Asadullayeva G. A.
Termiz davlat pedagogika instituti o 'qituvchisi
Bobomurodova D. O.
2 - kurs talabasi Termiz davlat pedagogika instituti Toshboyeva H.O.
2 - kurs talabasi Termiz davlat pedagogika institute
TABIIY FANLARNI O'QITISHDA TIMSS XALQARO BAHOLASH
DASTURIDAN FOYDALANISH
Annotatsiya. Ushbu maqola yurtimizda yoshlar uchun innovatsion ta'lim yaratishda muhim ahamiyat kasb etgan TIMSS xalqaro baholash dasturi va bu tadqiqotni ishlab chiqish va rivojlanish tarixi to 'g'risida. Bunda TIMSS xalqaro baholash dasturining O 'zbekiston Respublikasi ta 'lim sohasiga kirib kelishining sabablari aytib o 'tiladi va bu tadqiqotning tabiiy fanlar savodxonligini rivojlantirishdagi ahamiyati ko 'rsatiladi.
Kalit so'zlar: TIMSS, ta'lim sifati, matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlik, ko 'rsatkich, texnologiya, bilim, ko 'nikma, malaka, bilish, qo'llash, mulohaza yuritish.
Asadullayeva G.A. Termez State Pedagogical Institute Termez, Uzbekistan Bobomurodova D. O.
student
Termez State Pedagogical Institute Termez, Uzbekistan Toshboyeva H. O. student Termez State Pedagogical Institute Termez, Uzbekistan
USING THE TIMSS INTERNATIONAL EVALUATION PROGRAM IN NATURAL SCIENCE TEACHING
Abstract. This article is about the TIMSS international assessment program and the history of the development and development of this study, which has gained significant importance in creating innovative education for young people in our country. The reasons for the introduction of the TIMSS international assessment program into the field of education of the Republic of Uzbekistan are mentioned, and the importance of this research in the development of natural science literacy is shown.
Key words: TIMSS, quality of education, mathematical and scientific literacy, indicator, technology, knowledge, skill, competence, knowledge, application, reasoning.
KIRISH
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo'lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda, kelajagimiz davomchilari bo'lgan yoshlarni ijodiy g'oyalar va ijodkorligini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini davlat ta'lim standartlari asosida shakllantirish hamda ilg'or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda oldimizga qo'ygan buyuk maqsadlarimizning hayotimiz taraqqiyoti zamon talablariga mos ravishda yuqori malakali ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan bog'liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz. Shu maqsadda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Jumladan, Trends in International Mathematics and Science Study - TIMSS xalqaro tadqiqot bo'yicha ta'lim yutuqlarini baholashda ishtirok etish dolzarb vazifa sifatida belgilanadi. TIMSS-bu 4- va 8-sinflarda matematika va tabiiy fanlar bo'yicha keng joriy qilingan xalqaro baholash dasturi. TIMSS (Trends in Internatioanal mathematics and Science Study) 4-8-sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy yo'nalishidagi fanlardan o'zlashtirish darajasini baholash dasturi bo'lib, bu tadqiqot to'rt yilda bir marta o'tkaziladi. TIMSS xalqaro baholash dasturida 4 va 8-sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo'yicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy ta'lim tizimidagi farqlarni aniqlash bilan bir qatorda, qo'shimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar bo'yicha berilayotgan ta'lim mazmuni,o'quv jarayoni, ta'lim muassasasining imkoniyatlari, o'qituvchilar salohiyati, o'quvchilarining oilalari bilan bog'liq omillar o'rganiladi.
TIMSS dasturi o'zining birinchi tadqiqotini 1995-yilda boshlagan bo'lib, 2019-yilga qadar har to'rt yilda 1999, 2003, 2007, 2011, 2015 va 2019-yillarda tashkil etib kelindi. Navbatdagi 8-davriylik 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Dasturda qatnashyotgan davlatlar soni ham tobora ortib bormoqda,buni 2015-yildagi TIMSS tadqiqotida 57 ta mamlakat qatnashgan bo'lsa, 2019-yilda bu ko'rsatkich ortib, 60 dan ortiq davlatni tashkil etganida ham ko'rish mumkin. TIMSS 2015 tadqiqot natijalariga ko'ra, AQSH, Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarining ta'lim tizimi eng yuqori ko'rsatkichlarini egallagan. Matematika va tabiiy fanlarni baholash bo'yicha TIMSS tadqiqoti
ta'lim samaradorligini monitoring qilishda qimmatli manba hisoblanadi, chunki, odatda, STEM deb nomlanadigan tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik va matematika o'quv dasturining asosiy yo'nalishidir. Shubhasiz, hatto bugungi kunga ham ko'pgina ish o'rinlari uchun matematika va tabiiy fanlardan asosiy tushunchalarga ega bo'lish talab qilinadi va bu kelajakda ham o'z dolzarbligini yo'qotmaydi. STEM kasblarida ishlaydiganlar ochlikka qarshi kurash va yashash joylarining yo'qolishi kabi dunyo muammolariga yechim topish, shuningdek, global iqtisodiyotda o'sish va barqarorlikni qo'llab-quvvatlashga mas'uldirlar. Shuningdek, tabiiy fanlar kundalik hayotning asosi hisoblanadi.
Tabiiy fanlar -bu tabiat, jumladan, bizning ob-havo, yer va suv, oziq-ovqat va yoqilg'i manbalarimiz. Tabiiy fanlar bo'yicha savodxonlik tayanch kompetensiya sanalib, tabiiy fanlarni o'qitishning asosiy maqsadidir. Tabiiy fanlarga asoslangan bilim hamda ko'nikmalar har bir shaxsning shaxsiy, ijtimoiy, kasbiy, faoliyatida kata ahamiyatga ega. 60dan ortiq mamlakatlar o'quvchilarning bilim, ko'nikma, malakalari darajasini aniqlashning global resursi jahonning eng ilg'or tajribasi asosida ishlab chiqilgan. TIMSS yordamida o'quvchilarning ta'limiy yutuqlari: bilish, qo'llash, mulohaza yuritish baholanadi. Maktab o'quvchilarini o'quvchilarini TIMSS xalqaro baholash dasturiga tayyorlash ayni vaqtda muhim ahamiyatga ega hodisa sanaladi. Agar maktab o'quvchilarini TIMSS xalqaro baholash dasturiga tayyorlash samarali tashkil etilsa; o'quvchilarini TIMSS xalqaro baholash dasturiga tayyorlash usul va vositalari faollashtirilsa; O'qituvchi ta'lim jarayonida ijodiy ishlab, matematika va tabiiy fanlar darslarida hayotiy misollar, mantiqiy tushunchalardan o'rinli foydalanilsa, o'quvchilarning o'quv-bilim faoliyat samarali bo'ladi.
Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston TIMSS va boshqa xalqaro tadqiqotlarda qatnashish orqali rivojlangan mamlakatlar tajribalarini O'zbekiston ta'lim tizimida qo'llash, o'z natijalarini boshqa davlatlar natijasi bilan qiyosiy taqqoslash imkoniyatlariga ega bo'ladi. Tadqiqotning har to'rt yillik davriyligida uzluksiz ravishda ishtirok etishi global miqyosda mamlakatimiz ta'lim tizimining samaradorligini oshirishga imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 2019-yil 29-apreldagi PF-5712 - sonli farmoni.
2. Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko'rishga yo'naltirilgan tayanch maktablar uchun. Treninglar o'quv dasturi ( metodik tavsiya) Toshkent-2021.
3. Mullis, I.V.S., Martin, M.O., Goh, S., & Cotter, K. (Eds.). (2016). TIMSS 2015 encyclopedia: Education policy and curriculum in mathematics and science. Retrieved from Boston College, TIMSS & PIRLS International Study Center website: http://timssandpirls.bc.edu/timss2015/encyclopedia/
4. Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi. O'quvchilarning savodxonligini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqot dasturi haqida qo'llanma. T: 2019
5. Asadullayeva G.A, Bobomurodova D.O. Kimyo fanini o'qitishning zamonaviy texnologiyalari. Nazariy va amaliy fanlardagi ustuvor islohotlar va zamonaviy ta'limning innovatsion yo'nalishlari 1(5), 533-540. https ://innovativepublication.uz/index.php/NUZY/article/view/1306
6. Asadullaeva G. A., Ollaberdiyeva G. E., Jumayeva Z. E. "Surxondaryo viloyati hududidagi suv havzalari tarkibini fizik-kimyoviy usullar bilan o 'rganish" //Current approaches and new research in modern sciences. - 2022. - T. 1. - №.
7. - C. 15-19. 2022 - yil