Научная статья на тему 'TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA O‘QUVCHILAR TASAVVUR VA TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH HAMDA RIVOJLANTIRISH'

TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA O‘QUVCHILAR TASAVVUR VA TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH HAMDA RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6465
296
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
jonsiz tabiat / jism / hodisalar / o‘simlik / hayvonlar / mebel / idish-tavoq / tarnsport / maishiy texnika / ish qurollari / sog‘liqni saqlash / shaxsiy gigiena / inanimate nature / body / events / plants / animals / furniture / dishes / transport / home appliances / tools / health / personal hygiene

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Feruza Mаmatqulovna Xalilova

Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda tabiat to‘g‘risidagi bilimlar tarkibiga jonsiz tabiat, jismlar va hodisalar, o‘simlik va hayvonlar, odam tanasining tuzilishi va salomatligini muhofaza qilish, yilning har xil fasllarida qishloq xo‘jalik mehnati to‘g‘risida tasavvur va tushunchalar, oddiy geografik tasavvur haqida fukr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION AND DEVELOPMENT OF STUDENTS 'IMAGINATION AND CONCEPTS IN SCIENCE CLASSES

In this article, the structure of knowledge about nature in primary school includes the idea of inanimate nature, objects and phenomena, plants and animals, the protection of the structure and health of the human body, agricultural labor in different seasons. and concepts, thinking about simple geographical imagination.

Текст научной работы на тему «TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA O‘QUVCHILAR TASAVVUR VA TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH HAMDA RIVOJLANTIRISH»

TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA O'QUVCHILAR TASAVVUR VA TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH HAMDA RIVOJLANTIRISH

Feruza Mamatqulovna Xalilova

Buxoro davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda tabiat to'g'risidagi bilimlar tarkibiga jonsiz tabiat, jismlar va hodisalar, o'simlik va hayvonlar, odam tanasining tuzilishi va salomatligini muhofaza qilish, yilning har xil fasllarida qishloq xo'jalik mehnati to'g'risida tasavvur va tushunchalar, oddiy geografik tasavvur haqida fukr yuritilgan.

Kalit so'zlar: jonsiz tabiat, jism, hodisalar, o'simlik, hayvonlar, mebel, idish-tavoq, tarnsport, maishiy texnika, ish qurollari, sog'liqni saqlash, shaxsiy gigiena

FORMATION AND DEVELOPMENT OF STUDENTS 'IMAGINATION AND

CONCEPTS IN SCIENCE CLASSES

ABSTRACT

In this article, the structure of knowledge about nature in primary school includes the idea of inanimate nature, objects and phenomena, plants and animals, the protection of the structure and health of the human body, agricultural labor in different seasons. and concepts, thinking about simple geographical imagination.

Keywords: inanimate nature, body, events, plants, animals, furniture, dishes, transport, home appliances, tools, health, personal hygiene

Boshlang'ich sinflarda tabiat to'g'risidagi bilimlar tarkibiga jonsiz tabiat, jismlar va hodisalar, o'simlik va hayvonlar, odam tanasining tuzilishi va salomatligini muhofaza qilish, yilning har xil fasllarida qishloq xo'jalik mehnati to'g'risida tasavvur va tushunchalar, oddiy geografik tasavvur hamda tushunchalar kiradi.

Bolalar maktabga kelishi bilan o'qituvchi rahbarligida atrof olam bilan maqsadga yo'nalgan holda tanishib boradilar. Atrof olam bilan dastlabki tanishish ularning sezgi organlarining qabul qilishiga asoslanadi. Olamni bilib olishning birinchi bosqichi bolalarning barcha yangiliklarni qarab chiqishga, iloji bo'lsa shunga ko'ra dastlabki tasavvurlar va tushunchalarni shakllantirishda o'quvchiga o'rganish ob'ekti bilan bevosita muloqatda bo'lish imkoniyatni berishi kerak.

Tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlarni kuzatish jarayonida o'quvchilar o'simliklar va hayvonlarning ba'zi turlari, o'simliklar hayoti uchun zarur bo'lgan sharoitlar (masalan, o'simlik o'sishining tashqi sharoitga, ya'ni issiqlik, yorug'lik, namlik, tuproq holatiga

bog'liqligi), turli yil fasllarida o'simlik va hayvonlar hayotidagi o'zgarishlar bilan tanishadilar.

O'qish jarayonida o'quvchilar yigirmadan ortiq tur tushunchalarni egallaydilar: mebel, idish-tavoq, tarnsport, maishiy texnika, ish qurollari, o'simliklar, hayvonlar, sog'liqni saqlash, shaxsiy gigiena va boshqalar.

O'quvchilarning tur tushunchalarini o'rganishda o'zlarining aniq predmetlar va ularning tasvirini guruhlarga ajratish bo'yicha shaxsiy amaliy faoliyatlari katta ahamiyatga ega.

Ekologik ta'lim va tarbiya maqsadidan kelib chiqib, tabiatshunoslik fani o'quvchilarni insonning tabiatga ta'sirini va tabiat boyliklarini bolalarga tushunti rish vazifasini o'z oldiga qo'yadi.

Atrofdagi olam predmeti va ob'ektlari haqida shakllangan tasavvurlarini o'quvchilar o'quv mashg'ulotlari, didaktik va ijodiy o'yinlar, o'z-o'ziga xizmat qilish va ijtimoiy foydali mehnat qilish jarayonida amaliy mustahkamlaydilar. Shu tarzda atrofdagi olam bilan tanishish bo'yicha materiallarni o'rganishga o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ularning har tomonlama etuk shaxs bo'lib rivojlanishi maqsadida ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi masalalar hal qilinadi.

Tabiatshunoslik tushunchalarini samarali o'zlashtirishni ta'minlovchi metodik sharoitlar.

O'quv materiallarini o'quvchilar tomonidan puxta o'zlashtirmaslik hollari ham kam emas. Buning sababi, shundaki, ularning bilimlari, tasavvurlar darajasida qolgan. Bu darsda yoki bir mavzu bo'yicha shakllantirilgan tushunchalar keyinchalik rivojlantirilmaydi va boshqa tushunchalar bilan bog'lanmaydi. Tushunchalarni rivojlantirishning zarur sharoit sistemasidir. Jumladan tabiatshunoslik tushunchalarining hosil bo'lishi muayan metodik sharoitlarda amalga oshadi.

Chunonchi tabiiy ob'ektni kuzatishlar, qabul qilishni aniqlovchi mashqlar; o'qituvchining hayajonli hikoyasi qabul qilishning to'g'ri bo'lishini ta'minlaydi. O'qituvchining savollari, xotiradan rasm chizish, har xil narsalarni tanib olish bo'yicha mashqlar tasavvurlarning to'g'ri bo'lishiga yordam beradi. Muammoning aniq qo'yilishi, o'qituvchi tomonidan o'quv materialini bayon qilish mantiqi, aniqlash va taqqoslash bo'yicha mashqlar tushunchalarni bog'lovchi va rivojlantiruvchi takrorlash sistemasi, umumlashtirishni talab qiluvchi savollar tushunchalarning to'g'ri bo'lishini ta'minlaydi.

Tabiatshunoslik tushunchalari bevosita qabul qilish - kuzatishlarga asoslanib, o'rganilayotgan narsa yoki hodisa to'g'risida aniq va ravshan tasavvur hosil qilingan sharoitda to'g'ri bo'lishi mumkin. Tushunchani birlamchi tarzda hosil bo'lishda ob'ektlar va ko'rgazmali materiallarning har xil turlari (jadvallar, sxemalar, suratlar va h.k.) katta ahmiyatga egadir.

O'quvchilarni tafakkurini rivojlantirmasdan, ulami fikrlash, ishga jalb qilmasdan turib tushunchalami o'zlashtirishga erishish mumkin emas. O'qituvchilarning fikrlash faoliyatini rag'batlashtirish uchun o'qituvchi mavzu va dars boshida ular oldiga muammolar qo'yadi. O'quv materiallarini bayon qila borib, u o'qituvchilarni sabab va oqibatlarni, tabiat hodisalri o'rtasidagi bog'lanishlarini aniqlashga jalb qilish uchun harakat qiladi.

Tabiatshunoslik tushunchalarini o'zlashtirishda predmetlararo (nutqni rivojlantirish, o'qish, matematika, ona tili, musiqa, ashula, texnik mehnat, rasm olish bilan) aloqa o'rnatilishi muhim ahamiyatga ega.

Predmetlararo aloqadan sistemali ravishda foydalanish bolalarni ilgari olingan bilimlarni qo'llashiga, o'quv faoliyatlarining barcha turlarida mantiqiy bog'lanish o'rnatishga o'rgatadi.

O'quvchilarni faol fikrlashlarini tarbiyalashda o'qituvchining savollari katta rol o'ynaydi. Quyidagi savollar misol bo'lishi mumkin: cho'lda yashovchi hayvonlarning qaysi moslanishlari ularga qurg'oqchilikka va jazirama issiqqa chidashga yordam beradi? Nima uchun tundrada katta daraxtlar o'smaydi? Dasht va cho'l tabiatining o'xshashligi nimada? va h.k.

Tushunchalarni rivojlantiruvchi savollar sistemasi jadvalda, sxemalar yordamida berilsa yanada yaxshi bo'ladi.

Masalan: 4-sinfda

Foydali qazilmalar:

Qurilish Yoqilg'i Ma'danlar

Mantiqiy tafakkur va nutqni rivojlantirish:

Tabiatshunoslik tasavvurlari va tushunchalarini shakllantirishda tafakkur va nutq katta rol o'ynaydi. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'quvchilari nutqining to'g'ri bo'lishini kuzatib borishi kerak. Nutqni shakllantirish uchun eng muhim materiallaridan biri o'quvchi atrofidagi tabiatdir. Atrof tabiat bilan tanishtirish bolalarning kuzatishlariga asoslanadi.

Kuzatishlar jarayonida o'quvchilar narsalarning belgilarini payqashga o'rganadilar.

O'qituvchi mavzularga moslab har xil savollar tuzib mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun o'quvchilar bilan mashqlar o'tkazish mumkin.

Narsalarni taqqoslashga o'rgatish uchun savollar tuzish ular bir xil shakldagi belgilardan iborat bo'lishi ularning fikrlab farqlarini tanish.

Taqqoslash - bu narsa va hodisalar o'rtasidagi o'xshashlik va tafovut belgilarini aniqlash demakdir. Taqqoslash - aqlning tahliliy ishdir.

Hozirgi vaqtda o'quvchilarning idrok qilish faoliyatlaribni va ularning bilimlarini tekshirish maqsadida tabiatshunoslik darslarida har bir o'quvchining o'qishdagi mustaqilligi va o'quv axborotlarini qabul qilishi hamda qayta ishlashlarini tashkil

qilishga yordam beruvchi dasturlashtirilgan o'qitish qo'llaniladi. Dasturlashtirilgan o'qitish bilimlarni egallashdagi harakatlarni jkuzatib borishga, qaysi bo'g'inda uzilish borligini aniqlashga, o'qitish jarayoniga qanday o'zgartirishlar kerakligini aniqlashga imkon beradi.

Dasturlashgan o'qitish uchun:

-o'quv materiallarini sinchiklab tahlil qilish, uni qat'iy tanlash va mantiqiy izchillikda taqsimlash;

-o'quvchilarning idrok qilish faoliyatlariga rahbarlik qilish kerak.

Dasturlashtirilgan o'qitishda o'quv materialni egallashda o'quvchilar mustaqilligi hamda faolligi ortib boradi, o'rganish individuallashtirish imkoniyati tug'iladi.

Dasturlashtirilgan elementlarni tadbiq qilishda an'anaviy o'qitishni dasturlashgan o'qitishga qarama-qarshi qo'yish, yangini deb umum qabul qilingan metodlardan voz kechish kerak emas. Har ikkala yo'nalish chambarchas bog'langan bo'lishi va bir-birini to'ldirishi zarur.

Boshlang'ich sinflarda dasturlashgan o'qitishning qo'llanishi mumkin bo'lgan variantlarini ko'rib chiqamiz:

1.Tezis tipdagi kartochka-topshiriqlar, muayyan nomerlangan kartochkada tabiatshunoslik ob'ektlarining (o'simlik, hayvon va hakozolarning) nomlari keltiriladi. O'quvchilar javoblarida kerakli o'simlik yoki belgining nomini yozmaydilar, faqat tegishli raqamni bayon qiladilar.

2.Raqamli dasturlashtirilgan topshiriqlar. Raqamli topshiriqlarda ish individual kartochkalar yoki maxsmus tayyorlangan devoriy jadval bo'yicha olib boriladi. Kartochkada topshiriq ko'rsatmada va javoblarga kalit beriladi. O'quvchi kerakli kalitni topish lozim. Bunday ishni bajarish natijasida o'qituvchi 4-5 minut ichida endigina o'rganilgan materialni mustahkamlash maqsadida ham, uy vazifasini tekshirishda ham o'quvchilar bilimini sinash imkoniyatiga ega bo'ladi.

Masalan, tabiiy xarita bo'yicha bilimlarni (4-sinf) aniqlovchi topshiriqlar tuzish mumkin.

Topshiriq:

1.Daryoning boshlanish joyi.

2.Daryo oqimi chuqurligi.

3.Daryoning boshqa daryoga, ko'lga, dengizga quyiladigan joyi.

4.Panj va Vaxsh daryolarining qo'shilishidan hosil bo'lgan daryo.

5.Qora daryo Norin darayolarning qshilishidan hosil bo'lgan daryo.

6.Quyiladigan joyiga ega bo'lmagan daryo.

Kalit. l.Amudaryo. 2.Sirdaryo, 3.O'zani, 4.Boshlanishini, 5.Zarafshon, 6 .Quyil adigan j oyi.

Javoblar: 1(4), 2(3), 3(6), 4(1), 5(2), 6(5).

3.Dasturlashrilgan didaktik kartochkalar. Bunday dasturlashtrilgan topshiriqlardan har xil tipdagi darslar o'tishda, shuningdek, o'quvchilar bilan individual va frontal ishlar olib borish jarayonida foydalanish mumkin. Topshiriqni bajarishga 5 minut ajratiladi. Bu vaqt ichida o'quvchi 2-3 ta kartochkaga javob berishi va javoblarni raqamlar bilan ko'rsatishi lozim.

Dasturli kartochkalar o'rganilgan mavzularning variantlari bo'yicha tuziladi. Kartochkada savol-topshiriq va unga uchta: to'liq va to'g'ri, noaniq, noto'g'ri javoblar beriladi. O'quvchi daftariga kartochka nomeri va qavs ichida javob nomerini yozishi kerak.

Kartochka №1.

Nima uchun qushlar issiq o'lkalarga uchib ketadilar?

1.Chunki sovuq bo'lib qoladi.

2.Ular yeydigan ovqat yo'q.

3.Chunki sovuq bo'lib qoladi va ochlik vujudga keladi.

Javob:(3)

Kartochka №2.

Tuproq deb nimaga aytiladi?

1.Tuproq bu tabiiy qazilma

2.Yerning yuqori, yumshoo'q qatlami, unda o'simliklar ildiz otadi.

3.Tuproq bu yerning yuqori qatlami.

Javob: (2).

Bundan tashqari tabiatshunoslik fanini o'rganishda kuzatish, ekskursiya, tajriba, amaliy ishlar ham yetakchi o'rin tutadi. Bolalarni kuzatish usullariga o'rgatish, ularning natijalarini kundalik daftarga belgilash, ular asosida xulosa va umumlashmalar qilishga ularni bilimlarini oshishga yordam beradi. Ekskursiyalar o'tkazish, tabiat hodisalari va voqelikni tabiiy holatga o'rganishga yordam beradi. Shuning uchun tabiatshunoslik darslarini o'tkazishga alohida e'tibor berish zarur.

Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlarni amaliy o'rganish quyidagicha olib boriligi mumkin.

1.Har bir tuman (maktab) o'ziga xos tabiiy boyliklarga ega, ular bilan o'quvchilarni tanishtirish.

2.Termometr yordamidja suv, havo, yer haroratini o'lchay olishga.

3.Sinflarni ekologik pasportini yarata olishga

4.Maktabga o'simliklar va hayvonlar parvarish qilish, hech bo'lmasa sinfda akvarum tashkil qilish (unda suvni iflos bo'lishi, quyosh ta'sirida o'simliklarni rivojlantirish, bir hujayrali hayvonlar, molyuskalar va boshqa organizmlarni rivojlanishini kuzatish).

REFERENCES

1. Khalilov, Ilkhom Mamatkulovich, Gulchekhra Khakimovna Kadirova, and Feruza Mamatkulovna Khalilova. "ISOLATION AND QUANTITATIVE DEFINITION OF p-EXOTOXIN IN EFFECTIVE STRAINS OF BACILLUS THURINGIENSIS." Scientific Bulletin of Namangan State University 22 (2021): 129136.

2. Xalilova M. F., Niyazova D. S. Ecological education of children in primary school //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. - 2021. - Т. 11. - №. 1. - С. 615-622.

3. Xalilova F. "СУВУТЛАРНИНГ ЭКОЛОГИК ГУРУДЛАРИ ВА АДАМИЯТИ" МАВЗУСИНИ У^ИТИШДА ХУСУСИЙ МЕТОДЛАР //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 4. - №. 4.

4. Artikovna K. F., Sulaymonovna S. M. FEATURES OF APPLICATION OF AUTOPLAZMA FOR TREATMENT OF THE ODONTOGENNY INFECTION OF MAXILLOFACIAL AREA AT PATIENTS WITH DIABETES //Psychology and Education Journal. - 2021. - Т. 58. - №. 1. - С. 4925-4927.

5. Azimov Y., Babaeva S. Use of innovative technologies in lessons of writing in primary classes //Bridge to science: research works. - 2019. - С. 214-218.

6. Baymuradovna B. S. et al. Pedagogical technologies for the development of cognitive creative abilities of students in the lessons of the Russian language //Journal of Critical Reviews. - 2020. - Т. 7. - №. 6. - С. 492-496.

7. Бабаева Ш. Б. Роль СМИ при обучении русскому языку в национальных группах //Молодой ученый. - 2018. - №. 9. - С. 138-141.

8. Бабаева Ш. Б. Роль СМИ при обучении русскому языку в национальных группах //Молодой ученый. - 2018. - №. 9. - С. 138-141.

9. Babaeva B. S. et al. The basics of communicative competence are the guarantee of the development of speech in primary schoolchildren in the lessons of their native language //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. - 2021. - Т. 11. - №. 1. - С. 518-529.

10. Qo'ldoshev A. R. G'aforovna Habiba Jumayeva.(2021). Forming Writing Skills in Left-Handed Students. Middle European Scientific Bulletin, 10 (1).

11. Quldoshev, R. A. "Assistant pedagogue to children left-handed reading in the last year." Globe Edit.-2020 (2020).

12. Qo'ldoshev A. R. Psychological aspects of left-handedness: concept, causes, and peculiarities //Psychology and Education Journal. - 2021. - Т. 58. - №. 1. - С. 49814988.

13. Qo'ldoshev A. R. et al. Forming Writing Skills in Left-Handed Students //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 10. - №. 1.

14. Qo'ldoshev, Rustambek. Кумаки педагоги ба кудакони чапдаст дар соли якуми хониш. GlobeEdit, 2020.

15. Azimov, Yunus, and Rustambek Qo'ldoshev. Husnixatga o'rgatishning amaliy asoslari. GlobeEdit, 2020.

16. QO, R. LDOSHEV. Chapaqay bolalarni maktabga qanday tayyorlash kerak, 145147.

17. Azimov, Y. Y., and R. A. Qo'ldoshev. "Husnixatga o'rgatishning amaliy asoslari (metodik qollanma). GlobeEdit, 2020.-141bet."

18. Qo'ldoshev R. A. LEFT-HANDED CHILDREN AND THE LEARNING PROCESS //EPRA International Journal of Research and Development (IJRD) Volume. - Т. 5. - С. 277-281.

19. Qo'ldoshev, R. A., SINF CHAPAQAY O'QUVCHILARINING MAKTABGA BIRINCHI, and MAKTABGA MOSLASHISHI DAVRIDAGI PEDAGOGIK YORDAMNING MOSLASHISHI. "MAZMUNI//Pedagogik mahorat." (2020).

20. Qo'ldoshev, R. A., and Y. Y. Azimov. "Чапакайларни ёзишга ургатишга доир айрим мулохдзалар." НАЧАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ»III-Международная научно-практическая конференция. 2020.

21. Qo'ldoshev, R. A. "THE CONTENT OF PEDAGOGICAL ASSISTANCE IN THE PERIOD OF ADAPTATION OF LEFT-HANDED FIRST-GRADERS TO SCHOOL, ADAPTATION TO SCHOOL AND ITS FEATURES AMONG STUDENTS OF THE FIRST YEAR OF STUDY." Pedagogikmahorat.-Buxoro 5 (2020): 132-135.

22. Qo'ldoshev, R. A. "LEFT-HANDEDNESS AND THE REASONS FOR ITS OCCURRENCE." MONOGRAFIA POKONFERENCYJNA SCIENCE, RESEARCH, DEVELOPMENT 32: 2020-31.

23. Qo'ldoshev, R. A. "Cognitive activity of left-handed ^Мгсп^НАЧАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ» III-Международная научнопрактическая конференция." (2020): 132-136.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

24. Rustambek Q. O. L. Birinchi sinf chapaqay o 'quvchilarining maktabga moslashishi, maktabga moslashishi davridagi pedagogik yordamning mazmuni //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

25. Кулдашев Р. А. ЧАПАКДЙ У^УВЧИЛАРДА ЁЗУВ КУРОЛЛАРИ БИЛАН ИШЛАШ КУНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ: РА Кулдошев, Бухоро давлат университети Бошлангич таълим методикаси кафедраси укитувчиси //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. - 2021. - Т. 2. - №. 3. - С. 198-217.

26. Хамраев А. Моделирование деятельности учителя при проектировании творческой деятельности учащихся //Педагопчш шновацп: где!', реалп, перспективи. - 2018. - №. 2. - С. 23-26.

27. ^AMPOEB A. BOm^AHFHq CHHO OHA TH.TH TAL-THMH^A y^YBqH^APHHHr H^OAHH OAO^H^THHH ^OHH^A^AmTHPHm METO^HK MYAMMO CHOATH^A //ЦЕHTP HAY^HBIX ПУE.ПHKAЦHH (buxdu. uz). - 2021. - T. 1. - №. 1.

28. Hamroyev A. R. Designing students' creative activity in primary school mother tongue education as a methodological problem //Middle European Scientific Bulletin. -2021. - T. 11.

29. Hamroyev R. A., Qoldoshev A. R., Hasanova A. M. Methods of teaching 1st grade students to use writing tools effektively //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2021. - T. 10. - №. 1. - C. 168-174.

30. Hamroyev A. Quality and effectiveness for design of learning outcomes in the language teaching //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. - 2021. - T. 11. - №. 1. - C. 549-558.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.