Научная статья на тему 'SURXON-SHEROBOD VOHASIDA UY-JOYLAR QURILISHI TARIXI HAMDA ULARDAGI TRANSFORMATSIYALAR'

SURXON-SHEROBOD VOHASIDA UY-JOYLAR QURILISHI TARIXI HAMDA ULARDAGI TRANSFORMATSIYALAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
203
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqlim / me`morchilik / uy-joy / tog` / pishgan g`isht / tog` oldi / cho`l / qal`a / masjid / tosh / qamish / madrasa / qishloq. / climate / architecture / housing / mountain / baked brick / mountainside / desert / castle / mosque / stone / reed / madrasa / village.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ahmedov, Bekzod Bahtiyorovich

Ushbu maqolada Surxon-Sherobod vohasi qadimdan qurilish sohasida o`ziga hos uslub va an`analarga ega holda rivojlanib kelganligi, bu marosimlarda qishloqning kattayu kichigi faol ishtirok etishganligi, marosimlar markazida Qishloq oqsoqollari bosh bo`lishganlari yuzasidan qiyosiy tahlillar berilgan. Albatta, bu ishtirokchilar ajdodlar taomillariga to‘liq amal qilgan holda ish yuritishgan. Uy-joy qurishda tog` qishloqlari aholisi hashar bilan uylarni qurishgani, barcha keluvchilar o`zlari bilan bittadan tosh olib kelishgani, uyni birinchi toshini uy egasi qo`ygani O‘rta Osiyoning boshqa mintaqalarida bo‘lganidek, bu yerda ham o`ziga hos qurilish uslubi va ashyolaridan foydalanilgan. Yilda bir marotaba tomlar usti loy bilan suvalgan. Uy-joy qurilishida va qurilgandan so`ng turli marosimlar o‘tkazilganligi qiyosiy tahlillar bilan berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE HISTORY OF HOUSE CONSTRUCTION AND THEIR TRANSFORMATIONS IN THE SURKHAN-SHEROBAD OASIS

In this article, a comparative analysis is given on the fact that the Surkhan-Sherabad oasis has been developing in the field of construction with its own methods and traditions since ancient times. Of course, these participants followed the traditions of their ancestors. When building a house, residents of mountain villages build houses with straw, all visitors bring one stone with them, and the first stone is laid by the owner of the house, as in other regions of Central Asia. style and materials used. Once a year, the roofs are plastered with mud. The fact that various ceremonies were held during the construction of the house and after its construction is given by comparative analysis.

Текст научной работы на тему «SURXON-SHEROBOD VOHASIDA UY-JOYLAR QURILISHI TARIXI HAMDA ULARDAGI TRANSFORMATSIYALAR»

SURXON-SHEROBOD VOHASIDA UY-JOYLAR QURILISHI TARIXI HAMDA ULARDAGI TRANSFORMATSIYALAR

ANNOTATSIYA

AHMEDOV Bekzod Bahtiyorovich

Termiz davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2023-2-138-142

Ushbu maqolada Surxon-Sherobod vohasi qadimdan qurilish sohasida o"ziga hos uslub va an analarga ega holda rivojlanib kelganligi, bu marosimlarda qishloqning kattayu kichigi faol ishtirok etishganligi, marosimlar markazida Qishloq oqsoqollari bosh bolishganlari yuzasidan qiyosiy tahlillar berilgan. Albatta, bu ishtirokchilar ajdodlar taomillariga to'liq amal qilgan holda ish yuritishgan. Uy-joy qurishda togs qishloqlari aholisi hashar bilan uylarni qurishgani, barcha keluvchilar ozlari bilan bittadan tosh olib kelishgani, uyni birinchi toshini uy egasi qoygani O'rta Osiyoning boshqa mintaqalarida bo'lganidek, bu yerda ham o^ziga hos qurilish uslubi va ashyolaridan foydalanilgan. Yilda bir marotaba tomlar usti loy bilan suvalgan. Uy-joy qurilishida va qurilgandan so ng turli marosimlar o'tkazilganligi qiyosiy tahlillar bilan berilgan.

Kalit so'zlar: iqlim, memorchilik, uy-joy, tog\ pishgan gisht, togs oldi, chol, qal'a, masjid, tosh, qamish, madrasa, qishloq.

In this article, a comparative analysis is given on the fact that the Surkhan-Sherabad oasis has been developing in the field of construction with its own methods and traditions since ancient times. Of course, these participants followed the traditions of their ancestors. When building a house, residents of mountain villages build houses with straw, all visitors bring one stone with them, and the first stone is laid by the owner of the house, as in other regions of Central Asia. style and materials used. Once a year, the roofs are plastered with mud. The fact that various ceremonies were held during the construction of the house and after its construction is given by comparative analysis.

Key words: climate, architecture, housing, mountain, baked brick, mountainside, desert, castle, mosque, stone, reed, madrasa, village.

В данной статье дан сравнительный анализ того, что Сурханско-Шерабадский оазис развивался в области строительства со своими методами и традициями с древнейших АННОТАЦИЯ времен. Разумеется, эти участники следовали традициям своих

предков. При строительстве дома жители горных аулов строят дома из соломы, все приезжие приносят с собой по одному камню, и первый камень закладывает хозяин дома, как и в других районах

138

ABSTRACT

Средней Азии стиль и используемые материалы. Раз в год крыши обмазывают глиной. Тот факт, что при строительстве дома и после его возведения проводились различные обряды, дает сравнительный анализ.

Ключевые слова: климат, архитектура, жилище, гора, жженый кирпич, склон горы, пустыня, замок, мечеть, камень, тростник, медресе, деревня.

KIRISH (Introduction)

O'rta Osiyoda har bir shahar, turarjoy me'morchiligi o'sha joy sharoiti, ob-havosi, xalqning iqtisodiy, ijtimoiy kechinmalari ta'siri asosida rivoj topgan. Shu jihatdan ham uy-joylarning qurilishi, tuzilishi va ichki jihozlarida xalqlarning xo'jaligi, moddiy madaniyati hamda xarakterining aks etishi, me'morchilikni o'rganishning ahamiyatini yanada oshiradi. Markaziy Osiyo hududida qadim zamonlardan buyon, bu yerda yashab kelayotgan xalqlarning bir qismi o'troq yashab kelgan bo'lsa, ikkinchi bir qismi ko'chmanchi va yarim ko'chmanchilikda hayot kechirib, asosan chorvachilik bilan shug'ullangan.

Markaziy Osiyo turarjoy imoratsozligi ko'p ming yillik tarixiy taraqqiyot davomida bir qator me'moriy yechimlarni o'zida mujassam etgan. Bu haqidagi ma'lumotlarni arxitektura, tarixiy o'lkashunoslik, arxeologik, etnografik, numizmatik, san'atshunoslik sohalarida to'plangan ashyoviy manbalar orqali o'rganishimiz mumkin1.

O'zbekiston hududining janubida joylashgan Surxon vohasining yarim o'troq aholisi o'z turarjoylarini barpo qilishda, tabiiy-geografik iqlim sharoiti va an'anaviy turmush tarzi va mashg'ulotlariga asoslanishgan. Ming yillar davomida uy-joylarni barpo etishda, hayot sinovlaridan o'tgan an'analarning ijobiy tomonlarini o'zlashtirganlar.

ADABIYOTLAR TAHLILI (LITERATURE REVIEW)

Ushbu maqolani tayyorlashda etnograflardan B.Karmisheva, Kostochkin, I. Jabborov, S.Tursunov, E.Qobilov, Ismoil Xojhonov asarlarida bayon etilgan nazariy qoidalar va uslubiy tavsiyalarga tayanildi.

Maqolaning manbalari sifatida o'z tabiati va ahamiyatiga ko'ra quyidagi guruhlarga ajratib o'rganildi. Tog' va tog' oldi aholisining uy-joylari, chol hududi qurilish uslublariga oid asarlarga murojaat qilingan holda tahlil etildi.

1 Косточкин В.В. О некоторых понятиях в области архитектурного наследия. "Архитектура СССР", № 9, 1972.-С.21-22.

139

MUHOKAMA (DISCUSSION)

Surxon vohasida doimiy turarjoylarni shakllanishi o'ziga xos qadimiy tarixga ega bo'lib, tadqiq etilayotgan vohaning markazlaridan biri bo'lgan "hozirgi Denov shahri miloddan avvalgi X-XI asrlarda odamlar yashaydigan manzilga aylangan. Miloddan avvalgi II ming yillikning oxirlarida Denov qal'asi atrofida manzilgoh va qabriston bo'lgan. Kushonlar zamonidan miloddan avvalgi I asrlarda Qizilsuvning chap sohilida hozirgi qal'adan 100 metr janubda yirik shahar bo'lgan. Bu shahar-qo'rg'on yerli aholi orasida Kallamozor deb atalgan bo'lib, uning o'n metr qalinlikdagi madaniy qatlami hozirgacha saqlanib qolgan. Kallamozor atrofida sochilib yotgan sopol siniqlariga qaraganda, shaharning umumiy maydoni, unga taqalgan ko'chalar va Xo'ja Ro'shnoyi qabristoni bilan birgalikda 10 gektarni egallagan. Karvon yo'llari chorrahasida joylashgan Denov ko'pgina Xitoy, Hindiston, Misr va Yunoniston o'rtasida savdo-sotiq ishlarida alohida o'rin tutgan"2.

O'rta asrlar davrida Surxon vohasida doimiy turarjoylar o'ziga xos tarzda rivojlanib kelgan. Masalan, Denov markazida Sayyid Otaliq madrasasi XVI asrda ikki qavatli qilib qurilgan. Ushbu madrasa Buxorodagi Ko'kaldosh, Mirarab madrasalariga o'xshab ketadi. Sayyid Otaliq madrasasi mashhur usta Ahmad Mamad Buxoriy tomonidan 1578 yilda qurilgan. Madrasa poydevorining chuqurligi 5,5 metr bo'lib, unga bir necha qator qamish to'shalib, pishgan g'ishtlar ganch bilan alohida usulda terib chiqilgan. Madrasa bosh tarzi peshtoqli bo'lib, peshtog'ining ikki yon tomonida ikki qavatli, uch ravoqli pesh ayvon bor. Kiraverishdagi kichik saroyning ikki yonida chortoq tarhli masjid va darsxona bor. Hovli atrofida oldi chuqur ravoqli ikki qavatli hujralar joylashgan.

Bu madrasa qadimiy Denov va voha uchun ko'plab o'qimishli kishilarni yetkazib berib, tarixchi olimlarning ijodiy faoliyati uchun eng zo'r ilmiy markaz bo'lgan3.

Surxon vohasining Katta Vaxshivor qishlog'ida 1713 yilda avliyo, shoir So'fi Olloyor tomonidan masjid qurdirilgan. Masjid xonaqohi, ikki tomoni ayvon va qo'shma xonalardan tashkil topgan. Xonaqoh va ayvon tomi to'sin bilan yopilgan bo'lib, sinchli paxsadan qurilgan. Shimoliy-sharqiy tomoni hashamatli bo'lib, mehrobsimon ravoqlar ishlangan. Eshiklar tepasidan tabadonlar ganchkori panjaralar bilan bezatilgan. Xonaqohdagi mehrob ravoqi ancha chuqur bo'lib, uning ikki tomonidagi to'rt ravoqqa bo'rtma chiziqlar tortilgan. Bunday bezaklar janubiy-

2 ЛГИА СССР, фонд-1396, опись -1, дело-175, лист-196.

3 Аршавская З.А., Ртвеладзе Э.В., Хакимов З.А. Средневековые памятники Сурхандарьи.-Т., 1982.-С.67-68.

140

www.birunijournal .uz

g'arbiy ayvon devorida ham mavjud. Ayvondagi yettinchi va xonaqohdagi oltinchi ustun o'yma va rangli naqshlar bilan bezatilgan4.

Surxon vohasida beklik markazlarida hamda tog'li hududlarda o'troqlashish jarayonlari boshqa cho'l hududlariga nisbatan ertaroq vujudga kelib, doimiy turarjoylar asosan soy bo'ylarida, anhor yoqalarida tashkil topgan.

Vohaning tog'li va tog' oldi hudud aholisi bilan cho'l hududida yashovchi aholining turarjoylari ichki xonalari tuzilishi va jihozlanishi hamda ayrim jihatlari bilan farq qilgan. Tog'li va tog' oldi hududlarida aholining doimiy o'troqlikka xos xususiyatlari, ayniqsa, uy-jihozlarida o'ziga xos o'ringa ega bo'lgan.

Surxon vohasining tog'li qishloqlarida esa uy qurilishiga chaqirilganlarning hammasi birinchi kunni o'zlari bilan uy devoriga bittadan tosh keltirganlar. Keyin mehmon bo'lib tarqalishgan. Uy qurilishini esa uy egasi o'z oila a'zolari bilan boshlagan. Uy poydevorining birinchi qatorini uy egasining o'zi qalab, qolganiga hashar uyushtirgan. Axborotchilarning ta'kidlashicha, ota-bobolari qadimdan odatda uy qurishda ishni binoning "qibla" tarafidan boshlagan.

Har bir xalqning moddiy madaniyati uning turar joyi, uyi, uy jihozlari, kiyim-kechaklari va bezaklari, taomlari va ro'zg'or buyumlari bilan belgilanadi. Asosan, tabiiy-geografik sharoit va iqlim ta'sirida milliy ruhiyat va xarakterni ifodalovchi moddiy madaniyat namunalari uzoq tarixiy davr davomida shakllanib, o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan.

Tog' hududlarda aholining turarjoylarida o'ziga xos xususiyatlari uy-joy qurilishi, joylashishi, me'morchiligi va jihozlanishi uslublariga qarab, ming yillar davomida yashab kelgan aholining o'ziga xosligi asosida saqlab kelayotganligini kuzatdik. Tog'li qishloqlar aholisining turmush tarzida o'troqlikka xos xususiyat uy jihozlarida o'ziga xos o'ringa ega hisoblanadi.

Mamlakatimizda qadimdan to bugungi kungacha ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jihatdan umumiy taraqqiyot yo'nalishlari hamda hudud aholisining xo'jalik turlari, turmush sharoiti va mahalliy tabiiy shart-sharoitlari ta'sirida shakllangan. Bu esa voha aholisining an'anaviy turarjoylari mamlakatimizning boshqa viloyatlari bilan ko'plab umumiylikka ega bo'lishi bilan birga, alohida o'ziga xos lokal xususiyatlarni ham bo'lganligini ko'rsatadi.

NATIJALAR (RESULTS)

Maqolada XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida Surxon-Sherobod voha hududlarida Said Otaliq madrasasi, So fi Ollohyor masjidi kabi binolar mavjud

4 Аршавская З.А., Ртвеладзе Э.В., Хакимов З.А. Средневековые памятники Сурхандарьи.-Т., 1982.-С.68-69.

141

bo'lib, ota-bobolarimiz tomonidan qadimdan o'ziga hos qurilish uslubi borligi tahlil qilinib yoritib berildi.

XULOSA (CONCLUSION)

Xulosa qilib aytganda, insoniyat tarixida kishilar o'z uyini yaratishga bo'lgan intilishi dastlab, uni sovuqdan yoki quyoshning o'tkir nuridan saqlanish, yashash uchun sharoitga ega bo'lish, dushmanlardan himoyalanish kabi ehtiyojlardan kelib chiqqan. Texnik imkoniyatlar uyning materiali va o'lchamlarini belgilab bergan. Ammo bu imkoniyatlardan foydalanish darajasi uy egasining jamiyatdagi o'rni va maqomi bilan ham bog'liq bo'lgan.

Har bir xalqning turar joyi, uylari qishloq va shahar bilan uzviy bog'langan, chunki uy qurilishi tamoyili va tipologiyasi boshqa qurilishlar bilan bog'liq holda olib boriladi. Ammo joylashishiga qarab, qishloqlar ham o'zaro farq qiladi.

Umuman olganda, uy-joy qurilishi haqidagi qarashlar bu eramizdan avvalgi III-IV ming yilliklarga borib taqaladi. Bugungi kunda turarjoylar to'g'risidagi qarashlar o'rta asrlarda yashab, ijod etgan Markaziy Osiyo mutafakkirlarining asarlaridagi ilmiy yondashuvlarida alohida e'tibor berilgan. Chunki, bu o'z davrida olimning dunyoni bilishga bo'lgan intilishining o'z mulohazalari doirasida davlat va jamiyat hayotiga qo'shgan hissasining natijasi hisoblangan. Masalan, Abu Ali ibn Sino tibbiyot sohasidagi qomusiy asarini "Al-Qonun" deb atagani bejiz emas. Abu Rayhon Beruniy esa astronomiyaga oid ulkan asarini "Mas'ud qonuni" deb atagan. Buyuk faylasuf Abu Nasr Forobiy tafakkur olami, jamiyat va tabiat qonunlarining ilmiy mohiyati haqida tadqiqotlar olib borgan. Shoir va musavvir Sodig'ibek Afshor tasviriy san'at haqida "Qonun as-suvor" kitobini yozdi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Кармышева -Б. X. Очерки этнической истории южной области Таджикистана и Узбекистана. -М. 1976 г.

2. Jabborov I. O'zbek xalqi etnografiyasi. - Toshkent, 1994. - B. 198.

3. Аршавская З.А., Ртвеладзе Е.В., Хакимов З.А. Средневековые памятники Сурхандари.-Т., 1982.

4. Косточкин В.В. О некоторых понятиях в области архитектурного наследия. «Архитектура СССР», № 9, 1972.Mahmud Sattor. O'zbek udumlari. - T., Adolat, 2004. - 208 bet.

5. Шаниязов К. Узбеки-карлуки: (ист.-этногр. очерк) / Акад. наук УзССР. Ин-т истории и археологии. - Ташкент: Наука, 1964. - 195 с.

142

www.birunijournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.