Научная статья на тему 'TALABALARNI YADRO FIZIKASI YO’NALISHIDA ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATIGA TAYYORLASH IMKONIYATLARI'

TALABALARNI YADRO FIZIKASI YO’NALISHIDA ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATIGA TAYYORLASH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

40
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yadro fizikasi / ilm-fan integratsiyasi / ilmiy loyihalar / yadroviy tadqiqotlar / izomer yadrolar / beta stabillik / on-line eksperiment / magnit linzali beta spektrometr / gamma spektrometr.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — E. N. Xudayberdiyev

Ushbu maqolada yadro fizikasi fanini o’qitishda bo’lajak fizika o’qituvchilarining ilmiy kompetentligini amaliy, laboratoriya, mustaqil ta’lim va nazariy mashg’ulotlarda rivojlantirish metodikasi tahlil etiladi. Ta’lim jarayonining har bir turida talabalar ilmiy kompetentligini rivojlantirishning o’ziga xos jihatlari ko’rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNI YADRO FIZIKASI YO’NALISHIDA ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATIGA TAYYORLASH IMKONIYATLARI»

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

¿L

TALABALARNI YADRO FIZIKASI YO'NALISHIDA ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATIGA TAYYORLASH IMKONIYATLARI

E. N. Xudayberdiyev

Navoiy davlat pedagogika instituti professor v.b.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada yadro fizikasi fanini o'qitishda bo'lajak fizika o'qituvchilarining ilmiy kompetentligini amaliy, laboratoriya, mustaqil ta'lim va nazariy mashg'ulotlarda rivojlantirish metodikasi tahlil etiladi. Ta'lim jarayonining har bir turida talabalar ilmiy kompetentligini rivojlantirishning o'ziga xos jihatlari ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: yadro fizikasi, ilm-fan integratsiyasi, ilmiy loyihalar, yadroviy tadqiqotlar, izomer yadrolar, beta stabillik, on-line eksperiment, magnit linzali beta spektrometr, gamma spektrometr.

Umumiy fizika kursining yadro fizikasi bo'limini o'qitish fiziklar tayyorlashda fanning yakunlovchi bosqichi sifatida alohida o'ringa ega. Bu holat ushbu fanni o'rganishda kursning oldingi bosqichlari bilan, shu bosqichlarda olingan bilimlar bilan, boshqa aniq va tabiiy fanlar bilan integratsiyaning chuqurlashuvi, matematik tasavvurlar va dialektik mushohada elementlarining ko'proq yuzaga chiqishi kabi o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq. Bundan tashqari, atom va yadro fizikasi fanidan Umumiy fizika kursida olingan bilimlarni umumlashtirish va shu asosda Olamning yagona fizik manzarasi bo'yicha tasavvurlarni shakllantirish ham muhim ahamiyatga ega. Kompleks yondashuvni amalga oshirishda talabalar ilmiy kompetentligini rivojlantirishning o'zi ham kompleks jarayon ekanligini va bu jarayon ma'lum bir bosqichlar orqali amalga oshirilishini unutmaslik lozim. Talabalar ilmiy kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlarini quyidagi 1-rasmdagi sxema bilan ifodalash mumkin.

Nazariy mashg'ulotlarda talabalar ilmiy kompetentligini rivojlantirishda fizik jarayonning kashf etilish tarixi, kashfiyotchilar hayotidan qiziqarli ma'lumotlar, kashfiyotlar bilan bog'liq qiziqarli ma'lumotlardan foydalanish talabalarda mavzuga nisbatan motivatsiyani hamda buyuk olimlarga xos insoniy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirishga olib keladi. Ikkinchi tomondan, ilmiy kashfiyot tarixini xronologik tarzda muammo yechilishining ketma-ket bosqichlari sifatida berish talabalarni

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

328

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

¿L

shu ilmiy loyiha ishtirokchisiga aylantiradi va ularda ilmiy kompetentlikning rivojlantirishga xizmat qiladi [1].

1-rasm. Talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tayyorlash imkoniyatlari

Yadro fizikasi bo'yicha talabalar ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishning imkoniyati sifatida nazariy bilimlarni mukammal o'rganish maqsadida amaliy mashg'ulotlarni maqsadli tashkil etishni keltirish mumkin. Bunda ilmiy muammolarga bag'ishlangan kompleks masalalar yechilishi va javoblarning umume'tirof etilgan natijalar bilan mos tushishi asosiy kriteriya hisoblanadi. Hisoblash natijalarining kriteriyaga mos kelishi talabalarda o'z bilimi va salohiyatiga ishonchni rivojlantiradi. Amaliy mash g'ulotlarda masalani muammoli vaziyat bilan bog'lash, nazariya va amaliyot orasidagi uzviylikni ta'minlash hamda talabalarni navbatdagi mavzuga tayyorlash talablari bajarilishi lozim. Muammoli masalalar jumlasiga mustaqil ta'limga mo'ljallangan hisob- grafik ishlarini kiritish mumkin [2]. Hisob-grafik ishlarida bir tomondan, fizika, matematika, axborot texnologiyalari orasidagi fanlararo integratsiya amalga oshirilsa, ikkinchi tomondan, fanning nazariy, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari orasidagi integrativ bog'lanishlar amalga oshiriladi. Bu jarayonda hisoblangan ma'lumotlar asosida olingan grafiklar o'rganilayotgan fizik hodisa qonuniyatini ilmiy tahlil etishga va shu orqali ilmiy kompetentlikning shakllanishi va rivojlanishiga xizmat qiladi.

Laboratoriya mashg'ulotlarida talabalar ilmiy kompetentligini shakllantirish ularda eksperimental ko'nikmalarni rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. Bunda avvalo har qanday eksperimentda bir qancha fizik kattaliklar o'lchanishidan kelib chiqib o'lchov asboblarini, zarralarni qayd etish qurilmalarining ishlash prinsipi va tuzilishini o'rganish, o'lchov asboblarining aniqlik sinfi yoki keltirilgan xatoliklari haqida tushunchalar berishdan boshlash maqsadga muvofiq. Bu

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

329

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

g

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi

g

bosqichda o'lchov asboblarining ilmiy tadqiqotlarda va ishlab chiqarishdagi ahamiyatini ko'rsatish zarur. Shu o'rinda o'lchov asboblari texnologik jarayonlarni nazorat qilish vositasi ekanligini alohida uqtirish muhim ahamiyatga ega. Yadroviy nurlanishlarni qayd etishda detektorlarning energiya va vaqt b o'yicha ajrata olish qobilyatlarining mohiyati ochib beriladi. Bundan tashqari, yadro fizikasi bo'yicha laboratoriya ishlarini bajarishda elektr va radiatsion xafsizlik qoidalariga rioya qilish shart. Talabalarda ilmiy ekserimental kompetentlikni rivojlantirish uchun bu talab virtual laboratoriya ishida ham bajarilishi nazarda tutilgan b o'lishi kerak [3].

Talabalar ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishda fundamental tadqiqot natijalari va ulaming qo'llanilishi bo'yicha xulosalar chiqarish qiyin ekanligini, buning uchun ma'lum vaqt talab qilinishini ta'kidlashimiz lozim. Bundan tashqari fanning biror yo'nalishidagi tadqiqotlar natijasida olingan ma'lumotlar vaqt soati bilan fanning boshqa yo'nalishidagi muammolarni yechishida xizmat qilishi va shu orqali yangi kashfiyotlarning yaralishiga asos bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Xudayberdiyev E.N., Samandarov L.Q. Fizika ta'limi samaradorligini oshirishda kompleks yondashuvning o'rni va ahamiyati. Fizika, matematika va informatika ilmiy-uslubiy jurnali. - Toshkent, 2020. -№6. - B. 92-101.

2. Худайбердиев Э.Н., Насриддинов K.P., Самандаров Л.К. Повышение эффективности преподавания ядерной физики использованием принципа историчности. International Scientific Journal Theoretical & Applied Science. Iss:11 Vol: 91. 2020.

3. Худайбердиев Э.Н. Развитие методики поиска изомерных состояний короткоживущих ядер, удалённых от полосы бета-стабильности в on-line экспериментах. Автореферат дисс.на соиск.учёной степени к.ф.-м.н. Москва 1990, - 36 с.

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.