Научная статья на тему 'SHISHA IDISHLARDAN FOYDALANИISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH'

SHISHA IDISHLARDAN FOYDALANИISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
13
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shisha / rang beruvchi oksidlar / tabiiy kvarts / glinozem / dala shpati / Glass / coloring oxides / natural quartz / glynozem / field veneer

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Jorabaeva N.K., Quvondiqova D.I.

Shisha maxsulotlari har qanday kimyoviy holatga chidamli boʻlib, chirimaydi, zanglamaydi, har qanday agressiya holatga chidamli. Uning bunday kimyoviy turgʻunligi chiqindi sifatida tashlab yuborilgan har qanday shisha sinig’i 1000 yillab oz xususiyatini yuqotmasligi bizdan kiyingi avlodga, tabiatni qanday xolatda tashlab ketayotganligimizdan dalolat beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE EFFICIENCY OF THE USE OF GLASSWARE

Glass products are resistant to any chemical condition, do not rot, do not rust, are resistant to any aggressive condition. The fact that any glass fracture, in which such a chemical stagnation of it was discarded as waste, does not infect its character for 1000 years, testifies to the generation we wear, how we are abandoning nature.

Текст научной работы на тему «SHISHA IDISHLARDAN FOYDALANИISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH»

Jorabaeva N.K.

Muxtar Auezov nomli Qozog'iston universiteti katta

o qituvchisi Quvondiqova D.I.

Jizzax politexnika instituti assistenti

SHISHA IDISHLARDAN FOYDALANHISH SAMARADORLIGINI

OSHIRISH

Annotatsiya. Shisha maxsulotlari har qanday kimyoviy holatga chidamli bo 'lib, chirimaydi, zanglamaydi, har qanday agressiya holatga chidamli. Uning bunday kimyoviy turg'unligi chiqindi sifatida tashlab yuborilgan har qanday shisha sinig'i 1000 yillab oz xususiyatini yuqotmasligi bizdan kiyingi avlodga, tabiatni qanday xolatda tashlab ketayotganligimizdan dalolat beradi.

Kalit so'zlar. Shisha, rang beruvchi oksidlar, tabiiy kvarts, glinozem, dala

shpati

Jorabaeva N.K.

Senior Lecturer of Mukhtar Auezov Kazakhistan University

D.I.Quvondikova Assistant Professor of Jizzakh Polytechnic institute

IMPROVING THE EFFICIENCY OF THE USE OF GLASSWARE

Annotation. Glass products are resistant to any chemical condition, do not rot, do not rust, are resistant to any aggressive condition. The fact that any glass fracture, in which such a chemical stagnation of it was discarded as waste, does not infect its character for 1000 years, testifies to the generation we wear, how we are abandoning nature.

Keywords. Glass, coloring oxides, natural quartz, glynozem, field veneer

Hozirgi texnika - texnologiyalar va kimyo sanoati jadal rivojlanayotgan bir paytda yangi maxsulotlar ishlab chiqarish o'zining afzalliklari bilan shisha maxsulotlaridan ustunligini ko'rsatmoqda. Ishlab chiqarishning boshqa soxalari bilan birgalikda suyuq maxsulotlarni qadoqlash va saqlash jarayonlari ham katta yutuqlarga erishilmoqda.

Bular jumlasiga plastik, qog'oz, alyumin idishlar misol bo'lishi mumkin. Ular o'zining ijobiy tomonlarini ko'rsatdi, asrlar mobaynida foydalanib kelinayotgan, ekologik toza o'zidan hech qanday zaharli moddalar chiqarmaydigan, qayta ishlash jarayoni iqtisodiy samarador bo'lgan shisha idishlarni ishlab chiqarishdan siqib chiqarish holatlari kuzatilmoqda.

мЭкономнка h соцнумм №11(126)-1 2024

www.iupr.ru

215

Shisha - ekologik toza, tabiiy xom ashyolar shixtasini (xom ashyolarning optimal aralashmasi) 1500-1600oC da eritib, eritilgani qoliblarda qoliblash usulida olingan maxsulotlarga aytiladi. Undan nafaqat oziq - ovqat sanoati balki meditsina, kimyo sanoati, qishloq xo'jaligi va boshqa ko'plab tarmoqlarda sifatli va ekologik toza xom ashyo sifatida foydalanilsa bo'ladi.

Uning asosiy xom ashyolari jumlasiga tabiiy kvarts SiO2, glinozem Al2O3, dala shpati Fe2O3 va sodalar bo'lib ular shisha tarkibidagi kimyoviy elementlarni tarkibini tashkil etadi.

Shishaning asosiy kimyoviy tarkibida SiO2 -72, Al2O3 -2, Fe2O3 -0.2 % dan ko'p bo'lmagan xolda, K2O ±2 %ni tashkil etgan xolda ular shishaga kerakli bo'lgan fizik - mexanik xossalarni beradi. Shisha idishlarga rang berish maqsadida ularning tarkibiga har xil rang beruvchi oksidlar qo'shiladi. Masalan, sut rangli shisha uchun 3 foiz bariy oksidi (B2O3), malla rang uchun 12 foiz rux oksidi (Zn2O) va boshqa moddalar qo'shiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 2-fevral kuni chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va hududlardagi ekologik holatni yaxshilash, "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish bo 'yicha 2022-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig'ilishida maishiy chiqindi to 'plash qamrovini 95 %ga, qayta ishlash hajmini 40 %ga yetkazish vazifasi qo 'yilgan.

Katta xarajatlar evaziga tayyorlangan shisha idishlarning xozirgi kundagi ahvoli qanday, ularni ishlatish qanday xolatda, ularning keyingi ahvoli nima bilan tugamoqda? Bu savollarga javob hozirgi kundagi o'ta achinarli bo'lib, atrof muhitga katta zarar yetkazmoqda. Shisha maxsulotlari har qanday kimyoviy holatga chidamli bo'lib, chirimaydi, zanglamaydi, har qanday agressiya holatga chidamli. Uning bunday kimyoviy turg'unligi chiqindi sifatida tashlab yuborilgan har qanday shisha sinig'i 1000 yillab o'z xususiyatini yuqotmasligi bizdan kiyingi avlodga, tabiatni qanday xolatda tashlab ketayotganligimizdan dalolat beradi. Bu turdagi chiqindilar tuproq ostida va ustida xatto plastik va alyumin mahsulotlardan ham ko'p yillar davomida chiriydi. Plastik mahsulotlar va alyumin mahsulotlariga - 500 yil kerak.

Har bir uyning uy bekalari biz bilan sizga qish mavsumi uchun mazzali konserva maxsulotlari shisha idishlarda, bankalarda tayyorlab, tabiiy vitaminli maxsulotlar kamligida dasturxonimizni tayyorlagan konservasi bilan siylashadi va mazzali tayyorlagan shirinligi bilan g'ururlanib shisha bankalarni bir necha o'n yillab qayta foydalanishadi.

Uy bekalarimiz o'z shisha bankalaridan va idishlaridan bir necha marotaba qayta foydalanayotgan bir paytda, katta ishlab chiqarish tashkilotlarimiz o'zining firma tamg'asi tushurilgan shisha idishlaridan qaytadan foydalanmasliklari kerak! Har bir chiqindixonada, uylarda, bog'larda, suv xavzalarida, tog'larda va boshqa jamoat joylarda shisha idishlar, ularning chiqindi siniqlari shahar va qishloq tabiati xusnini buzib kelmoqda. Hayvonlar va insonlarning sog'lig'iga salbiy ta'sir etib, ularni ishga yaroqsizlik holiga keltirib jaroxat yetkazmoqda. Bular esa o'z

'^KOHOMHKa h ^HyMM №11(126)-1 2024

www.iupr.ru

216

navbatida tabiatning jonli va jonsiz ne'matlari va jamiytimizning mehnat resurslarining kamayishi olib keladi. Ba'zi hollarda esa hozirgi katta ekologik muommolarga aylanayotgan chiqindilar turiga kirib qolmoqda. Bu esa yuqorida aytilganidek tabiatda tashqi muhit ta'siri ostida ham ko'plab yillar davomida chirimaydigan va uzoq yillar davomida ona tabiatimizga, tuproqqa o'z zararini keltiradigan manbaga aylanmoqda va ishlab chiqarish samaradorligini pasayishiga, ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiyotimizga o'z ta'sirini o'tkazadi.

Yuqorida keltirilganlardan kerakli xulosa chiqarib, shisha idishlardan foydalanayotgan yoshu-qarilar shisha idishlardan foydalangandan so'ng, ularni butunligini buzmasdan, belgilangan joylarga tashlash kerakligini esda tutishlari, mutasaddi tashkilotlar, ishlab chiqarish tashkilotlari esa shisha idishlarni aholidan yig'ib olish va ulardan qayta foydalanish chora tadbirlarini ishlab chiqish fursati kelganligini anglab yetishlari kerakligini bildirmoqda. Qayta foydalanishga yaroqsiz shisha buyumlarini qayta ishlab chiqarish chora tadbirlari tuzish, olimlar va tadbirkorlar oldiga ulardan foydalanish yo'llarini taklif etishni so'rash kerak bo'ladi deb o'ylaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Amindjanova M., Sayko E., Keramika, steklo i farfor v Sredney Azii, T., 1968;

2. Artamonova M.V., Aslanova M.S., Bujinskiy I. M. i dr., Ximicheskaya texnologiya stekla i sitallov, M., 1983;

3. Abdurazakov A. A., Bezborodov M.A., Srednevekovme stekla Sredney Azii, T., 1966.

4. I.X.Ayubova M.N.Musayev I.A.Jamgaryan "Atrof muhit sifat analizi va monitoringi" Toshkent-2011 y

5. Израел. Ю. А. Экология и контрол состояния природной среда L., Gidrometeoizdat, 1994.

"Экономика и социум" №11(126)-1 2024

www.iupr.ru

217

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.