Научная статья на тему 'TABIIY FANLAR DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTENSIV METODLARNING AHAMIYATI'

TABIIY FANLAR DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTENSIV METODLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
509
66
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Intensiv / innоvаtsiya / pedagogik texnologiyalar / 3D golagramma / intеrfаоl mеtоdlаr / intеrаktiv mаshg‘ulоtlаr / Virtuаl sayohat / intеgrаtsiуа. / Intensive / innovation / pedagogical technologies / 3D hologram / interactive methods / interactive training / Virtual tour / integration.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Djurayeva, Nargiza Narkulovna

Та’limni tаshkil еtish vа уо‘lgа qо‘уish bоrаsidаgi о‘zgаrishlаr innоvаtsiоn реdаgоgik tехnоlоgiуаlаrgа аsоslаngаn intеnsiv mеtоdlаrni уuzаgа kеltirdi. Ushbu maqolada intensiv metodlarnig ahamiyati va tabiiy fanlar darslarida qo‘llanilishi amaliy metodlar orqali yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPORTANCE OF INTENSIVE METHODS IN ORGANIZING NATURAL SCIENCE LESSONS

Changes in the organization and delivery of education have led to intensive methods based on innovative educational technologies. In this article, the importance of intensive methods and their use in natural science classes are explained through practical methods.

Текст научной работы на тему «TABIIY FANLAR DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTENSIV METODLARNING AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4 (5), May, 2024

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7 www.oriens.uz

TABIIY FANLAR DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTENSIV METODLARNING AHAMIYATI

Djurayeva Nargiza Narkulovna

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM o'qituvchisi Tel:+998(91 )9547662

ANNOTATSIYA

Ta'limni tashkil etish va yo'lga qo'yish borasidagi o'zgarishlar innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslangan intensiv metodlarni yuzaga keltirdi. Ushbu maqolada intensiv metodlarnig ahamiyati va tabiiy fanlar darslarida qo'llanilishi amaliy metodlar orqali yoritib berilgan.

Kalit so 'zlar. Intensiv, innovatsiya, pedagogik texnologiyalar, 3D golagramma, interfaol metodlar, interaktiv mashg'ulotlar, Virtual sayohat, integratsiya.

ABSTRACT

Changes in the organization and delivery of education have led to intensive methods based on innovative educational technologies. In this article, the importance of intensive methods and their use in natural science classes are explained through practical methods.

Keywords. Intensive, innovation, pedagogical technologies, 3D hologram, interactive methods, interactive training, Virtual tour, integration.

KIRISH

Intensiv metod - o'zaro harakat, ya'ni hamkorlik asosida o'qitish, shuningdek, eng sermahsul, eng ko'p natija beradigan metod hisoblanadi. Intensiv metodlar erkin fikrlaydigan, mustaqil izlanadigan o'quvchilarning ilmiy salohiyatini shakllantirishga yo'naltirilganligi bilan e'tiborga loyiqdir. Ta'lim berishning bu usulida o'qitish jarayonidagi asosiy ish o'quvchilar tomonidan amalga oshirilishi, ular ta'limning obyekti emas, balki subyekti, ya'ni xuddi o'qituvchi kabi ijrochisi bo'lishi ko'zda tutiladi. Intensiv metodlar asosida o'qituvchi bilan o'quvchilarning birgalikdagi ishlashigina emas, balki ta'lim olayotgan o'quvchilarning o'zaro hamkorlikda didaktik faoliyat ko'rsatishi turadi.

Adabiyotlar tahlili

Demak, intensiv metodlar ta'lim mazmunining to'liq o'zlashtirilishida o'quvchilarning o'zaro bir-birlari va o'qituvchilar bilan birgalikda faoliyat ko'rsatishlari ko'zda tutiladi. Intensiv metodlar ta'lim jarayonida qatnashayotgan har bir o'quvchining faolligiga asoslanadi [Ошибка! Источник ссылки не найден.]. Bu metodlardan foydalanilganda bilim olish o'quvchi uchun qiziqarli hayotiy

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

faoliyatga aylanadi. Interfaol usullar qo'llanilganda o'quvchilar o'qitilmaydi, balki ularning o'zlari o'qituvchi bilan birgalikda muayyan yo'nalish va miqdordagi bilimlarni mustaqil o'zlashtirishadi. Bu hol ayniqsa, boshlang'ich sinf o'quvchilarida erkin fikrlash, mustaqil izlanishga rag'bat paydo qiladi. Bu shaklda uyushtirilgan ta'lim jarayoni qatnashchilari o'zaro bemalol tortishadilar, o'quv materialini buyurilganiday emas, balki o'zlari xohlaganday yangi bilimlarni mustaqil o'zlashtiradilar.

Ta'lim jarayoni qatnashchilari kichik guruhlarga bo'lingan holda ishlaydilar. O'quv topshiriqlari alohida bir o'quvchiga emas, balki kichik guruhning barcha a'zolariga beriladi. O'quvchilarda jamoa tuyg'usini shakllantiradi va ularning tashabbuskorligini orttiradi.

Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar ta'lim jarayonini mukammal loyihalashtirish, aniq masalalar qo'yish, rejalashtirilgan natijalarni amalga oshiruvchi uzviy bog'langan majmua hisoblanadi. Shunday ekan, ta'lim-tarbiyaga e'tibor bermasdan turib, kelajagimiz bo'lgan navqiron va sog'lom avlodni, bilimli, savodli yoshlarni tasavvur qilib bo'lmaydi.

Innovatsiya muhim ahamiyatga ega, u tizimli yangiliklardan iborat bo'lib, ular turli tashabbus va yangilanish asosida yuzaga keladi hamda ta'limning tadrijiy ravishda tashkil topishi uchun istiqbolli hisoblanadi, shuningdek, ta'lim muhitining rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi [2].

Pedagogik innovatsion faoliyat o'qitishning didaktik ta'minotini bir holatdan ikkinchi holatga o'tkazishga olib keluvchi yangilikni tarqatish jarayonidan iborat.

Innovatsion ta'lim eng samarali shakl, vosita, metodlar, usullarni izlash yangi g'oyalarni yaratish natijasida yuzaga keladi. Shuning uchun innovatsiya ta'lim evolyutsiyasining muhim elementi hisoblanadi.

Boshlang'ich sinflarda tabiiy fanlarni o'qitishning innovatsion metodlardan foydalanib, tashkil etish uchun avvalo darsning rejasi va loyihasi aniq ishlab chiqilishi lozim. O'qituvchi o'zining ish shakllari va o'quvchilarning ko'nikmalar egallash jarayonidagi ishlar doirasini aniq belgilab olishi lozim. Shuningdek, u qanday o'qitish metodlaridan foydalanishi ham muhim ahamiyatga ega .X.Norbo'tayevning ta'kidlashicha metod tanlashda ko'proq interfaol metodlarga e'tibor qaratish ta'lim samaradorligini oshiradi [3].

Intensiv mashg'ulotning asosiy metodlari:

interaktiv seminar, trening, aqliy hujum, ishchanlik o'yini, rolli o'yin, muhokama, bahs, munozara, tanqidiy fikrlash, bumerang, press, intervyu, zanjir, pinbord, insert, suratli diktant, muzyorar va boshqalar.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Ta'kidlash joizki, interaktiv mashg'ulotlarda shakl va metodlar birgalikda mavjud bo'lib, ularni shartli ravishdagina ajratish mumkin.

Intensiv mashg'ulotlar aniq rejalashtirilgan holda dars maqsadini belgilab, dars loyihasi va algoritmi ishlab chiqilganidan keyingina amalga oshiriladi. Interaktiv metodlarning barchasida ham o'qituvchi va o'quvchi faoliyati o'rtasidagi hamkorlik, o'qituvchining ta'lim jarayonidagi faol harakati ko'zda tutiladi[3].

M.Tojiyevning fikriga ko'ra, sinf o'quvchilari birinchi va ikkinchi hamkor qismlarga bo'linadi. Darsni o'tish modelidan foydalanib birinchi hamkor ikkalasiga, ikkinchi hamkor esa birinchisiga modeldagi qismlarni o'rgatadi. O'qituvchi o'quvchilarga ta'lim metodlari vositasida model qismlarini avval tushuntiradi, keyin ko'rsatadi. O'quvchilar o'qituvchi aytgan va ko'rsatganlarini takrorlaydilar va bajaradilar. O'qituvchi sinfni nazorat qilish uchun o'ziga ikki nafar hamkorni tanlaydi. O'qituvchi o'z hamkorlariga modelni bosqichma-bosqich bajartirib ko'radi, tushunmaganlarini tushuntirib, o'rganishiga yordam beradi. O'qituvchi sinfdagi hamkorlariga birinchi qismni bir-birlariga o'rgatishlari va bajarishlarini aytadi. Ularning ishlarini nazorat qilib, kamchiliklarini bartaraf etishga yordamlashadi. Bu ish usuli modelning boshqa qismlarini ham bajarishda davom etadi deb izohlagan[4].

Tadqiqot metodologiyasi

Yuqoridagilardan kelib chiqib tadqiqot doirasida boshlang'ich sinflarda tabiiy fanlarni o'qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligini ta'minlashda mantiqiy fikrlash, induktiv, deduktiv mushohada qilish hamda mustaqil rivojlanishga bo'lgan ehtiyoj, o'quv jarayoni va natijalarini bashorat qilishda guruhli ish metodlaridan foydalanish asosida takomillashtirildi.

Tahlillar va natijalar

Quyida boshlang'ich sinflarda tabiiy fanlarni o'qitish metodikasining tarkibiy qismi sifatida ishlab chiqilgan boshlang'ich sinf "Tabiiy fanlar" darslarida qo'llashga doir ijodiy intensiv metodlarni keltiramiz.

Ona tili, o'qish savodxonligi, matematika, tabiiy fani darslarida o'quvchilar o'quv-biluv va o'yin faoliyatlarini integratsiyalash asosida mas'uliyatlilikni shakllantirishda quyidagi o'yin-topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

"Virtual sayohat".

Metodning tavsifi. O'quvchilarda raqamli media bilan sog'lom munosabatlar shakllantirish ularni bundan cheklashdan ko'ra muvaffaqiyatli hisoblanadi.

Sinf: II

Mavzu: Yulduzlar va sayyoralar

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Metodning maqsadi: o'quvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo'lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o'z fikri bilan ta'sir eta olishga, uni ma'qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo'llay olishga o'rgatish.

Metodning qo'llanilishi: O'quvchilarga ushbu mavzu yuzasidan video materialni virtual sayohat orqali namoyish etiladi. 3 D golagramma ochkida virtual ekspeditsiya jarayoni amalga oshiriladi.

Mashg'ulotda qo'llaniladigan vositalar: A-3, A-4 formatlarda tayyorlangan (mavzuni ajratilgan kichik mavzuchalar soniga mos) chap tomoniga kichik mavzular yozilgan tarqatma materiallar, flomaster(yoki rangli qalam)lar, 3D golagramma ochki, virtual ekspeditsiya video material.

Mashg'ulotni o'tkazish tartibi:

• o'qituvchi o'quvchilarni sayyoralar soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5ta bo'lgani ma'qul);

• o'quvchilar mashg'ulotning maqsadi va uning o'tkazilish tartibi bilan tanishtiriladi.Har bir guruhga qog'ozning chap qismida sayyoralar nomi bo'lgan varaqlar tarqatiladi;

• o'qituvchi guruh a'zolarini tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida qog'ozdagi bo'sh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi;

• guruh a'zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan sayyoralar haqida yozma(yoki rasm, yoki chizma) ko'rinishida ifoda etadilar. Bunda guruh a'zolari sayyoralar bo'yicha imkon boricha to'laroq ma'lumot berishlari kerak bo'ladi.

• O'qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, 3D golagramma ochki virtual ekspeditsiyaga taklif qiladi.

• Mavzuni yanada yaqqolroq his qilish uchun oquvchilar yulduzlar va sayyoralar koinotiga tashrif buyirishadi.

• o'quvchilarga mavzu yuzasidan ijodiy topshiriqlar beriladi va bu topshiriqni sayt orqali bajarilishi aytiladi.

1.Osmon jismlariga nimalar kiradi?

2.Nega yulduz va sayyoralar kunduzi ko'zga ko'rinmaydi?

3.Sayyoraning yulduzdan farqi nima?

4.Quyosh atrofida nechta sayyora harakatlanadi?

5.Sayyoralar koinotda qanday vazifani bajaradi?

6.Yer quyosh sistemasidagi qaysi sayyoralar orasida joylashgan?

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

7.Yulduzlar va quyosh o'rtasidagi o'xshash jihatlarni ayting.

Talablar:.

O'qituvchi dars davomida ushbu metoddan foydalanishda quyidagi talablarga amal qilishi lozim bo'ladi:

tanlanadigan video materiallarning o'quv materiali mazmuniga va o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo'lishi;

o'quvchilarni "virtual ekspeditsiyaga" tayyorlash; video materialning tushunarli va rang-barangligiga e'tibor qaratish.

Natija:

O'quvchilarning tabiatdagi narsa va hodisalar haqidagi tasavvurini kengaytiradi

Atrofdagi koinot dunyosi,olam haqidagi tushunchalari rivojlanadi.

ta'lim muassasasida innovatsiya jarayonlarini tashkil etishning pedagogik shartlarini quyidagicha izohlaymiz:

1. Innovatsion faoliyatning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi nazariy-pedagogik qoidalar majmuini ishlab chiqish;

2. Ta'lim muassasasining ilmiy tadqiqot salohiyatini shakllantirish;

3. Innovatsion faoliyatni tashkil etishni ta'minlashning asosiy shartlari, alohida boshqaruv jihatlari, ya'ni mazkur faoliyatni tashkil etishga yo'naltirilgan, yangilangan boshqaruv tizimini shakllantirish.

O'qituvchilarni ta'lim tizimidagi innovatsion jarayonlarga va innovatsion faoliyatga tayyorlash o'ziga xos pedagogik muammo bo'lib, uning asosida o'qituvchining o'z-o'zini kasbiy rivojlantirishga intilishi, innovatsion jarayonlarning ahamiyatini anglashi, o'zgarishlar va yangiliklarning mazmun-mohiyatini tushunishi va mantiqan zarurligini qabul qilishi kabi omillar yotadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Xautullaueva S. "Redagogik qauta tauuorlash: Ta'limda axborot texnologiualari" moduli bo'uisha o'quv uslubiu majmua. TDRU huzuridagi redagogik kadrlarni qauta tauuorlash va ulurni malakasini oshirish tarmoq markazi, 2021 uil, 24 bet.

2. Jumaniyozova M.T. O'qituvchilarni ta'limdagi innovatsiya jarayonlariga tayyorlash muammolari. // «Uzluksiz ta'lim tizimida innovatsiya texnologiyalaridan foydalanish». Maqolalar to'plami. - T.: «Ekstremum press». 2010. -246-b.

XULOSA

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

3. Norbo'tayev X., Eshquvvatov SH. Boshlang'ich sinflarda didaktik o'yinli ta'lim texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi. // "Zamonaviy ta'lim", 2015, 6-son. -

4. Tojiyev M., Xurramov A. Ta'lim jarayonini pedagogik texnologiya asosida tashkil qilishda qo'llaniladigan zamonaviy ta'lim usullari // Metodik tavsiyanoma. -Toshkent: "Fan va texnologiya", 2014. - 96 b.

5. Djo'rayeva N.N. Boshlang'ich sinflarga tabiiy fanlarni o'qitishda ekologik tushunchalarni shakllantirishning ahamiyati.// "Pedagogik islohotlar va ularning yechimlari" №14-sonli ko'p tarmoqli, ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiyasi. Vol.7No.1 2024, -b. 95-98 https://worldlviournals.eom/index.php/wkc/article/view/1153

6. Djurayeva N.N. Tabiiy fanlarni o'qitishda innovatsion yondashuv// Ilmiy tadqiqotlar va jamiyat muammolari. Vol. 5 No. 2. 07.10.2023. -b 67-70 https://wordlyknowledge.uz/index.php/ITJM/article/view/3473

67-68-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.