DOI 10.5281/zenodo.14499036
Tursunov M.M. Andijon viloyati Andijon tumani 33-maktabninggeografiya fani o'qituvchisi
SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNING HUDUDIY XUSUSIYATLARI (QORADARYO MISOLIDA)
Annotatsiya: Ushbu maqolada Andijon viloyati hududidan oqib o 'tuvchi Qoradaryo misolida suv resurslaridan samarali foydalanish haqida ma 'lumotlar berilgan. Suv resurslarining taqsimotida nimalarga e 'tibor berilishi, daryo suvlarini qanday taqsimlasa yaxshi natija berishi haqida batafsil ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: Qoradaryo, suv resurslari, ekologik xavfsizlik, sug'oriladigan yerlar, urbanizatsiya, daryolar, suv taqsimoti, Qorag 'ulja, Tor daryosi, Andijon suv ombori, dehqonchilik va baliqchilikning rivojlanishi, Qashaqasuv, O'zgan, Teshiktosh, Kuyganyor.
Tursunov M.M. Geography teacher of school 33 Andijan district, Andijan region
REGIONAL CHARACTERISTICS OF EFFICIENT USE OF WATER RESOURCES (IN THE EXAMPLE OF KORADARYO)
Abstract: This article provides information on the effective use of water resources on the example of the Kara Darya flowing through Andijan region. Detailed information is given on what to pay attention to in the distribution of water resources, how to distribute the river's waters and give good results.
Key words: Karadarya, water resources, ecological safety, irrigated lands, urbanization, rivers, water distribution, Karagulja, Tor River, Andijan Reservoir, development of agriculture andfisheries, Qashqasuv, Ozgan, Teshiktosh, Kuyganyar
O'zbekistonning ekologik xavfsizligi nuqtai nazaridan qaraganda, suv zaxiralarining, shu jumladan yer usti va yer osti suvlarining keskin taqchilligi xamda ifloslanganligi katta tashvish tug'dirmoqda. Respublikaning daryolari, kanallari, suv omborlari va xatto yer osti suvlari ham xar taraflama inson faoliyatining ta'siriga uchramoqda. Sug'oriladigan hududlarda suv tabiatning bebaho in'omidir. Butun xayot suv bilan borlik. Zotan, suv tamom bo=lgan joyda xayot ham tugaydi. Shunday bo'lsada, Markaziy Osiyoda suv zaxiralari juda cheklangan. Yiliga 78 kub kilometr suv keltiradigan Amudaryo va 36 kub kilometr suv keltiradigan Sirdaryo asosiy suv manbalaridir. Suv zaxiralarining sifati eng mudim muammolardan biridir. 60-yillardan boshlab Markaziy Osiyoda yangi yerlar keng ko'lamda o'zlashtirildi.
мЭкономнка h соцнумм №11(126)-1 2024
www.iupr.ru
565
Sanoat, chorvachilik komplekslari ekstensiv rivojlantirildi. Urbanizatsiya kuchaydi. Kollektor-zovur tizimlari qurildi hamda daryo suvlari sug'orish uchun muttasil yuqori hajmlarda olindi. Shu bois havza- lardagi suvning sifati tobora yomonlasha bordi. Qadimdan mamlakatimiz hududida suv xayot manbai sifatida qadrlangan, tirikchilikning birinchi omili sanalgan, uni muqaddas bilib, asrab - avaylab, tejab -tergab sarflangan. Bu qarashlar o'z moxiyatini bug'un xam yo'qotgan emas. Darhaqiqat mamlakatimiz qishloq, xo'jaligi ishlab chiqarishini suvsiz tasavvur etish mumkin emas. Shuning uchun suvdan maqsadli, tejab - tergab foydalanish hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida yana ham dolzarb bo'lib turibdi. Chunki qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining asosiy qismi bo'lgan paxta, g'alla va boshqa mahsulotlar yetishtirish bevosita suv ta'minoti bilan chambarchas bog'liq. Respublika bo'yicha sug'orish uchun yiliga o'rtacha 55 mlrd. m 3 suv talab etiladi. Bu ko'rsatkich Markaziy Osiyo respublikalarida iste'mol qilinadigan suvning deyarli yarmiga tengdir. Respublikada foydalaniladigan suvning ko'p qismi qo'shni davlatlar hududlaridan oqib keladi. Respublikada foydalaniladigan suvning 85 foizi qishloq xo'jaligida ishlatiladi. Dexdonchilikka mo'ljallangan yerlarning 98 foizini sug'oriladigan maydonlar tashkil etadi. O'zbekiston hududida vujudga keladigan suv resurslarining ulushi Amudaryo havzasi bo'yicha 6 foizni, Sirdaryo havzasi bo'yicha 16 foizni, respublika bo'yicha jami oqimning taxminan 8 foizini tashkil qiladi. Ko'rinib turibdiki, suvdan tejab-tergab, samarali foydalanilmasa, kelgusida suv ta'minotida muammolar kelib chiqishi mumkin.
Respublikamizda suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida bir nechta ishlar amaga oshirilmoqda. Endi esa buni Andijon viloyati hududida joylashgan Qoradaryo daryosi misolida ko'rib chiqamiz. Andijon viloyatidagi Qoradaryo viloyatning eng yirik daryolaridan biri bo'lib, uning umumiy uzunligi 180 km uning 37 km qismi Qozog'iston Respublikasi hududidan oqib o'tadi. Suv yig'ish havzasining umumiy maydoni 30100 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Uning yillik suv sarfi o'ta sersuv yillari sekundiga 1200-1500 kub metrni tashkil qilgan bo'lsa, doimiy holda 800-1000 kub metrga yetadi. Qoradaryoning asosiy ikkita irmog'I bo'lib, ular Qorakulja va Tor daryolari hisoblanadi. Qoradaryoning o'ng irmog'I hisoblangan Qora-Kulja Farg'ona tizmasining janubi - sharqiy qismida 4692 metr balandlikdagi g'arbiy yonbag'rlaridan boshlansa, Tor daryosi Qizilqiyaning shimolida Qashqasuv degan joydan boshlanadi. 78 Qorag'ulja daryosi bilan Tor daryosi O'zgan shahrining sharqida 15 kilometr uzoqlikda qo'shilishidan Qoradaryo hosil bo'ladi. Qoradaryoga Oloy tog' tizmasidan suv oladigan Qulja daryosiga Qorasuv shahri atrofida o'z suvini Qoradaryoga olib kelib quyadi. Undan tashqari yana bir nechta jilg'alar, soylar Qoradaryoni suv resursi bilan ta'minlaydi.
O'zgan shahridan o'ng tomonda Yassi, chap tomondan esa Qurshab daryolari ham o'z suvlarini olib kelib quyadi. Qoradaryoning to'yinish manbayi, asosan, muzlik va qor hisoblanadi. Daryo o'zanida vodiydagi eng yirik suv omborlarida biri hisoblangan Andijon suv ombori barpo etilgan bo'lib, ushbu suv omborida yil davomida suv to'planib, Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlari aholisini va xo'jaliklarini suv manbayi bilan ta'minlashga xizmat qiladi.
78 M.Mamajonov. X.Aliyev. Andijon geografiyasi. Andijon viloyati tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi.
Qoradaryo o'zani Andijon suv omboridan chiqib viloyatning Qorg'ontepa, Jalaquduq, Andijon,Paxtaobod, Izboskan, Oltinko'l va Baliqchi tumanlari hududidan oqib o'tadi, bu hududlardan oqib o'tgunga qadar, unga daryoning o'ng tarafidan Kuok-Art, Tentaksoy, Maylisoy daryolari qo'shilsa, chap tarafdan Qorag'unon daryosi kelib o'z suvini quyadi. Qoradaryo Baqliqchi tumanining Qo'rg'oncha mahlla fuqarolar yig'ini hududidagi Chumchuqyor qishlog'ida Norin daryosi bilan birlashib Sirdaryoni hosil qiladi. Qaradaryo o'zagida suv oqimini tartibga solib uni boshqarib turish uchun Teshiktosh va Kuyganyor gidrouzellari qurilgan bo'lib, bu suv inshootlari daryo suvini taqsimlab undan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilab nazorat qiladi. Undan tahqar daryo tabiatda bo 'ladigan sel va kollektor - zovur suvlarini ham olib chiqib ketish xizmat qiladi. 79
Qoradaryo daryosida suv sesurslaridan samarali foydalanishimiz uchun nimalarga e'tibor berishimiz kerak? Ular quyidagilar:
S Hududning gidrografik vaziyati: suv resurslariga yaqin bo'lgn hududn holatining muhimligi Bu juda ham yaxshi omil hiosblanadi. Chunki qanchalik suvga yaqin bo'lsa, shuncha yuqori darajadagi samaradorlik va agroiqtisodiyotni bir martalik darajada rivojlantirish sharti. Mobodo suv yetarli darajada bo'lmasa, u har bir sohaga barqaror ta'sir qiladi.
S Yer usti yoki relyefining xususiyatlari va unumdorligi: u yaxshi va unumdor yer resurslariga ega. Ayniqsa rivojlantirish zarur bo'lgan qishlq xo'jaligi rayoni uchun qulay zaminning pastligi, tez ta'minlash uchun zarur bo'lgan qishloq xo'jaligi rayoni uchun muhimdir. Qishloq xojaligi uchun qulay bo'lga zaminning pastligi, tez ta'minlash uchun zarur bo'lgan suv tanqisligi kabi muammolar mavjud. U sharqiy mintaqada joylashgan. Birinchi navbatda bunday kamomad asoslarini doimiy ravishda kuzatib borish kerak.
S Aholining tarixiy holatia ta'sir ko'rsatishi: bu hudud boshqa yerlarga nisbatan yaxshi yerda joylashgan. Odamlar u yerlarda asrlardan beri yashaydi va gullab yashnagan. Bundan tashqari aholi chorvachilik, bog'dorchilik va uzumchilik bilan shug'ullanadi.
Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, Qoradaryo daryosi Andijon viloyatining asosiy daryolaridan biri hisoblanadi. Chunki, Andijon suv ombori ham aynan Qoradaryoga qirilgan. Shuning uchun ham boshqa daryolarga nisbatan ahamiyatliroq hisoblanadi. Bu havzaning yaqinida odamlar qulay joylashgan. Qolaversa, bu hududning iqtisodiyoti ko'proq qishloq xo'jaligiga bog'liq holsa rivojlanadi. Shuning uchun ham suv resurslari bilan ta'minlashga alohida e'tibor berishimiz kerak. Biz avvalo suv resurslarini behuda isrof qilmaslik va daryolarning ifloslanishini oldini olishimiz zarur. Shunndagina daryolarning suvlaridan samarali foydalanishimiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. M.Mamajonov. X.Aliyev. Andijon geografiyasi. Andijon viloyati tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi.
79 https://uz.wikipedia.org sayti.
2. X.Valieyev, Sh.Murodov, B.Xolbayev. suv resurslaridan mukammal foydalanish va muhofaza qilish.
3. S.Djalolov. suv tanqisligi sharoitida sug'orma dehqonchilik. T. 2000 y
4. V.Shuls, A.Mashrapov. Gidrografiya O'rta Osiyo. - T. "Iqtisodiyot", 1963
5. A.Rahmatullayev. O'zbekistonda suv resurslari va sug'orma dehqonchiligi. Cho'larni o'zlashtirish muammolari
"Экономика и социум" №11(126)-1 2024
www.iupr.ru
568