Научная статья на тему 'TA’LIM-TARBIYA JARAYONLARIDA MEDIATA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH: XALQARO VA MILLIY TAJRIBA'

TA’LIM-TARBIYA JARAYONLARIDA MEDIATA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH: XALQARO VA MILLIY TAJRIBA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1273
99
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
umumiy o‘rta ta’lim / mediata’lim / axborot madaniyati / mediasavodxonlik / ommaviy axborot vositalari / pedagogik yondashuvlar / general secondary education / media education / information culture / media literacy / mass media / pedagogical approaches

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Taylakova, Shaxnoza Norbekovna

Ta’limning yangi yo‘nalishi, bir so‘z bilan aytganda, ommaviy axborot va kommunikatsiya sohasidagi ta’lim bu mediata’limdir. Media ta’lim termini tor mazmunda ta’limning umummadaniy tarkibiy qismi sifatida qo‘llaniladi. Mediata’lim so‘zining sinonimi sifatida pedagogikada mediamadaniyat va axboriy madaniyat so‘zlari ham qo‘llaniladi. Bugun axboroiy madaniyat va mediasavodxonlik o‘ta dolzarb masala hisoblanadai. Maqolada aynan umumta’lim maktablarida mediata’limni rivojlantirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni atroflicha tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF MEDIA EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN EDUCATIONAL PROCESSES: INTERNATIONAL AND NATIONAL EXPERIENCE

A new direction of education, in a word, education in the field of mass media and communication is media education. The term media education is used in a narrow context as a general cultural component of education. This is in line with the goals of general education. In pedagogy, the words media culture and news culture are also used as synonyms for the word media education. Today, news culture and media literacy are considered very topical issues. The article analyzes in detail the role of the media in the development of media education in secondary schools.

Текст научной работы на тему «TA’LIM-TARBIYA JARAYONLARIDA MEDIATA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH: XALQARO VA MILLIY TAJRIBA»

International scientific-practical conference on the (E)ISSN:2181-1784 topic of "Problems and perspectives of modern www.oriens.uz

technology in teaching foreign languages" 3(22) Nov 2023

TA'LIM-TARBIYA JARAYONLARIDA MEDIATA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH: XALQARO VA MILLIY TAJRIBA

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10198518

Taylakova Shaxnoza Norbekovna

PhD, dotsent. Xalqaro va audiovizual jurnalistikasi fakulteti dekani. O'zbekiston jumalistika va ommaviy kommunikatsiyalari universiteti

Annotatsiya. Ta 'limning yangi yo 'nalishi, bir so 'z bilan aytganda, ommaviy axborot va kommunikatsiya sohasidagi ta'lim bu - mediata'limdir. Media ta'lim termini tor mazmunda ta'limning umummadaniy tarkibiy qismi sifatida qo'llaniladi. Mediata 'lim so 'zining sinonimi sifatida pedagogikada mediamadaniyat va axboriy madaniyat so 'zlari ham qo 'llaniladi. Bugun axboroiy madaniyat va mediasavodxonlik o 'ta dolzarb masala hisoblanadai. Maqolada aynan umumta 'lim maktablarida mediata'limni rivojlantirishda ommaviy axborot vositalarining o'rni atroflicha tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: umumiy o'rta ta'lim, mediata'lim, axborot madaniyati, mediasavodxonlik, ommaviy axborot vositalari, pedagogikyondashuvlar

Abstract. A new direction of education, in a word, education in the field of mass media and communication is media education. The term media education is used in a narrow context as a general cultural component of education. This is in line with the goals of general education. In pedagogy, the words media culture and news culture are also used as synonyms for the word media education. Today, news culture and media literacy are considered very topical issues. The article analyzes in detail the role of the media in the development of media education in secondary schools.

Keywords: general secondary education, media education, information culture, media literacy, mass media, pedagogical approaches

Zamonaviy odam bolaligidanoq ulkan axborot oqimiga duch kelmoqda. Hali ham ma'lumotni filtrlay olmagan, faktlarni fikrlardan va sof axborot targ'ibot materiallaridan ajrata olmaganligi sababli, bola ommaviy axborot vositalarining ta'siriga ayniqsa moyil. Bu bolalar auditoriyasi uchun mo'ljallangan ixtisoslashtirilgan ommaviy axborot vositalarining jamiyat uchun alohida ahamiyatini anglatadi, ularning asosiy vazifasi shaxsning birlamchi ijtimoiylashuvini amalga oshiradigan ijtimoiy mas'uliyatdir.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

YuNESKO Mediata'lim deklaratsiyasini 1982 yilda qabul qilgan. Unga ko'ra, "Mediata'lim medianing barcha turlari (bosma, grafik, ovozli, ekranli va boshqalar) va turli texnologiyalar bilan chambarchas bog'langan. U insonlarga ommaviy kommunikatsiyadan ijtimoiy ongda qanday foydalanishni tushunish, boshqa odamlar bilan kommunikatsiya paytida mediadan foydalanish ko'nikmasini o'zlashtirish kabi bilimlarni beradi.

Shuningdek, quyidagi malakalar ham shakllantiriladi:

-Mediamatnlar tahlil etish, tanqidiy qarash va yaratish;

-Mediamatnlarning manbalarini, kontekstda ularning siyosiy, ijtimoiy, tijoriy yoki madaniy qiziqishlarini aniqlash;

- Media tarqatayotgan mediamatnlar va ularning ahamiyatini izohlash;

-O'z shaxsiy mediamatnlarini yaratishga muvofiq keluvchi o'zga mediamatnlarni tanlash va unga qiziquvchi auditoriyani topish;

- Mediaga ochiq kirish yo'li imkoniyatini qo'lga kiritish" [1, 273].

Mediata'lim shaxsning axborot olish va tarqatish huquqining bir qismi.

YuNESKO tomonidan mediata'lim dunyoning barcha mamlakatlari ta'lim tizimlari milliy o'quv rejalariga joriy etishni tavsiya etiladi. Hozirgi kunda Yevropa davlatlari, AQSh, Avstraliya va Rossiya singari mamlakatlarda mediata'lim majburiy fan sifatida ta'lim tizimiga kiritilgan. Rostov davlat iqtisodiyot universiteti o'qituvchisi И.В.Челышеванинг "Методика и технология медиа образования в школе и вузе" [2, 135] nomli monografiyasining o'quvchilar va talabalar auditoriyasida mediata'lim darslarini tashkil etish, mediata'lim jarayonining shakllari, usullari va texnikasi bo'lmimida mediata'limni o'rganishda davriy nashrlar ahamiyati borasida shunday misol keltirilgan: "OAV manbalarini jalb qilgan holda darsda ishlashning yana bir qiziqarli shakli davriy matbuotdagi ilmiy-texnikaviy maqolalarni ko'rib chiqish bo'lishi mumkin. Muntazam ravishda, u yoki bu ilmiy ommabop jurnallar nashr etilishi bilan maktab o'quvchilari auditoriyani og'zaki yoki yozma (referat yoki ijodiy ish shaklida) eng qiziqarli nashrlar bilan tanishtiradilar. Keyinchalik bu ishlar maktab devoriy gazetasida chop etilishi mumkin."

"Mediata'lim" so'zi MDH davlatlari hududiga o'tgan asrning 80 yillarida kirib keldi. Inglizcha "media education" so'zini shunchaki so'zma- so'z tarjima qilish yaramaydi. U matndagi o'rniga ko'ra turli ma'nolarda qo'llanilishi mumkin. Shunga qaramay, medata'limning tayanch tushunchasini aniqlab olishimiz kerak. А.А. Журин ularni uch turga bo'lgan.[4, 32]

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

1. Ommaviy axborot vositalarining bolalar va o'smirlarga ta'sirini o'rganuvchi va nazariy masalalarini ishlab chiquvchi, ta'lim oluvchilarni OAV dunyosi bilan uchrashuvga tayyorlovchi pedagogik fan.

2. Bolalar va o'smirlarni ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, medianing dunyodagi rolini tushunishga tayyorlovchi o' qituvchi va o' quvchilarning birgalikdagi amaliy faoliyati.

3. Ta'limning ommaviy axborot vositalarining madaniyat va dunyoni tushunishdagi roli haqida bilim beruvchi va media axborotlari bilan samarali ishlash ko'nikmasini shakllantiruvchi qismi.

Hozirgi vaqtda media'talim bir qator fanlarni (pedagogika, sotsiologiya, psixologiya, tilshunoslik) o'zida mujassam etgan, ommaviy kommunikatsiya qonuniyatlarini va turli ijtimoiy guruhlar tomonidan media resurslardan foydalanish imkoniyatlarini o'rganuvchi fanlararo soha sifatida belgilanadi.

Rossiyada bolalar uchun 200 dan ko'p [5, 56] nomda gazeta va jurnal chop etilmoqda. Shuning uchun ham Rossiya bolalar nashrlari tipologiyasida nashrlar tarqatilish masshtabi bo'yicha bir nechta guruhga bo'linadi: Rossiya bo'ylab tarqatiladigan nashrlar, MDH davlatlari va yaqin xorijiy mamlakatlar bo'ylab tarqatiladigan nashrlar ("Пионер", "Мы", "Штучка", "Путеводная звезда", "Круто", "Tom i Djerri" va h.k. jurnallar); Rossiya va MDH davlatlari bo'ylab tarqatiladigan nashrlar ("Мурзилка", "Маруся", "Бумеранг", "Молоток", "Браво", "Yes!" va h.k. jurnal); faqat Rossiya bo'ylab tarqatiladigan nashrlar ("Для самых-самых маленьких", "Карапуз" va h.k. jurnallar); mintaqa bo'ylab rus va milliy tillarda, ko'p hollarda ikki tilda chop etiladigan nashrlar(bugungi kunda Rossiyada 90 ta ana shunday jurnal chop etilmoqda. Ular orasida Cheboksarida chuvash tilida chiqadigan "Танташ" ("Tengdosh"), Saranskda mokshan tilida chop etiladigan "Якстер Тяштеня" ("Qizil yulduzcha"), Vladikavkazda osetin tilida chiqadigan "Nogdzau" ("Pioner"), Elistada qalmoq va rus tillarida chop etiladigan "Bair" ("Quvonch"), Qozonda tatar va rus tillarida bosiladigan "Sabbig'a" ("Bolajon") va boshqa jurnallar bor. Garchi mazkur oylik adabiy-badiiy bolalar jurnallari 2-3 ming nusxada chop etilsa-da, matbuot bozorida o'z o'rniga ega); Rossiya Federatsiyasining alohida hududiy birliklari bolalariga mo'ljallangan viloyat (bunday nashrlar har bir viloyatda ikkitadan sakkiztagacha bor) va tuman hamda shahar nashrlari (Саviloyatida chiqadigan "Знайка", Волгоград viloyatida chop etiladigan "Новая улица" jurnallari) va h.k. nashrlari mavjud. Bundan tashqari, biror bir o'quv yurti, masalan, maktab, litsey, gimnaziya, kollej, texnikumlar muassisligida chop etiladigan bolalar nashrlari ham o'ziga xos o'ringa ega.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

F.M.Dostoevskiy bir marta o'ziga shunday savol beradi: "Olamni yovuzliksiz, biroq bolalarsiz qabul qila olish mumkinmi? Va shunday javob beradi: Yaxshisi hammasi o'z holicha qolsin, lekin bolalar bilan bo'lsin. Bolalar - dunyodagi be'maniliklarni va yovuzlikni muvozanatda ushlaydi. Insonda buyuk, oliyjanob qobiliyat bor - bu kelajakda sodir bo'lish-bo'lmasligidan qat'iy nazar kelajak haqida o'ylashdir. Nega? Chunki kelajakda bizning farzandlarimiz yashaydi. Bolalar bu dunyoning abadiy mavzusidir. Ular hamisha insoniyatning asosiy tashvishi, fikr va umid markazida bo'lgan." [6,78]

Hozirgi zamon bolalarini internet tarmoqlari, hususan Telegram, Instagram, Facebook va ayniqsa You tude dan mutlaqo ajratishni iloji bo'lmasligini hisobga olgan holda, jurnalda ushbu tarmoqlarda bolalar uchun qiziqarli va asosiysi aniq axborotlarga ega kanal va sahifalarni ma'lum qilib borish, ushbu kanal va sahifalar bilan hamkorlik qilish ijobiy ijodiy muhit hosil qilish ehtimoli bor.

Zamonaviy bolalar qo'llaridagi gadjet orqali ma'lumot olishga ko'nikkan bo'lsa, aynan ana shu gadjetlar yordamida ularni bosma nashrlarga qaytarish, eng to'g'ri yo'l bo'lishi mumkin.

Bugungi kunda dunyoning yetakchi mamlakatlarining OAVida bolalarning huquqlari muntazam ravishda yoritilib kelinmoqda. 2005 yilning noyabr oyida Norvegiyaning Oslo shahriga OAV xodimlari, jurnalistlar, bola huquqlari bo'yicha ekspertlar to'planib, OAV butun dunyoda bola huquqlari rivojlanishiga qanday hissa qo'shishi mumkin, degan savolga javob izladilar va bu borada 5 ta yo'nalishni belgilab oldilar. Bu yo'nalishlar quyidagilar:

- bolalarning OAVga, shu bilan birgalikda yangi OAVda qatnashish

huquqi;

- bolalarning OAVda ta'lim olish huquqi;

- bolalarning OAVga ega bo'lish huquqi;

- bolalarning OAV dan kelayotgan zarardan himoyalanish huquqi;

- OAVning bolalar huquqlarini himoyalash va rag'batlantirishdagi

roli.

Bolalarning OAVdan kelayotgan zarardan himoyalanish huquqi punkti aynan bolalar mediata'limining funksiyalari orqali amalga oshiriladi. Bolalarga ma'lumot tarqatuvchi bolalar nashrlarining bu huquqni poymol qilgan taqdirida javobgarlikka tortilish ehtimoli mavjudligini tasdiqlaydi. OAVda bolalarning qanday yoritilishi boshqalarda ularga nisbatan shunday munosabatning shakllanishiga turtki bo'ladi. Aynan OAV bolalar masalalarini ijobiy yoki salbiy hal qilinishiga sabab bo'lishi mumkin. OAVda aksariyat holatlarda bolalar passiv, indamas qurbonlar sifatida tasvirlaydi. Bolalar va o'smirlarning o'zlarining nomlaridan gapirishga imkon berish

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

OAVda ular nima istashlari, o'zlarining yutuqlari, o'ylantirayotgan masalalalari haqida fikrning shakllanishiga sabab bo'ladi. Xalqaro jurnalistlar federatsiyasining xabariga ko'ra, bolalar obrazlarini shakllantirishda OAV aksariyat holatlarda bir xil afsonadan foydalanadilar. Bular: o'z individualligi va insoniyligini yuqotgan, rivojlanayotgan mamlakatlarda istiqomat qilayotgan oilalarning ahvoli, qashshoqlikda yashayotgan bolalar, urush va tabiiy falokatlar qurbonlari. [7,78]

O'zbekiston umumta'lim maktablarida "Tarbiya" fani bilan mediata'limni integratsiyalash samarali bo'lishi mumkin. O'zbekiston uzluksiz ta'lim tizimida esa mediata'limdan foydalanish samaradorligini oshirishga maktabgacha ta'lim muassasasi — maktab — litsey, kasb-hunar kolleji, shuningdek, oliy o'quv yurtlarida e'tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Bunda biz qanday natijalarga erishishimiz mumkin.

1. Maktabgacha ta'lim muassasasida:

— Bolaning yoshi va rivojlanishidan kelib chiqib, mediani turlarga ajratishga o'rgatish:

A) Verbal — ko'rish va kuzatish: turli multfilmlar, bolalar uchun dasturlar va ko'rsatuvlarning asl mohiyatini tushuntirish;

B) Noverbal — eshitayotgan axborotlari: ertak, afsona, hikoya va she'rlarining mazmunini sharhlash;

V) Audiovizual — radiodasturlar, ovozli yozib olingan disklardagi ma'lumotlarni bolalarga tushunarli tarzda, real hayot bilan bog'lab sharhlab berish.

— ushbu media turlariga mansub axborotlarni tarbiyaviy ahamiyatini to'laligicha, soddalashtirilgan holda bola onggiga yetkazish, eng muhimi bolani real hayot va vizual olamning farqini anglashga o'rgatish zarur.

1. Boshlang'ich va o'rta (5-6) sinflarda:

— media shakllari va vositalarini tanlay olish(masalan, fotografiya, rasmlar, jurnal illustrasiyalarini tanlash va farqlash);

— Vizual matn yoki qisqa syujet rejasini tuzish va aniqlash

(fotografiya, video, komiks, ertak, kompyuter grafikasi va h.k)

— O'z medialoyihasi taqdimotini tayyorlash va taqdim etish. [8,51]

2. Maktabning yuqori sinflarida:

— surat asosida turli syujetlar yaratish(surat shakli va elementlarini o'zgartirgan holda);

— Mavjud mediashakllardan foydalanish yuzasidan qarorlar qabul qilish (fotografiya, video, matbuot va h.k), o'z qarorlarini muhokama qilish va asoslab berish;

— O'z medialoyihasini bajarish va taqdim etish.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

3. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida:

— Maxsus matnlar va "xabarlar" jo'natish shakllari va texnologiyalaridan foydalanish asosida tajribalar o'tkazish;

—Mediamatnlar tuzish va rejalashtirishda turli texnikadan foydalanish, natijani aniq va tanqidiy tahlil qilish;

—Maxsus auditoriyaga mo'ljallangan mediamahsulotlarni o'sha auditoriya qanday qabul qilishini oldindan ko'ra olgan holda yarata olish;

— O'z medialoyihasini bajarish va taqdim etish. [8,52]

Xulosa qilib aytganda, umumta'lim maktablarida mediata'limni rivojlantirishda ommaviy axborot vositalarining o'rni bugun mustaqil shaxslar uchun turli-tuman mavzudagi gazeta jurnallar soni ko'p. Bilimga tashna, oqni qoradan ajrata olmaydigan yoshdagi bolalar uchun esa, narhi hamyonbop, mazmuni oltinga teng ilmlardan iborat bolalar davriy nashrlari esa sanoqli ekani eng dolzarb muammoning o'zidir. Bolalarni fikrlashga undash faqatgina badiiy adabiyot bilan cheklanmasligi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. UNESCO [Recommendations Addressed to the United Nations Educational Scientific and Cultural Organization UNESCO. In: Education for the Media and the Digital Age. Vienna: UNESCO, 1999, p.273-274.

2. Челышева.И.В. Методика и технология медиа образования в школе и вузе. -М.: Директ-медиа, 2013. 135-с. 3.

3. Журин А.А. Интеграция медиаобразования с курсом химии средней общеобразовательной школы // Медиаобразование. 2005. № 1. С. 32.

4. Лебедева.А.Э. Приобщение детей к чтению классики как международная социальная и педагогическая проблема. -М.: 1999г.

5. Права ребенка и журналистика. Практический аспект: опираться на права. Учебная программа, одобренная региональным офисом ЮНИСЕФ по Центральной и Восточной Европе и Содружеству Независимых Государств(ЦВЕ\СНГ)© UNICEF - Дублинский технологический институт, 2007.

6. Qosimova N. Toshpo'latova N. O'zbekiston OAV da bolalar mavzusining yoritilishi. O'quv qo'llanma. -Т.: 2014. B-36.

7. Бэзэлгэт К. Ключевые аспекты медиаобразование// доклад на российско-британском семинаре по медиаобразованию. — Москва, 1995 — 51с.

8. Федоров А.В., Медиобразование и медиаграмотность. Учебное пособие для вузов. — М. 2007. 178-с

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3(22), Nov., 2023

9. Muratova, N. (2022). Mass Media in State Strategic Programs of Information Society Development in Different Countries. International Journal of Social Science Research and Review, 5(4), 56-61.

10. Muratova, N. (2022). The Online Media Environment as a Part of the Global Information Market: Analysis of Structure and Development Trends. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 9(4), 1-6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.