Ashurov J.S.
Termiz davlat pedagogika instituti Tabiiy va aniq fanlar fakulteti Texnologiya va Geografiya kafedrasi o'qituvchisi
Choriyorova I.A.
Termiz davlat pedagogika instituti Tabiiy va aniq fanlar fakulteti Geografiya ta'limyo'nalishining 2 kurs talabasi
SURXONDARYO VILOYATI GEOGRAFIK O'RNI, TABIIY SHAROITI VA YER YUZASINING TUZILISHIGA TABIIY GEOGRAFIK TAVSIF
Annatatsiya: Surxondaryo viloyati O'zbekiston Respublikasining eng janubiy qismida joylashgan, iqlimi quruq subtropik iqlim mintaqasiga joylashgan, Surxondaryo viloyati relyefi tog' va tekisliklardan iborat, shimoldan janubga qiyalanib va kengayib boradi. Tog 'lardan oqib tushadigan ko 'pdan ko 'p daryo va soylar dara hosil qilgan. Surxondaryo viloyatining zamini o 'ta qadimiy ekanligi, u murakkab geologik rivojlanishni boshidan kechirganligi, Surxondaryo viloyati hududi bir qancha morfologik strukturalardan iboratligi haqida ma 'lumotlar ushbu maqolada yoritib berilgan.
Kalit so'zlar. mineral xom ashyolar, geografik kenglik, geografik uzoqlik, geologik rivojlanish bosichlari, mutloq balanflik, Orogen va plitali strukturalar, Gertsin va Alp bosqichlari.
Ashurov J.S.
Termez State Pedagogical Institute Faculty of natural and Exact Sciences Teacher of the Department of technology and geography
Choriyorova I.A.
Termez State Pedagogical Institute Faculty of natural and Exact Sciences
2-year student of the geography education direction
SURKHANDARYA REGION GEOGRAPHICAL POSITION, NATURAL CONDITIONS AND NATURAL GEOGRAPHICAL DESCRIPTION OF THE STRUCTURE OF THE EARTH'S SURFACE
Annatation: Surkhandarya region is located in the southernmost part of the Republic of Uzbekistan, the climate is located in the region of dry subtropical climate, the relief of Surkhandarya region consists of mountains and plains, slopes and expands from North to South. More and more rivers and streams flowing from the mountains formed dara. Information about the fact that the land of surkhandarya region is extremely ancient, it has undergone complex geological development, the territory of Surkhandarya region consists of several morphological structures is covered in this article.
Key words. mineral raw materials, geographical latitude, geographical distance, geological development pressures, absolute balance, orogenic and plate structures, Herzin and Alpine stages.
Surxondaryo viloyati O'zbekiston Respublikasining eng janubiy qismida joylashgan bo'lib iqlimi quruq subtropik iqlim mintaqasiga joylashgan. Viloyat hududi 370 101 — 390 021 shimoliy kenglik va 660 321 — 680 251 sharqiy uzoqlikda joylashgan. Surxondaryo viloyati O'zbekiston Respublikasining tarkibiy qismidagi 12 ta viloyat va Qoraqalpog'iston Respublikasining biridir. Viloyat mamlakatimizda siyosiy, ma'muriy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida o'ziga xos o'rin tutadigan viloyatdir. Surxondaryo viloyatining tarkibi ma'muriy jihatdan davrlar osha o'zgarib turgan. Surxondaryo viloyati - 1941-yil 6 martda tashkil etilgan (1925-yil 29 iyundan Surxondaryo okrugi bo'lgan). 1960-yil 25 yanvarda Qashqadaryo viloyati bilan qo'shilgan. 1964-yil fevralda qaytadan tashkil qilindi. Respublikaning janubi-sharqida, Surxon-Sherobod vodiysida joylashgan. Viloyat nomi vohadan oqib o'tuvchi "Surxon" (fors-tojik: "qizil") daryosi nomidan kelib chiqqan. Janubidan Amudaryo bo'ylab 180 km masofada Afg'oniston Islom respublikasi bilan, shimoliy, shimoli-sharq va sharqdan Tojikiston, janubi-g'arbdan Turkmaniston, shimoli g'arbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 20,1 ming km2 bo'lib, 9-10 ming km kv maydoni tekislik, qir va adirlardan, qolgan 10-11 ming km kv dengiz sathidan 1500-4500 metrgacha balandlik va undan yuqori bo'lgan tog' hamda tog' tizmalaridan iborat.
Surxondaryo viloyati relyefi tog' va tekisliklardan iborat, shimoldan janubga qiyalanib va kengayib boradi. Tog'lardan oqib tushadigan ko'pdan ko'p daryo va soylar dara hosil qilgan. Surxondaryo va Sheroboddaryo oqib o'tadigan tekislik shimoliy, g'arb va sharqdan baland Hisor tizmasi (eng baland joyi 4643 m) va uning tarmoqlari (Boysuntog', Ko'hitangtog', Bobotog') bilan o'ralgan.
Viloyatimizning xaritadagi ko'rinish egri chizilgan uchburchakga o'xshaydi. U shimol tomondan janubga qarab 220-250 km, g'arbdan sharqga esa 150-170 kmga cho'zilgan. Viloyatning uchta tomoni tog'lar bilan o'ralgan, chegarasi janubiy tomoni ochiq. Uning janubdagi Amudaryo o'zani orqali Afg'oniston davlati bilan o'tgan chegarasi daryo o'zaniga ko'ra g'oyat egri bugridir.
Surxondaryoning g'arbiy va shimoli-g'arbiy chegara chiziqlarida joylashgan baland tog'lar viloyatda o'zgacha iqlimiy sharoit hosil qiluvchi omillardir. Janubiy chegaradagi ochiqlik esa shimoliy va shimoli-g'arbiy havo massalarining viloyat hududiga kirib kelishi uchun "darvoza" hisoblanadi.
Viloyatning tabiatiga tabiiy landshaftiga, uning iqlimi, suv resurslari, tuprog'i, o'simliklar va hayvonot dunyosi holatiga uning geografik o'rni ta'sir ko'rsatib turadi. Shuningdek viloyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga chegaradosh davlatlar bilan ta'siri kuchli. Ayniqsa, Afg'oniston bilan Amudaryo porti va Amudaryo temir yo'li va avtomobil yo'li orqali olib borilayotgan 20 dan ortiq Osiyo va Yevropa davlatlarining iqtisodiy, texnikaviy, savdo-sotiq aloqalari, hamda Tojikiston bilan Termiz-Dushande, Termiz-Yavon temir yo'l va avtomobil yo'llari orqali olib borilayotgan aloqa viloyat ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotiga kuchli ta'sir ko'rsatib turadi.
Surxondaryoning viloyatining maydoni 20,8 ming kv. km. Viloyat mamlakat hududining 4.6 foizini tashkil qiladi. Surxondaryo viloyati maydonini boshqa davlatlar bilan qiyoslaganimizda uning salmoqli ekanligini bilamiz. Jumladan uning
hududi Kipr maydonidan 2,23 marta, Quvaytnikidan 1,3 marta, Livannikidan 2, Singapurnikidan 34,7 marta, Markaziy Amerikadagi Yamayka davlatidan 1,89 marta katta va Salvador davlati (21.0 ming kv.km.) ga deyarli tengdir.
Surxondaryo viloyatining zamini o'ta qadimiy bo'lib, u murakkab geologik rivojlanishni boshidan kechirgan. Surxondaryo viloyati hududi bir qancha morfologik strukturalardan iborat. Ular quyidagilardan iborat: Tekislangan tektonik yuzalar, Strukturali tekislangan yuzalar, Akkumulyativ yuzalar.
Tog'lar bilan tekislik orasida adir va tog' oldi zonasi joylashgan. Tog'lar shimoliy sovuq havo oqimlarini to'sib turishi natijasida subtropik o'simliklar o'stirish uchun qulay iqlim sharoiti vujudga kelgan. Tog' zonasi va adirlarda, asosan, g'alla yetishtiriladi, chorva uchun yozgi yaylov. Mutlaq balandligi 300-500 m bo'lgan Surxon-Sherobod tekisligida paxta ekiladi, bog' tokzorlar barpo qilingan.
Respublikamiz, xususan Surxondaryo viloyati hududi tabiatining rivojlanishi va relyefining vujudga kelishi turli geologik era va davrlarda yuz bergan endogen va ekzogen jarayonlar ta'siri natijasi hisoblanadi. Surxondaryo viloyati ham har xil katta-kichiklikdagi tektonik strukturalardan tashkil topgan bo'lib, ulardan eng kattalari antiklinal burmali strukturalardir.
O'zbekistonning tog'li janubiy, sharqiy va markaziy qismlari orogen o'lka tarkibiga kiritiladi. Surxondaryo viloyatida u Hisor-Zarafshon sistemalaridagi tog' tizmalari, Afg'on-tojik botig'ining shimoli-g'arbiy qismini o'z ichiga oladi. Orogen va plitali strukturalar Gertsin va Alp tog' paydo bo'lish davrlarida hosil bo'lgan va turli katta-kichikliklardagi va yo'nalishlardagi yer yoriqlari (razlomlari) bilan kesilgan. Mazkur yoriqlar orqali neogen davridan boshlanib, hozir ham davom etayotgan yangi tektonik harakatlar ta'sirida turli balandliklar ko'tarilgan, ba'zilari cho'kkan, natijada viloyatning biz hozir ko'rib turgan tog' tizmalari va tog' oralig'i botiqlari hosil bo'lgan. Gertsin tog' paydo bulish davrida tektonik harakatlar bilan bir qatorda vulkan jarayonlari ham sodir bo'lgan. Vulkanik yer yoriqlari bo'ylab sodir bo'lgan gidrotermal va boshqa jarayonlar rudali, rangli, nodir, qimmatbaho foydali qazilmalar hosil bo'lgan.
O'zbekiston hududi shu jumladan, Surxondaryo viloyati o'zining geologik rivojlanish davrlarida juda ko'plab muhim paleotektonik va paleogeografik jarayonlarni kechirgan. Geologik davrlarning o'ziga xos xususiyatlari shundaki, har bir davrda, albatta, yer rivojlanishi tarixida muhim ahamiyatga ega bo'lgan jarayonlarni sodir etgan. Geosinklinal sharoitda sodir bo'ladigan jarayonlar bir necha marotaba takrorlangan bo'lib, bu jarayonlar bevosita Surxondaryo viloyati hududiga ham tegishlidir. Kembriyning boshlanish davrida Oloy, Turkiston, Zarafshon va Hisor tizmalari o'rnidagi dengiz tektonik harakatlar natijasida chekinib, uning o'rnida tog'lar hosil bo'lgan, vendning oxiriga kelib esa tektonik harakatlarning so'nishi va yemirilish jarayonlarining kuchayishi oqibatida u hududning yer yuzasi tekislangan.
So'nggi yillarda mamlakatimizda ona zamin bag'ridagi bitmas-tuganmas mineral xom ashyo zaxiralarini chuqur o'rganish va ulardan davlatimizning taraqqiyoti yo'lida foydalanishga e'tibor juda kuchaydi. Bizning zaminimiz nafaqat go'zal tabiati, qolaversa mo'tadil iqlimi, qulay geografik joylashuvi, qadimiy va
tarixiy yodgorliklariga ega bo'lmasdan balki, qimmatbaho mineral xom ashyo zaxiralariga ham juda boydir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Umarova M.H. Abdunazarov H.M. Surxondaryo viloyati tabiiy geografiyasi. Termiz-2022
2. Баратов П. "Узбекистон табиий географияси".Тошкент "Укитувчи"-1996
3. Зокиров Х.Х. "Табиий ресурслардан окилона фойдаланиш" Дарслик. Сурхон-нашр-2020
4. Рузиев А. Сурхондарё вилояти. - Тошкент . 1996
5. Ашуров Ж. Алланов Ш. История изучения природы Сурхандарьинской области. Молодые ученые, 1(2), 73-75