Научная статья на тему 'SOMONIYLAR DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMI'

SOMONIYLAR DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
6621
389
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Dargox / “siyosatnoma” / Qabo / Visoqboshi / Hojib / Sohibi haros / Xo‟jayi buzruk / Devoni vazir / Devoni sohib / Devoni mushrif / Sipoqsolar / Muqto / Iqto / G‟aribxona / Shayxulislom / Ustod / Visoqboshi / Chodir boshlig‟I / Hayilboshi / Hojib / Ariz / Devoni arz.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ma’murjon G’ofurjon O’g’li Raxmonqulov, Farangiz Cho’ponboy Qizi Toshboyeva, Islombek Gulshanbek O’g’li Jo’ramurodov

Ushbu maqolada ilk o‟rta asrlar tarixida eng qudratli davlatlardan biri hisoblangan Somoniylar davlati haqida so‟z boradi. Shuningdek Somoniylar davlatining davlat boshqaruv apparati hamda davlat boshqaruv tizimlari haqida ma‟lumot beriladi, va bunda eng yuqori davlat lavozimi hisoblangan saroydagi davlat lavozimlaridan tortib kichik davlat lavozimlari va ularning asosiy vazifalari haqida ma‟lumot beriladi. Ushbu maqolada shuningdek Somoniylar davlatidagi yer egaligi, aynan davlat xizmatlari uchun in‟om etilgan yer egaligi turlari va vazifalari haqida. Bundan tashqari din va uning vazifalari din peshvolari hamda ularning jamiyat hayotidagi o‟rni haqida diniy unvonlar haqida ham bayon etiladi. Shu bila birga somoniylar davlatining markazlashuvida harbiylarning axamyati somoniylar davlati armiyasi va armiyadagi harbiy unvonlar va unvonlarning qay tartibda berilishi hamda harbiy unvonlarning vazifalari va ahamiyati haqida so‟z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOMONIYLAR DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-379-385

SOMONIYLAR DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMI

Ma'murjon G'ofurjon o'g'li Raxmonqulov

Farangiz Cho'ponboy qizi Toshboyeva Islombek Gulshanbek o'g'li Jo'ramurodov

Denov Tadbirkorlik va pedagogiga insituti talabalari

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ilk o'rta asrlar tarixida eng qudratli davlatlardan biri hisoblangan Somoniylar davlati haqida so'z boradi. Shuningdek Somoniylar davlatining davlat boshqaruv apparati hamda davlat boshqaruv tizimlari haqida ma'lumot beriladi, va bunda eng yuqori davlat lavozimi hisoblangan saroydagi davlat lavozimlaridan tortib kichik davlat lavozimlari va ularning asosiy vazifalari haqida ma'lumot beriladi. Ushbu maqolada shuningdek Somoniylar davlatidagi yer egaligi, aynan davlat xizmatlari uchun in'om etilgan yer egaligi turlari va vazifalari haqida. Bundan tashqari din va uning vazifalari din peshvolari hamda ularning jamiyat hayotidagi o'rni haqida diniy unvonlar haqida ham bayon etiladi. Shu bila birga somoniylar davlatining markazlashuvida harbiylarning axamyati somoniylar davlati armiyasi va armiyadagi harbiy unvonlar va unvonlarning qay tartibda berilishi hamda harbiy unvonlarning vazifalari va ahamiyati haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Dargox, "siyosatnoma", Qabo, Visoqboshi, Hojib, Sohibi haros, Xo'jayi buzruk, Devoni vazir, Devoni sohib, Devoni mushrif, Sipoqsolar, Muqto, Iqto, G'aribxona , Shayxulislom, Ustod,Visoqboshi, Chodir boshlig'I, Hayilboshi, Hojib, Ariz, Devoni arz.

KIRISH

Somoniylar o'z davlatida juda yaxshi yo'lga quyilgan hukmronlik tizimini o'rnatdilar. Davlat boshida juda katta vakolatlarga ega bo'lgan amir turar edi. Somoniylar davlatining ma'muriy tuzlishi quyidagicha bulgan: dastavval boshqaruv organi dargoh (oliy hukmdor saroyi) va devon (davlat idorasi)ga bo'lingan. Mamlakatning ichki siyosatida amirning shaxsiy gvardiyasi katta rol o'ynagan. Bu gvardiya turk g'ulomlaridan saralanib olinar, uning boshliqlari katta-katta davlat mansablarini egallar edilar. Turk g'ulomlari bunday sharafga o'zoq yillar sadoqat bilan xizmat qilishlari evaziga muyassar bo'lar edilar.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-379-385

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Turk g'ulomining xizmat pog'onasidan ko'tarilish jarayoini muarrix va davlat arbobi Nizomulmulk (1018— 1092) ning mashhur «Siyosatnoma» asarida bayon etilgan. «Somoniylar davridayoq,— deb yozadi u,— shunday qoida mavjud edi. G'ulomlar mansab darajasi pog'onama-pog'ona, qilgan xizmatiga yarasha ko'tarilib borgan. Chunonchi, g'ulomni sotib olgach, u bir yil piyoda askar bo'lib xizmat qilar va zandoniy matosidan tikilgan qabo (kamzulga o'xshash ustki kiyim) kiyib saroy ahli qatorida yurar edi. Bular bir yilgacha xoh oshkora, xoh yashirincha otga mina olmas edilar. Sezib-bilib qolsalar u jazoga tortilardi. Bir yildan so'ng visoqboshi (3 g'ulomga bosh bulgan kichik komandir) hojib (gvardiyachi rulomlarning oliy mansabi) bilan uning xususida gaplashar, hojib unga yugani bilan turk otini, shuningdek oddiy kamar berishii buyurar edi. G'ulom yana bir yil ot ustida xizmat qilgach, unga qorajur (uzun shamshir) berar edilar. Xizmatining beshinchi yilida unga eng yaxshi egar, yuldo'z -yuldo'z qilib bezatilgan yugan, doroy matosidan tikilgan qabo, cho'qmor berar edilar: chuqmorni g'ulom kamarining halqasiga ilib olar edi. Xizmatning oltinchi yilida u anvoyi kiyim-boshlar olar, yettinchi yili 16 kishi siradigan chodir hamda o'z otryadiga 3 g'ulomni olar edi va uni visoqboshi deb atardilar. U kumush bilan bezatilgan qora kigizdan tikilgan qalpoq, ganja qabosini kiyar edi. Uning mansabi, obro'si, birkitilgan g'ulomlari soni yil sayin oshib borar va u nixoyat dastlab xaylboshi (gvardiyachi rulomlarning hojibdan keyingi, ikkinchi mansabi), sungra hojib mansabiga sazovor bo'lar edi. U qanchalik obro'-e'tibor qozonmasin, qanchalik xizmat qilmasin, baribir 37 yil muddatdan keyingina uni viloyatlarga amir qilib tayinlar hamda unga yer-suv in'om etar edilar».

Saroydagi eng ulug' mansabdor hojibi bo'z urg (ulur hojib) bo'lib, unga saroy ahliga ko'z-quloq bo'lib turish vazifasi yuklatilgan edi. Alohida xizmat ko'rsatgan hojibi bo'z urglar ayrim tumanlarga hokim qilib tayinlanar edilar. Hojibi bo'zurgdan keyin sohib haras (saroy soqchilari boshlig'i) turgan. Bu mansab ummaviylar va abbosiylar davrida ham mavjud edi. U oliy hukmdorning farmonlarini ijro etuvchi shaxs bo'lgan. Bu haqida Nizomulmulk bunday deb yozadi: «Amiri haras mansabi hamma vaqt muhim mansablardan biri bo'lgan. Albatta, ulur hojib mansabi bundan mustasno. Amiri haras oliy hukmdorning farmonlarini ijro etuvchi bo'lganligi sababli, odamlar undan hukmrondan ko'ra ham ko'proq qo'rqar edilar». So'ngra Nizomulmulk xalifa al-Ma'mun tili bilan bunday deydi: «Mening ikki amir harasim bor. Ularning har ikkisi erta tongdan to qopong'u tushganga qadar odam boshini tanasidan judo qilish bilan band, jinoyatchilarning oyoq-qo'llarini chopib

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-379-385

tashlaydilar, cho'qmor bilan urib zindonga tashlaydilar».

Dargohning xo'jalik ishlari bilan vakil shug'ullangan. «Hamma vaqt bu ish tepasida,— deb ta'kidlaydi Nizomulmulk,— mashhur va ishonchli odam turgan Shoh oshxonasidan tortib, to may omborlari va podshoh otxonasidan doimo ogoh bo'lib, hukmdorniig saroyi, bola-chaqasi, shuningdek saroyga ta'lluqli kishilardan ko'z-quloq, bo'lib turuvchi shaxs; har oyda, balki deyarli har kuni, oliy hukmdorning kengashlarida ishtirok etgan, u bilan muloqotda bo'lgan va zarur paytda saroyga zudlik bilan yetib kelib, oliy maqomga zz fikrlarini izhor etgan hamda mamlakatda ro'y berayotgan voqyealardan uni xabardor qilgan».

Keyingi o'rinda xojayi bo'zurg (ulug' xoja) mansabidagi shaxs turgan. Xojayi bo'z urg saroy byurokratik apparatining boshida turgan. Bulardan tashqari, dargohda har xil xizmatkorlar, masalan, eshik oga, dasturxonchi kabi kichik mansabdorlar ham bulgan. Byurokratik apparat Buxoro registoni atrofida joylashgan o'nta devon tomonidan boshqarib turilgan. Narshaxiyning ta'kidlashicha, ular quyidagilar: devoni vazir (ulur vazir devoni), devoni mustavfiy (moliya ishlari devoni), keyingi vaqtlarda devoni rasoil yoki devoni insho deb atalgan devoni amir al-mulk (davlat tayanchi devoni), devoni sohib shurat (amir gvardiyasi boshlig'i devoni), devoni sohib barid (aloha xizmati devoni), devoni mushrif (amir nazoratchisi devoni), devoni addiyya (amirning shaxsiy mulklarini idora qiluvchi devon), devoni muxtasib (ko'cha va jamoa joylaridagi tartibotni tekshirib turuvchi devon), devoni vaqf, devoni qo'z zot (qozilar devoni). Shunga muvofiq mustavofiy, xojayi omid, sohib shurat, mushrif, muxtasib, qozi al-qo'z zot va boshqa mansablar bo'lgan.[4 ]Joylarda hokimiyat sipoqsolar (katta mulklarda) va hokimlar (mayda ma'muriy idoralarda) qo'lida bo'lgan. Movarounnahr mustaqilligining barqarorligi, avvalambor, markazlashgan mustahkam hokimiyatning qaror topishiga bog'liq edi. Buni yaxshigina anglagan somoniylar o'z ta sarrufidagi ulkan mamlakatni boshqarishda dastavval ixcham davlat ma'muriyatini tashkil etadilar. U podsho dargohi va devonlar — markaziy hokimiyatdan iborat edi. Dargohda amir harami va qarorgohi hamda saroy a'yonlariyu navkar va xizmatkorlarining turarjoylari bo'lar edi. Narshaxiyning ma'lumoti bo'yicha, Somoniylar davlati asosan devoni vazir, mustavfiy, amidal-mulk, sohibi shurat, sohibi muayyid, mushrif, mumallikayi xos, muhtasib, avqof va qazo nomlari bilan yuritiladigan 10 ta devonlar boshqaruvida idora etilardi. Ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanar va davlatning ma'muriy, siyosiy va xo'jalik tartiboti uning bevosita nazorati ostida tutib turilardi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-379-385

NATIJA VA MUHOKAMALAR

Barcha devon boshliqlari vazirga tobe edi. Mustavfiy devoni xazina (moliya) kirim-chiqimlar; amidal-mulk — davlat hujjatlari va elchilik aloqalari; sohibi shurat — soqchiboshi, ya'ni harbiy, xususan, amirning muntazam turkiy saroy nav-karlari, uning ta'minoti; sohibi muayyid — maktubot va axborot, ya'ni pochta; mushrif — saroy ish boshqaruvchisi; mumallikayi xos — davlat mulklari; muhtasib — bozorlardagi toshu tarozular, narx-navo hamda fuqarolarning mafkurasi; qazo — adliya; avqof - masjid va madrasalarning vaqf xo'jaliklari bilan shug'ullanar edi. Nasr ibn Ahmad (914-943) davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, davlat mahkamasi mana shu maxsus binoda joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari faqat saroy ahli, ruhoniy va zodagon dehqonlardan bo'libgina qolmasdan, shu bilan birga ular muayyan bilimlarga ega bo'lishi shart edi. Odatda, ular arab, fors tillarini puxta egallab olgan, Qur'onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan bir muncha xabardor bo'lgan savodli aslzodalardan tanlab olingan. Shubhasiz, bu o'rta asrlarning o'ziga xos amaldorlik madaniyati edi. Qadimiy an'analarga asoslangan bu madaniyat somoniylar davrida ancha-muncha boyitilgan edi. Markaziy mahkama viloyatlardagi mahalliy boshqarmalar bilan doimiy aloqada bo'lgan. Viloyatlarda, maktubot va axborot (pochta) devonidan tashqari, barcha devonlarning vakillari bo'lgan. Viloyat devonlari, bir tomondan, mahalliy hokimga, ikkinchi tomondan esa markaziy mahkamaning tegishli devonlariga bo'ysunar edilar. Viloyat hokimlari ba'zan vazir deb yuritilardi. Ular sulolaviy xonadonga tegishli amirzodalar yoki sobiq mahalliy hukmdorlar hamda zodagon dehqonlardan tayin etilardi. Bulardan tashqari, har bir shaharda rais — shahar boshlig'i hamda muhtasib — nazoratchisi bo'lardi. Ularni hokimning bevosita o'zi mahalliy aslzodalar yoki ko'pincha oliy tabaqa ruhoniylarning nufuzli vakillaridan tayinlar edi. Mansabdorlarning xizmat haqi uchun davlatning yillik daromad-buromadi (byudjeti) ning deyarli yarmi sarf etilardi. Shu bilan birga IX-X asrlarda yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan iborat katta-katta mulklar in'om qilina boshlaydi. Bunday mulklar «ikto», unga ega bo'lgan mulkdorlar «muqto» yoki «iqtodor» deb yuritilardi. Iqto tarzida esa ayrim viloyat, voha, rustoq (tuman) yoki shaharlar hadya etilgan. Iqto dastavval asosan oliy tabaqa zodagonlar; sulola a'zolari — amir-zodalar va yirik mansabdorlarga in'om etilgan. Iqto mulklari avvalda bir umrga emas, balki ma'lum muddatga berilib, nasldan-naslga o'tkazilmagan. Iqtodorlar hadyaga berilgan mulklarga hali to'la egalik qila olmaganlar. Ular iqto yerlaridai tushadigan

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-379-385

daromad yoki uning ma'lum qisminigina yig'ib olish huquqiga ega bo'lganlar xolos. Butun bir viloyat iqto qilib berilgan noib-vazirga ba'zan o'z nomi bilan chaqa-pul zarb etish huquqi ham berilar edi. Bu, shubhasiz, o'z navbatida markaziy hokimiyatni kuchsizlantirib, mahalliy hokimlarning boshboshdoqlik harakatlarining kuchayishiga olib kelar edi. Movarounnahr mustaqillikka erishib, Somoniylar davlatining qaror topishi va uning ravnaqida islom dini ruhoniylarining hissasi katta bo'ldi. Shu boisdan ularning obro'si oshib, poytaxt Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi. Shaharlarda ko'plab ibodatxonalar, shu jumladan, jome' maejidi, xonaqoh (g'aribxona) va namozgoh (iydi ramazon va iydi qurbon ibodatlari o'kiladigan sajdagoh)lar bino qilindi. Xuddi shu davrda musulmon Sharqidagi ilk madrasalardan biri Buxoro shahrida qad qo'yardi. Buxoroning qadimiy madrasasi shaharning Darvozai Mansur mahallasida xon hammomining yonida joylashgan edi.

Mamlakat ma'naviy hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga bu davrda «ustod» deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom tark etilib, din peshvolari va islom ulamolarining rahnamosi «shayxulislom» nomi bilan yanada ulug'lanadi. Ustoddan keyin «xatib»lar turardi. Somoniylar islom mafkurasining rivojiga katta ahamiyat beradilar. Masjid, madrasa, xonaqohlar qurish uchun maxsus joylar va ularning sarf-xarajati uchun katta-katta mulklar ajratilib beriladi. Natijada diniy muassasalar tasarrufidagi yerlar kengayib, yangi turdagi diniy-vaqf xo'jaligi tarkib topadi. Masalan, Narshaxiyning yozishicha, Afshona qishlog'ining ekin yerlari atrofidagi yaylovli biyobonlar Ismoil Somoniy tomonidan Buxoro madrasasining talabalariga vaqf qilib beriladi. Shuningdek, amir Registon maydoniga tutashgan va Dashtak deb shuhrat topgan keng qamishzor yerlarni Hasan ibn Muhammad Tolut ismli mulqdor arab lashkarboshidan 10 ming dirhamga sotib olib, Buxoro shahrining jome' masjidi vaqfiga qo'shib beradi. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin. Lekin nima sababdan va qanday yo'l bilan masjid va madrasalar tasarrufida katta-katta yer va mulklar to'planishi hamda vaqf xo'jaligining tarkib topishi to'g'risida umumiy tushunchaga ega bo'lish uchun keltirilgan misollarning o'zi ham kifoya qiladi.

Somoniylar tashqi va ichki dushman xurujlaridan mamlakatni muhofaza qilish masalasiga katta e'tibor beradilar. Xususan, Ismoil Somoniy yaxshi qurollangan harbiy qo'shinlar va maxsus muntazam saroy soqchi navkarlar sho'ratini tuzadi.

Muntazam soqchilar oliy dargoh va shaxsan amirni hamda uning haramini qo'riqlash uchun turk g'ulomlaridan tuzilgan edi. Turkiston va Movarounnahr harbiy

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-379-385

xizmatchi, mohir chavandoz turk o'smirlarini qadimdan doimiy ravishda voyaga yetkazib kelgan bo'lsa ham, ammo faqat somoniylargina turk yigitlarini birinchilar qatorida saroyning shaxsiy sho'rati safiga tortgan edilar. Saroy sho'ratiga qabul qilingan o'spirin turk g'ulomining harbiy xizmati ma'lum muddatda va qat'iy belgilangan tartibda o'tar edi. Xizmatning birinchi yili bo'zdan kiyim kiygan piyoda, ikkinchi yili yuganlangan otliq askar xizmatini bajarar edi. Uchinchi yili beliga qora cho'rin kamar bog'lanib, beshinchi yilga borganda u yaxshi kiyim-kechak va yulduzli yuganni olishga muyassar bo'ladi. Agarda xizmat davrida g'ulom nojo'ya harakatlar qilmagan bo'lsa, yettinchi yili unga «visoqboshi», ya'ni «chodir boshlig'i» degan unvon berilar edi va o'zi bilan qo'shib hisoblaganda 4 nafar askarga u boshliq bo'lardi. „bunday unvonga erishgan g'ulom kumush ip bilan tikilga"qora rangli bosma namat qalpoq va qimmatbaho ganjaviy etik kiyib yurardi. G'ulomlar orasida eng qobiliyatli va uzoq yillar xizmat qilgan ayrim navkarlar «haylboshi», ya'ni otliq qo'shin boshlig'i, so'ngra esa «hojib» degan lavozimga ko'tarilar edi. Hojiblarning boshlig'i «hojib ul xujob» yoki «hojib ul buzruk» deb yuritilgan. Bunday unvon Somoniylar davlati saroyidagi oliy unvon hisoblanar edi. Hojiblar, ayniqsa, hojib ul xujob saroyda katta nufuzga ega edi. U saroyda turar va dargohning ishlarini boshqarar edi. Shu bilan birga u butun turk hojiblarining boshlig'i hisoblanar edi. Somoniylar muntazam soqchi qo'shinidan tashqari, ozod mehnat ahlidan tuzilgan harbiy qo'shinlarga ham ega edilar. Harbiy qo'shinlar va ularning ta'minoti bilan «ariz» boshliq «devoni ariz» deb atalgan maxsus mahkama shug'ullanar edi. Ariz qo'shinlarga maosh berar, uning intizomi, yarog'-aslahasi, oziq-ovqati va otlarining yem-xashagi bilan shug'ullanar edi. Qo'shinlarga xizmat haqi har 3 oyda, ya'ni yiliga 4 marta to'lanar edi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki somoniylar davlatida tashkil etilgan barcha davlat lavozimlar o'z vazifasi jixatdan mukamlal qilib tuzilgan. Shuningdek bu lavozimlarga berilgan vazifalar jixatdan davlat tizimini boshqarish mukkamal shakillantrilgan, yani saroy lavzimlaridan, Devondan tortib barcha lavozimlargacha mahaliy va diniy lavozimlargacha tarkibda davlat lavozimlari tuzib chiqilgan bu esa davlat boshqaruv tizimini soddalashtrgan.

Shunday qilib, IX—X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda Somoniylar davlati tashkil topdi. O'rta asrlar zamonining bu yirik davlatini boshqarishda hukmdor xonadon Sharqning qadimiy davlat boshqaruvi an'analariga suyanib,

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-379-385

muntazam soqchi armiya va kuchli harbiy qo'shinlarga ega bo'lgan markazlashgan boshqaruv mahkamasini tashkil qildi. O'rta asrning bu yirik davlati o'zining boshqaruv tizimi jihatidan, shubhasiz, O'rta Osiyoda o'rta asrlar davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyoti tarixini o'rganishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Shuni takidlab o'tish kerakki somoniylar yer egaligi tizimi ham mukkammal tuzilga, ammo davlat xizmatlari uchun in'om etilgan yer egaligi turi davlat markazlashuvini uzoqlashtib qo'ygan, shu bilan birga turlixil boshboshdoqlililklarni keltrib chiqaradi va usha davr xulosasi bilan aytganda bu davlat yemirilishining bosh sabablarini keltrib chiqargan.

REFERENCES

1. Nizomulmulk. "Siyosatnoma". Toshkent. "Adolat"-1997

2. E.V Rtvelatze, A.X Saidov, Abdullayev. Qadimgi O'zbekiston sivilizatsiyasi: Davlatchilik va huquq tarixidan lavxalar. Toshkent. "Adolat"- 2001

3. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. O'zMU nashriyoti-2000-2001

4. A.Sagdullayev O' Mavlonov. O'zbekistonda davlat boshqaruv tarixi. Toshkent. Akademiya-2006

5. O'zbekiston Tarixi ( qisqacha ma'lumotnoma). Toshkent. Sharq- 2000

6. O'sarov Umidjon Abdumavlonovich. Somoniylar davlatining O'rta Osiyoda tarixida tutgan o'rni. Bitiruv malakaviy ishi.Toshkent-2013

7. Abu Bakr ibn Jafar Narshaxiy. Buxoro Tarixi T. "Kamalak" 1995

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.