INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© Z.M. Qurbonova1^_
1Termiz davlat universiteti, Termiz, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: mazkur maqolada Mahmud Zamaxshariy asarlari orqali oliy ta'lim tizimida ma'naviy-axloqiy tarbiyani takomillashtirishga qaratilgan tamoyillar bayon etilgan. O'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tamoyillar asosida tarbiyalashga qaratilgan "Atvoq uz-zahab" asari turli madaniyat va falsafiy an'analardan farq qiladi, bu ko'pincha mehr-oqibat, insof, ehtiyotkorlik kabi umumiy qadriyatlarda namoyon bo'ladi. Ushbu tamoyillarni qabul qilish shaxsiy hayotda ham, butun jamiyatda ham katta uyg'unlik va axloqiy xatti-harakatlarning yaxshilanishiga olib kelishi mumkin.
MAQSAD: talaba-yoshlar uchun tashkil qilinadigan jamoaviy tadbirlar ta'siri talaba-yoshlar jamoasida shakllangan aloqa va munosabatlarni mustahkamlashga, yangilarining paydo bo'lishiga ularni birlashuvi va faollik, tashabbus ko'rsatishga olib keladi.
MATERIALLAR VA METODLAR: maqola yozish jarayonida o'nga yaqin darslik, o'quv qo'llanmalar, ilmiy maqoalalr tahlil qilindi. Hamda shu tahlillar asosida chizma geometriya fanining bitta mavzusi misolida mukammal test savollari ishlab chiqildi hamda ushbu test savollaridan ta'lim jarayonida foydalanish mumkin.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: talaba yoshlarning ma'naviy bilimlarini oshirish, ularni yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalash ishida Zamaxshariy qoldirgan boy ma'naviy meros alohida o'rin egallaydi. Uning serqirra ijodi bugungi kunda ham muhim ahamiyatga egadir. Insonning qadr-qimmati har doim ham ilm-hunar, bilim-zakovat, aql-idrok, odob-axloq bilan o'lchanganligi "Atvoq uz-zahab"da yaqqol ifodalangan.
XULOSA: talabalar shaxsida hayotga hushyorlik ko'zi bilan qarash, uning sir-asrorini tobora chuqurroq bilishga intilish, uni mukammalashtirish, kamolga yetkazish uchun harakat qilish, izlanish kabi ma'naviy-axloqiy,xislatlarni shakllantirish ishida safarbarlik rolini o'tovchi muhim vositadir.
Kalit so'zlar: birlik, maqsad, adolat, hurmat, mas'uliyat va javobgarlik, tanqidiy fikrlash va mulohaza yuritish, sevgi va rahm-shafqat.
ПРИНЦИПЫ РАЗВИТИЯ ДУХОВНО-НРАВСТВЕННЫХ КАЧЕСТВ У УЧАЩИХСЯ ("АТВОК УЗ-ЗАХАБ " МАХМУДА АЗ-ЗАМАХШАРИ ПРИМЕР РАБОТЫ)
Iqtibos uchun: Qurbonova Z.M. Talabalarda ma'naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirish tamoyillari. (mahmud az-zamaxshariyning "atvoq uz-zahab" asari misolida). // Inter education & global study. 2024. №5. B.118-123.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
© З.М. Курбонова1Н
1Термезский государственный университет, Термез, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в данной статье описаны принципы, направленные на совершенствование духовно-нравственного воспитания в системе высшего образования через труды Махмуда Замахшари. Работа «Атвак уз-захаб», направленная на воспитание студентов на основе духовно-нравственных принципов, отличается от разных культур и философских традиций, что часто проявляется в таких общих ценностях, как доброта, честность и благоразумие. Принятие этих принципов может привести к большей гармонии и улучшению нравственного поведения как в личной жизни, так и в обществе в целом.
ЦЕЛЬ: влияние коллективных мероприятий, организуемых для студентов-молодежи, способствует укреплению связей и отношений, сложившихся в студенческо-молодежном коллективе, появлению новых, что приводит их к сплочению и проявлению активности, инициативы
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в процессе написания статьи было проанализировано около десятка учебников, учебных пособий, научных статей. На основе этого анализа были разработаны отличные тестовые вопросы на примере одного предмета по начертательной геометрии, и эти тестовые вопросы могут быть использованы в образовательном процессе.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: особое место в работе по повышению духовных знаний учащейся молодежи, воспитанию ее в духе высоких нравственных качеств занимает богатое духовное наследие, оставленное Замахшари. Его плодотворные работы по-прежнему важны сегодня. Тот факт, что ценность человека всегда измерялась знаниями, знаниями, интеллектом, порядочностью, ярко выражен в "атвак уз-Захаб".
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: в личности учащихся трезвый взгляд на жизнь, стремление познать ее тайну все глубже и глубже, стремление к ее совершенствованию, совершенствованию, поиску являются важными инструментами,выполняющими роль мобилизации в работе по формированию духовно-нравственных, качественных качеств.
Ключевые слова: единство, Цель, Справедливость, Уважение, Ответственность и подотчетность, Критическое мышление и рассуждение, Любовь и Сострадание.
Для цитирования: Курбонова З.М. Принципы развития духовно-нравственных качеств у учащихся ("атвок уз-захаб " махмуда аз-замахшари пример работы). // Inter education & global study. 2024. №5. С. 118-123.
THE PRINCIPLE OF THE DEVELOPMENT OF SPIRITUAL AND MORAL QUALITIES IS BEING STUDIED ("ATVOK UZ-ZAHAB" BY MAHMOUD AZ-ZAMAKHSHARI IS AN EXAMPLE OF WORK)_
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
© Zebiniso M. Qurbonova1®
1Termez State University, Termez, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: This article contains the principles aimed at improving spiritual and moral education in the higher education system through the works of Mahmud Zamakhshari. The work "Atwaq uz-zahab" of educating students in terms of spiritual and moral principles differs from different cultures and philosophical traditions, which is often manifested in common values such as compassion, integrity, and caution. Acceptance of these principles can lead to greater harmony and improved moral behavior both in individual life and in society as a whole.
AIM: the influence of collective events organized for young students contributes to strengthening the ties and relationships that have developed in the student-youth team, the emergence of new ones, which leads them to rally and show activity, initiative
MATERIALS AND METHODS: in the process of writing the article, about a dozen textbooks, textbooks, and scientific articles were analyzed. Based on this analysis, excellent test questions have been developed using the example of one subject in descriptive geometry, and these test questions can be used in the educational process.
DISCUSSION AND RESULTS: a special place in the work on improving the spiritual knowledge of students, educating them in the spirit of high moral qualities is occupied by the rich spiritual heritage left by Zamakhshari. His fruitful work is still important today. The fact that the value of a person has always been measured by knowledge, knowledge, intelligence, decency, is vividly expressed in atwak uz-Zahab.
CONCLUSION: in the personality of students, a sober view of life, the desire to know its secret deeper and deeper, the desire for its improvement, improvement, and search are important tools that play the role of mobilization in the work on the formation of spiritual, moral, and qualitative qualities.
Key words: unity, Purpose, Justice, Respect, Responsibility and Accountability, Critical Thinking and Reasoning, Love and Compassion
Ma'naviy-axloqiy tarbiya ob'yektining o'ziga xos tavsif va ma'naviy-axloqiy tarbiya vazifalarini ma'naviy-axloqiy tarbiya sub'yekti belgilaydi. Ma'naviy-axloqiy tarbiya sub'yekti tarkibiga: o'qituvchilar, talaba-yoshlar jamoasi, rahbarlar, ijtimoiy tashkilotlar ham kiradi. Bular tarbiyaviy tadbirlarning xilma-xil ommaviy, jamoaviy, guruhli va individual shakllaridan foydalanib talabalarga tarbiyaviy ta'sir o'tkazadilar. Shuni alohida ta'kidlash joizki, bu o'z tabiatiga ko'ra, turli-tuman tarbiyaviy tadbirlar ta'siri ma'lum ketma-ketlik va
For citation: Zebiniso M. Qurbonova. (2024) 'The principle of the development of spiritual and moral qualities is being studied ("Atvok Uz-Zahab" by mahmoud Az-Zamakhshari is an example of work)', Inter education & global study, (5), pp. 118-123. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
tizimda olib borilib, bir-birini to'ldiradi. Talaba-yoshlar uchun tashkil qilinadigan jamoaviy tadbirlar ta'siri talaba-yoshlar jamoasida shakllangan aloqa va munosabatlarni mustahkamlashga, yangilarining paydo bo'lishiga ularni birlashuvi va faollik, tashabbus ko'rsatishga olib keladi. Natijada, talabalarda ishchan va hissiy-psixologik yaxshi aloqa va munosabat, o'zaro mas'uliyat, hamkorlik, o'zaro yordam, ishonch, do'stona munosabatlarni yuzaga keltirib, ularni jamoaviy yashash ko'nikmasi, an'ana, ijtimoiy fikr, umumqadriyatlar asosida birlashtiradi. Chunki yagona tarbiyaviy tizim asosida tashkil qilinadigan ommaviy, jamoaviy, guruhli va individual tarbiyaviy ta'sir o'zaro bog'liq va bir-birini to'ldirishga asoslanadi. Chunonchi, individual ta'sir garchi yakka talabaga mo'ljallangan bo'lsa-da, uning samaradorligi ko'p jihatdan ommaviy ta'sirning turli-tumanligi, ta'sirchanligi bilan belgilanadi. Shu bilan birga talabaning jamoadagi o'rni, u bilan o'zaro munosabati, u faoliyat ko'rsatayotgan guruhning jipsligi va ijtimoiy yo'nalganligiga bog'liq bo'ladi.
Zamaxshariyning bizgacha yetib kelgan merosi unchalik ko'p bo'lmasada, uning salmog'i, nufuzi hozirgi davr uchun ulkandir. "Atvoq uz-zahab" asari bu merosning eng noyob namunasidan iborat. Unda XI asrning oxiridagi ajdodlarimizning hayoti, faoliyati, harbiy yurushlari, avlodi, nasl-nasabi, fe'l-atvorlari, axloqi, ma'naviy aloqalari vatanimizning o'sha davrdagi ko'rki, tabiati, keng ma'nodagi madaniyati, xalq amalida bo'lgan ko'pdan-ko'p ibratlar, o'gitlar, pand-nasihatlar, turli ijtimoiy, tabiiy voqealar (inson va tashqi dunyodagi borliqni nazarda tutmoqda) haqida batafsil va keng ma'lumotlar maqolatlar, manzumalar vositasida bayon etilganki, ularning talaba yoshlarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirishdagi hozirgi ahamiyati kattadir.
"Atvoq uz-zahab" asari orqali talabalarda quyidagi ma'naviy-axloqiy tamoyillar yuksalishi, turli shakllarda bo'lishi mumkin. Ma'naviy-axloqiy tamoyillar orqali talaba yoshlarda; xulq-atvor tizimi, munosabatlar va asosiy e'tiqod, qadriyatlar mukammallashadi. Ular bir-biriga mos kelishi mumkin bo'lsa-da, ular ko'pincha o'ziga xos xususiyatlarga ega:
Ma'naviy tamoyillar: birlik: barcha mavjudotlar va olamning o'zaro bog'liqligini tan olish. ma'naviy tamoyillar ko'pincha mavjudlikning asosiy birligini ta'kidlaydi; sevgi va rahmdillik: sevgi va rahm-shafqatni olamdagi asosiy kuchlar sifatida qabul qilish. ma'naviy ta'limotlar ko'pincha barchaga so'zsiz sevgi, hamdardlik va mehribonlikni targ'ib qiladi; maqsad va ma'no: hayotda moddiy manfaatlardan tashqari maqsad va ma'no izlash. ma'naviy tamoyillar ko'pincha insonning haqiqiy maqsadiga mos kelishi katta yaxshilikka hissa qo'shish mumkinligini ta'kidlaydi; minnatdorchilik va ehtirom: borliq in'omlari uchun minnatdorchilik va ehtiromni tarbiyalash. ma'naviy tamoyillar hayotning go'zalligini, tabiatni va o'zaro insonparvarlikni qadrlashga undaydi.
Axloqiy tamoyillar: to'g'rilik va halollik: barcha o'zaro munosabatlarda rostgo'ylik, halollik tamoyillarini qo'llab-quvvatlash. axloqiy me'yorlar so'zda va xatti-harakatlarda samimiy, rostgo'y bo'lish muhimligini ta'kidlaydi; adolat: hamma uchun adolat, tenglikni himoya qilish. axloqiy tamoyillar insonlarni, farqlardan qat'i nazar boshqalarga adolatli munosabatda bo'lishga yo'naltiradi; hurmat qilish: boshqalarga hurmat, hurmat va hamdardlik ko'rsatish. bag'rikenglik va turli nuqtai nazar va tajribalarni qabul qilishga
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
yordam beradi; ma'suliyat va javobgarlik: o'z harakatlari va ularning oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olish. ma'suliyatni va o'z tanlovi o'ziga va boshqalarga ta'sir qilishni tan olishni ta'kidlaydi; mehr-shafqat va hamdardlik: boshqalarga nisbatan rahmdil bo'lish, muhtojlarga nisbatan hamdardlikni rivojlantirish, mehribonlik bilan harakat qilishga undash; zo'ravonlik va zarar bermaslik: jismoniy, hissiy yoki og'zaki vositalar orqali o'ziga va boshqalarga zarar yetkazishdan qochish. axloqiy tamoyillar zo'ravonlik qilmaslik, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish va himoya qilishga yordam beradi.
Atvoq uz-zahab fi-l mavo'iz va-l xutab asarida talabalarni ma'naviy-axloqiy tamoyillar jihatdan tarbiyalash turli madaniyatlar, falsafiy ananalardan farq qilish mumkin bo'lsa-da, ular ko'pincha rahm-shafqat, yaxlitlik, ehtiyotkorlik kabi umumiy qadriyatlarni baham ko'radi. Ushbu tamoyillarni qabul qilish ham individual hayotda, ham butun jamiyatda yanada uyg'unlik va axloqiy xatti-harakatlar yaxshilanishiga olib kelishi mumkin.
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar talabalarning darsdan bo'sh vaqtlaridagi o'quv-tarbiya jarayonini to'ldiradi. Talabalarni mustaqil ishlash, ijodiy qobiliyatlari, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar, turli to'garaklarga fanlarga qiziqqan talabalarni jalb qilish lozim. Ma'naviy-axloqiy tarbiyaga oid tarbiyaviy ishlar quyidagi shakllarda bo'lishi mumkin: fan to'garaklari, ilmiy-ijodiy to'garak, kitobxonlik to'garaklari, turli tanlovlar: ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil qilish usullari quyidagicha bo'lishi mumkin: og'zaki ish usullari: axborotlar, majlislar, ertalabki yig'inlar, ma'ruzalar, kitobxonlar konferensiyasi, munozaralar, uchrashuvlar; amaliy ish usullari: sayohat, sport musobaqalari, olimpiada va iqtidorlilar to'garaklari; ko'rgazmali ish usullari: muzeylar, yangi kitoblar ko'rgazmasi, talabalarning ijod namunalari; o'z qo'llari bilan chizgan madaniy-ma'naviy, moddiy ajdodlar merosiga oid rasmlar, buyuk mutafakkirlarning portretlari, ma'naviy merosga oid yasagan buyumlar ko'rgazmasi va boshqalar
Ta'lim muassasalarida talaba-yoshlar bilan olib boriladigan o'quv-tarbiyaviy ishlari asosini majburiy dars mashg'ulotlari tashkil etadi. Ta'lim muassasasi ta'lim-tarbiya ishi muayyan tizim bo'yicha o'qituvchining doimiy rahbarligi ostida o'tkaziladi. Lekin bu ish dars jarayonida tugamaydi, u o'quv mashg'ulotlaridan keyin ham davom etadi. Darsdan tashqari vaqt talabaning hayotida katta o'rin egallaydi. Shuning uchun unga bu vaqtni to'g'ri tashkil etishda yordam berish lozim. Zero, bu vaqtdan dam olish, madaniy ko'ngil ochish va sevimli ishlar bilan shug'ullanishi talabaning aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik sifatlarini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish uchun foydalanishi maqsadga muvofiq.
Mahmud az-Zamaxshariyning "Atvoq uz-zahab" asari orqali talaba yoshlardagi ma'naviy-axloqiy fazilatlarni ko'rib chiqishda ularni bir nechta asosiy yo'nalishlarga guruhlash mumkin: Axloqiy xulq-atvor. Bunga halollik va javobgarlik kiradi. Talabalar o'zlarining o'quv ishlarida, tengdoshlari va o'qituvchilari bilan o'zaro munosabatlarda va shaxsiy hayotlarida xulq-atvor psixofiziologik asoslariga e'tibor qaratishlari kerak; Hurmat va e'tiborlilik. Talabalar boshqalarning huquqlari, e'tiqodlari va qarashlarini hurmat qilishi juda muhim. Empatiya, hamdardlik va boshqlarning his-tuyg'ulari, tajribalarini tushunish, hisobga olish qobiliyati ijobiy munosabatlar o'rnatish muhim ekanligini bilish; Ma'suliyat va o'z-o'zini tarbiyalash.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Talabalar o'z harakatlari, tanlovlari va majburiyatlari uchun javobgarlikni o'z zimmalariga olishni o'rganishi kerak. o'z-o'zini tarbiyalash, vaqtni boshqarish ko'nikmalarini rivojlantirish va shaxsiy javobgarlik tuyg'usiga yordam beradi; ijtimoiy adolat. tengsizlik va kamsitilishlarni bartaraf etish. o'zgalarning huquqlarini hurmat qilish, fuqarolik ma'suliyatini oshirish; saxovatlilik. mehribonlik, sahovatpeshalik, hamdardlik va jamoatchilik fikrini uyg'otish. ixtiyoriy tadbirlar, oddiy xayrixohlik bilan shug'ullanishga undash g'amxo'rlik madaniyatini rivojlantiradi; ochiq fikrlilik. muloqot, o'zaro hurmat va ijobiy munosabatni yaratish, bag'rikenglik ochiq fikrlilikni ta'minlaydi. samarali muloqot va ochiq fikrlilik nizolarni hal qilish ko'nikmalarini o'rgatish, turli kelishmovchiliklarni boshqarishga yordam beradi; tanqidiy fikrlash va mulohaza yuritish. talabalarning tanqidiy fikrlash qobiliyatlari va axloqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish ularga axloqiy dillemalarni tahlil qilish, turli nuqtai nazarlarni baholash, asosli axloqiy qarorlar qabul qilish imkonini beradi. ularni o'z harakatlarining oqibatlarini ko'rib chiqishga va axloqiy tamoyillarni hayotiy vaziyatlarda qo'llashga undash axloqiy yetakchilikni rivojlantiradi.
O'qituvchilar ushbu toifadagi axloqiy fazilatlarga e'tibor qaratish orqali nafaqat o'qitishda muvaffaqiyat qozonadi balki ma'naviy-axloqiy jihatdan mas'uliyatli, mehribon, g'amxo'rlik kabi axloqiy fazilatga ega bo'lgan, jamiyatga ijobiy hissa qo'shishga qodir bo'lgan talaba yoshlar avlodini tarbiyalash mumkin.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Alibek Rustamov. Mahmud Zamaxshariy Toshkent 1971 y 32b
2. Mahkam Mahmud, Nazarbek Rahim Oltin shodalar Toshkent 2010 y 86b
3. Olim Jo'rayev, Abduhalim Muhiddinov Mahmud Zamaxshariy Toshkent 2014y. 32b
4. Laziz To'rayev Mahmud Zamaxshariyning axloqiy qarashlari. Sharq mash'ali. Toshkent2020y 151-156b
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Qurbonova Zebiniso Mamarajab qizi, doktorant, [Курбанова Зебинисо Мамараджаб кизи, докторант], [Zebiniso M. Qurbonova, doctoral student]; manzil: O'zbekiston, 117036, Surxandaryo, Termiz, Baxt ko'chasi 14/5 uy [адреа Узбекистан, 117036, Сурхандарьинская, Термез, ул. Бахт 14/5], [address: Uzbekistan, 117036, Surkhandarya, Termez, Baxt Street 14/5 House];