Kuldashova Sh.A.
Termiz davlat pedagogika instituti Termiz, 190111 Uzbekistan Maxammadiyev A.Sh.
Termiz davlat universiteti Termiz, 190101, Uzbekistan
SURXONDARYO VILOYATIDA YUZ BERADIGAN CHANG BO'RONLARIGA SABAB BOLUVCHI OMILLAR VA CHANGNING
TASIRINI O'RGANISH
Annotatsiya: Hozirgi vaqtda bir qancha jahon mamlakatlarida kuzatiladigan chang bo'rinlarining ta^siri ortib borayotganligi ekologik mammolardan biriga aylanib bo 'ldi.
Kalit so'zlar: Chang, changli kunlar, iqlim omillari, Surxondaryo viloyatida "Afg 'on shamoli "ning vujudga kelishi, chang zarrachalari, chang bo 'ronlari.
Kuldashova Sh. A.
Termiz state pedagogical institute Termez, 190111, Uzbekistan Makhammadiyev A. Sh.
Termiz State University Termez 190101, Uzbekistan
FACTORS CAUSING DUST STORMS IN SURKHANDARYA REGION AND STUDYING THE IMPACT OF DUST
Abstract: The increasing impact of dust storms, currently observed in several countries around the world, has become one of the environmental concerns.
Keywords: Dust, dusty days, climatic factors, the emergence of the "Afghan Wind" in Surkhandarya region, dust particles, dust storms.
Kirish. Hozirda ko'pgina mamlakatlarda yuz beradigan chang bo'ronlari shahar va tunamlar aholisining salomatligiga jiddiy tasir ko'rsatishi bilan bir qatorda surinkali kasaliklarni ham keltirib chiqarmoqda. Chang bo'ronlari vaqtida nafas olish paytida u burun va tomoqdan osonlikcha o'tib, bronxlar va o'pkalarga joylashib, turli xil sog'liq muammolarini keltirib chiqaradi[1].
Surxondaryo viloyati hududi tog'lar orasidagi berk botiqda joylashganligidan yog'inlar notekis taqsimlangan. Yog'in miqdori relyefning tuzilishiga bog'liq bo'lib, janubi-g'arbdan (tekisliklardan) shimoli-sharqqa (tog'larga) tomon ortib boradi. Viloyatning janubidagi tekisliklarga eng kam yog'in (yiliga 133-230mm) tushadi. Biroq tog' yonbag'irlari bo'ylab ko'tarilgan yog'in miqdori ortib, 500-600 mmga yetadi. Nam havo shimol va shimoli-sharqqa borgan sari tog'lar tomon
ko'tarilib soviydi va viloyatning shimol va shimoli-sharqdan o'rab olgan Hisor tog'larining janubiy yonbag'irlariga 800-900 mmgacha yog'in tushishi mumkin[2].
Surxondaryo viloyatda yoz oylarida g'arbiy, janubi-g'arbiy, qish oylarida shimoli-sharqiy shamollar ko'p esadi. Viloyat janubiy qismining iqlimiga janubi-g'arbdan esuvchi chang-to'zonli quruq "Afg'on" shamoli salbiy ta'sir ko'rsatadi[3].
1. Natijalar va tahlillar.
Tajtriba va natijalar olishda SN 245-71 va GOST 12.1.005-88 tomonidan turli changlar (aerozollar) uchun, ularning fibrogen va zaharlilik xususiyatlarini aniqlash uchunda foydalanildi[4].
Havoda turli xildagi changli birikmalar miqdorining ruxsat etigan miqdoriy konsentratsiyasini aniqlashda CaHnuH PY3 N 0293-11 orqali aniqlandi[5].
Surxondaryo viloyatida mavsumiy xaraktirga ega chang bo'ronlarining sodir bo'lishi va yillik changlik va turli hodisali kunlar soni monitoring jarayonlarida o'rganildi.
1-jadval
Hodisa Yanvar Fevral Mart Aprel May Iyun Iyul Avgust Sentabr Oktyabr Noyabr Dekabr Yillik
Yomg'ir 7 10 11 8 5 1 1 0.2 0 3 6 8 60
Qor 4 3 1 0,03 0.1 0 0 0 0,03 0.1 1 3 12
Tuman 3 1 1 0.3 0.1 0.1 0 0,03 0,03 0.2 1 4 11
Tuman 2 4 5 6 6 7 9 7 7 7 6 3 69
Bo'ron 0.1 0.2 1 2 2 1 0,03 0,03 0.1 0.1 0.1 0.1 7
Bo'ron 0,03 0.2 0.1 0 0 0 0 0 0 0 0 0.1 0
Chang bo'roni 1 2 2 2 2 2 1 1 1 2 2 1 19
Muz 0 0,03 0.1 0 0 0 0 0 0 0 0 0.1 0.2
Yuqoridagi monitoring natijalari ko'p yillil o'rtacha ko'rsatkich malumotlar hisoblanadi[6].
Surxondaryo viloyatida "Afg'on shamoli"ning vujudga kelishi sabablari O'rta Osiyo tekislik qismlariga sovuq havo massalarining kirib kelishi hamda sovuq frontning yaqinlashishi bilan bog'liq holda kechadi.
"Shimoldan esadigan sovuq havo massalari zich va og'ir bo'lganligidan Parapamiz tog'laridan o'ta olmay, tekisliklarda to'planib, yuqori bosimli markazi vujudga keladi[7]. Hisor va Ko'hitang tog'lari bilan to'silgan Surxondaryo, Kofirnihon,Vaxsh havzalarida esa havo iliq, bosim past bo'ladi[8].Shunga ko'ra, bu hududlarga qarab kuchli g'arbiy va janubiy-g'arbiy shamollar esadi. Termiz yaqinida "Afg'on shamoli" yiliga o'rta hisobda 16 kun esadi[3]. Bu kabi shamollar tog'lardan oshib tushib, qishda iliq havo, boshqa vaqtlarda esa issiq havo keltiradi. Bu kabi shamol tezligi ayrim vaqtlarda sekundiga 15-20 m ga yetadi, qum va changni to'zitadi va atmosferada changlik darajasining ortishiga, ba'zan havoning juda xiralashtiradi. Bunda ko'rish masofasi 100-200 m gacha tushib ketadi. Bu shamol bahorda esganda qishloq xo'jaligiga juda katta zarar yetkazib hosildorlikning 20-25 % ga keskin tushib ketishiga ham sabab bo'ladi.
Har xil shamol yo'nalishlarining chastotasi, %
2-javal
Yo'nalishi Yanvar Fevral Mart Aprel May Iyun Iyul Avgust Sentabr Oktyabr Noyabr Dekabr Yillik
BILAN 15 13 15 14 13 9 4 3 6 12 14 15 11
NE 25 26 25 24 18 12 6 5 11 21 27 26 18
IN 15 16 16 14 12 8 4 5 7 11 13 15 11
SE 8 7 6 7 8 6 6 8 10 9 8 8 8
Yu 6 5 5 6 8 9 11 12 13 10 7 7 8
SW 14 14 15 15 15 18 22 23 21 16 14 13 17
Z 15 17 16 17 20 30 37 34 26 18 15 14 22
NW 2 2 2 3 6 8 10 10 6 3 2 2 5
tinch 12 9 8 7 7 8 9 10 13 14 13 13 10
Surxondaryo viloyatida "Afg'on shamoli"ning tasirida chang bo'ronlarining tarqalishida shamol seklonlarining tasiri katta.
l-rasm. Termiz shahrida fasllarning bir oyi bo'yicha "shamol guli"
w _\J N E
S \
январь
Xususan 2023-yil 22 iyun kuni Termiz shahrida ob-havo sharoitlari tufayli chang bo'ron hodisasi kuzatildi. Havodagi changlik darajasi monitoring jarayonlarida "Ekolob" asbobida "fotoelektromitrek" usulda natijalar o'rganildi.
Natijalar quyidagi vaqtlarda olindi.
2-rasm
Bu kabi chang ko'tarilishi kamida 12 soatdan 24 soatgacha ayrim vaqtlarda bundan xam ko'proq vaqt davom etishi oqibatida, odamlarning nafas olishi qiyinlashib, o'z navbatida issiq oqim (garmsel) kirib kelishiga sabab bo'ladi. Havoning chang zarralari bilan ifloslanishi butun yer sharidagi tirik mavjudotlar uchun xavf tug'diradi.
Surxondaryo viloyatida qum bo'ronli kunlarning maksimal kunlar soni Termiz shahri, Termiz tumani va unga tutash tumanlar hududlarda 68 kunni tashkil etishi bu hududlarda ekologik muhitning yomonlashuviga olib keladi[9].
Xulosa
O'tkazilgan tajriba va olingan natijalarga ko'ra, Viloyatda kuzatiladigan chang bo'ronlarining tasiri kundan kunga orib borayotganligi ayon bo'ladi. Chang bo'ronlari vaqtida havoda 2,5, 5 va 10 mkm li chang zarralari va ularga irigan holda ko'lab kimyoviy zararli moddalarning uchrashi esa chang tasrini yanada oshirib yuboradi. Bu holatlarning oldini olish uchun mini muhitlarda chang yotqizish mexanizmlaridan foydalanish va chang bo'ronlari vaqtida tibbiyot niqoblaridan foydalanish hamda talim muassasalari, xodimlarning ishjoylari, tibbiyot massasalari va kasalxnalarda maxsus chang tozalash texnologiyasini joriy etish yaxshi samara beradi.
Chang bo'ronlarini kamaytirish uchun ko'plab amaliy ishlar olib borilmoqda ammo qum bo'ronlari tabiiy jarayonda sodir bo'lishini inobatga oladgan holda bu jarayonga mini muhitlarda changni tozalochi texnologiyalardan foydalanish va yashil makonlar barpo etib kurashish mumkin bo'ladi.
Adabiyotlar.
1. Umarova M.H. "CypxoHgape Baro^m TonoHHMnapHHHHr reorpa^HK ^Hx,araapu" T. Innovatsion -Ziyo. 2021.
2. Abdunazarov H. M., Umarova M.H. "Surxondaryo geografiyasi" TerDu NMM nashriyoti, 2023-y.
3. E. I.Ibragimov, A. A.Xojiyev, N. S.Saidxo'jayeva "Mehnat muhofazasi" O'quv qo'llanma. -T., 2019.
4. С.С.Сайдалиевым O'zbekiston respublikasi aholi yashash punktlarida atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyalar (ПДК). 16.05.2011 г.