Sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini va tuproq unumdorligini oshirishda fitomeliorativ tadbirlarning ahamiyati (Xorazm viloyati misolida)
Sevinchoy Hamro qizi Komilova Urganch davlat universiteti
Annotatsiya: Maqolada sug'orma dehqonchilik olib borilayotgan yerlarning unumdorligini oshirishda tabiiy yo'l bilan ya'ni turli o'simliklar va ekinlar ekkan holatda yerlarning unumdor qatlamida oziq moddalar to'plash, yerdagi oziq moddalarni bir tomonlama bo'lib qolishiga qarshi kurash choralari chuqur yoritilgan. Bundan tashqari maqolada fitomeliorativ tadbirlar doirasida beda o'simligini yetishtirib yerni unumdor qatlamidagi tabiiy holatni yaxshilash haqidagi fikrlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: sug'oriladigan yerlar, melioratsiya, fitomelioratsiya, beda o'simligi, cho'llashish
Importance of phyto-ameliorative measures in increasing the land reclamation condition and soil fertility (in the case of
Khorezm region)
Sevinchoy Hamro kizi Komilova Urganch State University
Abstract: In the article, in increasing the productivity of irrigated farming lands, in a natural way, that is, in the case of planting various plants and crops, collecting nutrients in the fertile layer of the land, measures to fight against the one-sided retention of nutrients in the land. illuminated. In addition, the article contains ideas about improving the natural condition of the fertile layer of the earth by growing alfalfa as part of phytomelioration measures.
Keywords: irrigated lands, reclamation, phytoreclamation, alfalfa, desertification
O'zbekiston Respublikasining umumiy yer fondi 45 mln ga tashkil etib shundan 27.9 mln ga (jami yer fondining 62% zi) qishloq xo'jaligi uchun ajratilgan yer maydoniva 4.3 mln ga (jami yer fondining 9.5% zi) yer sug'oriladigan yerlardir. Sug'oriladiganyerlar butun yer fondini atigi 1/10 qismini tashkil etsaham, qishloq xo'jaligidayetishtiriladigan yalpi maxsulotining 90% shu sug'oriladigan yerlarda
yetishtiriladi. Ammo, hozirgi vaqtda sug'oriladigan yerlarning unumdorligi jihatan ancha yaxshi deya olmaymiz. Respublika bo'yicha yerlar unumdorligi jihattan noto'g'ri taqsimlangan bo'lib, Buxoro, Xorazm, Navoiy va Qoraqalpog'iston respublikasida yerlarning unumdorligi anchagina past bo'lib, vodiy viloyatlarida esa bu ko'rsatkich nisbattan katta. Xo'sh nimauchun bunday? Sabab yuqorida sanab o'tgan unumdorligi past yerlarga e'tibor beradigan bo'lsak ular asosan cho'l zonasida joylashgan. Bilamizki cho'l zonasida suv balansi qariybnolga teng ya'ni hududdda yoqqan yog'inning asosiy qismi bug'lanishga sarf bo'ladi. Ba'zi joylarida esa suv balansi manfiy ya'ni yoqqan yog'indan ko'proq suv tuproq tarkibidanbug'lanib ketadi. Suv tarkibidagi turli tuzlar esa suv bug'langandan keyin tuproqda qolib ketib yerlarning tabiiy sharoitini buzmoqda. Faqat shu sabab yerlarning unumdorligi buzilmoqdami? Axir bu yerlarda avval ham bug'lanish bo'ganku! Yerlarnig tabiiy unumdorligini pasayib ketishining qator sabablari bor aslida. Birinchidan yerlarni tabiiy sharoitini o'rganmay turib ekin turini tanlash, ikkinchidan bir yerdan muntazzam bir xil hosil olish yoki unga dam bermasdan foydalanish, uchinchidan almashlab ekishga rioya qilmaslik v.h.k lar.
Shu paytgacha qanchadir yerlarimzning tabiiy sharoiti buzildi xo'sh, ularni endi qanday unumdorligini oshiramiz? Qanday kam joydan yuqori hosil olish mumkin? Biz qator organik va mineral og'itlardan foydalanishimiz mumkin ammo doim emas. Chunki qator mineral o'g'itlardan (azot, kaliy, posfor) muntazamfoydalanish turli tuzlarning tuproq tarkibida qolib ketishini ta'minlaydi. Yerlarni tabiiysharoitini yaxshilash maqsadida biz qator usullarni qo'llab ko'rdik ammo bulardan engsamaralisi fitomelioratsiya usulidir. Dastlab fitomelioratsiya tushunchasi bilan tanishsak. Fitomelioratsiya bu - ekinlar ekish va ko'chat o'tqazish yo'li bilan yerni yaxshilash vaunumdorligini oshirish. Ko'pincha ko'chma qumlarni mustahkamlash (to'sish) va qumlikda daraxtzor butazorlar barpo etish, yaylovlarni yaxshilash va yuvilgan tog' yonbag'irlarini,daryolar yoyilmalarini, sho'rlangan yerlarni, grunt suvlari yer yuziga yaqin yotganmaydonlarni o'zlashtirish, shuningdek, dalalarni qurg'oqchilik, kuchli shamollardanmuhofaza qilish maqsadlarida dala ihota urmonzorlari barpo etishdir. Xullas bir so'z bilanaytganda fitomelioratsiya tabiiylikka tayanadi. Ekinlarni ekish yo'li bilan sug'oriladiganyerlarni holatini yaxshilash deganda almashlab ekish ratatsiyasiga to'xtalamiz. Almashlabekish ratatsiyasi bu ma'lum bir yerda ma'lum bir ketmaketlik asosida ekinlarni o'rnini almashtirib ekishdir. Xo'sh biz biz doim ma'lum hududga munta'zam bir xil ekin ekib hosil olsak nima bo'ladi? Agar bir yerdan doim bir xil o'simlik ekib oladigan bo'lsak bu yerni tabiiy sharoitini buzilishiga olib keladi ya'ni tuproq tarkibidagi oziq moddalar bir tomonlama bo'lib qoladi. Chunki har xil o'simliklar tuproq tarkibidan turli xil oziq moddalar bilan oziqlanadi. Endi asosiy mavzuga qaytsak respublikamizning qishloq xo'jalik yerlarining asosiy qismi 70-80% zi paxta va bug'doy o'simliklariga borib taqaladi. Demak biz shu o'simliklardan yuqori
hosil olish yo'llarini izlab topishimiz zarur. Agar paxta yoki bug'doy o'simliklari o'rniga beda o'simligi ekilib qaytatan shu o'simliklar ekilsa hosildorlik yuqori bo'ladi. Xo'sh nega? Dastlab beda o'simligiga to'xtalib o'tsak. Beda (Medicago) -dukkakdoshlarga mansub bir va ko'p yillik o'tsimon o'simlik, asosiy yem-xashak ekini.
O'rta Osiyoda 5-7 ming yil avval ekib kelingan. Vatani Eron, taxminan 2-2,5 ming yililgari Yunoniston, Qad. Rim va Shim. Afrikaga olib kelingan. Keyinchalik madaniy ekin sifatida Yevropa, Shim. va Jan. Amerika, Avstraliyaga tarqalgan. O'rta Osiyoda va Kavkazda beda asosiy almashlab ekish ekini hisoblanadi. Ildiz tizimi o'q iddiz, kuchli rivojlanadi,tarmoqlangan, yerga chuqur (7-10 m va undan ham ko'proq) kirib boradi. 4-5 tartibli ingichka iddizlaridagi o'simtalarida havodan erkin azotni o'zlashtiradigan tuganakbakteriyalar rivojlanadi. Bedaning ko'p yillik turlarida iddizning ustki qismi (ildiz bo'g'zi)dagi kurtaklardan har yili yangi poyalar o'sib chiqadi. Bedaning yaxshi rivojlangan ildiztizimi ikki-uch yilda tuproqning 1 ga xaydalma qatlamida 30-40 to'ngga teng keladigan 80-120 sm ildiz massa hosil qiladi. Nordon va kuchli sho'rlangan tuproqlarda yaxshi o'smaydi, lekin kuchsiz sho'rlanishga bardoshli va tuproq sho'rini kamaytirishga yordam beradi. Beda uzoq yashaydigan o'simlik, 15-20 yilgacha o'sadi, lekin almashlab ekishda 3yilgacha, yem-hashak uchun esa 5 yilgacha o'stiriladi. Sug'oriladigan dehqonchilik sharoitida almashlab ekishda beda eng universal va eng yaxshi samara beradigan ekin. Beda 2-3 yil ichida tuproqda gektariga 300- 400 kg va undan ko'proq azot to'playdi, tuproqni organic moddalar bilan boyitadi, biologik drenaj vazifasini o'taydi, tuproq strukturasini tiklaydi,suv, havo tartibotini yaxshilaydi va ekin hosilini oshirishga imkoniyat yaratadi. Beda birmavsumdagi o'suv davrida yer ostki va yer ustki massasini hosil qilish uchun o'zidangektariga 12-15 ming metr kubgacha suv bug'latadi. Bedaning bu xususiyati yer ostki suvlari yuza joylashgan maydonlarda dehqonchilik samaradorligini ko'tarishga yordam beradi va tuproq sho'rlanishini ancha kamaytiradi.
Beda tuproqni vilt qo'zg'atuvchidan tozalovchi ekin hamdir. Beda muttasil uch yil ekilgan dalalarda uning ildiz tizimi rizosferasida saprofit mikro-organizmlar (zamburug'lar, bakteriyalar, sodda hayvonlar) uchun xavfli zamburug'larni nobud qiladigan antogonistlar to'planadi. Biz bilamizki qishloq xo'jaligimizni asosi bo'lib xizmat qilayotgan paxta va bug'doy o'simliklari yaxshi o'sib rivojlanishi uchun azot ozuqa moddasi juda kerak. Beda esa yuqorida takidlaganimdek tuproqni azot bilan boyitadi. Agar beda o'simligi ekilgan yerda biz paxta yoki bug'doy o'simliaklarini eksak katta hosil olish imkoniyati tug'iladi. Shu yo'l bilan nafaqat viloyatimizda balki butun respublikamizda qishloq xo'jaligi yerlarining unumdorligini oshirishga va qishloq xo'jaligi maxsulotlari oshishiga shuningdek eksportning oshishiga olib kelishi mumkin bo'ladi. Shuni uchun yerlarni holatini yaxshilashni turli zonalarda sun'iy o'rmonlarni tashkil qilish ham fitomeliorativ tadbirlarga kiradi. O'rmonzorlar tashkil
etishdan maqsad tekislik zonasida tuproqlarning ko'chishini oldini olish demakdir. Shu bilan birga biz shamol erroziyasini ham oldini olgan bo'lamiz. O'rmonzorlar va butazorlarning ahamiyati shundan iboratki ular o'zi joylashgan hududning tuproq namligini o'zida saqlaydi. Bug'lanish juda kam bo'ladi va shu bilan bir qatorda o'zi joylashgan hudud yerlarining havo namligini doimiy ravishda boyitib turadi. Bu esa tabiiyki shu hududning meliorativ holatining yaxshilanishiga yordam beradi. Xullas bir so'z bilan aytganda bizning sug'oriladigan yerlarimizda fitomeliorativ tadbirlarni qo'llash juda katta samara beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Muxammedov A.Q "Melioratsiya asoslari" fanidan o'quv qo'llanma., Toshkent:.2008 129 bet,.
2. Atabayeva, H. ,H. Atabayeva, O. Qodirxo'jaev "O'simlikshunoslik". -Toshkent, 2006.
3. P.Uzoqov., Sh. Holiqulov "Tuproqshunoslik". -Toshkent, 2007 y.
4. Islambayevna M. M. et al. XORAZM VILOYATI TABIIY GEOGRAFIK O'RNINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (GEOGRAFIK O'RNINING QULAY VA NOQULAY TOMONLARI) HAQIDA //Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences. - 2022. - T. 2. - №. 2. - C. 50-53.
5. Kuzibayevna K. D. et al. Drying of the Aral Sea and changes in the landscape of the Aral Sea region //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2022. - T. 4. -C. 108-110.
6. Sobirov J. X. O., Komiljanova E. U. Q., Sharifboyeva H. I. Q. XORAZM VILOYATIDA AGRAR SOHANING EKSPORT SALOHIYATINI KENGAYTIRISHDA AYRIM NOAN'ANAVIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI VA RIVOJI //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2022. - T. 2. - №. 1. - C. 38-42.
7. Kuzibayevna K. D. et al. Drying of the Aral Sea and changes in the landscape of the Aral Sea region //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2022. - T. 4. -C. 108-110.