Научная статья на тему 'TA’LIMGA ALOHIDA E’TIBOR BERISH VA YOSHLAR ORASIDA CHET TILINI O’RGANISHNI RIVOJLANTIRISH'

TA’LIMGA ALOHIDA E’TIBOR BERISH VA YOSHLAR ORASIDA CHET TILINI O’RGANISHNI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
563
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zamonaviy ta’lim / chet tillari / Prezident qarorlari / yoshlar / inavatsyon / masofaviy ta’lim / hamkorlik davr talabi.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nafisa Rayimovna Kobilova, Nilufar Maxsud Qizi Muqimova

Maqolada xozirgi kunda chet tiliga bolgan e’tibor va yoshlarga zamonaviy inavatsyon ta’lim berishni yanada rivojlantirish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIMGA ALOHIDA E’TIBOR BERISH VA YOSHLAR ORASIDA CHET TILINI O’RGANISHNI RIVOJLANTIRISH»

TA'LIMGA ALOHIDA E'TIBOR BERISH VA YOSHLAR ORASIDA CHET TILINI O'RGANISHNI RIVOJLANTIRISH

Nafisa Rayimovna Kobilova Nilufar Maxsud qizi Muqimova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada xozirgi kunda chet tiliga bolgan e'tibor va yoshlarga zamonaviy inavatsyon ta'lim berishni yanada rivojlantirish masalalari yoritilgan.

Tayanch so'zlar: Zamonaviy ta'lim, chet tillari, Prezident qarorlari, yoshlar, inavatsyon, masofaviy ta'lim, hamkorlik davr talabi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga muvofiq, shuningdek, xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarorining:

1-bandiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi (keyingi o'rinlarda — Agentlik) hamda Agentlikning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy vakillari lavozimlari tashkil etilganligi;

2-bandiga muvofiq Agentlik va uning vakillari O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini o'qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining 34 ta shtat birligi, Xalq ta'limi vazirligi va Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tizimining 39 ta shtat birligi hisobidan tashkil etilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

Prezidentimiz ham chet tilini o'rgatishga keng e'tibor qaratmoqda. Buni yuqorida ta'kidlangan qonundan ham bilsak bo'ladi. Hozirgi kunda chet tilini o'rganish davr talabi bo'lib bormoqda. Ayni vaqtda rivojlangan davlatlar bilan raqobatlasha olish uchun yoshlarga zamon talabiga mos darajada ta'lim berish va ular o'rtasida chet tilini rivojlantirishga alohida e'tabor berish davr taqozosi bo'lib bormoqda. Bolalarga chet tilini o'rgatishni bog'cha yoshidan boshlagan maqul. Sababi bu yoshdagi bolalarning o'rganishi yuqori darajada bo'ladi. Buning uchu malakali va professional pedagog bolalarni chet tiliga qiziqtira olish qobiliyati bo'lishi kerak. Buning uchun pedagog bolalarni turli xil qiziqarli o'yinlar orqali o'rgatishi maqsadga muofiq bo'ladi. Prezidentimizning ta'limga va chet tilini o'rgatishga alohida e'tabor berganing yana bir

qiyosi yoshlarimizning chet davlatlarida tajriba oshirish uchun keng miqyosida ishlar olib borilayotganidir. Bunga misol tariqasida Koreya, Germaniya va boshqa davlatlar bilan bilim almashish doirasida hamkorlik olib borish yo'lga qo'yilmoqda. Albatta bu say-harakatlar keng imkoniyatlar kelajak uchun va yurtimiz bayrog ini yanada banlandlarga ko'tarish uchundir.

Ingliz tilini to'g'ri o'rganish bo'yicha 12 ta ko'nikma

Xorijda ta'lim olish istagida bo'lgan yoshlar tomonidan eng ko'p o'rgani ladigan til, shubhasiz, ingliz tilidir. U sizga Oksford, Garvard kabi mashhur ilm dargohlarining eshigini ochadi. Xo'sh, ingliz tilini o'rganish qay darajada oson? Ushbu tilni qanday qilib tezroq va samaraliroq o'rganish mumkin? Buning uchun quyidagi ko'nikmalar ustida ishlashingiz lozim.

O'QISH KO'NIKMA

O'qish mahoratini rivojlantirish, grammatika va til qurilishini anglash, so'zlarni yodda saqlash, ularning ifoda hamda talaffuzini o'rganish muhim ah amiyatga ega. Bu ko'nikmani egallash uchun quyidagi usullardan foydalanishingiz mumkin.

A) Inglizcha kitob, jurnal, gazeta o'qing;

Xorijiy til o'rganishning oltin qoidasi - ko'p o'qishdir. Unutmang: bu ko'nikmaga ega bo'lmay turib, og'zaki va yozma sinovlarda yetarli darajada muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. Modomiki, til o'rganish masalasida qat'iy fikrda ekansiz, internetdan o'zingizni qiziqtirgan mavzudagi biror bir kitob, jurnal, gazetani topib, muntazam o'qib boring.

Sizga yordamchi:

onlinenewspapers.com

gutenberg.org

B) Qo'l telefoningiz va kompyuteringizning tilini inglizchaga o'zgartiring;

Telefoningiz, kompyuteringiz dasturini inglizchaga o'zgartirish, bajaradigan amalingizni ma'lum bir so'z bilan bog'lash va buni har kuni bajarish so'z boyligingizni orttiradi. Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlar tilini ham o'zgartirish yangi bilimlar o'rganishingizda yordam beradi.

C) Mobil ilovalardan foydalaning

Mobil jihozlar va ilovalar ingliz tilini o'rganish istagida bo'lganlar uchun cheksiz imkondir. Texnika taraqqiyoti yashin tezligida ildamlab borayotgan bir vaqtda bu imkondan foydalanish tamoman sizning ixtiyoringizda. O'qishdan yoki ishdan uyga qaytar ekansiz, telefonga yuklangan bir qancha bepul ilovalar yordamida so'z yodlashingiz o'qish va anglash ko'nikmangizni orttiradi.

Sizga yordamchi:

• learnenglishbritishcouncil.org

• duolingo.com

• busuu.com

YOZISH KO'NIKMA

Inglizcha yozish o'zlashtirilishi eng qiyin malakalardan biridir. Odatda, xorijiy oliy o'quv yurtlariga hujjat topshirmoqchi bo'lgan abituriyentlardan esse, motivatsion maktub yozish talab qilinadi. Yozish davomida qisqa ifodalar o'rniga bog'lovchilar va yordamchi jumlalarni qo'llash, fikrni kengaytirilgan holda ifodalay olish juda muhimdir.

A) Blog yozing

Bugungi kunda blog yozish, fikrlar, qiziqishlar, biror mavzu yuzasidan mulohazalarni bildirish keng tarqalgan. O'zingiz uchun inglizcha bir blog oching. Boshida qiynalishingiz tabiiy, ammo xotirangizdagi so'zlarni «uyg'otish» uchun bu usul juda katta yordam beradi.

B) Yangi so'zlarni e'tiborda tuting

Bu sizga anchayin tanish usul. Yangi so'zlarni yozilgan qog'oz parchalarini tez-tez ko'zingiz tushadigan yerga yopishtiring va ularni har kuni o'qib boring. Buning natijasini esa bir necha kunda o'zingiz ko'rasiz!

C) Forumlardagi bahslarda ishtirok eting

Tasviriy san'at, musiqa, teatr, adabiyot kabi san'at turlari, shuningdek, siyosat, texnologiya, moda olami, pazandachilik kabi mavzularga qiziqishingiz bo'lsa, demakki, forumlar aynan siz uchun. Qiziqishlari sizga yaqin bo'lgan insonlar bilan bu mavzular haqida fikr almashish, bahslashish yangi so'zlar va iboralarni qo'llashingizga turtki beradi.

TINGLASH KO'NIKMA

Bu ko'nikmani rivojlantirib borish muhim hamiyatga ega. Ayniqsa, xorijda ta'lim olish istagida bo'lgan yoshlar borgan mamlakatlarida qiynalmasliklari, darslar, seminarlar yoki bahslarda faol qatnashishlari uchun bu ko'nikmani rivojlantirishlari lozim.

A) Inglizcha qo'shiq tinglang

Xorijiy tilini rivojlantirmoqchi bo'lganlarga ilk tavsiyalardan biri o'rganayotgan tillarida ko'p qo'shiq eshitishdir. Bu esa ham so'zlarni, ham ularning talaffuzini o'rganishingizda, shuningdek, qulog'ingiz notanish so'zlarga moslashishida asqotadi. Qo'shiqni tinglar ekansiz, uning turiga, oson tushunilishiga, qo'shiq matnining qancha qismini qog'ozga tushira olishingizga ham diqqat qilib boring.

8) Inglizcha TV-kanallarini tomosha qiling

Amerika va Angliya TV kanallarida efirga uzatiladigan seriallarni, shoularni, xabarlarni, filmlarni ko'rish eng foydali usullardan biridir. Dastlabki bosqichda subtitr bilan tomosha qilib, keyin yozuvsiz holda anglashga urinib ko'ring.

C) Musobaqalarda qatnashing

Turli millatga mansub nomzodlar qatnashuvchi simpozium va musobaqalarda ishtirok etib, tajriba orttiring. Talaffuzingiz tozalanib borishiga e'tibor qarating.

D) Podkast tinglang

Podkastlar muayyan bir mavzudagi ovozli yoki tasvirli materiallardir. Internet -podkastlariga osonlik bilan yetishishda asosiy vosita. Sevgan mavzularingizdagi efirlarni tinglash asta-sekin bu boradagi mahoratingizni oshiradi, sizga motivatsiya beradi.

Sizga yordamchi:

• librivox.org

• audible.com

MULOQOT KO'NIKMA

«Tushunaman, ammo gapira olmayman» degan gaplar bot-bot qulog'imizga chalinadi. Xorijdagi ish beruvchi tashkilotlar ham TOEFL yoki IELTS kabi sinovlardan olgan sertifikatlaringizga emas, nutq mahoratini qay darajada egallaganingizga e'tibor qaratadi. Demak, bu muhim.

A) O'zingiz gaplashing va yozing

Muloqot qilish mahoratini rivojlantirish uchun eng samarali usullardan biri so'nggi paytlarda mashhur bo'lgan onlayn va bepul ovoz yozish dasturlaridir. Nutqingizni yozib olib, ona tili inglizcha bo'lgan do'stingizga tinglatishingiz, xatolaringiz bo'lsa, ulardan yordam so'rashingiz mumkin.

Sizga yordamchi:

• Online Voice Recorder

• Voice Spice Recorder

B) Ingliz zabon do'stlar orttiring

Muloqot qila olish mahoratingizni rivojlantirish uchun ingliz zabon do'stlar orttiring. Internetdagi ko'plab saytlar madaniyatlar bilan tanishuv, xorijiy til o'rganish, dunyoning turli mamlakatlaridan do'st orttirish uchun mo'ljallangan platformalardir. Shuningdek, Hallo, Tandem, Wechat, WhatsApp, Skype, Meef kabi ilovalar yordamida o'rtoqlaringiz bilan jonli suhbat qurish imkoningiz bor.

Xulosa qilib aytganda har bitta yosh oldiga quygan maqsadlari sari dadil va o'ziga ishongan holda olg' a borishi kerak. Buning uchun undan kunikma va sabr talab qilinadi. Davr talabiga binoan yoshlar har jihatdan bilimli va tajribali boTishi zarur. Bir narsani unitmangki, kelajak yoshlar qolida.

uz/uz/news/2020/03/08/ingliz-tilini-togri-organish-www.scientificprogress.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.