Научная статья на тему 'Совершенствование дидактического обеспечения формирования компетенции инженерных кадров для сельского и водного хозяйства'

Совершенствование дидактического обеспечения формирования компетенции инженерных кадров для сельского и водного хозяйства Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
28
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
инновационный процесс / наглядный метод / практический метод / источник обучения / дидактика / лаборатория / самостоятельная работа / навыки решения проблем / творчество / знания / навыки и компетенции. / innovation process / visual method / practical method / source of learning / didactics / laboratory / independent work / problem solving skills / creativity / knowledge / skills and competencies

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Эшмурад Муртазаев

В данной стате представлена информация по совершенствованию системы образования на основе передового зарубежного опыта, подготовке квалифицированных и конкурентоспособных кадров для рынка труда, отражаюшая новые изменения в педагогической деятельности, которые могут

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Improving the didactic support for the formation of engineering competencies for agriculture and water management

This article provides information on improving the education system based on advanced foreign experience, training qualified and competitive personnel for the labor market, reflecting new changes in pedagogical activity that can make a significant contribution to the development of pedagogical theory and practice.

Текст научной работы на тему «Совершенствование дидактического обеспечения формирования компетенции инженерных кадров для сельского и водного хозяйства»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Improving the didactic support for the formation of engineering competencies for agriculture and water management

Eshmurod MURTAZAYEV1

Karshi Engineering and Economic Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2021 Received in revised form 20 July 2021

Accepted 15 August 2021 Available online 15 September 2021

Keywords:

innovation process, visual method, practical method, source of learning, didactics, laboratory, independent work, problem solving skills, creativity, knowledge,

skills and competencies.

This article provides information on improving the education system based on advanced foreign experience, training qualified and competitive personnel for the labor market, reflecting new changes in pedagogical activity that can make a significant contribution to the development of pedagogical theory and practice.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Qishloq va suv хо^а^ uchun muhandislik kadrlari kompetensiyalarini shakllantirishning didaktik ta'minotini takomillashtirish

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar:

innovatsion jarayon,

to'rgazmali metod,

amaliy metod ta'lim manbai,

ta'lim manbai,

didaktika,

laboratoriya,

mustaqil ishlar,

muammoni hal etish

qobiliyati,

ijodkorlik,

bilim, to'nikma va malaka.

Ushbu maqolada pedagogika nazariyasi va amaliyotini rivojlanishiga salmoqli hissa qo'sha oladigan pedagogik faoliyatni yangi o'zgarishlar mazmunida aks ettiruvchi ta'lim tizimini ilg'or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash haqida ma'lumotlar berilgan.

1 Associate Professor of the Department of General Mechanical Engineering, Karshi Engineering and Economic Institute, Karshi, Uzbekistan. E-mail: murtazaev_70@mail.ru.

Совершенствование дидактического обеспечения формирования компетенции инженерных кадров для сельского и водного хозяйства

_ АННОТАЦИЯ_

Ключевые слова: В данной стате представлена информация по

инновационным процеcc, совершенствованию системы образования на основе

наглядный метод, -

- передового зарубежного опыта, подготовке

практический метод, г " ' "

источник обуЧения, квалифицированных и конкурентоспособных кадров для

дидактика, рынка труда, отражаюшая новые изменения в

лаборатория, педагогической деятельности, которые могут внести

самостоятельная р^от^ значителний вклад в развитие педагогической теории и

практики.

навыки решения проблем творчество, знания,

навыки и компетенции

KIRISH

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizda 2020-2021 o'quv yilidan boshlab kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida Milliy malaka tizimini ishlab chiqish, maqsadni aniq belgilash, o'quvchilarning xatti-harakatlarini e'tiborga olish, ularda bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish kabilarni texnologik yondashuv asosida amalga oshirish ta'limning kutilgan natijalarga erish imkonini beradigan uzluksiz jarayoni hisoblanadi. Malaka-xalqaro ta'lim bozorida ixtisoslashuv deb ham ataladi, bu ish beruvchi tomonidan xodim(yollanuvchi, ish o'rniga da'vogar, bo'sh ish o'rinlari tanlovida qatnashuvchi, ishchi yoki xizmatchi)ga qo'yilgan talab va yuklatilgan vazifalar majmuidir [1, 2].

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI (LITERATURE REVIEW)

Xorijiy tajribalarga nazar solsak, hozirgi vaqtga kelib ko'plab Yevropa mamlakat-larida ta'lim sifatini ta'minlash mexanizmlari ishlab chiqilgan. Ularda faollik, mustaqil fikrlash, ijod qilish va yangi bilimlarni bilish faoliyatini rivojlantiradi. Oliy ta'lim taraqqiyotida internatsionallashuv, globallashuv va axborotlashtirish tendensiyalarining kuchayib borishi kuzatilayogan bugungi sharoitda bolajak mutaxassislarni samarali muloqotga tayyorlash hamda ularning global fikrlashini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Qishloq va suv xo'jaligi maxsus fanlarni o'qitish mazmuni va metodlari asosida talabalar qishloq va suv xo'jaligi texnologiyasiga oid mashinalar va apparatlarni, avtomatlashtirish va hisoblash texnika-sining umumiy tamoyillarini, qishloq va suv xo'jaligida tatbiq etadigan usullarini, yuqori toifadagi qishloq va suv xo'jaligi mutaxassisning amaliy ishlarini yaxshi o'zlashtirishida interaktiv metodlar katta ahamiyat kasb etadi.

Pedagogikada innovatsiya bu avval noma'lum bolgan, uchramagan, pedagogika nazariyasi va amaliyotini rivojlanishiga salmoqli hissa qo'sha oladigan pedagogik faoliyatni yangi o'zgarishlar mazmunida aks ettiruvchi hodisadir. Har qanday innovatsion jarayon birinchi bosqichda empirik tarzdagi ishlarni taxlil qilish, yangilik darajasini aniqlash va uni ijobiy baholash, ikkinchi bosqichda esa bevosita o'rganish, bir madaniy muhitdan ikkinchisiga ko'chirishni nazarda tutadi. Uchinchi bosqichda esa o'qituvchi turli innovatsion vaziyatlar haqida bosh qotiradi Ushbu bosqichlarning har biri ta'lim samaradorligini oshirishga, o'qitishni jadallashtirishga va sifatini aniqlashga yordam beradi [2, 4].

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Innovatsion texnologiya bilim oluvchilarda yangiliklarni yaratish, ta'lim-tarbiya jarayonidagi muammolarni tezda aniqlash va tezda bartaraf etish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Demak, ta'lim-

tarbiyaning barcha yo'nalishlari va bosqichlarida innovatsion bilimdon-likka ega bolish o'qituvchidan yangilik darajasini ilmiy-nazariy, amaliy-metodik ahamiyatini aniqlash, tajribalarni qabul qilish, qollab-quvvatlash, yoyish, amaliy faoliyatga yollash, ularni o'qitish jarayoniga keng tatbiq etish kabilarni talab etadi.

Qishloq va suv xo'jaligi fanlarni o'qitishda o'qituvchining kompyuterdan foydalanish bosqichlari va ularning mazmuni 1-jadvalda ifodalangan.

Talabalarning qishloq va suv xo'jaligi kasbiga oid kompetensiyalarini shakllan-tirishda kompyuter texnologiyadan foydalanish bosqichlari.

Kompyuter orqali bilimlar, ma'lumotlarni izlash va ularni amalda qollash ya'ni axborotlarni yozma, rakamli, grafik, ovozli, foto va video kabilarni erkin holda qayta ishlash imkoniyatini yaratadi.

1-jadval

№ Bosqichlari bosqichlari Mazmuni

1. Mavzularni tanlash Qishloq va suv xo'jaligi yo'nalishlariga oid maxsus fan o'quv dasturi, darslik va o'quv-uslubiy qo'llanmalarning mazmun va mohiyati tahlil qilinadi. Bunda asosiy e'tibor talabalarning o'zlashtirishiga e'tibor qaratilgan.

2. Qishloq va suv xo'jaligi fanlarni o'qitish maqsadi va vazifalarini belgilash Kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari belgilanadi. O'qituvchining talabalar bilan individual ishlashlariga imkoniyat yaratiladi.

3. Qishloq va suv xo'jaligi fanlar mazmunining shakllantirish Talabalar tomonidan o'zlashtirilishi lozim bo'lgan nazariy va amaliy o'quv materiallari kompyuter texnologiyalari vositasida ifodalanadi.

4. Qishloq va suv xo'jaligi fanlarni o'qitishni tashkil etish shakli, amalga oshirish vositalarini tanlash Mavzular mazmuniga ko'ra ta'limni tashkil etish shakli, amalga oshirish metodi va vositalari tanlanadi.

5. Qishloq va suv xo'jaligi fanlarni o'qitish bo'yicha topshiriqlar tizimini ishlab chiqish Talabalar tomonidan o'zlashtirilgan bilim va ko'nik-malarini kompyuterda aniqlash malakasini shakllashirish uchun mo'ljallangan topshiriqlar tizimi ishlab chiqiladi.

6. Talabalarning o'zlashtirganlik darajasini aniqlash O'quv materiali mazmuning murakkablik darajasiga ko'ra nazorat usuli tanlanadi. Belgilangan mezon hamda mayor-larga ko'ra baholanadi. Bunda testlar, qiziqarli masala va amaliy topshiriqlardan foydalaniladi.

Kompyuterlar talabalarning bilimlarini nazorat qilish, test topshiriqlari va ularning yechimi (kaliti) maxsus moslamalar javoblar (kalit so'zlar)ni tez, aniq va to'gri ko'rsatishi imkoniyayatini yaratadi.

Tahlil va natijalar qishloq va suv xo'jaligi fanlarni o'qitish metodlari ta'lim jarayonini amalga oshirish, tayyorlash, o'quv faoliyatiga pedagogik ishlov berish, darslikdagi materiallarini yangi shaklga olib kirish, topshiriqlar, muammolar, testlar, tajribalar sifatini rivojlantiradi. Bularning hammasi o'qituvchining bilimi, tajribasi, mahoratiga bogliq bolib, metodlar ta'lim o'bektlariga o'z ta'sirini ko'rsatadi.

Metodlar o'z faoliyatiga ko'ra o'ta murakkab tizim bolib, talabalarning bilim, o'quv materialini tahlil qilishni taqozo qiladi.

Metod yunoncha atama bolib, aynan nimagadir yol degan ma'noni anglatadi, ya'ni maqsadga erishish yolini bildiradi. Metodlarni har qanday muammoning harakteriga qarab turlarga ajratish mumkin. Bular so'z orqali ifodalanadigan metod, ko'rgazmali metod, amaliy metod va boshqalar. Ular talabalarning bilim saviyasi, qobiliyati, ta'lim manbai, didaktik vazifalarga qarab ma'ruza (suhbat), amaliy

ishlar, laboratoriya, mustaqil ishlar, muammoli izlanish o'z o'zini nazorat qilish metodlari amalga oshiriladi.

Metodlar quyidagi guruhlarni o'z ichiga oladi.

Birinchi guruh metodlari: - so'z orqali uzatish va axborotni eshitish orqali qabul qilish (ogzaki, xikoya, ma'ruza va boshqalar).

Ikkinchi guruh metodlari:-o'quv axborotni ko'rgazmali uzatish va ko'rish orqali qabul qilish (ko'rgazmali metod, tasviriy namoyish qilish va boshqalar).

Uchinchi guruh metodlari: - o'quv axborotlarini amaliy mehnat harakatlari orqali bajarish (amaliy, mashqlar, laboratoriya ishlari, dastur tuzish, pedagogik masalalarni yechish, mehnat harakatlari va boshqalar).

Bu metodlar talabalarda bilimlarni qabul qilish, anglash va amalda qollash faoliyatini shakllantirishda foydalaniladi. Tushuntirish va uqtirish metodini qollashda o'qituvchi so'z vositasida mavzuni bayon qiladi.

Tushuntirish va o'qtirish metodlari talabalarning fikrlari, savollari ularni qishloq va suv xo'jaligi haqidagi yangi tushunchalarini o'zlashtirishga olib keladi. Qishloq va suv xo'jaligi maxsus fanlarni o'qitishda muammoli-qidiruv metodlari ifodalash, ko'rgazmali va amaliyot yordamida talabalarning bilish faoliyatini, ij odiy izlanishida tafakur va qobiliyatilarini o'stirishga dars mazmunini toliq tushunishga erishish va uni hal eta olishga o'rgatadi. Solishtirish, umumlashtirish, vaqtlarini aniqlash va qiyoslash, vaziyatga bog'liq xulosalar chiqarish, talabalarning o'zlari aniq savollar qo'yish kabilar muammoli ta'lim metodlari asosida amalga oshiriladi. Muammoli vaziyat muammodan farqli ravishda unga talabani jalb etish, nazariy tushunchalarini talab qiladigan hodisalarga, faktlarga, shuningdek, hodisalar o'rtasidagi tashqi nomuvofiqliklarga duch kelishi, ularni ana shu nomuvofiqliklarni tushuntirishga intilishga undaydi va bu intilish bilimlarni faol o'zlashtirishga olib keladi.

2-rasm. Muammoli vaziyatlarni yechish bosqichlari

Bunda o'qituvchi muammoni qo'yadi va uni yechimini talabalar bilan birgalikda topadi. Buning natijasida muammoli vaziyatlarni yechishda uni turli nuqtai nazardan o'rganiladi va tahlil etiladi (2-rasm).

3-rasm. Muammoli ta'lim metodi

Ushbu jarayonlarni tushunib olish talabalarga mustaqil ravishda muammoni ifodalay olish imkonini beradi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

muammoli ta'lim jarayonida muammoli vaziyat, muammo, juftlikda ishlash, kichik guruhda ishlash, ishbilarmonlik o'yini, bahs munozara, metodlari qo'llaniladi va bu ta'lim oluvchilarda muammol vaziyatlarning sababini va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimlarini topish bo'yicha ko'nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan bo'lib, bunda talabalarni guruhlarga bo'lish, ular tomonidan muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlash va fikr qilish, uning yechimini ishlab chiqish kabilar amalga oshiriladi. Demak muammoli metod o'rganilayotgan mavzudagi asosiy muammoni ajratib olish va talabalar tomonidan mustaqil hal etilishini ta'minlashga xizmat qiluvchi texnologiyalardan biri hisoblanadi. Bunda muammoning turi va sabablari, ko'rinishlari, hal etish yo'llari belgilanadi. Shuni aytish kerakki, har qanday maxsus fanlar talaba uchun muammodir. Chunki, maxsus fanlar talabaga hozirgacha noma'lum bo'lgan yangilik bilan tanishtiradi.

Muammoli o'qitish talabaning fikrlash faoliyatini o'stiradi, har narsani bilishga qiziqish uyg'otadi. Fahm-farosatli, mustaqil ijod qilishga intilish kabilarini tarbiyalashga yordam beradi. Ushbu metodlarini amalga oshirish natijasida talabalarda qishloq va suv xo'jaligi kasbiga bo'lgan qiziqish, ularning egallagan bilimiga va tajribasiga asoslangan holda masala qo'yish, hal etish, muammo ustida mustaqil fikr yuritish, xulosa qilish, o'z ustida ishlash kabilar bilan birga, mehnat qilish, o'qib-o'rganish, hayotiy kuzatish xususiyatlari rivojlanadi. Bunda o'qituvchi o'quv materialini og'zaki bayon qilish, umum-lashtirish, butun dars yoki mashg'ulotlar jarayonida qishloq va suv xo'jaligi haqidagi ma'lumotlarni ko'rgazmali asosida amalga oshirish, talabalarning fikrlarini faollashtirish, muammolarni isbotlash, tizimlashtirish kabilar qishloq va suv xo'jaligi haqidagi tushunchalar va qonuniyatlarni o'zlashtirishga olib keladi. Ularni qishloq va suv xo'jaligi, kinofilmlar va diaflmlar, yozma, maxsus fanlar bo'yicha topshiriqlarni bajarish mashqlari, o'quv-ishlab chiqarish amaliyoti o'quv asboblar, kompyuterlar, apparat turlari, qishloq va suv xo'jaligi kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI:

1. Shavkat Mirziyoyev "Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi" Toshkent - "O'zbekiston" - 2019.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son Qarori.

3. Muslimov N.A. Innovatsion ta'lim texnologiyalari. - T., 2015. - B. 208.

4. Nikitin M.V. Upravlenchenskiy potensial kolledja-obrazovatelnogo kompleksa // j. Kachestvo obrazovaniy. - M., 2015. - № 1-2. - S. 42-47.

Jurayev A.R., Teshayeva I.M. Metodicheskiye osnovaniya optimizatsii soderjaniya predmeta «Texnologiya». "Problemi nauki" nauchno-metodicheskiy jurnal № 6 (30) / 2018 g. Rossiya, Moskva. - S. 88-89.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.