Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 11
educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
TA'LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Norboyeva Sayyora Muratovna
Gul.DU Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi katta o'qituvchisi Xudoyberdiyeva Durdona G'ulomjon qizi Gul.DU Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi talabasi Abduqunduzova Malika Tolibjon qizi
Gul.DU Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi talabasi
ANNOTATSIYA
Mazkur tadqiqot jarayonida zamonaviy jamiyatda o'qitishning innovatsion texnologiyalaridan foydalangan holda ta'lim jarayonini tashkil etish bosqichlari tahlil qilib o'tildi. Hozirgi kunda ta 'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, zamonaviypedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo 'llashga bo 'lgan qiziqish, e 'tibor yildan yilga kuchayib bormoqda,
Kalit so'zlar: metod, innovatsiya, novatsiya, pedagogik texnologiya, zamonaviy ta 'lim.
АННОТАЦИЯ
В ходе данного исследования были проанализированы этапы организации образовательного процесса с использованием инновационных технологий обучения в современном обществе. В настоящее время с каждым годом возрастает интерес и внимание к использованию интерактивных методов, инновационных технологий, современных педагогических и информационных технологий в образовательном процессе.
Ключевые слова: метод, инновация, новация, педагогическая технология, современное образование.
KIRISH
Bugungi kunda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning rivojlanish sabablaridan biri shuki, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchi talabalarni faqat tayyor, bir qolipdagi bilimlarini egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi va talabalar bunday jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchlik vazifasini bajaradi. Ta'lim jarayonida o'quvchi
talabalar asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy o'quv yurtlari va fakultetlarida
344
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
malakali kasb egalari va mutaxassislarni tayyorlashda zamonaviy o'qitish metodlari interaktiv metodlardan unumli foydalaniladilar.
Innovatsion texnologiyalarning ta'lim jarayoniga tadbiq qilish jarayonida talaba va o'qituvchi o'rtasidagi munosabatlar birinchi planga chiqadi. Pedagogik texnologiya va pedagogning maxoratiga oid bilim, tajriba va intiraktiv metodlar o'quvchi talabalarning bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Zamonaviy innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to'liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar - bu jamoa bo'lib fikrlash deb yuritiladi, ya'ni pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib ta'lim mazmuninng tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarnig oziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o'quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedogogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lb, ularga quyidagilar kiradi:
a) o'quvchi-talabaning mashg'ulotlar davomida befarq bo'lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;
b) o'quvchi-talabalarni o'quv jarayonida bilimga bo'lgan qiziqishlarini doimiy bo'lishini ta'minlashi;
d) o'quvchi-talabaning bilimga bo'lgan qiziqishini mustaqil ravishda har-bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirishi;
e) pedogog va o'quvchi-talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkilllanishi.
Pedagogik texnologiyalar masalalari, muammolarini o'rganayotgan o'qituvchilar, magistrlar, mustaqil ilmiy-tadqiqodchilar, amaliyotchilarning fikricha, pedogogik texnologiya - bu nafaqat axborot texnologiyasi bilan bog'lq, balki o'qitish jarayonida qo'llanlishi zarur bo'lgan IT, kompyuter, masofali o'qish yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb belgilanadi. Bizning fikrimizcha, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning eng asosiy negizi - bu o'qituvchi va o'quvchi-talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda, birga erishshlari uchun tanlangan texnologiyalarga bog'liq deb hisoblaymiz, ya'ni o'qitish, bilim berish jarayonida maqsad bo'yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo'llaniladigan har bir ta'lim texnologiyasi o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o'quv jarayonida o'quvchi-talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijobiy ishlay olsalar,
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
izlansalarni tahlil eta olsalar, o'zlari xulosa qila olsalar, o'zlariga, guruhga , guruh esa ularga baho bera olsa, o'qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha ana shu o'qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, amaliy mashg'ulot, seminar mashg'uloti, mavzu, o'quv predmetining o'ziga xos xususiyatlari va texnologiyasi bor, ya'ni o'quv jarayonidagi pedogogik texnologiya bu yakka tartibdagi jarayon bo'lib, u o'quvchi-talabaning ehtiyojidan kelib chiqqa holda bir maqsadga yo'naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan bo'ladi. Maqsadni amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish, ham o'qituvchi, ham o'quvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qo'ygan maqsad, tanlangan mazmun, metod, shakl, vositaga, ya'ni texnologiyaga bog'liq. O'qituvchi va o'quvchi- talabaning belgilagan maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani, metodlarni tanlashlari ularning ixtiyorida, chunki har ikkala tamonning tanlagan asosiy maqsadi aniq: natija va samaraga erishishga qaratilgan, bunda o'quvchi -talabalarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, shart-sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun balkim kompyuter bilan ishlash lozimdir, balkim film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo'ladi, bular o'qituvchi va o'quvchi--talabaga bog'liq, albatta.
Shu bilan bir qatorda, o'qitish jarayonini, mashg'ulotni oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda o'qituvchi o'quv predmetining o'ziga xos tamonini, joy va sharoitni, eng asosiysi, o'quvchining imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o'quvchi-talabani ta'limning markaziga olib chiqishi kerak. O'qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko'ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo'lajak dars jarayonini loyihalashtirib olishi zarur. Bunda o'qituvchiga u tomonidan bo'lajak darsni ya'ni masg'g'ulotni texnologik xaritasini tuzib olishi katta axamiyatga egadir. Chunki dars, mashg'ulotlarning texnologik xaritasi xar bir mavzu, xar bir dars uchun o'qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o'quvchi-talabalarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.
O'qituvchi tomonidan o'zi o'qiyotgan fanning har bir mavzusi, har bir dars mashg'uloti bo'yicha tuzilgan yuqoridagi kabi texnologik karta unga fani, predmetini yaxlit holda tasavvur etib yondashishga, tushunishiga, yaxlit o'quv jarayonining boshlanishi, erishiladigan natijasini ko'ra olishiga yordm beradi. Ayniqsa, texnologik
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
kartani o'quvchi-talabaning imkoniyati, ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi uni shaxs sifatida ta'limning markaziga olib chiqishga olib keladi. Bu esa o'qitishning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. O'qitish jarayonida o'quvchi talabalarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qo'llanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondashish, ma'suliyatni sezish, ilmiy tadqiqod ishlarini olib borish, tahlil qilish ilmiy adabiyotlardan unimli foydalanishga, eng asosiysi, o'qishga, fanga, pedagogga va o'zi tanlagan kasbiga bo'lgan qiziqishlarni kuchaytiradi.
REFERENCES
1. Ta'lim mutafakkurlari / tahrir. Perspektivlar 2017 yil.
2. Yanushkevich F. Oliy ta'lim tizimida o'qitish texnologiyasi. M.: Oliy maktab, 1986. 133b.
3. Karpenko M. Ta'limning yangi paradigmasi. XXI asr // Oliy. Rossiyada ta'lim. 2007. No 4. S. 93-98.
4. Axmetova D., Gurye L. Universitet o'qituvchisi va innovatsion texnologiyalar // Oliy. Rossiyada ta'lim. 2001. No 4. S. 138-145.