INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© Sh.E. Normuminov1H_
1Termiz davlat pedagogika instituti, Termiz, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: zamonaviy jamiyatda talabalarning konstruktiv xulq-atvorini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon yoshlarning ijtimoiy muhitga moslashuvi, shaxsiy va professional o'sishiga hissa qo'shadi. Konstruktiv xulq-atvor insonning ijtimoiy munosabatlarda muammolarni hal etish, ijobiy muloqot o'rnatish va sog'lom jamiyat qurishda faol ishtirok etish qobiliyatlarini o'z ichiga oladi va ochib beriladi.
MAQSAD: mazkur mavzu talabalarning ijtimoiy-psixologik rivojlanish jarayonini chuqurroq o'rganishni, shuningdek, bu jarayonni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan samarali metodikalar va strategiyalarni ishlab chiqishni talab qiladi. Talabalarning xulq-atvori ijtimoiy va psixologik omillar ta'sirida shakllanadi, jumladan, oilaviy muhit, ta'lim jarayoni va atrof -muhitning roli muhim o'rinda turadi. Shu bois, konstruktiv xulq-atvorni shakllantirishda ushbu omillarni va rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish.
MATERIALLAR VA METODLAR tadqiqotning asosiy maqsadi talabalarda konstruktiv xulq-atvorni shakllantirish jarayonining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash va uni rivojlantirishga qaratilgan samarali metodlarni ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda nazariy manbalarni tahlil qilish, so'rovnomalar, kuzatish, eksperimental sinovlar va statistik ma'lumotlarni qayta ishlash usullari qo'llanildi. Tajriba ishlari orqali metodik yondashuvlar samaradorligi baholandi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari talabalarning konstruktiv xulq-atvori shakllanishida ijtimoiy muhit, ta'lim jarayoni va muloqot madaniyatining muhim ahamiyatga ega ekanini ko'rsatdi. Eksperimental sinovlar natijasida ishlab chiqilgan metodikaning samaradorligi tasdiqlandi: talabalarning muammolarni hal etish, hamkorlik qilish va konfliktlarni boshqarish qobiliyatlari sezilarli darajada yaxshilandi. Natijalar konstruktiv xulq-atvorni shakllantirishda kompleks yondashuvning ahamiyatini tasdiqladi.
XULOSA: tadqiqot natijalari talabalarda konstruktiv xulq-atvorni shakllantirish jarayonida ijtimoiy va psixologik omillarning muhimligini tasdiqladi. Ishlab chiqilgan metodika talabalarning ijobiy muloqot ko'nikmalarini, jamoaviy ishlarda ishtirokini va konfliktlarni konstruktiv boshqarish qobiliyatlarini rivojlantirishda samarali ekanligi aniqlandi. Bu yondashuv ta'lim jarayonini takomillashtirish va talabalarning shaxsiy hamda ijtimoiy rivojlanishini qo'llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №10
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Kalit so'zlar: konstruktiv xulq-atvor, talaba, ijtimoiy-psixologik omillar, ta'lim jarayoni, konfliktni boshqarish, muloqot ko'nikmalari, rivojlantirish metodikasi.
Iqtibos uchun: Normuminov Sh.E. Talabalarda konstruktiv xulq-atvorni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. // Inter education & global study. 2024. №10. B.397-403.
СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ
КОНСТРУКТИВНОГО ПОВЕДЕНИЯ СТУДЕНТОВ_
© Ш.Э. Нормуминов1И
1Термизский государственный педагогический институт, Термиз, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: формирование конструктивного поведения студентов имеет важное значение в современном обществе. Этот процесс способствует адаптации молодых людей к социальной среде, личностному и профессиональному росту. Конструктивное поведение включает и раскрывает способность человека решать проблемы в социальных отношениях, устанавливать позитивное общение и активно участвовать в построении здорового общества.
ЦЕЛЬ: данная тема требует более глубокого изучения процесса социально-психологического развития студентов, а также разработки эффективных методов и стратегий, направленных на поддержку этого процесса. Поведение студентов формируется под влиянием социальных и психологических факторов, в том числе роли семейного окружения, образовательного процесса и окружающей среды. Поэтому разработка рекомендаций направлена на развитие этих факторов в формировании конструктивного поведения.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: основная цель исследования - определить социально-психологические особенности процесса формирования конструктивного поведения учащихся и разработать эффективные методы, направленные на его развитие. В исследовании использовался анализ теоретических источников, анкеты, наблюдение, экспериментальные испытания и методы статистической обработки данных. Эффективность методических подходов оценивалась посредством экспериментальной работы.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты исследования показали, что социальная среда, учебный процесс и культура общения имеют важное значение в формировании конструктивного поведения студентов. В результате экспериментальных испытаний была подтверждена эффективность разработанной методики: значительно улучшились способности студентов решать проблемы, сотрудничать и управлять конфликтами. Результаты подтвердили важность комплексного подхода в формировании конструктивного поведения.
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 10
сс
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №10
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования подтвердили значимость социальных и психологических факторов в формировании конструктивного поведения студентов. Разработанная методика оказалась эффективной в развитии у студентов навыков позитивного общения, участия в командной работе и навыков конструктивного управления конфликтами. Такой подход служит совершенствованию образовательного процесса и поддержке личностного и социального развития учащихся.
Ключевые слова: конструктивное поведение, студент, социально-психологические факторы, образовательный процесс, управление конфликтами, коммуникативные навыки, методика развития.
Для цитирования: Нормуминов Ш.Э. Социально-психологические особенности формирования конструктивного поведения студентов. // Inter education & global study. 2024. №10. С. 397-403.
SOCIAL AND PSYCHOLOGICAL FEATURES OF THE FORMATION OF
CONSTRUCTIVE BEHAVIOR OF STUDENTS_
© Normuminov E. Shavkat1®
1Termez State Pedagogical Institute, Termez, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: the development of constructive behavior in students is of great importance in modern society. This process promotes the adaptation of young people to the social environment, personal and professional growth. Constructive behavior includes and reveals a person's ability to solve problems in social relationships, establish positive communication and actively participate in building a healthy society.
AIM: this topic requires a more in-depth study of the process of students' socio-psychological development, as well as the development of effective methods and strategies aimed at supporting this process. Students' behavior is influenced by social and psychological factors, including the role of the family environment, the educational process and the environment. Therefore, the development of recommendations is aimed at developing these factors in the development of constructive behavior.
MATERIALS AND METHODS: the main objective of the study is to determine the socio-psychological features of the process of developing students' constructive behavior and to develop effective methods aimed at its development. The study used an analysis of theoretical sources, questionnaires, observation, experimental tests and methods of statistical data processing. The effectiveness of methodological approaches was assessed through experimental work.
DISCUSSION AND RESULTS: the results of the study showed that the social environment, the educational process and the culture of communication are important in the formation of constructive behavior of students. As a result of experimental tests, the
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
effectiveness of the developed methodology was confirmed: students' abilities to solve problems, cooperate and manage conflicts improved significantly. The results confirmed the importance of an integrated approach in the formation of constructive behavior.
CONCLUSION: The results of the study confirmed the importance of social and psychological factors in the formation of constructive behavior of students. The developed methodology was effective in developing students' skills of positive communication, participation in teamwork and skills of constructive conflict management. This approach serves to improve the educational process and support the personal and social development of students.
Key words: constructive behavior, student, social and psychological factors, educational process, conflict management, communication skills, development methods
Hozirgi davrda ta'lim-tarbiya tizimining sifatini oshirishda, o'qituvchi shaxsining kasbiy kompetensiyalari bilan bir qatorda, uning o'zligini anglash darajasi muhim o'rin tutadi. Hozirgi davr talabi ma'naviy jihatlan yetuk, har tomonlama bilimdon, mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirish bo'lib, bu muammo shaxslararo munosabat va muloqotga kirishish jarayonida amalga oshiriladi. Shunday ekan, kishilarni muloqot jarayonida teran fikrlilik, hozirjavoblik, ta'sirchanlik, sezgirlik, bilimdonlikni shakllantirish va rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Har bir inson o'z hayot-faoliyati davomida turli voqea va hodisalarning guvohi bo'ladi. Bunday holatlar albatta, uning psixologiyasiga ta'sir etmasdan qolmaydi. Taassurotlar esa doim ijobiy tomonga ham boravermaydi va turli xil nizoli vaziyatlarga duch kelishi tabiiy hol bo'lib hisoblanadi. Shu bois ham har bir shaxs o'zining amaliy faoliyatida psixologik bilimlarga ega bo'lishi vaziyatga nisbatan munosabat bildir ishning muhim jihatlarini anglab yetish imkoniga ega bo'ladi. Har qanday nizoli vaziyatlarga o'zining xulq-atvoridagi mavjud hatti-harakatlarni boshqara olishga ham e'tibor qaratadi.
Ijtimoiy nizolar muammosi har doim, har qanday jamiyat, har qanday shaxs uchun dolzarb masalabo'lib kelgan. Mehnat tashkilotlaridagi nizolar ayniqsa boshqaruv jarayoniga, asosan inson faoliyatining sifatiga, ularning emotsional (hissiy) ehtiyojiga, ijtimoiy-iqtisodiy holatiga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. Oilada va o'z-o'zidan rozilik hissi, o'zini anglash va ehtiyojlarini yetarlicha qondirish har bir inson uchun baxtli hayotning muhim shartidir. Bularning barchasi nizolarning shaxs, oila, ish, umuman jamiyat hayotidaghal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Hayot tajribasi va aql-idrok asosida samarali boshqarilishi mumkin bo'lgan nizolar hodisalarga tegishli emasligini hayot isbotlaydi.
Bugungi kunda turli darajadagi rahbarlar ijtimoiy nizolarni qanday boshqarayotgani aniq. Agar biz nizoning asl sabablarini chuqur anglay olsak, uning kelib chiqish va rivojlanish qonuniyatlarini to'g'ri tahlilqila olsak, unda har qanday ijtimoiy nizoni sam arali
For citation: Normuminov E. Shavkat (2024) Social and psychological features of the formation of constructive behavior of students, Inter education & global study, (10), pp. 397-403. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
hal qilishga yondashishimiz mumkin. Nizolarning oqibatlari ko'pincha juda ko'p vaqt davom etadi va ijobiy tuyulgan nizo ko'pincha salbiy oqibatlarga olib keladi. Vaqt o'tishi bilan nizoga hamroh bo'lgan salbiy his-tuyg'ular, stress, ruhiy zo'riqish, asab tizimining susayishiga, surunkali charchashga, o'z-o'zidan shubha paydo bo'lishiga, xavotirga, xulq-atvorlarning beqarorligiga, ongli maqsadlarga erisha olmaslikga olib keladi. Jamiyatdagi ijtimoiy keskinlikning kuchayish sabablaridan biri bu ijtimoiy muhit tajovuzkorligi (agressivligi) oshishi va ijtimoiy nizolarni konstruktiv hal etishga qodir emasligidir. Nizodagi tomonlar nafaqat ortga chekinish, balki umuman nimaiki bo'lmasin yo'qotishni xohlamaydilar. Ular qaramaqarshiliklarni halqilishga emas, balki o 'zaro qarshilikka, o'z fikrlariga zid bo'lgan tomonga maksimal darajada zarar yetkazishga e'tiborni qaratadilar.
Tabiiyki, kurash shaxs va umuman jamiyatni rivojlantirish uchun harakatlantiruvchi kuch bo'lib xizmat qila olmaydi. Qabul qilingan qarorlarning ziddiyatliligini baholash, nizolarning vujudga kelishi va halokatli hal qilinishining oldini olish uchun har bir kishi, ayniqsa, rahbarlar o'zaro ziddiyatni inson hayotiga doimiy ravishda tahdid soluvchi vaturlicha ta'sir qiladigan hodisa sifatida anglamog'i va bu boradagi zarur bilimlarga ega bo'lishi kerak.Ziddiyatlarning shaxs, oila, jamoa, davlat, umuman jamiyat hayotidagi hal qiluvchi roli nizolarni o'rganadigan, bashorat qiladigan va tartibga soladigan maxsus fanni yaratish va jadal rivojlantirishni taqozo etadi. Nizolarni boshqarishda eng zamonaviy yondashuv bu nizolarni o'rganish va tartibga solishda axborot orqali yondashishdir. Axborot murakkab tizimlarning o'zaro ta'sirida muhim rol o'ynaydi. Qarama-qarshiliklarda u raqiblar orasida ziddiyatning paydo bo'lishi, rivojlanishi va yakunlanishini belgilaydi.
Ziddiyatdagi ishtirokchilarining har biri nizoli vaziyatning o'ziga xos axborot modeliga ega. Ushbu modellarning xususiyatlari odamlar qadriyatlari, motivlari va maqsadlarining o'ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Muammoli vaziyatlarda aloqa qilish jarayonida odamlar bir-birlariga yetkazadigan ma'lumotlar sezilarli darajada buzilishi va yo'qolishi mumkin. Nizolarning potentsial sababi nafaqat o'zaro hurmatning yo'qolish va buzilishi, yoki ziddiyatdagilarning muloqotida, balki butun dunyodagi odamlarning ongida ham namoyon bo'ladi. Inson ko'pincha dunyoni shaxsiy qiziqishlari prizmasi orqali ko'radi, bu tabiiydir. Psixika unda olingan ma'lumotlarni egotsentrizm printsipi asosida qayta ishlaydi. Egosentrizm boshqa odamlarning biznikidan farqli qarama-qarshi bo'lgan turli xil nuqtai nazarlarga ega bo'lishi mumkinligini noto'g'ri tushunishdan kelib chiqadi. Egotsentrizmning axborot sabablari va oqibatlarini o'rganish nizoli vaziyatlarda odamning xulqatvorlarini to'g'rilash uchun muhimdir. Ma'lumotlar to'qnashuvlarni muhim fakt sifatida hal qilishda hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. Bugungi kunda ijtimoiy hayotning turli sohalarida samarali faoliyat olib borish uchun shaxsda konstruktiv xulq-atvorni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalik davri esa mazkur jarayonning asosiy bosqichi hisoblanadi. Bu davrda shaxsning ijtimoiylashuv jarayoni jadallashib, atrof-muhitga moslashish va o'z-o'zini anglash jarayonlari kuchayadi. Ushbu maqolada talabalar xulq-atvoridagi konstruktivlikni shakllantirishda ijtimoiy-psixologik omillarning ahamiyati tahlil qilinadi.
Konstruktiv xulq-atvor tushunchasi Konstruktiv xulq-atvor shaxsning ijtimoiy muhit bilan o'zaro munosabatlarni samarali tashkil etishga, mojarolarni ijobiy hal qilishga, o'z -
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал ОПО/1 Mo 1П
Scientific theoretical and methodical journal 2024, № 10
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
o'zini boshqarish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatidir. Bu tushuncha quyidagi asosiy xususiyatlarni o'z ichiga oladi: ijobiy ijtimoiy munosabatlarni barpo etish; mojarolardan qochish yoki ularni konstruktiv hal qilish; hissiy barqarorlik va empatiya; shaxsiy rivojlanish uchun intilish.
Talabalik davridagi konstruktiv xulq-atvor shakllanishiga quyidagi omillar ta'sir qiladi:
Ijtimoiy muhit: Talabalar o'qish joyidagi jamoadan, o'qituvchilardan va do'stlaridan o'rnak oladilar. Ijobiy ijtimoiy muhit konstruktiv xulq-atvorni rivojlantirishga yordam beradi.
Shaxsiy xususiyatlar: Talabaning xarakter xususiyatlari, o'z-o'zini boshqarish ko'nikmalari va hissiy barqarorligi jarayonni belgilaydi.
Oilaviy ta'sir: Oila shaxsning birinchi ijtimoiylashuv muhitidir. Talabalar oiladagi konstruktiv muhitni o'z xulq-atvoriga ko'chiradilar.
Ta'lim jarayoni: Ta'lim muassasasidagi tarbiya va ta'lim usullari, mashg'ulotlar mazmuni, shuningdek, talabaning o'zlashtirgan qadriyatlari konstruktiv xulq-atvorni shakllantirishda muhim rol o'ynaydi.
Psixologiyada konstruktiv xulq-atvor shakllanishini quyidagi yondashuvlar orqali tushuntirish mumkin:
Kognitiv yondashuv: Talabalar muammolarni hal qilish uchun ijobiy fikrlash strategiyalarini qo'llashni o'rganadilar.
Behavioristik yondashuv: O'rganish va kuzatish orqali talabalar konstruktiv xulq -atvorni egallaydilar.
Gumanistik yondashuv: Shaxs o'z qobiliyatlarini rivojlantirish va o'zini anglash orqali konstruktiv xulq-atvorni shakllantiradi.
Quyidagi jadval talabalar konstruktiv xulq-atvorini shakllantirishga ta'sir qiluvchi asosiy ijtimoiy-psixologik omillarni tasvirlaydi:1 -jadval
1-jadval
Omillar Tavsifi Ta'sir darajasi Shakllantirish yo'llari
Ijtimoiy muhit Talabaning o'qish muhitida o'zini erkin va qulay his qilishi. Yuqori Ijobiy muhit yaratish, jamoaviy ishlarni qo'llab-quvvatlash.
Oilaviy ta'sir Oiladagi munosabatlar, tarbiya usullari va oilaviy qadriyatlar. Yuqori Oilaviy treninglar, ota-onalarni tarbiya jarayoniga jalb qilish.
Ta'lim jarayoni O'quv rejasi, tarbiyaviy ishlar, o'qituvchi va talaba o'rtasidagi munosabatlar. Yuqori Interfaol metodlarni qo'llash, ijobiy munosabatlarni rivojlantirish.
Shaxsiy xususiyatlar Talabaning o'z-o'zini anglash, hissiy barqarorlik, stressga bardoshli bo'lish ko'nikmalari. O'rtacha Psixologik treninglar, motivatsiya ishlari.
Do'stlar va tengdoshlar Tengdoshlari bilan o'zaro munosabatlar va o'zini ijtimoiy muhitda tutishi. O'rtacha Jamoaviy faoliyat, ijtimoiy loyihalarda ishtirok.
Shaxsiy rivojlanish motivlari Talabaning o'z oldiga qo'ygan maqsadlari va o'z ustida ishlashga bo'lgan intilishi. Yuqori Individual maqsadlar belgilash, o'z-o'zini baholash texnikalari.
Ushbu jadval konstruktiv xulq-atvor shakllantirishda asosiy diqqatni qaratish kerak bo'lgan jihatlarni tizimli yondashuv asosida o'rganishga imkon beradi. Xulq-atvorning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari:
Ijtimoiylashuv: Shaxs jamiyatdagi normalar va qadriyatlarni o'zlashtiradi, bu esa ijtimoiy munosabatlarda namoyon bo'ladi.
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Empatiya: Boshqalarning his-tuyg'ularini tushunish va ularga mos ravishda munosabatda bo'lish.
Moslashuvchanlik: Turli ijtimoiy sharoitlarga moslashish va o'z harakatlarini shu holatlarga mos ravishda boshqarish.
Mojarolarni hal qilish ko'nikmalari: Mojarolarni konstruktiv usulda yechish qobiliyati. Shaxsiy va ijtimoiy mas'uliyat: O'z harakatlarining natijalari uchun mas'uliyatni anglash va bu javobgarlikni qabul qilish.
Motivatsiya va o'zini anglash: Shaxsning o'z maqsadlariga erishish uchun ichki turtki va o'zini anglash darajasi.
Ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga intilish: Jamoa yoki oilaning qo'llab-quvvatlashi asosida rivojlanish.
Ushbu xususiyatlar konstruktiv xulq-atvorni shakllantirishda muhim rol o'ynaydi va ta'lim-tarbiya jarayonida e'tiborga olinadi.
Xulosa o'rnida aytish joizki, inson xulq-atvorining o'ziga xos shakllanish jarayoni ijtimoiy muhit bilan bog'liq bo'lib, turli xil vaziyatlarga nisbatan munosabat bildirishni taqozo etadi. Bunday holatlarda shaxsning individual - tipologik xususiyatlari nizoda xulq - atvor strategiyasini tanlashga ta'sir qiladi. Nizolarni ongli ravishda tahlil qilish va nizoli tomonlarning o'z o'rnini tushuntirish orqali inson o'zini - o'zi sezilarli darajada anglab yetadi va ichki hayotning ko'plab xususiyatlarini tushunishga yordam beradi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Shajareva, LG (2006). Psixologiya va pedagogika: nazariya va praktika. Toshkent: "O'zbekiston".
2. Abduqodirov, AR (2017). Pedagogik psixologiya.
3. Vygotskiy, LS (1982). Psixol Psixologiya razvitiya va obucheniya . Moskva
4. Bandura, A. (1997). O'z-o'zini samaradorligi nazoratni amalga oshirish.
5. Erikson, EH (1994). Id O'ziga xoslik: yoshlik va inqiroz .
6. Piaget, J. (2001). Psixologiya Bola psixologiyasi. Asosiy Boo
7. Raisova, LA (2015). "Kon Psixologiya va ta'lim, 12(3),
8. Samarova, FR (2018). "Pedagogik va tadqiqot , 9(2
9. Grishina, EM (2020). "Psixo Psixologiya: nazariy va amaliy masalalar, 18(4)
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
^Normuminov Shavkat Erkinovich , Amaliy psixologiya kafedrasi o'qituvchisi, [Нормуминов Шавкат Эркинович. Преподаватель кафедры прикладной психологии], [Shavkat E. Normuminov, Lecturer at the Department of Applied Psychology]; manzil: O'zbekiston, Termiz tumani, "Yangiobod" MFY, At-Termiziy ko'chasi 1 A-uy Pochta index: 190111 [адрес: Узбекистан, Термезский район, МФУ «Янгиабад», улица Ат-Термизы 1 А-уй Почтовый индекс: 190111], [address: Uzbekistan, Termez district, MFP "Yangiabad", At-Termizy street 1 A-uy Postal code: 190111]