Научная статья на тему 'TA`LIM KLASTERI SHAROITIDA ZAMONAVIY O`QITUVCHI NUFUZINI OSHIRISHDA SHAXSGA YO`NALTIRILGAN TA`LIM METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH'

TA`LIM KLASTERI SHAROITIDA ZAMONAVIY O`QITUVCHI NUFUZINI OSHIRISHDA SHAXSGA YO`NALTIRILGAN TA`LIM METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta'lim klasteri / zamonaviy o'qituvchi / nufuz / shaxsga yo'naltirilgan ta'lim / metodika / takomillashtirish / innovatsion yondashuvlar. / educational cluster / modern teacher / authority / person-oriented education / methodology / improvement / innovative approaches.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Xakimova Ir. X.

Ushbu maqola "Ta'lim klasteri sharoitida zamonaviy o'qituvchi nufuzini oshirishda shaxsga yo'naltirilgan ta'lim metodikasini takomillashtirish" mavzusida yozilgan. Maqolada shaxsga yo'naltirilgan ta'limning asosiy tamoyillari, metodlari va uning ta'lim jarayonida o'qituvchi nufuzini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Ta'lim klasterlari bu ta'lim tizimida birlashgan va o'zaro hamkorlik qiladigan muassasalar va tashkilotlar tarmog'i sifatida ko'rib chiqilib, o'qituvchilarning professionalligi, innovatsion yondashuvlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash orqali o'qituvchi nufuzini oshirishning muhim imkoniyatlari ko'rsatiladi. Ushbu tadqiqot natijalari ta'lim sohasidagi amaliyotchilar, o'qituvchilar va ta'lim muassasalari uchun foydali tavsiyalarni taqdim etadi. Maqola shuningdek, o'qituvchilarni shaxsiy rivojlanish va ta'lim jarayoniga integratsiyalashgan yondashuv orqali yanada muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga undaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING PERSONALIZED EDUCATIONAL METHODOLOGY FOR INCREASING THE INFLUENCE OF A MODERN TEACHER IN EDUCATIONAL CLUSTER CONDITIONS

This article is written on the topic of "Improving the methodology of person-oriented education in increasing the authority of a modern teacher in the conditions of an educational cluster." The article analyzes the main principles and methods of person-oriented education and its importance in increasing the authority of the teacher in the educational process. Educational clusters are considered as a network of institutions and organizations that are united and cooperate in the educational system, and it is important to increase the authority of teachers through the use of professionalism of teachers, innovative approaches and modern pedagogical technologies. options are displayed. The findings of this study provide useful recommendations for educational practitioners, teachers, and educational institutions. The article also encourages teachers to work more successfully through an integrated approach to personal development and the educational process.

Текст научной работы на тему «TA`LIM KLASTERI SHAROITIDA ZAMONAVIY O`QITUVCHI NUFUZINI OSHIRISHDA SHAXSGA YO`NALTIRILGAN TA`LIM METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH»

Xakimova Ir. X.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Menejment kafedrasi o 'qituvchisi

TA LIM KLASTERI SHAROITIDA ZAMONAVIY O QITUVCHI NUFUZINI OSHIRISHDA SHAXSGA YONALTIRILGAN TALIM METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Annotatsiya. Ushbu maqola "Ta 'lim klasteri sharoitida zamonaviy o 'qituvchi nufuzini oshirishda shaxsga yo'naltirilgan ta'lim metodikasini takomillashtirish" mavzusida yozilgan. Maqolada shaxsga yo'naltirilgan ta'limning asosiy tamoyillari, metodlari va uning ta'lim jarayonida o'qituvchi nufuzini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Ta'lim klasterlari - bu ta'lim tizimida birlashgan va o'zaro hamkorlik qiladigan muassasalar va tashkilotlar tarmog'i sifatida ko'rib chiqilib, o'qituvchilarning professionalligi, innovatsion yondashuvlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash orqali o'qituvchi nufuzini oshirishning muhim imkoniyatlari ko'rsatiladi. Ushbu tadqiqot natijalari ta'lim sohasidagi amaliyotchilar, o'qituvchilar va ta'lim muassasalari uchun foydali tavsiyalarni taqdim etadi. Maqola shuningdek, o'qituvchilarni shaxsiy rivojlanish va ta'lim jarayoniga integratsiyalashgan yondashuv orqali yanada muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga undaydi.

Kalit so'zlar: ta'lim klasteri, zamonaviy o'qituvchi, nufuz, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim, metodika, takomillashtirish, innovatsion yondashuvlar.

Khakimova I. Kh.

Teacher

of the Department of Management Chirchik State Pedagogical University

IMPROVING PERSONALIZED EDUCATIONAL METHODOLOGY FOR INCREASING THE INFLUENCE OF A MODERN TEACHER IN EDUCATIONAL CLUSTER CONDITIONS

Abstract. This article is written on the topic of "Improving the methodology ofperson-oriented education in increasing the authority of a modern teacher in the conditions of an educational cluster." The article analyzes the main principles and methods of person-oriented education and its importance in increasing the authority of the teacher in the educational process. Educational clusters are considered as a network of institutions and organizations that are united and cooperate in the educational system, and it is important to increase the authority of teachers through the use of professionalism of teachers, innovative approaches and modern pedagogical technologies. options are displayed. The findings of this study provide useful recommendations for educational practitioners, teachers, and educational

institutions. The article also encourages teachers to work more successfully through an integrated approach to personal development and the educational process.

Key words: educational cluster, modern teacher, authority, person-oriented education, methodology, improvement, innovative approaches.

KIRISH

Ta'lim sifatining pastligi hamda aholini savodsiz qilish o'z navbatida jamiyatda sayoz fikrlash natijasida insonlar o'rtasida bo'linish va muxolifat yo'nalishlarining paydo bulishiga, ijtimoiy tengsizlikka, amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasizligiga, davlatning progressiv ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga tahdid solishi mumkin.

Buning uchun eng avvalo yosh avlod ongida sog'lom dunyoqarashni shakllantirish uchun ta'lim tizimimizni yangi bosqichga olib chiqish loxim. Chunki fikrsizlik bu madaniyat kushandasi, ma'naviy o'lim! Fikri yo'q, odamning qiyofasi ham bo'lmaydi, deydilar. Fikr yo'q joyda olomonlik va johillik avj oladi. Bunga misol tariqasida dunyoda sodir bo'layotgan tahlikali holatlar guvohlik beradi.

Zamonaviy ta'lim muassasalarining asosiy metodik yutuqlaridan biri sifatida qaralayotgan "Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim" pedagogik yo'nalishda olib borilayotgan izlanishlarning predmetiga aylanganligini mazkur sohaga oid tadqiqotlar tahlili dalolat beradi. Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim (ShYT) ta'lim oluvchi (o'quvchi yoki talaba)larga o'z-o'zini namoyon etish, mustaqil ta'lim olish (o'qish, o'rganish)ga intilish, o'z qobiliyatlarini, ma'naviy kamolini rivojlantirish, o'z-o'zini anglash uchun eng maqbul sharoitni yaratuvchi o'ziga xos pedagogik faoliyat sifatida qaralishi mazkur izlanishlar mazmuniga singdirilgan.

ADABIYOTLAR SHARHI

O'z tadqiqot ishida ShYT texnologiyasini loyihaviy metod aspektida tadqiq etgan N.A. Alekseev ushbu tushunchani qisqa satrlarda tavsiflab o'tadi [1]:

1. Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim (ShYT) - bu ta'lim oluvchining o'ziga xosligi (xarakter-xususiyatlari), qadriyatlari va o'quv jarayoni sub'ektivligini birinchi o'ringa qo'yadigan ta'lim turidir.

Mazkur masala yoritilgan qator izlanishlarda ShYT an'anaviy, ya'ni jamiyatda muayyan vazifani bajarishni o'rgatadigan ta'lim turiga qarama- qarshi qo'yilganligini kuztishimiz mumkin.

2. ShYT - bu faqatgina ta'lim oluvchi sub'ekt (shaxs)ning o'ziga xosligini e'tiborga olish, balki ta'lim jarayonini tashkil etishning boshqa bir metodologiyasi bo'lib, unda ta'lim oluvchidan shaxsiy funksiyalarni "yoqish/faollashtirish" yoki shaxsiy tajribalarning o'zi talab etiladi.

Ushbu nuqtai nazarda, ya'ni shaxsiy tajribaga to'xtalgan I.S.Yakimanskaya uning uch ko'rinishini qayd etgan:

- predmetlar, tasavvur va tushunchalar;

- harakat va texnikalar, faoliyat/harakatni amalga

oshiruvchi qoidalar (aqliy va amaliy);

- emotsinal kodlar (sub'ektiv/shaxsiy qadriyatlar, stereotiplar [2].

Sohaviy adabiyotlar tahlilidan ayon bo'ladiki, "shaxsiy funksiyalar" tushunchasi pedagogika faniga dastlab V.V.Serikov tomonidan kiritilgan bo'lib, u quyidagicha tasniflanadi: "Shaxsiy funksiyalar - bu (bu yerda) muayyan shaxsning mantiqiy fazilatlariga xos xislat emas, balki uning "shaxs sifatida namoyon bo'lishi"ni ta'minlaydigan ijtimoiy ko'rinishlardir" Motivatsiya, vositachilik, kolliziya (qarama-qarshi qarashlar, intilishlar yoki manfaatlar to'qnashuvi), tanqid, refleksiya, mantiqiy ijodkorlik, orientatsiya, o'z-o'zini namoyon qila olish, hayotiy faoliyatni ma'naviy jihatdan barqaror saqlash kabi xislatlar shaxsiy funksiyalar sifatida qayd etiladi [3].

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Mazkur shaxsiy funksiyalarni quyidagicha tafsiflash, tushunish mumkin bo'ladi:

a. motivatsion - o'z faoliyatini qabul qilish va asoslash;

b. vositachilik -shaxs tashqi ta'sir va xatti-harakatlar ichki impulslariga vositachilik qiladi;

shaxs ichki hamma narsani tashqariga chiqarmaydi, cheklaydi, ularga ijtimoiy shakl beradi;

c. kolliziyaviy - shaxs to'liq garmoniya (uyg'unlik)ni qabul qilmaydi, normal, rivojlangan shaxsiyat qarama-qarshiliklarga yuz tutadi, qidiradi;

d. tanqidiy - shaxs har qanday taklif qilingan vositalarga tanqidiy yondashadi, duch kelgan har qanday narsa norozilikka sabab bo'ladi;

e. refleksiv - inson "Men"ining barqaror qiyofasini yaratish va ongda saqlash;

f. mantiqiy ijodkorlik - shaxs doimo ma'nolar ierarxiyasini aniqlaydi: nima maqsadda hayot kechirayotganligi borasida qanchalik tez- tezfikr yuritsa, u shunchalik rivojlangan sanaladi;

NATIJALAR

Keyingi yillarda umumta'lim tizimida sezilarli ijobiy o'zgarishlar yuz berdi.

Davlatimiz rahbari qapopira muvofiq, maktabgacha ta'lim tizimi yangitdan shakllantirilgani, maktab, akademik litseylar faoliyati takomillashuvi, xorijning oliy o'quv dargohlari ochilib, oliy ta'limga qabul kvotalarining kengaytirilgani, ustoz va murabbiylarning moddiy hamda ma'naviy rag'batlantirilgani jamiyatda muallimning obro' va nufuzini oshirishga zamin yaratmoqda.

Shuningdek, atoqli shoir-yozuvchilarning ijod maktablari, Prezident maktablari, Adiblar xiyoboni tashkil etildi. Darhaqiqat, jamiyat hayotida yangicha qarashlar, o'ziga xoc yondashuvlar paydo bo'lmoqda.

Masalan, umumiy o'rta ta'lim bosqichida kasbga o'rgatish tizimi mehnat bozori talablariga moslashtirilmoqda. Bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash borasida harakatlar boshlangan.

Pirovardida, ushbu tashkiliy-hyqyqiy ishlarning natijasi O'zbekiston yalpi ichki mahsulotida tezroq namoyon bo'lishi va xalqimiz farovonligining yuksalishiga xizmat qilishiga ishonamiz.

O'zbekiston - ulkan imkoniyatlar mamlakati. Buni tariximiz ham bugungi kunimiz ham yaqqol o'z namunalari bilan ko'rsatib bergan. Shu boisdan ham ta'lim

tizimida buyuk o'zgarishlar yangi davr sharofati ila bosqichma-bosqich minglab islohotlarga yo'l ochmoqda.

XULOSA VA MUNOZARA

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, quyidagi konseptual masalalarga alohida e'tibor qaratish zarur.

Birinchidan, mustaqillik yillarida aholining aksariyat qismi iqtisodiy qiyinchiliklardan aziyat chekkani bois mamlakatda yuzaga kelgan va kelib chiqishi mumkin bulgan iqtisodiy muammolarning yechimini to'g'ri yo'lga qo'yish va ushbu masalalarni soha vakillari hisobiga hal etish maqsadida ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirish asosiy mezondir.

Ikkinchidan, globallashuv sharoitida ma'naviy xavf-xatar iskanjasiga tushib qolish va yoshlar ongini boshqa tomonlarga yo'naltirmaslik uchun o'quvchi va fuqarolar o'rtasida O'zbekiston dunyoviy davlatdir degan tushunchani singdirgan holda muqaddas dinimizga hurmat ruhida tarbiyalash.

Mamlakatni ko'p millatli va ko'p konfessiyali ekanligini inobatga olgan holda o'ta muhim siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy maslalarga alohida e'tibor qaratish. Zero, buyuk qirg'iz adibi Chingiz Aytmatov aytganidek "Har bir oila o'z farzandlarini har qanday mafkuraviy tajovuzkorlikdan himoya qilishga tayyor bulib turishi kerak", degan fikr oila va ta'lim muassasasi o'rtasidagi uzviy zanjir hosil qilishi lozim.

Uchinchidan, O'zbekistonda ta'limni rivojlantirish, uni tubdan qayta o'zgartirishda aniq yo'nalishlar asosida ish olib borish.

Xususan, 1) ta'limni tubdan demokratlashtirish, 2) uzluksiz ta'lim g'oyasi, so'ng "ta'lim — bir umrga" g'oyasini "ta'lim — butun umr davomida" g'oyasiga almashtirish, 3) bu nafaqat mutaxassislarni tayyorlash vositasi, balki jamiyatga ongli, fidoyi insonlarni yetkazib berish, 4) ta'limning globallashuviga erishish, 5) ta'limni axborotlashtirish.

To'rtinchidan, zamonaviy O'zbekistonda bugungi kun va kelajak uchun jamiyatda zamonaviy demokratik prinsiplar asosida fuqarolik jamiyatni shakllantirish.

Bunda dunyoning ilg'or rivojlangan davlatlari tajribasini xususan Amerika, g'arbiy Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyoning rivojlangan davlatlari taraqqiyotida o'zaro farqli jihatlarni ko'rib chiqish, fan va ishlab chiqarishning uyg'unligida erishilgan natijalar o'laroq o'z ta'lim tizimimizda transformatsiya jarayonlarini o'zaro bog'liqlikda amalga oshirish.

Shaxsga yo'naltirilgan ta'limni samarali tashkil etish mezonlari shaxsiy rivojlanish parametrlari hisoblanadi. Turli mualliflar tomonidan ularning indikativ ro'yxati shaxsiyat funksiyalari ro'yxatiga o'xshaydi. Biroq, barcha tadqiqotchilar ushbu tushunchalarni amaliyotga tatbiq etish va ularni diagnostika qilish uchun adekvat tizimni yaratishdagi qiyinchiliklarni ta'kidlaydilar.

ADABIYOTLAR ROYXATI 1. Alekseev N. A. Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim; Nazariya va amaliyot masalalari: Monografiya. - Tyumen: Tyumen davlat universiteti nashriyoti, 2016. - 216 p.

2. Yakimanskaya I.S. Maktab o'quvchilarining shaxsiy rivojlanishiga qaratilgan ta'lim dasturlariga qo'yiladigan talablar // Psixologiya savollari. 2014 yil, -No 2. -B.64-77

3. Serikov V.V. Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim // Pedagogika. 2014. - B.17.

4. Bespalova L. Klaster nima? [Elektron resurs] // URL: http://siok.rightside.ru/siok/ 2009-12-01-06-24-41. Qopqoq. ekrandan.

5. Osechkina L.I. Klaster yondashuvi universitet samaradorligini oshirish sharti sifatida // Rossiyada oliy ta'lim. 2012. № 8-9. 75-bet.

6. Sidorin A.V. Klaster yondashuvi asosida yuqori texnologiyali sanoatning kadrlar salohiyatini shakllantirish tizimi // "Naukovedenie" Internet jurnali. 2012 yil. № 4. S. З.

7. Porter M. Musobaqa. Kiev: Uilyams, 2001. 208 b.

8. Davydova N.N., Igoshev B.M. Ta'lim klasteri uzluksiz pedagogik ta'limning mintaqaviy modelining tizimli tarkibiy qismi sifatida // Rossiyada pedagogik ta'lim. 2014. 75-bet.

9. Zohidov G.E. Klaster usuli yordamida ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish usuli. T.: Fan, 2016. 160 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.