УДК 343.346.43
SUN'IY YO'L NOTEKISLIGI VA SHOVQIN CHIZIQLARINING QO'LLANILISHI
Saidyusupov Ma'rufxon Bahodirxon o'g'li NamMQI, o'qituvchisi, [email protected], Tel:+998999194242
Annotatsiya: Hozirgi kunda yo'l transport hodisalari va ularning kelib chiqish sabablarini o'rganish, tahlil qilish dolzarb masalaga aylangan. Yo'l transport hodisasiga sabab bo'luvchi omillardan biri bu tezlikni meyoridan oshirib harakatlanishdir. Ushbu maqolada tezlikni meyoridan oshirishga to'sqinlik qiluvchi yo'ldan bo'rtib chiqib turuvchi Sun'iy yo'l notekisliklari va shovqin chiziqlarining qo'llanilishi hamda ularga qo'yilgan talablar borasida ma'lumot berilgan.
Аннотатция: В настоящее время изучение и анализ дорожно-транспортных происшествий и их причин стал актуалным вопросом. Одним из факторов, способствующих дорожно-транспортным происшествиям, является превышение скорости. В данной статье представлена информатция об использовании искусственного дорожных неровностей и шумовых линий и предъявляемых к ним требования.
Abstract: Currently, the study and analysis of road traffic accidents and their causes has become a pressing issue. One of the factors contributing to road traffic accidents is speeding. This article provides information on the use of sunflower road irregularities and noise lines and the requirements imposed on them.
Kalit so'zlar: yo'l, Sun'iy notekislik, harakatlanish tasmasi, tezlik, to'xtash, ko'ndalang va bo'ylama shovqin chiziqlari, termoplastika, yo'l belgilari.
Ключевые слова: дорога, искусственная неровност, лента подвижности, скорост, остановка, поперечные и продолные шумовые линии, термопластика, дорожные знаки.
Keywords: road, artificial irregularity, mobility tape, speed, stop, transverse and longitudinal noise lines, thermoplasty, road signs.
KIRISH
Bugungi kunda yurtimiz yo'llarida avtomobillarning yuqori tezlikda harakatlanishi hamda harakat jadalligini oshib borishi natijasida, yo'l-transport hodisalarini ortishiga sabab bo'lmoqda. Ushbu ko'rsatkich sezilarli darajada ortmoqda. Bundan ko'rinadiki, Respublikamiz avtomobil yo'llaridagi yo'l-transport hodisalari kuzatilayotgan xavfli uchastkalarida yo'l harakati xavfsizligini oshirish bo'yicha keskin chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etishni taqazo etadi. Yo'l-transport hodisalari ni kamaytirishning bir nechta usullari mavjud bo'lib, ulardan Sun'iy yo'l notekisligini joriy etish usuli samarali hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Ushbu maqola bo'yicha quyidagi ilmiy manbalar [1-13] da harakat xavfsizligini oshirish uchun, suniy yo'l notekisligi, ko'ndalang va bo'ylama shovqin chiqaruvchi tasmalarni qurish usullari keng yoritilgan. Ammo suniy yo'l notekisligi oqibatida yuzaga keladigan holatlar, ko'ndalang shovqin tasmalaridan chiqadigan shovqinni yo'l bo'yida joylashgan aholi punktiga ta'siri to'liq o'rganilmagan. Avtomobil yo'llarida sodir bo'layotgan turli xil yo'l-transport hodislarini oldini olishga qaratilgan suniy yo'l notekisligi, ko'ndalang va bo'ylama shovqin tasmalarini qo'llash usullaridan foydalanildi. Yuqorida keltirilgan adabiyotlar va internet saytlari metodologik manba bo'lib xizmat qildi.
МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2023, № 2 (11)
148
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Yo'l harakati xavfsizligini oshirish vositalaridan biri - bu "Ko'ndalang shovqin tasmalari"ni chizishdir [2]. 2003 yil Texasda o'tkazilgan YTH kamaytirish sifatida ko'ndalang shovqin tasmalarini o'rnatgandan so'ng baxtsiz hodisalar yuqori darajada kamayganligi (40% dan 100% gacha) qayd etilgan [7]. Avtotransport vositasi haydovchisi shovqin tasmasida harakatlanganda sezilarli tebranish va shovqin ta'sirini seza boshlaydi, bu esa o'z navbatida uning yo'ldagi vaziyatga e'tiborini kuchaytiradi, tanlangan tasmadan chiqib ketish yoki yo'lning xavfli qismiga yaqinlashishi to'g'risida ogohlantiradi.
1-rasm 1.31 yo'l belgisi 2-rasm 1.29 yo'l belgisi
Sun'iy yo'l notekisligining asosiy maqsadi ma'lum bir belgilangan hududlarda harakatlanayotgan transport vositalarini tezlikni meyoridan oshirmasdan harakatlanishini ta'minlashdan iboratdir. Sun'iy yo'l notekisliklari va shovqin chiziqlarining qo'llanilishi va bajarish vazifalari turlicha hisoblanadi. O'rnatilishi jihatidan Sun'iy yo'l tekisligi va shovqin chiziqlari er sathidan bo'rtib chiqib turgani bilan bir biriga o'xshab ketadi. Lekin sun'iy yo'l notekisligi tezlikni pasaytirishga undasa, shovqin chiziqlari haydovchini diqqatni jamlashga va sergaklikka chorlaydi. Sun'iy yo'l notekisligi yo'l harakati xavfsizligini oshirish maqsadida yo'lning sun'iy notekislik o'rnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi to'g'risida ogohlantiruvchi 1.31 «Sun'iy yo'l notekisligi» yo'l belgilari o'rnatiladi (1-rasm) va yo'l yuzasiga 1.29 «Sun'iy yo'l notekisligi» yotiq chizig'i bilan belgilanadi.(2-rasm)
Yo'lning sun'iy notekislik o'rnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi to'g'risida ogohlantiradi. Transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish uchun qo'llaniladi. Ushbu belgi aholi punktida 50-100 metr va aholi punktidan tashqarida 150-300 metr avval o'rnatiladi. 1.29 yo'l chizig'i esa Sun'iy yo'l notekisligi o'rnatilgan hududlarda yo'lning yuza qismiga chiziladi. [1].
Asosan sun'iy yo'l notekisligi maxsus belgilangan hududlarda, maktablar va bolalar bog'chalari yaqinidagi turar joylar piyodalar o'tish joylari yaqinida o'rnatish uchun foydalaniladi. Shuningdek, ular transport vositalarini boshqarish qobiliyatini oshirish va tezlik chegarasini cheklash uchun yo'l harakati xavfsizligi postlarida o'rnatiladi.
Suniy yo'l notekisliklarini o'rnatishda yig'ma konstruksiyalardan foydalanish juda o'rinli bo'ladi.
Sun'iy notekisliklarning yig'ma konstruksiyasi bir qator bir qolipdagi geometrik muvofiq bo'lgan asosiy va chekka elementlardan iborat. Ushbu turdagi sun'iy notekisliklar elementlarining o'lchami ruxsat etilgan maksimal tezlik cheklovi talabidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Shuningdek elastik jismdan tayyorlangan sun'iy notekislik qattiqligi ko'rsatkichlari, sun'iy notekisliklarga tungi vaqtda ko'rinuvchanlikni ta'minlash uchun yorug'lik qaytaruvchi elementlar yotqizilishi hamda yorug'lik qaytaruvchi elementlar yemirilgandan so'ng ularni o'z vaqtida almashtirishni ta'minlash belgilangan.
Konstruksiyada yo'l qoplamasini montaj va demontaj qilish, shuningdek, uning ba'zi
MEXAHHKA BA TEXHO.HOrHtf H.HMHH ^yPHAHH, 2023, № 2 (11)
149
element va qismlarini almashtirish imkoniyati nazarda tutilgan bo'lishi kerak.(3-rasm)
3-rasm: Yig'ma konstruksiya Yig'ma konstruksiya o'lchamlari
1-jadval
Eni Bo'yi Balandligi Mahkamlovchi qoziqlar orasidagi masofa(eniga) Mahkamlovchi qoziqlar orasidagi masofa(bo'yiga)
350mm 1000mm 5mm 250mm 218mm
Ushbu standart GOST R 52605 (RF) asosida ishlab chiqilgan bo'lib, Yaponiya, AQSh, Finlyandiya, Daniya va Shvetsiya yo'llaridagi ovoz chiqaruvchi yo'laklardan foydalanish tajribasi ham inobatga olingan. Hujjat O'zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2019-yil 1 iyuldagi №05-1046-son qarori bilan tasdiqlangan. [2].
Hujjatga ko'ra, sun'iy notekislik — yo'l qismida yo'l o'qiga perpendikulyar tarzda joylashgan, tezlikni majburiy pasaytirish uchun mo'ljallangan maxsus balandlikdir.
Hozirda yurtimizda sun'iy yo'l notekisliklarini o'rnatishda asfalt qorishmalaridan foydalanish ommalashmoqda. Biroq bunday hollarda yo'l qurilishi tashkilotlari tomonidan o'rnatilayotgan sun'iy notekisliklarda ma'lum ma'noda standartlardan chetga chiqish kuzatilmoqda. (4-rasm). Standartsiz o'rnatilgan sun'iy notekisliklar undan o'tayotgan transport vositalariga shikast yetkazishi mumkin.
Avtomobil yo'lining qatnov qismi kengligi bo'yicha 5-7 santimetr balandlikda bo'ladigan sun'iy yo'l qoplamalari sun'iy yoritish chiroqlari bilan ta'minlangan joylarda o'rnatilishi belgilangan. Yo'llarning sun'iy notekisligi bilan bajarilishi kerak bo'lgan texnik talablar GOST R 52605-2006 da ko'rsatilgan. To'siqning kattaligi birinchi navbatda ma'lum bir yo'l qismida tezlik chegarasi bilan belgilanadi. [5].
- Tezlikni pasaytirishga qo'yiladigan talablar:
- Sirtda aks ettiruvchi qoplamalar bo'lishi kerak, ular yo'lning ikkala tomonidan haydovchilarga aniq ko'rinib turishi kerak. Qoplamalar butun zarbaning kamida 15% maydonini qoplashi kerak.
- Faqatgina qatnov qismining butun kengligida o'rnatishga ruxsat beriladi. To'siq yo'l chetiga perpendikulyar (90 daraja) bo'lishi kerak. Perpendikulyar chiziqdan ruxsat etilgan og'ish har tomondan 20 santimetrdan oshmaydi.
- Odatda transport tezligi trapetsoidal yoki to'lqinli bo'lishi mumkin. To'lqinlar yoki trapetsoidlarning balandligi 7 sm dan oshmasligi kerak.
MEXAHHKA BA TEXHO.HOrHtf HHMHH ^yPHAHH, 2023, № 2 (11)
150
- Tezlikni kamaytirish faqat asfalt yoki beton yuzalarga o'rnatilishi mumkin. U qoplamasiz yoki shag'al yo'lga o'rnatilmasligi kerak.
- Sun'iy yo'l notekisligi o'rnatilgan joylarda yorug'lik tunda ko'rinadigan qilib o'rnatilishi kerak.
4-rasm: yig'ma konstruksiyaga ega bo'lmagan sun'iy yo'l notekisligi
Sun'iy notekisliklarni quyidagi joylarda o'rnatish mumkin:
- bolalar va yoshlar ta'lim-tarbiya muassasalari yonida tartibga solinmagan yer usti piyodalar yo'lakchalaridan 10-15 metr oldinroq;
- avariyaviylik sabablari tahliliga ko'ra yo'llarning ma'lum qismlarida, ayniqsa, bolalar va yoshlar ta'lim-tarbiya muassasalari oldidagi xavfli hududlar boshida, bolalar maydonchasi, jamoat dam olish joylarida, stadionlar, vokzallar, do'kon va piyodalar jamlanadigan boshqa obyektlar oldida;
- 3.24 "Yuqori tezlik cheklangan", 5.38 "Turar joy dahasi" yo'l belgilari tomonidan o'rnatilgan 40 kilometr/sekundgacha tezlik cheklovi joriy qilingan yo'llarning xavfli joylari oldida;
- kesib o'tiladigan yo'l bo'yicha yaqinlashayotgan, transport vositalar ko'rinuvchanligi ta'minlanmagan tartibga solinmagan chorrahalar oldida, 2.5 "To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" belgisidan 30 metrdan 50 metrgacha masofada;
- 1.21 "Bolalar" belgisining amal qilish hududi bo'ylab har 50 metr masofada.
Sun'iy notekisliklar o'rnatish mumkin bo'lmagan yo'l hududlari belgilangan:
- xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar;
- yo'laklar soni 4 va undan ortiq bo'lgan respublika ahamiyatiga ega bo'lgan yo'llar (aholi soni 1000 kishidan ortiq bo'lgan qishloq va shaharlar bo'ylab o'tgan yo'llardan tashqari);
- jamoat transporti to'xtash maydonchalari yoki ularga qo'shni harakat yo'laklarida;
- ko'priklar, ko'prik yo'llar, osma ko'priklar, tunnellar va ko'prik osti yo'llarida;
- shaharlardagi tezlikda harakatlanish magistral yo'llarida va umumshahar ahamiyatiga ega to'xtovsiz harakat magistral ko'chalarida;
- shifoxonalarga, tez tibbiy yordam bekatlariga, yong'in xavfsizligi bekatlariga, avtobus va trolleybus xiyobonlariga, garaj va turargoh maydonchalariga kirish yo'llarida.
Avtotransport vositasi haydovchisi shovqin tasmasida harakatlanganda sezilarli tebranish va shovqin ta'sirini seza boshlaydi, bu esa o'z navbatida uning yo'ldagi vaziyatga e'tiborini kuchaytiradi, tanlangan tasmadan chiqib ketish yoki yo'lning xavfli qismiga yaqinlashishi to'g'risida ogohlantiradi.
Shovqin tasmasining asosiy maqsadi-haydovchini uyg'otish, uning e'tiborini
MEXAHHKA BA TEXHOHOrHM H.HMHH ^yPHAHH, 2023, № 2 (11)
151
kuchaytirishdir. Shovqin tasmalarni qo'llash sohasi - bu harakatlanish tezligi yuqori bo'lgan, tezlikni cheklash yoki harakat yo'nalishini o'zgartirishni talab qiladigan avtomagistrallarning xavfli uchastkalarida qo'llaniladi. Shahar ko'chalarida shovqin chiziqlari kamdan-kam qo'llaniladi, chunki shaharda 70 km/soat dan kam tezlik bilan cheklanganda, shovqinning kutilgan natijasiga erishilmaydi. [3-6].
Ko'ndalang chiziq ko'rinishidagi shovqin tasmasi Ko'ndalang shovqin tasmalarini quyidagi yo'l bo'laklarida tashkil qilish tavsiya etiladi:
- tartibga solinmagan piyodalar o'tish joylari oldida,
- tartibsiz chorrahalar va tutashmalarda;
- qachonki, chorrahada yoki qatnov qismida harakatni boshqarish moslamasiga rioya qilmaslik natijasida avtohalokatlar sodir bo'lgan bo'lsa;
- to'siqsiz temir yo'l kesishmalarining old qismida;
- yo'l-transport hodisalari ko'p uchraydigan yo'l bo'lagida va ularga yaqinlashish joylarida;
- rejadagi egri radiusi me'yordan kam bo'lgan yo'l uchastkalarida;
- ko'rinishi ta'minlanmagan joylarda;
- ko'tarilish va tushish yo'l bo'laklarida;
Ko'ndalang shovqin tasmalari uchun termoplastika, sovuq plastmassa va rangli sirpanishga qarshi qoplamalari qo'llaniladi. [7-12]
Ovoz chiqaruvchi yo'lak — bu yo'l qoplamasi ustidagi va bo'ylama yo'laklar ko'rinishidagi sun'iy notekisliklar ko'rinishiga ega bo'lgan (chuqur yoki balandlik) yo'l harakatini tashkillashtirish vositasidir. Ushbu vosita haydovchini yo'lning xavfli qismiga yaqinlashayotgani haqida ogohlantirish uchun transport vositalarining ilmoq qismlarini titratish va g'ildiraklar aylanishi shovqinini oshirish xususiyatiga ega.
Ovoz chiqaruvchi bo'ylama yo'laklarni hujjat bilan belgilangan bir qator sifatlarga ega ikki yo'lakli yo'lning o'qi bo'ylab va yo'lning chekka qismiga o'rnatish mumkin.
Ovoz chiqaruvchi bo'ylama yo'laklarni ko'priklar, ko'prik yo'llar va ularga chiqaruvchi yo'llarda, yo'llar qisqaradigan joylarda, quvib o'tish mumkin bo'lgan ikki yo'lakli yo'llar hududida, kesishma va tutashuvlarda, shuningdek, chorraha chegarasidan 10 metrdan kam bo'lgan masofada, yo'llarning ovoz chiqarish bo'yicha cheklovga ega bo'lgan hududlarida o'rnatish mumkin.
Frezalash usuli bilan tayyorlangan shovqin tasmalari, kengligi 0,20 dan 0,40 m gacha va uzunligi 0,10 dan 0,20 m gacha bo'lgan alohida alternativ elementlardan iborat bo'lishi kerak. Elementlarning chuqurligi 1,0 dan 2,0 sm gacha bo'lishi kerak, qo'shni elementlarning o'qlari orasidagi interval kamida ikkita element uzunligi va 1,2 m dan oshmasligi kerak. Shovqin tasmasining asosiy maqsadi - haydovchini uyg'otish, uning diqqatini oshirishdir. Bunday tasmada harakatlanganda, mashina haydovchisi kuchli shovqin va tebranish ta'sirini sezadi. Shunday qilib, shovqin tasmasi uni uyg'otishga majburlaydi, diqqatini keskin oshiradi va o'z vaqtida transport vositasini harakatlanish tasmasiga qaytaradi. [3, 8-13].
Xulosa va takliflar
Suniy yo'l notekisliklari qo'llanilishi albatta belgi va yo'l chiziqlari bilan belgilanishi kerak. Lekin hozirgi kunda ayrim hududlarda o'zboshimchalik bilan yo'llarga sun'iy notekisliklari o'rnatilib olinmoqda. Notekislikning yo'llarga standartlarga mos kelmas holatda o'rnatilishi haydovchilarning keskin etirozlariga sabab bo'lmoqda. Sun'iy notekisliklarni faqat belgilangan davlat tashkilotlari tomonidan o'rnatilishi va belgilanishi kerak. Suniy yo'l notekisliklari transport vositasining yurish qismiga zarar bermasligi zarur. Sun'iy notekislik mavjud bo'lgan hududlarda tezlikni keskin pasaytrishga bo'lgan harakat orqadan kelayotgan transport vositasi bilan to'qnashuv sodir etmasligi kerak. Xulosa o'rnida transport vositasining
МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2023, № 2 (11)
152
tezligini majburiy pasaytirish vositalari o'rnatish evaziga sekin yuradigan haydovchilar emas, balki tez yurish noqonuniy ekanligini piyodalarga yo'l bermay harakatlanish esa birovning haqqiga xiyonat ekanligini tushunadigan madaniyatli haydovchilar etishtirish lozimligini takidlash lozim.
ADABIYOTLAR
1. Vazirlar mahkamasining yo'l harakati qoidalariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida 2019-yil 9-apreldagi 292-son qarori
2. O'zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2019-yil 1 iyuldagi №05-1046-son qarori
3. Yunusov Abduvohid Gofurovich, Xoliqov Bexzodjon Ayubjon O'G'Li, Normuxammadov Asilbek Alimardanovich AVTOMOBIL YO'LARIDA KO'NDALANG VA BO'YLAMA ShOVQIN TASMALARINING QO'LLANILIShI // ORIENSS. 2021. №5. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/avtomobil-yo-larida-ko-ndalang-va-bo-ylama-shovqin-tasmalarining-qo-llanilishi
4. Gabdullin T. R. Shumovwe polosw na dorojnom pokrwtii// Izvestiya KGASU, 2018, № 1 (43). S. 241-248.
5. GOST 33025-2014 /Dorogi avtomobilnwe ob^ego polzovaniya, POLOSLI ShUMOVLIE. Texnicheskie usloviya/
6. Bahodirxon o'g, S. M. R. (2022). Shahar Transport Tizimlarining Tahlili. ILM-FAN TARAQQIYoTIDA ZAMONAVIY QARAShLAR: MUAMMO VA YEChIMLAR, 259-262.
7. Marufkhon, S. (2022, October). STATE OF URBAN TRANSPORT SYSTEMS AT THE PRESENT STAGE. In Archive of Conferences (pp. 14-19).
8. Paul J. Carlson, P.E. Jeff D. Miles. Effectiveness Of Rumble Strips On Texas Highways: First Year Report. Associate Research Engineer Texas Transportation Institute. Texas. 2003 ear.
9. Marufxon S., Abrorbek M. Study of the Current Practice of Assigning Automotive Technical Examination //Czech Journal of Multidisciplinary Innovations. - 2022. - T. 5. - S. 1417.
10. https://zarnews.uz/uz/post/yollarda-suniy-notekislik-qay-tartibda-ornatiladi
11. Ma'rufxon S. ShAHAR TRANSPORT TIZIMLARINING HOZIRGI BOSQIQChA DAVLATI //Konferentsiyalar arxivi. - 2022. - S. 14-19.
12. Marufkhon S. STATE OF URBAN TRANSPORT SYSTEMS AT THE PRESENT STAGE //Archive of Conferences. - 2022. - S. 14-19.
13. Marufkhon S. Foreign Experience of Assessing the Quality and Reliability of the Functioning of Urban Public Passenger Transport //Global Scientific Review. - 2022. - T. 7. - S. 9-13.
MEXAHHKA BA TEXHOnOrHtf H.HMHH ^yPHAHH, 2023, № 2 (11)
153