Научная статья на тему 'SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA INSON TAQDIRI MUAMMOSI'

SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA INSON TAQDIRI MUAMMOSI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2062
157
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Surxon muhiti / notanish odam / tanholik / Tolstoy / Kukaracha / kamar / Surkhan environment / stranger / loneliness / Tolstoy / Kukaracha / belt

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xojanova Nasiba Choriyevna, Goibova Nigina Shamsiddin Qizi

Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayevning hikoyalari haqida fikr yuritilgan. Jumladan yozuvchining " Odam" , " Noma'lum odam" va juda ko'p adabiyotshunoslarimizning e'tirofiga sazovor bo'lgan " Tanholik" hikoyalari tahlil qilingan. Qolaversa yozuvchi uslubi haqida ham gapirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PROBLEM OF HUMAN DESTINY IN THE STORIES OF SHUKUR KHOLMIRZAEV

This article discusses the stories of Shukur Kholmirzaev. In particular, the author's stories "The Man", "The Unknown Man" and "Loneliness", which have been recognized by many of our literary critics, have been analyzed. There is also talk of the writer's style.

Текст научной работы на тему «SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA INSON TAQDIRI MUAMMOSI»

SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA INSON TAQDIRI MUAMMOSI

Xo'janova Nasiba Choriyevna

Termiz davlat universiteti o'zbek filologiya fakulteti 3 kurs talabasi G'oibova Nigina Shamsiddin qizi

Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti Milliy goya, manaviyat asoslari va huquq

talim yo'nalishi 2-kurs talabasi https:Moi.org/10.5281/zenodo.6591503

Annotatsiya. Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayevning hikoyalari haqida fikr yuritilgan. Jumladan yozuvchining " Odam" , " Noma'lum odam" va juda ko'p adabiyotshunoslarimizning e'tirofiga sazovor bo'lgan " Tanholik" hikoyalari tahlil qilingan. Qolaversa yozuvchi uslubi haqida ham gapirilgan.

Kalit so'zlar: Surxon muhiti, notanish odam, tanholik, Tolstoy, Kukaracha, kamar ПРОБЛЕМА ЧЕЛОВЕЧЕСКОЙ СУДЬБЫ В РАССКАЗАХ ШУКУРА

ХОЛМИРЗАЕВА

Аннотация. В данной статье рассматриваются рассказы Шукура Холмирзаева. В частности, проанализированы авторские рассказы «Человек», «Незнакомец» и «Одиночество», получившие признание многих наших литературоведов. Также говорят о стиле писателя.

Ключевые слова: сурханская среда, незнакомец, одиночество, Толстой, Кукарача,

пояс.

THE PROBLEM OF HUMAN DESTINY IN THE STORIES OF SHUKUR

KHOLMIRZAEV

Abstract. This article discusses the stories of Shukur Kholmirzaev. In particular, the author's stories "The Man", "The Unknown Man" and "Loneliness", which have been recognized by many of our literary critics, have been analyzed. There is also talk of the writer's style.

Keywords: Surkhan environment, stranger, loneliness, Tolstoy, Kukaracha, belt

Adabiyot quroli so'z! Aynan so'z orqali hayotni , insonni badiiy talqin qilgan, adabiyot olamida kitobxon mehrini qozongan adib Shukur Xolmirzayevdir. Yozuvchi ijodining alohida xususiyati shundaki, adib milliy hikoya janrini ustoz Abdulla Qahhordan keyin, yangi, yuqori cho'qqiga ko'tardi. Muallifning " Olis yulduzlar ostida" , " Hayot abadiy" , " Og'ir tosh ko'chsa" , " Bodom qishda gulladi" , " Tog'larga qor tushdi" kabi hikoyalar to'plamining nashr etilishi o'zbek adabiyotining hikoyachilikdagi katta yutug'idir.

Shukur Xolmirzayev uslubi haqida adabiyotshunos Ibrohim G'ofurov shunday yozadi : " U shu paytgacha o'zbek adabiyotida qalam tebratib kelayotgan kata - kichik yozuvchilarning birontasiga o'xshamasdi. Uning jumlasidan adabiyotda yangilik, yangi jumla qurilishi, yangi uslub boshlanayotganga o'xshardi, ajabki, o'z ideallariga ham o'xshamasdi u". Shu o'rinda Shukur Xolmirzayevning o'zi "Uslubda hamma narsa mujassam: dunyoqarashdan tortib, nuqta qo'yishgacha..."-, degan edi. Yozuvchi uslubiga e'tibor qaratadigan bo'lsangiz, sodda, har qanday jimjimadorlikdan xoli. Qahramonlari holatini nihoyatda ixcham, ma'nodor tasvirlaydi. Asarni lo'nda, ohangdor, zamzamali dialoglar asosida qurishni o'z yozuvchilik uslubi darajasiga ko'taradi.

Nemis donishmandi I.V. Gyote ta'kidlaganidek "Har qanday san'at asarida , u hoh katta yo kichik bo'lsin, barcha voqealar mohiyatga borib taqaladi". Mohiyat esa har qanday badiiy asarning ichki ustuni; ijodkor dunyoqarashi hamda iymon- e'tiqodining ifodasidir.

Yozuvchining ko'pgina hikoyalari hajmi kichik, lekin salmog'i katta. Masalan: "Notanish odam" hikoyasini olaylik. Hikoya "Ovga borayotgan edim, havo aynidi, "Bahor havosida, bir sevalab o'tar", deb ketaverdim... Turgan yerimdan ikki yuz qadamcha narida jar va jarga tushaverishda ovchilar, yo'lovchilar qo'nib o'tadigan kamarcha borligi yodimga tushdi. Kamarga kirdim. O'rtada gulxan yonar, chetroqda oqchil chakmon kiygan o'rta bo'ly bir kishi eshagining ayilini bo'shatardi..." Shu o'rinda adibning hikoya boshidanoq o'quvchini ergashtirib ketish mahoratiga qoyil qolish kerak.

Notanish odam kamarga kirgan ovchi yigit oldiga borini to'kib tashlaydi. Lekin yigit ko'nglida unga nisbatan gumon kuchayadi. Kamarga notanish odam bir quchoq o'tinni ko'tarib kirib "isina bering" deydi. Yigit esa olovini minnat qilyapti deb tushunadi. Birozdan so'ng tashqariga chiqib notanish odamning daryo toshqini toshlarning tagiga tiqib tashlagan shox-shabbalarini terayotganini ko'radi va bu o'tinni uyiga olib ketadi deb o'ylaydi. Ko'p o'tmay yigit o'zining shubhali xayollaridan uyalib ketadi. Chunki u odam o'tinni olib ketish uchun emas, boshqa bir yo'lovchilar sovuq havoda o't yoqib isinishlari uchun tashib kelgan ekan.

Kichik hajmli bu hikoyaning yozilganiga ancha bo'ldi. Bugun zamon o'zgardi , zamonni o'zgartirgan boshqa odamlarga qo'shilib, ko'pchilik o'zgardi. Lekin haligacha faqat o'zini emas, balki boshqalarni ham o'ylaydiganlar, buning uchun o'zini o'tga- cho'qqa uradigan insonlar ham bor! Bu hikoya menga gruzin yozuvchisi Nodar Dumbadzening "Kukaracha" qissasini eslatadi. Qissadagi Kukaracha ham Notanish odamga o'xshab odamlarga ta'masiz, beg'araz yordam beradi, evaziga hech narsa kutmaydi va buni o'zining insoniy burchi deb biladi. To'g'ri, hayotda yaxshi insonlar kam, lekin, nazarimda oz bo'lsa ham Kukaracha va Notanish odamlardek insonlarning hayotda borligi uchun jamiyatda muvozanat saqlanib turibdi. Asarning ahamiyati ham aynan mana shunda.

Shukur Xolmirzayev haqiqiy, professional yozuvchi edi. Ayniqsa, yozuvchining insonga umr va uning mazmuni haqida chuqur mushohada yuritish imkonini beradigan "Odam" hikoyasi juda ta'sirli. Bejiz yozuvchi bu asarni " falsafiy hikoya" deb nomlamagan . Hikoyada Rahima ismli ayolning hayoti, kechmish - kechinmalari qalamga olinadi. Rahima onasi vafotidan so'ng o'zi xohlamagan Shodmon polvonga turmushga chiqadi.Oradan to'rt yil o'tib inqilob boshlanadi, shu orada turmush o'rtog'i vafot etadi. Rahima uchta bolasi bilan beva qoladi . U el qatori kolxozga kiradi va uning faol a'zosiga aylanadi . "Qizillar kelyapti" degan ovoza tarqalib, odamlar bilan tog'ga qochadi. Kichik farzandi tog'da ochlikdan o'lib ketadi.

Yillar o'tdi... Endi urush boshlandi . Yolg'iz o'g'li Abdurahim frontga ketdi. Bir yil o'tib o'g'lidan qoraxat keladi, kelini ikki bolasini ham Rahima opaga tashlab chiqib ketadi.Urush ham tugadi. Umrning shunday bir pallasi kiradi : barcha g'am- alamlar, o'rtanishlar, iztiroblarning o'rni bitadi. Bitmaydigan yara yo'q. Rahima buvi endi nevaralariga qarar, ularga o'tmishdan ertaklar aytib berar, uning butun hayoti ham ertakka o'xshardi. Lekin suronli yillar o'z ta'sirini o'tkazadi. Umr poyonida ayolning esdan chiqaradigan odati paydo bo'ldi- xotirasini yo'qotdi. Ayol hayotda ro'shnolik ko'rmadi. Aslida, Rahima buvi kechirgan iztiroblarni, qiyinchiliklarni ta'riflashga va umuman so'zlarga sig'dirib bo'larmikin? So'z ojiz. Lekin tabiatning adolatini

qarangki, umr so'ngida ayolning xotirasi tiklanadi va hayotdan rozi bo'lib ko'z yumadi. Frans Fafka aytganidek "Xayotning ma'nosi shundaki, uning oxiri bor".

Har qanday asar hajman kichik yoki katta bo'lishidan qat'iy nazar mukammal xarakterlari , xotiraga muhrlanib qoladigan betakror epizodlari bilan adabiyot maydonida voqea bo'ladi, ya'ni umrboqiylik maqomiga erishadi. Shukur Xolmirzayev ana shunday maqomga erishgan hikoyalaridan biri " Tanholik" dir. Hikoyada bashariyat murabbiylaridan biri, "o'n to'qqizinchi asrning eng murakkab shaxslaridan biri" L.N. Tolstoy haqida. Asarda ulug' adibning umr so'ngidagi alamli o'ylari, iztiroblari, falsafasi-yu donishmandligi mohirona tasvirlangan. Inson shaxsi uning taniga emas, ruhiyatiga taalluqlidir. Hikoyani o'qib Shukur Xolmirzayev va Tolstoy o'rtasida ruhiy yaqinlikni ko'rish mumkin. Adabiyotshunos Normat Yo'ldoshev aytganidek, Shukur Xolmirzayev ham shaxsiyati butun ijodkor edi.

Adabiyotlar:

1. Sh. Xolmirzayev " Saylanma" Toshkent. Ma'naviyat nashriyoti 2003 yil.

2. N. Erkayeva. " Shukur Xolmirzayev haqida" Toshkent. Ma'naviyat nashriyoti 2001 yil.

3. Mirziyoyev. Sh.M.. "Erkin va farovon demokratik O'zbekiston Davlatini birgalikda barpo etamiz" -T.: "O'zbekiston" 2016-y 56-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.