Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-78-82
SPORT TAKOMILLASHUV GURUHLARIDA DZYUDOCHILARNING KUCH VA TEZKOR KUCH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH
Mavluda Yuldoshevna Yusupova
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti yusupovamavluda5 @gmail .com
ANNOTATSIYA
Ushbu ishda dzyudo sport turi bilan shug'ullanuvchi sportchilarning kuch va tezkor kuch qobilyatlarini rivojlantirish usullarini takomillashtirish masalalari ko'rib chiqilgan. Dzyudochilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish bo'yicha mashqlar tasnifi ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: texnika, barkamol, hayriya, taraqqiyot, sog'lom, avlod, rivojlanish, daraja, mutaxassis.
РАЗВИТИЕ СИЛОВЫХ И СКОРОСТНО-СИЛОВЫХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЗЮДОИСТОВ В ГРУППАХ СПОРТИВНОГО СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ
АННОТАЦИЯ
В данной работе рассмотрены вопросы совершенствования методов развития силовых и скоростно-силовых способностей спортсменов, занимающихся дзюдо. Разработана классификация упражнений для развития общей и специальной физической подготовки дзюдоистов.
Ключевые слова: техника, компетентность, благотворительность, прогресс, здоровье, поколение, развитие, степень, специалист.
KIRISH
Yurtimizda zamonaviy dzyudo sporti rivojlanishining o'ziga xos tendensiyasi, ko'plab mutaxassislarning fikriga ko'ra, musobaqa kurashining intensivligi va samaradorligini yanada oshirishdan iboratdir. Zamonaviy dzyudochilar mukammal texnik va taktik mahoratga ega bo'lishi, kurash gilami (tatami)ustidagi kurashda tezda harakatlanishi, chaqqon bo'lishi, to'g'ri qaror qabul qila olishi va ularni tezda amalga oshirishi lozim bo'ladi. Raqibning kuchayib boradigan kuchli qarama-qarshiliklari sharoitida, vaqt va makon yetishmasligi bilan murakkab harakat faoliyatini bajarishi kerak. Respublikamizda uzoq muddatli sport mashg'ulotlari
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-78-82
jarayonida dzyudochilar tanasi rivojlanishining yosh xususiyatarini hisobga olgan holda kuch va tezkor-kuch qobiliyatlarini rivojlantirish metodologiyasi xali ilmiy jihatdan asoslab berilmagan. Shuning uchun ham turli vazn toifasidagi 13-15 yoshdagi dzyudochilar o'rtasida ushbu qobiliyat darajasining dinamikasi yetarlicha kuzatilmagan. Bu esa o'z navbatida o'quv-mashg'ulot jarayoni va musobaqa faoliyat sifatini oshirishga yordam bermaydi. Belgilangan xususiyatlarni bilish va hisobga olish asosan o'qitishning o'ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Dzyudochilarning mahorati va maxsus ish qobiliyatini oshirishning muhim masalalari alohida ahamiyatga ega va ularni hal qilish bevosita o'quv-mashg'ulot jarayonining uslubiy yo'nalishini tanlashga, umumiy jismoniy tayyorgarlik va maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalaridan oqilona foydalanishga bog'liq. Dzyudoda kuch va tezkor kuch mashqlarini kuchaytirish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu kurashchilarning mahorati va maxsus ish qobiliyatini oshirishning muhim omillaridan biri sanaladi. Sportchilarning kuch sifatlarini rivojlantirish va mashg'ulot vositalari xamda usullarini rasionalizasiya qilish muammosi doimo olimlar va sport amaliyotchilari tomonidan o'rgaishga xarakat qilingan biroq, dzyudochilarda kuch sifatlarini i lmiy asoslash mutaxasislar nazaridan biroz chetda qolgan.
MUHOKAMA
Sport takomillashuv bosqichida turli vazn toifalarining 13-15 yoshdagi dzyudochilarning kuch va tezkor-kuchga tayyorlashning tabaqalashtirilgan usulini nazariy jihatdan ishlab chiqish va tadqiqotda asoslab berish. Yuqoridagi muammolarni tahlil qilish natijasida quyidagilar aniqlandi:
- 13-15 yoshdagi dzyudochilarning kuch va tezkor kuch qobiliyatlarini rivojlantirish zarurati bilan mavjud pedagogik amaliyotning samarasizligi o'rtasida;
- jismoniy tarbiya jarayonini individualizasiya qilish va farqlash asosida turli vazn toifasidagi dzyudochilarning kuch va tezkor kuch qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyati va yetarli uslubining yetishmasligi o'rtasida;
- o'quv-mashg'ulotlar jarayonida dzyudochilarning tezkor kuchga tayyorligini rivojlantirish uchun differensiyalangan uslubidan foydalanish zarurati va uni loyihalash uchun sharoitlarning yetishmasligi o'rtasida.
METODOLOGIYA
Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan dastur quyidagicha tuzilgan. Ikkita mashqlar to'plami dzyudochilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi (MJT) va ikkita mashqlar to'plami umumiy jismoniy
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-78-82
tayyorgarlikni(UJT) takomillashtirishga qaratilgan. UJTning birinchi to'plami - 4 ta aylana, har bir ketma-ket 30 soniyada sport rezina bilan maksimal takroriy seriyada bajaradi, seriyalar o'rtasida dam olishlar 30 soniya, aylanalar orasida - 4-6 daqiqa. 12 seriya-orqaga qayrilib sherigiga chapga, o'ngga burilish bilan taqlid qilish; 3-4 seriya-sherik yuziga to'g'ri qaragan holda chapga-o'ngga uloqtirishlarni imitasiya qilish; 5seriya -ko'krak orqali uloqtirishni imitasiya qilish. MJT ning ikkinchi to'plam - 2 ta aylana, har bir seriyada seriyalar o'rtasida dam olishsiz sifatli uloqtirish, aylanalar orasida dam olishlar 5 daqiqa (dzyudochiga 3 ta sherik yordam/ko'maklashadi). 1 seriya -sheriklarni sekin sur'atlar bilan yelka oshirib uloqtirish 50 soniya, so'ng 10 soniya maksimal sur'atda, 2 seriya -sherikni ilib olish bilan uloqtirish50 soniya, 10 soniya maksimal sur'atda, 3 seriya - 50 soniya sekin sur'atda dast ko'tarib uloqtirish, 10 soniya maksimal sur'atda, 4 seriya -50 soniya sekin sur'atda oldindan ilib olib uloqtirish, 10 soniya maksimal sur'atda.
UJTning birinchi to'plami - 1 ta aylanadi, har bir stansiyada mashqni maksimal tezlikda bajarish, stansiyalar orasidagi dam olishlar 15 soniya. 1 stansiya -turnikda 5 marta tortilish mashqini uch karra takrorlash, 15 soniyaegilgan qo'llarga osilgan holda; 2 stansiya - tatami yugurish -100 m; 3 stansiya -sherikni yelka orqali uloqtirish - 10 marta; 4 stansiya -ko'prikda yugurish - 5 marotaba o'ng, 5 marotaba chapga; 5 stansiya -sherikni qarshiliklar bilan yelkada olib yurish - 20 metr; 6 stansiya -yelkada sherik bilan yarim o'tirib-turish - 10 marotaba; 7 stansiya -qo'llarni bukish va d.h. qaytish, yerga yotgan holda qo'llarni bukib yozish. - 10 marotaba; 8 stansiya -to'rt oyoqda turgan sherikni ko'krak qafasi darajasiga ko'tarish - 10 marotaba; 9 stansiya -tirsakni bukish uchun sherikning ushlagan qo'llarini ayrilishi -10-15 soniya davomida 2-3 urunishlar; 10 stansiya-arqonga ko'tarilish- 5 metrdan 2 marotaba bajariladi.
Tajribada 13-15 yoshli dzyudochilarning mjt va ujt ko'rstkichlar dinamikasi
№ Tajriba boshida Tajriba yakunida
Testlar nazorat standartlari Vazn toifasi (kg) Vazn toifasi (kg)
46,50,55 60,66,73 81,90,+90 46,50,55 60,66,73 81,90,+90
Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT)
1. 30 m ga yugurish (soniya) 4,7 4,8 5,2 4,5 4,6 5,1
2. Turnikda tortilish (takrorlash soni) 16,3 15,4 11,2 18,4 17,3 13,4
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-78-82
3. Brusda qollarni bukish va tekislash (takrorlash soni) 31,4 29,3 17,7 34,3 32,4 19,5
4. Gimnastik devorga osilgan ayoqlarni ushlash uchun ko'tarish (takrorlash soni) 12,3 8,8 6,7 16,6 10,4 8,7
5. Oyoq yordamisiz arqonga chiqish (soniya) 8,4 9,3 12,0 7,2 8,1 10,4
6. 20 soniya ichida turnikda tortilish (takrorlash soni) 8,4 6,2 5,1 9,6 8,5 6,8
7. 20 soniya ichida yerga tayangan yotgan holda qollarni bukib yozish (takrorlash soni) 16,7 14,6 12,3 18,3 16,2 14,9
Maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT)
1. Ko'prik ustida o'ngga 5marta, chapga 5 marta o'nga oldinga yugurish (soniya) 17,0 18,0 23,2 15,4 16,3 21,7
2. Ko'prik holatiga agMarilishlar 10 marta (soniya) 23,0 25,0 28,0 19,4 22,4 26,5
3. Yelka orqali 10 marta uloqtirish 29,4 28,3 32,3 25,7 26,2 30,1
4. Burilish bilan 10ta uloqtirish 31,6 30,5 38,6 27,5 28,7 36,4
XULOSA
Tadqiqot oxirida UJT ko'rsatkichlarida ham, MJT ko'rsatkichlarida ham muhim o'zgarishlar ro'y berdi. UJTda 30 metrga yugurishda 46,50,55 vazn toifasida tadqiqot boshi va oxiri o'rtasidagi farq 0.1ga, 60,66,73 vazn toifasida tadqiqot boshi
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-78-82
va oxiri o'rtasidagi farq 0.2 ga , 81,90,+90 vazn toifasida tadqiqot boshi va oxiri o'rtasidagi farq 0.1ga, turnikni tutib olish holatiga qadar oyoqlarni ko'tarish 46,50,55 vazn toifasida tadqiqot boshi va oxiri o'rtasidagi farq 2.1ga, 60,66,73 vazn toifasida tadqiqot boshi va oxiri o'rtasidagi farq 0.9 ga , 81,90,+90 vazn toifasida tadqiqot boshi va oxiri o'rtasidagi farq 0.1ga , hamda oyoqlarning yordamisiz arqonga chiqish 46,50,55 vazn toifasida tadqiqot boshi va oxiri o'rtasidagi farq 2.1ga, 60,66,73 vazn toifasida tadqiqot boshi va oxiri o'rtasidagi farq 1.2 ga , 81,90,+90 vazn toifasida tadqiqot boshi va oxiri o'rtasidagi farq 0.9 ga va MJT da ko'prik mashqini bajarish (qayrilish) 46,50,55 vazn toifasida tadqiqot boshi va oxiri o'rtasidagi farq 1.6 ga, 60,66,73 vazn toifasida tadqiqot boshi va oxiri o'rtasidagi farq 1.7 ga , 81,90,+90 vazn toifasida tadqiqot boshi va oxiri o'rtasidagi farq 1.5 ga va yelka orqali 10 ta uloqtirishlar 46,50,55 vazn toifasida tadqiqot boshi va oxiri o'rtasidagi farq 3.7 ga, 60,66,73 vazn toifasida tadqiqot boshi va oxiri o'rtasidagi farq 2.1 ga , 81,90,+90 vazn toifasida tadqiqot boshi va oxiri o'rtasidagi farq 2.2 ga o'zgardi.
Yuqorida qayd etilgan UJT va MJT ko'rsatkichlar dinamikasi 13-15 yoshdagi malakali dzyudochilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishda ishlab chiqilgan dastur samaradorligini tasdiqlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Керимов Ф.А. Спорт кураши назарияси ва услубияти. Т.: УзДЖТИ 2018.-286 б.
2. Керимов Ф.А. Спорт сохасида илмий тадкикотлар. Т.УзДЖТИ 2020.-263 б.
3. Саламов Р.С. Jismoniy tarbiya va uslubiyati.1,2 jild.T.ITA-press. 2018-296 b.
4. Adilov, S. Q., Berdiyev, F. O., Jumaqulov, A. B., & Anarbayev, T. R. (2021). Erkin kurashchilarini mashg'ulot jarayonlarida modellashtirishni asosiy tarkibiy qismlarini o'rganish. Academic research in educational sciences, 2(4), 1717-1722.
5. Xolmatov, Azizjon Ibrohimovich, Djasur Yuldashevich Tashnazarov, and Oybek Nuritdinovich Kurganov. "Yunon-rim kurashchilariga texnik usullarni o'rgatishda modellashtirish usulining samaradorligi." Academic research in educational sciences 2.4 (2021): 1708-1716.
6. Байтураев, Э. И., Таймуродов, Ш. А., Урманов, А. А., & Юсупова, М. Ю. (2021). Укув машгулот жараёнида курашчиларнинг техник махоратини ошириш ва функционал тайёргарлиги. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(4), 140-147.