkin. Shu tariqa o'zak javobga-to'g'ri to'rtburchakka cheksiz ko'p yechimlar loyihalash mumkinligi talabalar ongida idrok etilib, fazoviy tasavvur va mantiqiy tahlil qilish qobiliyatlari faollashtiriladi. Pirovard natijada ularning chizmani o'qish malakalari rivojlantiriladi [ 18-20].
Savol: Amaliy nuqtai nazardan o'zak to'g'ri to'rtburchakka qanday konstuktiv
1
2
5
6
4
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-526-532
o'zgartirish kiritib, uning konstruktiv variantini loyihalash mumkin?
Javob: talabalar javobi eshitiladi va umumlashtiriladi: loyihalanayotgan figura ikkita bo'lib, uning burchaklari o'rtacha yoki maksimal radiusda yumoloqlangan prizmatik shponkaning profili bo'lishi mumkin deb javob aniqlanadi, 2- rasm, a. Nazariy nuqtai nazardan ularning bitta yoki ikkita yoki uchta yoki to'rtta uchlari ham yumaloqlangan bo'lishi mumkin, 3- rasm, a, b.
Amaliy ahamiyatga ega bo'lmagan, masalan yumaloqlash radiuslari turli va teng bo'lgan ko'plab variantlar to'g'risida talabalar ongida taassurot qoldirib, a) b) c)
DD
□DD □□□□
2 3
4
3- rasm
ularni fikran tahlil qilish, idrok etish, mustaqil xulosalar chiqarish va xotirada saqlash kabi ko'nikma va malakalarga erishishga yo'llash bilan cheklaniladi.
Shuningdek, 3- rasm, c dagi ikkinchini yana bitta, uchinchini ham yana bitta va to'rtinchini esa, yana uchta vaziyatlarda 4- rasmda keltirilganidek loyihalash ham mumkin.
4- rasm
XULOSA
Shunday qilib, talabalarning chizmalar o'qish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishning mashq qilish vositasini namunasi prizmaning proyeksion bog'lanishda ikkita - olddan va ustdan ko'rinishi bo'lgan to'g'ri to'rtburchaklardan iborat bo'lib, uning o'rnida boshqa jism yoki geometrik figura ham olish mumkin. Chizmani o'qish jarayonida prizmani yo'nish, kesish va o'yish yo'li bilan konstruksiyasini o'zgartirib, berilgan narsani yoki geometrik figurani rang-barang variantlarida talabalar ongida fikran loyihalashga, idrok etishga va xotirada saqlashga erishiladi. Bunda ular bor bilimlarini, fazoviy tasavvur, fantaziya va mantiqiy tahlil
1
2
3
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-526-532
qilishga oid tushuncha, ko'nikma va malakalarini safarbar qilib, chizmani o'qish tajriba hamda qobiliyatlarini rivojlantiradilar.
REFERENCES
l.Ortikov, O., Boltaboyev, K., & Azimov, O. (2021, April). DISTANCE LEARNING SYSTEM AT THE UNIVERSITY. In Конференции. 2.Иброхимова, Д. Н., & Ортиков, О. А. (2022). Использование педагогических и нформационно-коммуникационных технологий в направлении творческого мышления учеников в общеобразовательных школах. Science and Education, 3(3), 1048-1052.
3.Ортиков, О. А., Абдурахимова, Ф. А., & Халилова, Х. Э. (2019). ОБУЧЕНИЕ СТУДЕНТОВ ТРЁХМЕРНОМУ ТЕХНИЧЕСКОМУ МОДЕЛИРОВАНИЮ ЭЛЕКТРОННЫХ МОДЕЛЕЙ ПРЕДМЕТОВ. Точная наука, (65), 19-20. 4.Халилова, Э. X,., & Ортиков, О. А. (2022). Учбурчакликларни лойих,алашда айланани тенг булакларга булишдан фойдаланиш асослари. Science and Education, 3(3), 238-243.
5.Ortiqov, O. A., & Hasanov, Q. X. (2022). CHIZMA GEOMETRIYA VA MUHANDISLIK CHIZMACHILIGI FANIGA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASH. Academic research in educational sciences, 3(2), 792-799.
б.Ахмедбекова, А. В., Дремова, Н. В., Ортиков, О. А., & Усманов, Х. С. (2022). Математическое моделирование колебательного процесса берда тканеформирующего механизма. Universum: технические науки, (1-2 (94)), 1619.
7.Ортиков, О. (2021). OLIY TA'LIM TALABALARI UCHUN MUSTAQIL TA'LIMINI TASHKIL ETISH. Scienceweb academic papers collection. 8.Ортиков, О. (2021). TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA O'QUV JARAYONIDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASH. Scienceweb academic papers collection.
9.Рихсибоев, У. Т., & Халилова, X. Э. (2021). ТАЛАБАЛАРНИНГ ФАЗОВИЙ ТАСАВВУРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА КУРСАТМАЛИЛИКНИНГ ТУТГАН УРНИ ВА АХАМИЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 2), 18-26.
10.Abduraximova, F. A., & Karimov, A. A. (2019). Improving the quality and efficiency of teaching the subject of' descriptive geometry" for specialties of the
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-526-532
textile industry. Textile Journal of Uzbekistan, 7(1), 95-102.
11.Abduraximova, F. A., & Karimov, A. A. (2019). Improving the quality and efficiency of teaching the subject of' descriptive geometry" for specialties of the textile industry. Textile Journal of Uzbekistan, 7(1), 95-102.
12.Абдурахимова, Ф. А., Каримов, А. А., & Ахмадбекова, А. УСВОЕНИЕ НОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ ПРИ ИЗУЧЕНИИ ПРЕДМЕТА «НАЧЕРТАТЕЛЬНАЯ ГЕОМЕТРИЯ». УЧЕНЫЙXXI ВЕКА, 31.
13.Xalilova, H. E. (2021). The Role Of Computer Graphics In Working With Colors In Design.
14.Bobomurotov, T. G., & Rikhsiboev, U. Т. (2022). Fundamentals Of Designing Triangles Into Sections Equal 5, 7, 9, 11, 13, 15, 17 And 19. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES, 3(2), 96-101. 15.Sindarova, S. M. (2021). O'YINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ORQALI O ' QUVCHILARNING BILIM, KO 'NIKMA VA MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH (CHIZMACHILIK FANI MISOLIDA). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(11), 686-691.
16.Renessans, O. (2021). IQTIDORLI TALABALAR BILAN SHUG'ULLANISH METODIKASI.(MUHANDISLIK FANLARI MISOLIDA). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 32-39.
17.Mirzaliev, Z., Sindarova, S., & Eraliyeva, S. (2019). Organization of Independent Work of Students on Drawing for Implementation of the Practice-Oriented Approach in Training. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 17(1), 297-298.
18.Valiyev, A. N. Y., & Ibrahimova, D. H. (2021). Opportunities for the development of creativity skills of students in the process of teaching drawing science. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 2201-2209.
19.Rikhsibaev, U. T., & Khalilova, H. E. (2019). FEATURES OF USING COMPUTER GRAPHICS IN ADVERTISING. Мировая наука, (10), 9-10.
20.Rikhsiboev, U. T., & Khalilova, H. E. USING MODELS IN TEACHING DRAWING.