TA'LIM SIFATINI BAHOLASH SOHASIDAGI XALQARO TADQIQOTLARNI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI
1 Yorqinoy Tojimurodovna Axmadjonova, 2 Umida Tojimurodovna Axmadjonova, Zuhra Ziyatovna Yaxshiyeva,
1 9
, Jizzax politexnika instituti, assistent, Jizzax davlat pedagogika instituti, k.fd.prof.
Annotatsiya: Xalqaro tadqiqotlar o'quvchilar savodxonligini baholash bo'yicha xalqaro dasturi bo'lib, unda O'zbekiston ilk marta ishtirok etadi. Bunda o'quvchilarning olgan bilimlarini hayotda-real vaziyatda qay darajada qo'llay olishlari muhim sanaladi. O'tgan 20 yilda bu xalqaro tadqiqotlar turli davlatlarda ta'lim samaradorligini, sifatini o'lchay oladigan asosiy mezon va ta'lim islohotlariga sababchi bo'lgan dasturga aylanib ulgurdi.
Kalit so'zlar: PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS, xalqaro tadqiqotlar, xalqaro baholash dasturi, kreativlik, fanlararo integratsiya
Аннотация: Международное исследование - это международная программа по оценке грамотности студентов, в которой Узбекистан участвует впервые. Важно, чтобы учащиеся могли применять полученные знания в реальной жизни. За последние 20 лет это международное исследование стало ключевым критерием измерения эффективности и качества образования в разных странах и программой, которая привела к реформе образования.
Ключевые слова: PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS, международные исследования, международная программа оценки, креативность, междисциплинарная интеграция.
Abstract: International research is an international program to assess student literacy, in which Uzbekistan participates for the first time. It is important that students are able to apply what they have learned in real life. Over the past 20 years, this international research has become a key criterion for measuring the effectiveness and quality of education in different countries and a program that has led to education reform.
Keywords: PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS, international research, international evaluation program, creativity, interdisciplinary integration
So'nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo'lgan talabni yanada oshirmoqda.
Bu o'z-o'zidan o'quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o'qituvchilarning har tomonlama ta'lim tarbiyaga e'tiborini kuchaytirishini talab etadi.
Sababi, XX asrda va undan oldin kuchli xotira, ensiklopedik bilim, o'z sohasida iloji boricha ko'proq ma'lumotni bilgan mutaxassislar yuqori qadrlangan bo'lsa, endi bu bilimlar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lmay qoldi. Qidiruv tizimlari, onlayn ensiklopedialar, sohalar bo'yicha mukammal onlayn ma'lumotlar bazalari yaratildiki, endi bu ma'lumotlarni eslab qolish zaruriyati ikkinchi darajaga tushib qoldi. Hozirgi zamon mutaxassisida bu bilimlarni tahlil qilish, ulardan yangi ma'lumotlarni hosil qila olish, xalq tili bilan aytganda "kosa tagidagi nim kosa"ni ko'ra olish kompetensiyasi birinchi o'ringa ko'tarilayapti.[4,8]
Chunki, ta'limning asosiy vazifasi o'quvchida jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak bo'ladigan ko'nikmalarni shakllantirishdir. Buning uchun kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega bo'lishi kerak bo'lgan muhim ko'nikmadir. Bu ko'nikma ularga doimiy tarzda va shiddat bilan o'zgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari "XXI asr" ko'nikmalariga ega ishchilarni taqozo etayotgan dunyoga moslashishga ko'maklashadi. Umuman olganda, bugungi o'quvchi kelajakda hozir hatto mavjud bo'lmagan sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi texnologiyalar orqali hal etishi kutilmoqda. O'quvchida kreativ fikrlash ko'nikmasini shakllantirish ularga tobora murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali hal etish imkonini beradi.[6,7]
Yuqoridagi talablar ta'lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy mamlakatlardagi kabi, ta'lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg'or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.[3]
Shu maqsadda Respublika xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni o'rnatish, o'quvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g'oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo'llab-quvvatlash hamda rag'batlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018-yil 8-dekabrida 997-sonli qarorni qabul qildi. [9]
Qarorga ko'ra, quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish belgilandi:
1. Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS)-boshlang'ich 4-sinf o'quvchilarining matnni o'qish va tushunish darajasini baholash uchun;
2. Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS)-4 va 8-sinf o'quvchilarming matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan o'zlashtirish darajasini baholash uchun;
3. The Programme for International Student Assessment (PISA)-15 yoshli o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun;
4. The Teaching and Learning International Survey (TALIS)-rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'qitish va ta'lim olish muhitini hamda o'qituvchilarning ish sharoitlarini o'rganish uchun;
Yuqoridagi xalqaro baholash dasturlari bo'yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish uchun Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazining asosiy vazifalari va faoliyatining yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi. [2]
❖ xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda O'zbekiston Respublikasining milliy vakili sifatida ishtirok etish;
❖ ta'lim tizimida o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish va joriy etishga yo'naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish;
❖ ta'lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni o'rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, xalqaro ilmiy anjumanlar va simpoziumlarni tashkil etish va o'tkazishda ishtirok etish;
❖ ta'lim sifatini baholash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar o'tkazish;
❖ ta'lim sifatini baholash bo'yicha tadqiqotlarni ilmiy va uslubiy jihatdan qo'llab-quvvatlash;
❖ umumiy o'rta ta'lim muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta'minlash;
❖ O'zbekiston Respublikasining xalqaro baholash dasturlarida qayd etgan natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash;
❖ xalqaro baholash dasturlarini ta'lim jarayoniga joriy etish bo'yicha tizimli monitoring olib borish, ushbu sohadagi ilg'or tajribani ommalashtirish va uning asosida ta'lim muassasalari uchun tavsiyalar va qo'llanmalar ishlab chiqishda ishtirok etish;
o'qitishning innovatsion usullaridan foydalangan holda o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlar bo'yicha pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo'yicha o'quv-uslubiy tavsiyalar tayyorlash.
Buning uchun, 2019-yil 1-fevraliga qadar, Milliy markaz bilan birgalikda o'quvchilarning qobiliyat va iqtidorlarini umumiy o'rta ta'lim muassasalarining 1 -sinfidan boshlab aniqlash va rivojlantirish, o'quvchilarning savodxonligini baholash bo'yicha xalqaro baholash dasturlari va tanlovlarida ishtirok etishni ta'minlash dasturini ishlab chiqish yuzasidan bir qator vazifalar belgilandi.[8]
S xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan o'quv dasturlari hamda o'quv adabiyotlari mazmuniga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish;
S xalqaro tadqiqotlarning baholash dasturlari yo'nalishlaridagi savollar milliy bazasini yaratish va o'quv dasturlariga integratsiya qilish;
S o'quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini takomillashtirish va 2019-2021-yillarda amaliy ko'nikmalarini shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o'tkazib borish;
S xalqaro tadqiqotlarning baholash dasturlari yo'nalishlaridagi savollarni o'zida mujassam etgan o'quv dasturlari asosida qo'shimcha metodik qo'llanma va adabiyotlar yaratish;
S Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahar hamda har bir tuman (shahar)da xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga yo'naltirilgan tayanch maktablarni belgilash;
S umumiy o'rta ta'lim muassasalaridagi iqtidorli pedagog kadrlarni xalqaro baholash dasturlari bo'yicha ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish;
S umumiy o'rta ta'lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlanganlik va Internet jahon axborot tarmog'iga ulanganlik holatini inventarizatsiya qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf qilish choralarini ko'rish;
Yuqoridagi vazifalar ijrosini ta'mimlash maqsadida[1,5],
-O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga xalqaro tadqiqotlar o'tkaziladigan o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlar bo'yicha mutaxassislar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash hududiy, mintaqaviy va tarmoq markazlarining o'quv dasturlariga xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o'zgartirish va qo'shimchalar kiritib borish;
-xalqaro tadqiqotlar dasturlarining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida loyihalar tayyorlash va amalga oshirish vazifalari yuklatilatidi.
Yuqoridagi vazifalarning o'z vaqtida va sifatli bajarilishi mamlakatimiz ta'lim tizimining xalqaro ta'lim jarayoni bilan integratsiyalashuvini ta'minlaydi, o'quvchilarda XXI asr ko'nikmalarini tarkib toptirish va rivojlantirish, kelgusida ularning ongli ravishda kasb tanlashi, mustaqil hayot va jamiyatda faol fuqoro sifatida o'z o'rnini topishiga imkon beradi.
REFERENCES
1. Akhmadzhonova, Y. T., & Akhmadzhonova, U. T. (2021). "Press conference" in the delivering of chemistry. Экономика и социум, (3-1), 20-22.
2. Axmadjonova Yo.T.,Yaxshiyeva Z. Z.,Axmadjonova U.T. Ta'lim sifatini baholash xorij tajribasi misolida o'rganilmoqda // O'qituvchining kasbiy standarti: amaliyotga joriy qilish va istiqboldagi vazifalar.-2021.
3. Ахмаджонова Ё. Т. PISA- Таълим сифатини ошириш мезони //Аграр фан назарияси ва амалиётидаги долзарб муоммолар ва уларнинг ечимлари .- 2020. Т.-821-824 б. 4 том
4. Ахмаджонова Ё.Т. PISA: «Студентов нужно научить думать, а не запоминать»// Научный журнал «Гуманитарный трактат».-2021.-с.12-15
5. Жураева, Н. М., & Ахмаджонова, У. Т. (2021). Использование творческой работы в кругах. Экономика и социум, (3-1), 552-555.
6. Siddikova Sh. A., Axmadjonova Yo. T., Yaxshieva Z. Z., PISA - a criteria for improving the quality of education//Galaxy international interdisciplinary research journal, Vol. 9, Issue 5, May (2021)
7. Yaxshieva Z. Z., Axmadjonova Yo. T., Siddikova Sh. A.. Pisa - ta'lim sifatini oshirish mezoni // «^временные тенденции начального образования: интеграция образования и подготовки» Международная научно-практическая конференция. - Джизак, 2021 . - c.313-316
8. Yaxshieva Z. Z., Ahmadjonova Yо. T., PISA : "O'quvchiga yodlashni emas, fikrlashni o'rgatish kerak"// Инновацион ривожланишда ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб масалалари.-2020. 33-35 бет
9. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 8-dekabr,997-son qarori, www.lex.uz