Научная статья на тему 'SO’Z TURKUMLARI VA ULARNI MATN ASOSIDA TASNIFLASH MASALASI'

SO’Z TURKUMLARI VA ULARNI MATN ASOSIDA TASNIFLASH MASALASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

13956
2007
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
So’z turkumlari / matn / tasniflash / so’z turkumlar soni / taraqqiyot boshqichi. / Phrases / text / classification / number of phrases / stage of development

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Omidullah Bayani

Ushbu maqolada so’z turkumlarini matn asosida tasniflash haqida so’z yuritilib, so’z turkumlarini tasniflashda 3 asosiy xususiyat (semantik, morfologik va sintaktik)ni nazarga tutgan holda, matn asosida ishlash va bu uslub ahamiyatini yoritishdir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WORDS OF CLASSES AND THEIR CLASSIFICATION

This article discusses the classification of word groups based on the text, taking into account the 3 main features (semantic, morphological and syntactic) in the classification of word groups, working on the basis of the text and highlighting the importance of this method

Текст научной работы на тему «SO’Z TURKUMLARI VA ULARNI MATN ASOSIDA TASNIFLASH MASALASI»

SO'Z TURKUMLARI VA ULARNI MATN ASOSIDA TASNIFLASH

MASALASI

Omidullah Bayani

Samarqand davlat universiteti magistranti

ANNOTATSiYA

Ushbu maqolada so'z turkumlarini matn asosida tasniflash haqida so'z yuritilib, so'z turkumlarini tasniflashda 3 asosiy xususiyat (semantik, morfologik va sintaktik)ni nazarga tutgan holda, matn asosida ishlash va bu uslub ahamiyatini yoritishdir.

Kalit so'zlar. So'z turkumlari, matn, tasniflash, so'z turkumlar soni, taraqqiyot boshqichi.

WORDS OF CLASSES AND THEIR CLASSIFICATION

ABSTRACT

This article discusses the classification of word groups based on the text, taking into account the 3 main features (semantic, morphological and syntactic) in the classification of word groups, working on the basis of the text and highlighting the importance of this method.

Keywords: Phrases, text, classification, number of phrases, stage of development.

KIRISH

So'z turkumlarining o'rganish tarixi antik davrlarga borib taqaladi. O'sha davr faylasuf, mantiqshunosh va tilshunoslari bu borada ilk marta juda qimmatli fikrlar bildirganlar. Masalan, Arastu so'z turkumlari sonini 3 ta deb ko'rsatgan va unga ot, fe'l, va bog'lovchi vositalarni kiritgan. Oradan qarib 12 - 13 asr o'tgandan keyin, ulug' bobokalonimiz Mahmud Koshg'ariy ham so'z turkumlari sonini 3 ta deb ko'rsatgan. So'z turkumlari nazaryasining rivojlanishi, olimlarning bu masala bilan shug'illana boshlashishi barobarida so'z turkumlari soni ham ortib bordi. Bu holat asosan, 19 - 20-asrlarda keng taraqqiy etdi. Turli davrlarda so'z turkumlari turli songa bo'lganligini e'tirof etish bilan, ushbu maqolada matn bilan ishlashning ahamiyati va yangi uslub bilan ish tutish haqida o'z fikrlarimizni bayon qilamiz.

ADABIYOTLAR TAHLIL VA METODOLOGIYA

O'zbek tilshunosligida so'z turkumlari haqidagi asosiy ilmiy bahslar, avvalo, so'z turkumlari tasnifi, o'zaro munosabati, ajratiluvchi guruhlar soni va ularning tarkibi masalasidir. So'z turkumlari soni va tarkibini aniqlashda so'zlarning semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlarini nazarda tutish keng tarqalgan. Ammo amaliyotda, asosan, so'zlarni turkumlashda, ularning semantik xususiyatiga tayanish urfga aylangan.

So'z turkumlari soni bularning turkumlanish tamoyillari anchadan beri o'rganilib kelindi va kelinmoqda. Lekin har qanday usul ham so'z turkumlarining xolis tasnifini bera olmasligiga qattiq ishongan rus tilshunosi M.N. Peterson so'z turkumlari sonini va ular bilan bog'liq muammolarni matn asosida o'rganishga qaror qiladi va shu maqsadda ulug' rus shoiri A. S. Pushkinning "Belkin hikoyalari" ("Повсти белкина") asarini tanlaydi. Chunki uning yozishicah, hozirgacha rus tilshunosligida ham jahon tilshunosligida so'z turkumlari haqidagi masala o'z yechimini topgan emas. O'z fikrini dalillash uchun M.N. Peterson mashhur fransuz tilshunosi J. Vandirisning quyidagi so'zlarini keltiradi: "so'zlarni turkumlash nihoyatda qiyin bo'lgani uchun hozirgacha hech kim so'z turkumlarining manzur bo'larli tasnifini yaratgan emas. An'anaga ko'ra yunon mintiqshunoslari ta'limotlariga borib taqaluvchi fransuz mumtoz (klassik) grammatikasi 10 ta so'z turkumini farqlaydi. Ammo bu tasnif hech qanday tanqidga dosh bera olmaydi: "uni na faqat boshqa tillarga, balki uni yaratgan (yunon) tiliga nisbatan ham tatbiq etib bo'lmaydi" [qarang: J. Vandiri 1937, 139-bet, iqtibos M.N. Petersonniki].

M.N. Peterson 1885 yilning 22-sentyabr kuni Rossiyaning Kerensk, Penza viloyatida dunyoga kelgan. Moskva universitetining tarix-filologiya fakultetini tugatgan. Turli davrlarda turli lavozimlarga ishlagan. U qadimgi va yangi tillarni qiyosiy-tarixiy jihatdan yondashib, zamonaviy filologiya muammolari va yozuvchilar tilini o'rganishga harakat qilgan.

M.N. Peterson Tillarni o'qitishda o'ziga xos metodikadan foydalangan. U boshqalardek tayyor materilalardan emas, balki turli matnlarni o'qish va tahlil qilish yo'lini tutgan. Ushbu ishi bilan yangi uslub yaratib, hech qachon bu uslubdan chetga chiqmagan, va bu o'z samarasini berib, rus tilida yangi stilistika yaratgan.

M.N. Peterson o'zining 1955-yilda "О часях речи в русском языке" ("Rus tilidagi so'z turkumlari haqida") nomli maqolasida so'z turkumlari haqidagi masala rus

tilishunosligida ham xorij til shunosligida ham yetarli darajada o'rganilmaganini qayd etadi. va olimlarning firkrlari bilan o'z firkrini dalillash uchun olimlarga murojaat etadi:

1. "Rus ilmiy ana'nasida so'z turkumlari tarkibi va tizimi haqidagi masala turlicha hal qilingan.

2. So'z turkumlarini tasniflash shu darajada qiyinki, hozirgacha hech kim ularning qoniqarli tasnifini yaratgan emas, ana'naga ko'ra Yunon mantiqshunoslari ana'nalariga borib taqaluvchi Fransuz mumtoz grammatikasi ularning sonini 10 ta deb ko'rsatadi, biroq bu tasnif ham hech qanday tanqidga dosh bera olmaydi: "uni hatto birinchi marta ishlab chiqqan tillarga nisbatan ham qo'llash qiyin. Biroq mazkur tasnifni batamom to'g'ri kelmaydigan tillarga nisbatan qo'llash qiyin".

Shundan keyin maullif yuqoridagi kabi iqtiboslarni istagancha keltirish mumkinligi haqida yozadi va bu masala yana so'zlarni turkumlarga ajratish masalasi alohida olingan tillar morfologiyasida bu masala yanada qoniqarsiz ekanligini qayd etadi, va o'zining maqola maqsadini yoritib beradi. Bu yerda u asosiy e'tiborini "so'z turkumlari" termini deganda nimani tushunish kerakligini aniqlashda harakat etadi.

Uning yozishicha, "so'z turkumlari" lotincha "partes orationis" terminining yunoncha "^spn той Хоуои" terminining so'zma so'z tarjimasidir. Yunoncha terminning birinchi qismi "^époç" ("q ism")ni ikkinchi qismi "Xoyoç" esa logos shunoslik so'zidan tarkib topgan. Demak so'z turkumlari o'rnida "so'z turkumlari" termini bilan bir qatorda "so'z shunoslik" terminini ham qo'llash mumkin. Aslida so'z turkumlari terminini ishlatish yaxshi, u an'anaga muvofiq va o'quvchini chalg'itmaydi. Yangi terminni qo'llashda o'quvchining uni tushunishi doimo kun tartibida turadi.

M.N. Peterson mazkur termin haqidagi fikrlarini quyidagicha davom ettiradi. Bu termin ijodkorlari - Aleksandrya grammatikashunoslari "logos" deganda "gap"ni tushunadi. Binobarin, Yunon grammatistlari "^spn той Хоуои" deganda so'zlardan tashkil topgan gaplarni tushunganlar. Demak bu terminning aniq, muqobil ma'nosi M.N. Petersonga ko'ra "gap qismlari" tarzida tushunish kerak. Mana buning bu haqdagi aslida "so'z turkumlari" - bu "gapning qurilish materiali" desa ham bo'ladi.

Biroq boshqa tomondan, bu - bir xil o'zgarishlarni, bir xil shakllarni tavsiflovchi so'zlar guruhlaridir.

Yuqoridagilarga asoslanib so'z turkumlarini quyidagicha ta'riflash mumkin: "so'z turkumlari - bu so'zlarning gap yasaydigan (hosil qiladigan) guruhlari, turkumlaridir" [M.N. Peterson, 1955, 176-bet].

Ushbu maqola muallifining yozishicha, har qanday tilda ham so'z turkumlari miqdori, soni cheklangan. Uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichalarini bosib o'tgan so'z turkumlarining ayrimlari oldin boshqalari esa keyinroq paydo bo'lgan. Ular o'zaro turli morfologik, sintaktik va semantik (mazmuniy) munosabatlarda bo'ladi. Ularning tilidagi asosiy vazifasi tushunchalarni umumlashtirishdir [qarang: M.N. Peterson, 1955, 175-bet].

M.N. Peterson haq. Haqiqatan ham bilish jarayoni bevosita abstraktlikka (mavhumlikka) va abstraktlikdan amaliyot tomon bajariladi. Shuning uchun, so'z turkumlari taraqqiyoti tasnifi ham bevosita kuzatishda, matnda qo'llashda o'rganilishi kerak. Bunday kuzatish natijasida olingan umumlashma va abstraksiyalar ya'ni til qo'llanishining barcha sohalarida tekshirish kerak [M.N. Peterson, 1955, 179-bet].

Shuningdek, M.N. Petersonning so'z turkumlari bilan bog'liq material, ma'lumot lug'atlardan olinmasligi kerak. Chunki ular lug'atlarga qayta ishlanib kiritilgan bo'ladi: "uni ya'ni so'z turkumlari haqidagi material matndan olinishi kerak. Chunki til (grammatika tasarrufiga o'tgan lug'at boyligi) muloqot vositasi bo'lib xizmat qiladi" [M.N. Peterson, 1955, 176-bet].

Shundan keyin muallif so'z turkumlarini A. Pushkinning "Belikin hikoyalari" asosida o'rganadi. Chunki unda rus tilining barcha morfologik xususiyatlari istifoda etilgan.

Yuqorida ta'kidlaganimizdek, M.N. Peterson so'z turkumlari taraqqiyoti haqidagi masalani rus tili misolida o'rganishga harakat qiladi, va bunda asosiy e'tiborini "so'z turkumlari" termini deganda nimani tushunish kerakligiga, tahlil usulini (metodini) aniqlashga va tadqiqot olib borish mumkin bo'lgan materialga qaratadi.

Biz ham M.N. Petersonning izidan borib so'z turkumlari haqidagi masalani matn asosida o'rganishga harakat qilidk. Tadqiqot materiali sifatida Afg'onistonda o'zbek tilida ijod qiladigan adib Dr. Sh. Yorqinning "Yana ko'rishguncha" hikoyalar to'plamining "Qutilish" hikoyasi kelgan barcha so'zlarni tadqiqimiz predmeti qilib oldik. ushbu material istifoda etilgan barcha so'zlarni qog'ozcha (kardochka)larga yozib chiqdik. Qog'ozchalarda qayd etilgan so'zlarni grammatik turkumlarga ajratib, nihoyat faktik material asosida so'z turkumlarining tasnifini ishlab chiqidik.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hikoyada jami bo'lib 968 ta so'z ishlatilgan bo'lib, ular tasniflanganda so'z turkumlarini quyidagi manazarasini tashkil qildi: ot (293 ta), sifat (56 ta), son (43 ta),

ravish (84 ta), fe'l (262 ta), olmosh (109 ta), ko'makchi (41 ta), bog'lovchi (55 ta), yuklama (24 ta), modal (0), undov (1ta) va taqlid (0).

Hozirgi o'zbek tilida so'z turkumlari soni 12 ta deb ko'rsatilgan bo'lsa-da, bizning tadqiqimiz materiali bo'lgan ushbu hikoyada so'z turkumlari soni o'ntasiga misollar chiqdi. Bundan shunday natija oldikki, so'z turkumlari har matnda turli sonlarda bo'lishi mumkin.

Yuqorida ta'kidlaganimizdek, o'zbek tilida so'zlar 3 asosiy xususiyatiga ko'ra turkumlanadi:

1. Semantik xususiyatlari - so'zlarning mustaqil holda lug'aviy ma'no anglatishi. Bu jihatdan so'zlar narsa-buyumni ifodalovchi so'zlar, belgi bildiruvchi so'zlar, harakat-holatni ifodalovchi so'zlar kabi guruhlarga bo'linadi. Masalan, gul (narsa-buyum nomi), katta (belgi nomi), o'qimoq (harakat nomi) kabi.

2. Morfologik xususiyatlari - so'zlarning umumiy morfologik xususiyatlari. Masalan: predmet nomini bildiruvchi so'zlar birlik-ko'plik ko'rsata oladi, belgi bildiruvchilar darajalanib kela oladi, fe'llar esa zamonni ifodalay oladi va hokazo.

3. Sintaktik xususiyatlari - so'zlarning gapda qanday gap bo'lagi vazifasida kela olishi. Odatda, predmetni bildiruvchi so'zlar ko'pincha ega. To'ldirvuchi; harakatni bildiruvchi so'zlar ko'pincha kesim vazifasida keladi [2, 2004, 90-bet].

Demak, so'zlar har uchala belgi - semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlariga ko'ra turkumlarga ajratiladi.

Hozirgi o'zbek tilida 12 ta so'z turkumi mavjud bo'lib, ular yuqorida bayon qilingan 3 asosiy xususiyatga ega bo'lish darajasiga ko'ra, guruhlarga bo'linadi. O'zbek tilshunosligida so'zlarni turkumlarga ajratishda turli yondashuvlar mavjud, birinch xil tasnifda so'zlarni quyidagi 5 ta guruhga bo'linadi:

1. Mustaqil so'zlar;

2. Yordamchi so'zlar;

3. Modal so'zlar;

4. Undov so'zlar;

5. Taqlid so'zlar.

Ikkinchi xil tasnifda so'zlar ifodalaydigan umumiy ma'nolarga ko'ra bo'linadi:

1. Nomlovchi so'zlar: ot, sifat, son, fe'l va ravish.

2. Yordamchi so'zlar: bog'lovchi, ko'makchi va yuklama.

3. Ifodalovchi so'zlar: undov, modal va taqlid so'zlar.

4. Ko'rsatuvchi so'zlar: olmosh.

Bizga ma'qul ko'ringan tasnif quyidagi guruhlarga bo'linadigan tanifdir:

1) Mustaqil so'zlar: ot, sifat, son, fe'l, ravish va olmosh so'z turkumlari.

2) Yordamchi so'zlar: ko'makchi, bog'lovchi va yuklama so'z turkumlari.

3) Alohida so'zlar: modal, undov va taqlid so'z turkumlari.

Yuqoridagi ko'pincha tasniflarda mustaqil va yordamchi so'z turkumlari ko'zga ko'rinmoqda. Agarchi, bu tasnif ana'naviy tasnif hisoblansa-da, hozirgi kunda ham o'z qimatini yo'qotmagan. An'anaviy tasnifda so'z turkumlariga 6 ta so'z turkumi kiritilib, ularda ot so'z turkumi birlamchi va fe'l esa ikkilamchi qutbda qaror topmoqda, lekin ayrim tadqiqotlarda taqlid so'zlar ham mustaqil so'z turkumlariga kiritilib, fe'l so'z turkumi oldinga o'tkazilmoqda. Fe'l barcha so'z turkumlari ichida eng katta, grammatik kategoriyalarga boy, mukammal so'z turkumidir. Biroq ma'lumki, Inson dunyoga kelgach, avvalam bor narsa-buyumlarga duch keladi. Har qanday harakat ham predmet yoki shaxs tomonidan bajariladi. Shunga binoan, bizga ma'quli esa an'anaviy tasnifdir.

Mustaqil so'z turkumi leksik va grammatik ma'noga ega bo'lib, gapning biror bo'lagi vazifasida kela olishi bilan shakl yasash xususiyatida ham egadir. Yordamchi so'zlar esa leksik ma'no anglatmaydi, morfologik jihatdan ham o'zgarmaydi, gap bo'lagi vazifasida ham kela olmaydi va yasalish xususiyatiga ham ega emas. Modal, undov va taqlid so'zlar esa mustaqil so'zlarga ham, yordamchi so'zlarga ham o'xshamaydi, o'zaro umumiy jihatlari ham yo'q. Shuning uchun, alohida so'z turkumlari deb ataladi.

Hozirgi o'zbek tilshunosligida grammatik kategoriyalar o'rganilish bo'yicha ham har xil fikrlar mavjud. An'anaviy tilshunoslikda har bir so'z turkumining grammatik kategoriyalari o'z doirasida o'rganilib kelingan bo'lsa-da, keyingi paytlarda so'z o'zgartiruvchi vositalar - otlardagi kelishik va fe'llardagi shaxs-son qo'shimchalari so'zlarning sintaktik aloqasiga xizmat qiluvchi aloqa-munosabat shakllari deb nomlanib, so'z turkumlaridan tashqarida o'rganilmoqda. Bizningcha, har bir kategoriyaning o'z so'z turkumi doirasida berilshi ma'qul. Chunki har so'z turkumining kategoriyasi o'z so'z turkumi doirasida o'rganilmasligi so'z turkumlarining xususiyatlarini bir butun holda tushunmasligiga va so'z turkumlarini tahlil qilishda qiyinchilik hosil qilishga sabab bo'ladi. Shuning uchun, grammatik kategoriyalarga shakl hosil qiluvchilar va so'z o'zgartiruvchilarga bo'lingan holda har kategoriyani o'z doirasida o'rganilishi ma'qul.

XULOSA

So'z turkumlari masalasi, garcha butun dunyoda, jumladan, O'zbekistonda ham ko'plab tadqiqotlarda ob'ekt qilib olingan bo'lsa-da, hammaga bir xil darajada manzur bo'ladigan holatda o'rganilmagan.

So'z turkumlari bilan bog'liq material, ma'lumot lug'atlardan olinmasligi kerak. Chunki ular lug'atlarga qayta ishlanib kiritilgan bo'ladi. Bizning ushbu ishimizda matndagi barcha so'z va ularning turli grammatik qoidalari qulaylicha tahlil qilishinishi mumkin.

REFERENCES

1. "Вопросы грамматического строя", Издательство академий Наук СССР Москва, 1955.

2. Мухитдинов Х., Худойберганова Д., Умиров И. ва бошка. Хрзирги узбек адабий тили. (укув кулланма), Т., Илм-зиё, 2004.

3. Ishonch Zikrulloh, Hozirgi o'zbek tili, Kobul, Nigorxona matbaasi, 2014.

4. Sayfullahyeva R.R. Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H. va boshqa. Hozirgi o'zbek adabiy tili, T., fan va texnologiya, 2010.

5. Турсунов У. Хрзирги узбек адабий тили. Т., 1992.

6. Сапаев Хрзирги узбек тили. Т., 2009.

7. Шоабдурахмонов Ш. Хрзирги узбек адабий тили. Т.: Фан, 1980.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.