Научная статья на тему 'TALABALARGA ZAMONAVIY KOMPYUTER GRAFIK DASTURLARI YORDAMIDA CHIZMACHILIK FANLARINI O‘RGATISH VA RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASH'

TALABALARGA ZAMONAVIY KOMPYUTER GRAFIK DASTURLARI YORDAMIDA CHIZMACHILIK FANLARINI O‘RGATISH VA RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
172
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
chizma / rasm / chizmachilik / AutoCAD / eskiz / proyeksion bog‘lanish / texnik rasm. / drawing / AutoCAD / sketch / projection / connection / technical drawing.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — G.X. Xamidova

maqolada chizmachilik, arxitektura elementlarini loyihalash, qurilish chizmachiligi kabi fanlarni o‘zlashtirishda zamonaviy grafik dasturlardan foydalangan holda fanni chuqur o‘zlashtirish va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdagi o‘rni haqida so‘z boradi. AutoCAD dasturi ushbu fanlarni o‘rganishdagi grafik dasturlarga misol bo‘la oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHING DRAWING SUBJECTS TO STUDENTS USING MODERN COMPUTER GRAPHICS PROGRAMS AND PREPARING COMPETITIVE PERSONNEL

the article addresses the challenges encountered in mastering drawing and drawing geometry subjects and proposes solutions through the use of graphic programs to facilitate students' work with complex drawings. AutoCAD serves as an example of graphics software utilized in these studies.

Текст научной работы на тему «TALABALARGA ZAMONAVIY KOMPYUTER GRAFIK DASTURLARI YORDAMIDA CHIZMACHILIK FANLARINI O‘RGATISH VA RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASH»

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

DOI:10.24412/2992-9024-2024-1-63-72

© G.X. Xamidova 1B_

1Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy

Annotatsiya

KIRISH: maqolada chizmachilik, arxitektura elementlarini loyihalash, qurilish chizmachiligi kabi fanlarni o'zlashtirishda zamonaviy grafik dasturlardan foydalangan holda fanni chuqur o'zlashtirish va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdagi o'rni haqida so'z boradi. AutoCAD dasturi ushbu fanlarni o'rganishdagi grafik dasturlarga misol bo'la oladi.

MAQSAD: zamon bilan hamnafas rivojlanish va chizmachilik darslarini kompyuter texnologiyalari yordamida mukammal o'zlashtirishga erishish.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot olib borilayotgan fan va texnologiyalarni talabalarda qay darajada o'zlashtira olish va ularni bu fanga qiziqishini va Auto CAD dasturlarini o'rganishdan keyingi ta'sir qilishini tahlil qilish uchun 20 ta ilmiy maqoladan iborat korpus yaratildi. (10 tasi zamonaviy texnologilarni qo'llash va 10 tasi an'anaviy o'qitish bo'yicha maqolalar). Yig'ilgan maqolalar 2019-2023 yillar oralig'ida xalqaro va milliy akademik jurnallarda chop etilgan. Bu maqolalar tahlil qilindi va qiyosiy tahlil olindi.

MUHOKAMA VA NATEJALAR: yig'ilgan materiallar o'rganilish natejasida ishtirok etish belgilaridan foydalanishga ta'sirini aniqladi. Chizmachilikni grafik dasturlar bilan o'rgatish bo'yicha tahlil qilingan ilmiy maqolalar an'anaviy o'qitishga qaratilgan maqolalarga qaraganda ko'proq jalb qilish kontingentiga tayanadi. Ikkala yo'nalish bo'yicha mualliflar o'quvchiga murojaat qilish va umumiy bilimlarga murojaat qilish orqali o'quvchi bilan muloqot qiladi, ammo chizmachilikni an'anaviy ravishda o'qitishga qaraganda kompyuter grafik dasturlari bilan bog'lab yozilgan maqolalar o'quvchi e'tiborini faol ravishda yo'naltiradi va sharhlar orqali ularga bevosita murojaat qiladi. Hozirgi kunda grafik dasturlarga qiziqish va ta'lim muassalarida ham grafik dasturlardan foydalanish kengayganligi evaziga qiziqish va o'rganish chegarasi ortmoqda. Asosiy farq o'quvchiga to'g'ridan-to'g'ri murojaatlarda bo'lib, ular shaxsiy sharhlar va savollarda amalga oshiriladi.

XULOSA: tadqiqot natijalari muhim pedagogik ahamiyatga ega bo'lib, ilmiy maqolalar mualliflarini qo'llab-quvvatlash va zamon talabi bo'lgan grafik dasturlar orqali o'quvchilarning bilimlarini rivojlantirishga hissa qo'shish, zamon talabiga mos ravishda yaratuvchanlik qobiliyatini oshirib raqobatbardoshlik ko'nikmalarini rivojlantirishni optimallashtirish va yagona global akademik madaniyatni yaratishga qaratilgan sa'y-harakatlarni yo'naltirishga yordam beradi.

Kalit so'zlar: chizma, rasm, chizmachilik, AutoCAD, eskiz, proyeksion bog'lanish, texnik rasm.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Научно-теоретический и методический журнал ISSN 2992-9024 (online)

Scientific theoretical and methodical journal

2024, №1

Original paper INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Iqtibos uchun: Xamidova G. X. Talabalarga zamonaviy kompyuter grafik dasturlari yordamida chizmachilik fanlarini o'rgatish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash // Inter education & global study. 2024. № 1. Б. 63-72.

ПРЕПОДАВАНИЕ СТУДЕНТАМ ПРЕДМЕТА ЧЕРЧЕНИЕ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ СОВРЕМЕННЫХ ПРОГРАММ КОМПЬЮТЕРНОЙ ГРАФИКИ И ПОДГОТОВКА КОНКУРЕНТОСПОСОБНЫХ КАДРОВ_

© r.X. Хамидова 1Н

1 Навоийский государственный педагогический институт, Наваи_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье говорится о проблемах и недостатках в освоении предметов черчения и черчения геометрии и способах их преодоления с помощью графических программ, помогающих учащимся легко работать со сложными чертежами. AutoCAD является примером графического программного обеспечения при изучении этих предметов.

ЦЕЛЬ: развиваться в ногу со временем и достичь в совершенстве владения уроками рисования с помощью компьютерных технологий.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: с целью анализа того, насколько студенты могут освоить изучаемую науку и технику, их интерес к этой науке и влияние после изучения программ Auto CAD, создан корпус из 20 научных статей. (10 статей по использованию современных технологий и 10 статей по традиционному обучению). Сборники статей были опубликованы в международных и национальных академических журналах в период 2019-2023 гг. Эти статьи были проанализированы и получен сравнительный анализ.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: собранные материалы выявили влияние использования маркеров участия на результат обучения. Проанализированные исследовательские статьи по обучению рисованию с помощью графического программного обеспечения больше полагаются на контингент вовлеченности, чем статьи, посвященные традиционному обучению. Авторы обеих дисциплин общаются с читателем, обращаясь к читателю и ссылаясь на общие знания, но статьи, написанные с помощью программ компьютерной графики, более доступны читателю, чем при традиционном обучении черчению. их напрямую через комментарии. Сегодня интерес к графическим программам и все более широкое использование графических программ в образовательных учреждениях возрастает, а предел интереса и обучения увеличивается. Основное отличие - в прямых обращениях к читателю, которые осуществляются в личных комментариях и вопросах.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования имеют важное педагогическое значение, поддерживая авторов научных статей и способствуя развитию знаний студентов посредством графических программ, востребованных временем, повышению творческих способностей и конкурентоспособности в учебе. в

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Научно-теоретический и методический журнал ISSN 2992-9024 (online)

Scientific theoretical and methodical journal

2024, №1

Original paper INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

соответствии с требованиями времени, помогает направлять усилия по оптимизации развития и созданию единой глобальной академической культуры.

Ключевые слова: чертёж, AutoCAD, эскиз, соединение проекций, технический рисунок.

Для цитирования: Хамидова Г. X. Преподавание студентам предмета черчение с использованием современных программ компьютерной графики и подготовка конкурентоспособных кадров// Inter education & global study. 2024. № 1.С. 63-72.

TEACHING DRAWING SUBJECTS TO STUDENTS USING MODERN COMPUTER GRAPHICS PROGRAMS AND PREPARING COMPETITIVE PERSONNEL_

© Gulmira X. Xamidova 1H

1Navoi State Pedagogical Institute, Navai_

Annotation

INTRODUCTION: the article addresses the challenges encountered in mastering drawing and drawing geometry subjects and proposes solutions through the use of graphic programs to facilitate students' work with complex drawings. AutoCAD serves as an example of graphics software utilized in these studies.

AIM: the aim is to adapt to contemporary trends and achieve mastery of drawing lessons through the integration of computer technologies.

MATERIALS And METHODS: a corpus of 20 scientific articles was assembled to analyze students' mastery of the subject matter and technology, as well as their interest in this field, before and after learning AutoCAD programs. The corpus consists of 10 articles focusing on modern technologies and 10 articles on traditional teaching methods. These articles, published between 2019 and 2023 in international and national academic journals, underwent comparative analysis.

DISCUSSION And RESULTS: the collected materials highlight the impact of interactive elements on learning outcomes. Articles analyzing teaching drawing with graphics software demonstrate higher engagement compared to those focusing on traditional methods. Authors in both areas engage with the reader by referencing them and drawing upon general knowledge. However, articles related to computer graphics programs are more accessible, actively directing attention and directly addressing the reader through comments. Interest in graphics programs and their increased use in educational institutions are driving higher levels of engagement and learning. The primary distinction lies in direct appeals to the reader through personal comments and questions.

CONCLUSION: the research results hold significant pedagogical value, supporting authors of scientific articles and contributing to students' knowledge development through in-demand graphic programs. This helps enhance creativity and competitiveness skills in line with contemporary demands, guiding efforts to optimize development and foster a unified global academic culture.

Keywords: drawing, AutoCAD, sketch, projection, connection, technical drawing.

Original paper INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

For citation: Gulmira X. Xamidova. (2024) 'Teaching drawing subjects to students using modern computer graphics programs and preparing competitive personnel', Inter education & global study, (1), pp. 63-72. (In Uzbek).

Jamiyatimizni fan va texnika taraqqiyoti information axborot texnologiyalar davriga aylantirdi. Bu davrda faoliyat yurituvchilarning katta qismi axborotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va ular ustida amallar bajarish bilan banddirlar. Zamonaviy kompyuterlarisiz bunday mashg'ulotlarni amalga oshirish mukammal. Ulardagi ma'lumotlarni qayta ishlash mashina grafikasi yordamida amalga oshirilsa foydalanuvchiga katta qulayliklar tug'diradi. Shu maqsadda "Zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo'yicha kompleks dasturlarni amalga oshirish samaradorligini oshirish, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas'ul bo'lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo'linmalarining shtatdagi xodimlarini moddiy rag'batlantirish shart-sharoitlarini yaratish maqsadida"5, Vazirlar Mahkamasisining 2013-yil 25-yanvardagi 18-son qarori ishlab chiqildi.

Muhandislik kompyuter grafikasi - bu model va tasvirlarni kompyuter yordamida hosil qilish, saqlash va qayta ishlash to'g'risidagi fandir. Kompyuter grafikasi deganda odatda grafik ma'lumotlarni kompyuter vositasida tayyorlash, qayta ishlash (qurish), saqlash va namoyish etish jarayonlarini avtomatlashtirish tushunilsa, grafik ma'lumot deganda obyekt modellari va tasvirlari tushuniladi. Kompyuter grafikasi jahonda yangi fundamental fan hisoblanib, o'tgan asrning 90-chi yillarida paydo bo'ldi hamda fan va ishlab chiqarishning barcha sohasida kadrlar tayyorlab berishda o'ziga xos mustaqil ahamiyat kasb etdi.6 Maxsus dasturlar yordamida kompyuter ekranida sichqoncha yordamida rasm chizish, ya'ni tasvirlarni yaratish, tahrirlash va ular ustida amallar bajarish mumkin. Shuningdek, oq varoqda qalam yoki ruchka bilan turli xil rasmlarni chizish kabi dastur ishchi oynasida sichqoncha yordamida grafik ishlarni bajarish, ularni tahrirlash, saqlash va chop etish kabi amallarni bajarish mumkin bo'ladi. Bu dasturlar chizmachilik dasturlari yoki grafik muharrirlar bo'lib, ular yordamida rasm elementlari boshqarib boriladi. Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va uning texnikaviy va dasturiy vositalarining yangilanib turishi ushbu kursni hamisha takomillashtirishga, bu sohadagi yangi yo'nalishlarni tinmay o'rganib borishni taqozo etadi. So'nggi yillarda bu sohada juda katta o'zgarishlar (siljishlar) yuz berdi, ya'ni 16 mln.dan ortiq rang va rang turlarini o'zida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni kirituvchi moslama - skanerlar, dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter dunyosini kashf qila oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi.7

5 Sh.M.Mirziyoyev. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to'g'risidagi nizomni va vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas'ul bo'lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo'linmalarining shtatdagi xodimlarini moddiy rag'batlantirish to'g'risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-yanvardagi 18-son qarori

6 Федоренко. Кимаев. AutoCAD 2007. - М., 2001 г.

7 https://kompy.info

© https://iegs-scientificjournal.vercel.app/ 2024, EDITION 1

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Muhandislik kompyuter grafikasi fanida biz grafik dasturlardan vektorli grafikadan foydalanilib, vektorli grafikada tasvir vektorlar deb ataladigan chiziqlar asosida quriladi va ularga turli parametrlar - rang, chiziq qalinligi va joylashuvi (pozitsiyasi) beriladi. Vektor grafikasi primitivlar deb nomlanuvchi ob'ektlar bilan ishlaydi. Primitivlarga ikki va uch o'lchovli oddiy geometrik figuralar kiradi. Ikki o'lchovli geometrik figuralarga nuqta, to'g'ri chiziq, egri chiziq, doira va ko'pburchak kabi tekis shakllar, uch o'lchamli geometrik figuralarga kub, prizma, piramida, shar, konus, silindr kabi jismlar kiradi. Bu oddiy geometrik figuralar asosida murakkab geometrik figuralar - predmetlar yaratiladi. Vektorli grafika odatda ob'ektga yo'naltirilgan grafik yoki chiziqli grafika sifatida ham tanilgan.8

AutoCad dasturida foydalaniladigan uskunalar panilidagi birgina parameterni ishlatish yo'l-yo'rig'i bilan tanishib olamiz. "Array" «Массив» - «Chizmada bir xil elementlarni ko'plab tasvirlash »

Bu buyruq orqali chizib olingan obyektlarni to'g'ri to'rtburchak sohaga ustunlar va qatorlar bo'ylab, aylana bo'ylab teng burchaklarda kerakligicha sonda ko'paytirish yoki yo'l bo'ylab egri chiziq yo'li bilan ham obyektlarni joylash imkonini beradi. «Obyekt»»ni to'g'ri to'rtburchak sohaga qatorlar va ustunlar ko'rinishida ko'paytirib tasvirlashga «Rectangular array» - to'g'ri to'rtburchakli massivi deb ataladi.

AutoCAD 2020 dasturida «Array» buyrug'i takomillashgan bo'lib, To'g'ri to'rtburchak, aylanadan tashqari yo'l bo'ylab ko'paytirish imkonini ham beradi. Bularni birma bir ko'rib chiqamiz, 1-rasm.

1.

□□ □□

"Rectangular Array" «Massiv» buyrug'i yuklanadi va ekranda oyna hosil

bo'ladi. Bu darchaning yuqori chap burchagida massiv turlari, to'g'ri to'rtburchak soha-«Rectangular Array» yo'l "Path Array" va qutb- «Polar Array» taklif etiladi.

1-rasm.

To'g'ri to'rtburchak soha-«Rectangular Array» quyidagi algoritm asosida bajariladi: 1. Taklif etilgan massivdan «Rectangular Array» ning tugmasi «Sichqon» yordamida yuklanadi. «Rows»»-qatorlar va «Columns»»-ustunlar yacheykalariga qatorlar va ustunlar soni, masalan 3 va 4 raqamlari terib kiritiladi;

8 http://library.samdu.uz

Original paper INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

2. «Between» va «Between» yacheykalariga qatorlar va ustunlar orasidagi masofa qiymatlari obyekt o'lchamlarini hisobga olgan holda mm larda kiritiladi, masalan 750 va 750 raqamlari.

□□

□□

Rectangular

ll| Columns: 4 III Between: 750 III Total 2250

■ Between: 750

mrk ■■ «v ■ ■ +■ ▼

Associative Base Point Close Array

Properties Close

3. bu buyruqdan foydalanish davomida tushuvchi menyular qatorida "Array" muloqotlar oynasi tushib turadi va bu oynaning yuqori o'ng burchagida joylashgan «Close Array» tugmasi bilan tasdiqlanadi. Ekranda chizib olingan obyekt tasviri soha bo'ylab chiziladigan element, masalan diametri 20 mm bo'lgan aylana ichiga chizilgan beshburchak belgilanadi va «Enter» bilan qayd etiladi. 2-rasm.

2-rasm

4. Shunda, tushuvchi menyular qatoridan "Array" buyrug'ining oynasi hosil bo'ladi. Uning qatorlar, ustunlar va oraliqlarining o'lchovlari shu oyna orqali o'zgartirilib o'ng tomondagi "Close Array" tugmasi bosib tasdiqlanadi.

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Qutb-"Polar Array" «Круговой массив» quyidagi algoritm asosida bajariladi: 1. Taklif etilgan arraydan «Polar Array»ning tugmasi «Sichqon» yordamida yuklanadi. «center» yacheykasiga markazining X va Y koordinatalari kiritiladi yoki sichqon bilan tanlab ko'rsatiladi. Shunda, tushuvchi menyular qatorida "Polar" turdagi array menyusi tushadi.

vö Items 6 Between: 60 'À Fill: 360 Items

S» Rows: 1

Between: 750 SI Total: 750

S'a Levels; 1 ^ Between: 1 JI Total: 1

■ ■

■ ■ ■ ■

■ ■

Rotate Items Direction

2. Menyudan «Items»-tasvirlaming umumiy soni yacheykasiga tasvirlar soni, masalan 6 raqami kiritiladi. «Fill»-to'ldirish burchagi yacheykasiga, masalan 360 raqami kiritiladi.

3. «Array» darchasining yuqori chap burchagida joylashgan «Select objects» tugmasi yuklanadi. Shunda keyingi so'rovga javoban chizib olingan obyekt belgilab olinadi. Masalan, diametri 12 mm bo'lgan doira ichiga chizilgan beshburchak va uning markaziga bog'lovchi chiziq bir-biridan ajratiladi va "Enter" bilan qayd etiladi.

_■_ ••• ••• ••• л

V *.» VJ ..i, ✓

lirection Edit Replace Reset Close

MfTopPD Wireframe]

3-rasm

Hosil bo'lgan "Polar Array"ni kuzatamiz va unda xato va kamchiliklar topilmasa menyular qatorining o'ng burchagidagi "Close Array" bilan tasdiqlanadi, 3-rasm.

Yo'l-"Path Array" «Путь массив» quyidagi algoritm asosida bajariladi: 1. Taklif etilgan massivdan «Path Array»ning tugmasi «Sichqon» yordamida yuklanadi. «select path curve» egri yoki to'g'ri chiziq bilan brilgan yo'l ko'rsatiladi.

00° \Щ Items 5 Ец Rows: 1 Levels: 1 •V ^ ^ K-H Associative Base Point Tangent Measure Direction * %/ tz ▼ Align Items Z Direction Close Array

• Between: 36 S1 Between: 36 ^ Between; 1

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Path ^ Total: 144 SI Totalh 36 zl Total: 1

Type Items Rows Levels Properties Close

© https://iegs-scientificjournal.vercel.app/

2024, EDITION 1

Original paper INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

2. «Items»-tasvirlaming umumiy soni yacheykasiga tasvirlar soni, masalan 10 raqami kiritiladi. «Between»-orasidgi masofa, masalan 36 raqami kiritiladi.

3. «Array» menyusining yuqori chap burchagida joylashgan «Select objects» tugmasi tanlanadi. Ekrandagi obyekt kvadrat nishoncha bilan belgilanadi. Masalan, diametri 12 mm bo'lgan doira ichiga chizilgan beshburchak va uning markaziga bog'lovchi chiziq bir-biridan ajratiladi va "Enter" bilan qayd etiladi. Oldindan chizib olingan egri chiziqli yo'l tanlanadi va «Enter» bilan qayd etiladi.

4-rasm

Bajarilgan yo'l massivini kuzatib, bajarilgan massiv to'g'ri bo'lsa, kichik «Array» darchasidagi «Close» -qabul qilmoq tugmasi yuklanib yo'l massivi ekranda bajariladi, 4rasm.

Mana shu kabi naqsh kompozitsiyalarni yaratishda ham "Array" buyrug'idan foydalanish muhim o'rin tutadi.

Xullas, grafik dasturlardan foydalangan holda chizmachilik, arxitektura elementlarini loyihalash, arxitektura qurilish chizmachiligi fanlarini talabalarga tushuntirish va ularning kompyuter texnologiyalarini zamonaviy ta'lim tizimi qo'llash, kelajakda bo'lajak o'qituvchining zamonaviy metod va texnologiyalardan yaxshi foydalana oladigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun qulay zamin yaratadi. Albatta, kompyuter dasturlari bilan birgalikda chizmachilik fanlarini ham mukammal o'zlashtirishi kerakligini unutmaslik va har bir qoidani aniqlik bilan qo'llash lozim bo'ladi.

© https://iegs-scientificjournal.vercel.app/ 2024, EDITION 1

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR/СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ/ REFERENCES

1. Sh.M.Mirziyoyev. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to'g'risidagi nizomni va vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas'ul bo'lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo'linmalarining shtatdagi xodimlarini moddiy rag'batlantirish to'g'risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-yanvardagi 18-son qarori

2. Федоренко. Кимаев. AutoCAD 2007. - М., 2001 г.

1. Choriyev S. N. BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI VA RAHBAR IMIDJINI YARATISH //Innovative Development in Educational Activities. - 2022. - Т. 1. - №. 6. - С. 222-225.

2. Шавдиров, С. А. (2017). Подготовка будущих учителей к исследовательской деятельности. Педагогическое образование и наука, (2), 109-110.

3. Ibragimovich I. X., Shovdirov S. A. THEORETICAL PRINCIPLES OF THE FORMATION OF STUDY COMPETENCIES REGARDING ART LITERACY IN STUDENTS //Science and Innovation. - 2023. - Т. 2. - №. 10. - С. 192-198.

4. Shovdirov, S. BB Boymetov Methods of Organizing Practical and Theoretical Classes for Students in The Process of Teaching Fine Arts International Journal on Integrated Education.

5. Саъдиев С. Т., Очилов З. С. ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА КАЧЕСТВО МУЗЫКАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //XLIII INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE" INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION". - 2018. - С. 110-111.

6. Аslonov F. B. MAMLAKATIMIZNING TURLI HUDUDLARIDA GANCHKORLIK SAN'ATININING RIVOJLANISH TARIXI //Innovative Development in Educational Activities. - 2022. - Т. 1. - №. 6. - С. 218-221.

7. Aziza To'xtaqulovna Vosiyeva, Zarifa Usmonovna Amonova TASVIRIY SAN'AT DARSLARIDA O'QUVCHILARNI KASB - HUNARGA YO'NALTIRISH // Oriental Art and Culture. 2023. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/tasviriy-san-at-darslarida-o-quvchilarni-kasb-hunarga-yo-naltirish (дата обращения:

8. Amonova Z.U., Quziboyeva R.A. BADIIY HUNARMANDCHILIK SOHASIDA KASHTACHILIK TARIXI VA ZAMONAVIY TA'LIMDAGI ETNO O'ZARO TA'SIRI // Экономика и социум. 2022. №5-2 (92). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/badiiy-hunarmandchilik-sohasida-kashtachilik-tarixi-va-zamonaviy-ta-limdagi-etno-o-zaro-ta-siri (дата обращения:

9. Xamidova, G. X. (2022). MUHANDISLIK GRAFIKASI VA CHIZMA GEOMETRIYA FANLARIDAGI ONA TILI QOIDALARIGA XILOF, NOTO 'G 'RI VA NOANIQ BAYON QILINAYOTGAN TERMINLAR VA ULARNING OLDINI OLISH. Journal of Integrated Education and Research, 1(6), 203-207.

Original paper

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

10. Khamidovna K. G., Usmonovna A. Z. The Role of Embroidery and Ethno Interaction in Traditional Art Crafts //Eurasian Scientific Herald. - 2022. - Т. 7. - С. 275-278.

11. Khamidovna, K. G. (2021). Aesthetic importance of the use of information and communication technologies in fine and applied arts lessons. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(2), 235-239.

12. Usmonovna A. Z. THE USE OF CLASSIC STYLES IN MODERN FASHION //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. A4. - С. 263-264.

13. Usmonovna, A. Z. (2023). THE USE OF CLASSIC STYLES IN MODERN FASHION. Science and innovation, 2(A4), 263-264.

14. Amonova Z. U., Vosiyeva A. T. MODELYER DIZAYNERLAR CHIZADIGAN INSON QOMATIDA LIBOSLARGA RANGNING BOSQICHMA-BOSQICH BERILISHI USULLARI //Journal of Integrated Education and Research. - 2022. - Т. 1. - №. 6. -С. 178-182.

15. https://kompy.info

16. http://library.samdu.uz

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Xamidova Gulmira Xamidovna, o'qituvchi [Хамидова Гульмира Хамидовна,

преподаватель], [Gulmira X. Xamidova, teacher]; manzil: O'zbekiston, 117036, Navoiy, Tolstoy ko'chasi, 36A [адрес: Узбекистан, 117036, Наваи, улица Толстого, 36А.], [address: Uzbekistan, 117036, Navoi, Tolstoy Street, 36A.]; ORCID: https://orcid.org/0009-0003-9168-6908; [email protected]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.