Научная статья на тему 'SUDLARNING MOLIYAVIY MUSTQILLIGI VA UNI AMALGA OSHIRISH USULLARI'

SUDLARNING MOLIYAVIY MUSTQILLIGI VA UNI AMALGA OSHIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
audit / moliyalashtirish bosqichlari / xalqaro standartlar.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Zilola Bahodir Qizi Egamberdiyeva

Ushbu maqolada biz sudlarni moliyalashtirishni rejalashtirish va byudjetdan tayyorlash jarayonini atroflocha o'rganib, moliyaviy nazorat ustidan bir qancha ishlarni ko'rib chiqamiz. Shuningdek, xarajatlarni monitoring qilish xalqaro standartlarga to'liq javob berishi yuzasidan bir qancha fikrlar keltirib o'tamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SUDLARNING MOLIYAVIY MUSTQILLIGI VA UNI AMALGA OSHIRISH USULLARI»

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

^ashkeni™iaie™rans^heConSmUion^^OrH^man^aiigniy

SUDLARNING MOLIYAVIY MUSTQILLIGI VA UNI AMALGA OSHIRISH

USULLARI

Zilola Bahodir qizi Egamberdiyeva

Toshkent davlat transport universiteti talabasi Ilmiy rahbar: «Xalqaro ommaviy huquq» kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi

A.A Kasimova

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada biz sudlarni moliyalashtirishni rejalashtirish va byudjetdan tayyorlash jarayonini atroflocha o'rganib, moliyaviy nazorat ustidan bir qancha ishlarni ko'rib chiqamiz. Shuningdek, xarajatlarni monitoring qilish xalqaro standartlarga to'liq javob berishi yuzasidan bir qancha fikrlar keltirib o'tamiz.

Kalit so'z: audit, moliyalashtirish bosqichlari, xalqaro standartlar.

Mustaqil, kuchli sud hokimiyati demokratik huquqiy davlatning asosiy omilidir.1

Keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolar va tadbirkorlarning huquqiy va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni kuchaytirish, odil sudlovni ta'minlash, sud hokimiyatining rolini oshirishga qaratilgan tub islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, sudlarni moliyalashtirish tizimi xalqaro standartlarga muvofiq moslashtirildi, ya'ni sud tizimi davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan bo'ldi.

Sudlarni moliyalashtirsh - bu sud tizimini qo'llab-quvvatlash va uning faoliyatini ta'minlash uchun ajratiladigan mablag'lar. Bu jarayon sud tizimining ishini samarali va mustaqil olib borish uchun zarur bo'lgan moliyaviy resurslarni ta'minlashni o'z ichiga oladi. Sudlarning moliyalashtirilishi davlat byudjetidan yoki boshqa manbalardan amalga oshirilishi mumkin. Sudlar faoliyatini moliyalashtirish orqali, ular tomonidan chiqariladigan hukmlar, qarorlar va boshqa sud jarayonlari samarali va o'z vaqtida amalga oshirilishi ta'minlanadi. Sudlarning mustaqilligi va samarodorligi uchun moliyaviy resurslar ajratilishi, odatda, hukumat va sud tizimi o'rtasidagi aloqalarga, shu jumladan, uning byudjeti va boshqa moliyaviy manbalarga bog'liq.2

Sudlarni moliyalashtirish jarayoni bir nechta bosqichlardan iborat bo'lib, har bir bosqichda sud tizimining samarali ishlashini ta'minlash maqsadida zarur bo'lgan moliyaviy resurslar ajratiladi. Shuningdek, har bir bosqichda sudlarning mustaqilligi va samaradorligi ta'minlanadi va xalqaro va ichki standartlarga muvofiq

1 Rustamboyev M.H., Nikiforova E.N. Sud va huquqni muhofaza qilish organlari :Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. -T.:TDYI Nashriyot, 2006. 564-bet

2 http.parliament.gov.uz.articles

2024-yil, 7-dekabr

342

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

moliyalashtirish jarayoni amalga oshiriladi. Biz esa quyida bir nechta asosiy bosqichlarni ko'rib o'tamiz:

1.Rejalashtirish va byudjet tayyorlash: Sud tizimi uchun ajratiladigan mablag'lar odatda yil boshida byudjet doirasiga kiritiladi. Bu bosqichda sud tizimi uchun zarur bo'lgan barcha xarajatlar, ya'ni xodimlar maoshi, idoraviy xarajatlar, texnologik ta'minot, binolarni saqlash kabilar aniqlanadi va rejalashtiriladi. Shuni aytishimiz joizki, sudlar, odatda, davlat yoki mahalliy hukumat organlari tomonidan tasdiqlanadigan byudjetdan foydalanadi.

2. Byudjetni taqsimlash: Sud tizimi uchun ajratilgan umumiy mablag'lar, turli sudlar va bo'limlar o'rtasida taqsimlanadi. Bu jarayonda sudlarning ehtiyojlari va ish hajmi inobatga olinadi. Masalan: tuman yoki viloyat sudlariga, shuningdek, apellatsiya sudlariga turlicha mablag'lar ajratilishi mumkin.

3. Moliyaviy nazorat va audit: Sudlarni moliyalashtirishning samarali bo'lishi uchun ajratilgan mablag'larning to'g'ri ishlatilishini nazorat qilish zarur. Buning uchun nazorat va audit jarayonlari tashkil etiladi. Bunday nazorat esa davlat organlari, moliyaviy nazorat idoralari yoki ichki audit xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

4. Xarajatlarni monitoring qilish: Sud tizimi tomonidan ajratilgan mablag'lar sarfi doimiy ravishda monitoring qilinadi. Bu jarayonda mablag'lar noto'g'ri yoki behuda sarflanmasligi uchun tahlillar o'tkaziladi. Bu bosqichda sudlar va boshqa tashkilotlar o'rtasida hamkorlik o'rnatilishi mumkin.

5.Qaror qabul qilish va yangi moliyaviy resurslar ajratish: Agar sud tizmi oldida yangi vazifalar yoki o'zgarishlar yuzaga kelsa, zarur bo'lsa, qo'shimcha mablag'lar ajratilishi mumkin. Bu bosqichda sud tizimi uchun yangi moliyaviy resurslar talab qilinishi mumkin.

6. Moliyaviy hisobot va natijalar: Yil yakunida sud tizimi tomonidan ajratilgan mablag'larning qanday sarflangani haqida hisobotlar taqdim etiladi. Hisobotlar, odatda, davlat organlariga, jamiyatga va boshqa manfaatdor tomonlarga taqdim etiladi, bu esa moliyaviy shaffoflikni ta'minlashga yordam beradi.

Ayni damda sud tizimini xalqaro standartlarga mos tizimlashtirmoqdamiz. Vaholanki, chet el sud tizimini biroz targ'ib qilishimiz maqsadga muvofiq. Shuni aytib o'tishimiz joizki, chet elda sudlarning moliyaviy mustaqilligi bir nechta jihatlarni o'z ichiga oladi. Bu jarayon sud tizimini hukumatning to'liq aralashuvidan mustaqil qilishni, sudlar uchun alohida byudjet ajratishni va sudlarning faoliyatini moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlashni nazarda tutadi. Shuningdek, sudlar uchun alohida byudjet ajratilishi va ushbu byudjetning o'zini hukumatning boshqa organlari tomonidan nazorat qilinmasligiga e'tibor qaratilgan. Bu jihat sudlar o'z ishlarini bajarishda erkin bo'lishini bildiradi. Ayrim davlatlarda esa sudlar o'z moliyaviy resurslarini mustaqil

343

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Tashkent State

Konstitutsiya — inson qadri uchun The Constitution — for Human Dignity

ravishda boshqarish huquqiga ega. Bu bilan sudlarning barcha huquq, majburiyat va moliyaviy javobgarligi ham o'z zimmasida ekanligini bildiradi. Sudyalar va sud xodimlari uchun doimiy va barqaror maosh tizimi yaratish esa ularni moliyaviy ta'sir va bosimdan himoya qiladi. Bu jarayon sud xodimlarining mustaqillogini ta'minlaydi va ularning xolis ishlashiga yordam beradi. Sud faoliyatining yana bir muhim jarayoni shundan iboratki, sudlarning moliyaviy holati va ularning byudjetdan qanday foydalanayotganini oshkora qilish jamiyatning sud tizimiga bo'lgan ishonchini oshiradi va korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishda yordam beradi. Shu tarzda, chet davlat sud tizimining faqat huquqiy jihati emas, balki amaliyotda ham keng qo'llash zarur, ya'ni bunda sudlar o'z faoliyatini erkin, samarali va shaffof olib borishi lozim.

Xulosa qilib aytganda, sudlarning tashkiliy va texnik ta'minoti O'zbekiston Respublikasi ''Sudlar to'g'risidagi'' qonunga muvofiq hozirgi kunda davlat byudjetidan amalga oshirilishi to'liq xalqaro standartlarga javob berilishi kuzatilmoqda. Bu esa sud tizimini yana mustahkam va barqaror rivojlanishi uchun asosiy tayanch bo'lmoqda.

1. O'zbekiston Respublikasi ''Sudlar to'g'risida''gi Qonun

2. ''Sud organlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida''gi PF-6134-son. 13.01.2021

3. Rustamboyev M.H., Nikiforova E.N. Sud va huquqni muhofaza qiliah organlari: Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. -T.: TDYI Nashriyot, 2006. 564-bet.

4. http.parliament.gov.uz

REFERENCES

344

2024-yil, 7-dekabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.