Научная статья на тему 'SHE’RIY MATNDA QO’LLANGAN METAFORIK BIRLIKLARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI ( Iqbol Mirzo she’rlari misolida )'

SHE’RIY MATNDA QO’LLANGAN METAFORIK BIRLIKLARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI ( Iqbol Mirzo she’rlari misolida ) Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
450
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
metafora / tasvir vositasi / uslub / differensial tahlil metodi / shakliy o‘xshashlik / belgi o‘xs hashligi / harakat o‘xshashligi . / метафора / средство изображения / м етод дифференциального анализа / сходство фигуры / сходство символа / сходство движения.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Kabuljonova Gulbahor Komiljonovna, Yoqubboyeva Shoxista To’raxon Qizi

Mazkur maqolada O’zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo qalamiga mansub ”Ko’nglingda nima bor, bilmayman” she’riy turkumida qo’llangan metaforalarning hosil bo’lish usullari haqida fikr yuritilgan bo’lib, unda muallif she’rlarida qo’llangan metaforik birliklarning o’zaro farqli ma’noviy va shakliy xususiyatlari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

МЕТОДОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА МЕТАФОРИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ, ИСПОЛЬЗУЕМЫХ В ПОЭТИЧЕСКОМ ТЕКСТЕ (на примере стихотворений Икбал Мирзы)

в данной статье приведены способы формирования метафоры использованные в поэтическом цикле народного поэта Узбекистана Икбала Мирзо " Ч то в твоем сердце, не знаю" и сгруппированы по признаку. В статье использован метод дифференциального анализа, при котором метафорические единицы, используемые в стихотворении, анализируются по их взаимодифференцированным смысловым и формообразующим признакам.

Текст научной работы на тему «SHE’RIY MATNDA QO’LLANGAN METAFORIK BIRLIKLARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI ( Iqbol Mirzo she’rlari misolida )»

| VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (4.597) | UIF (8.3)

SHE'RIY MATNDA QO'LLANGAN METAFORIK BIRLIKLARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI (Iqbol Mirzo she'rlari misolida) Kabuljonova Gulbahor Komiljonovna

Andijon davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Yoqubboyeva Shoxista To'raxon qizi

Andijon davlat universiteti filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi [email protected] +998994060312 https://doi.org/10.5281/zenodo. 7454771 Anotatsiya: Mazkur maqolada O'zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo qalamiga mansub "Ko 'nglingda nima bor, bilmayman " she 'riy turkumida qo 'llangan metaforalarning hosil bo 'lish usullari haqida fikr yuritilgan bo 'lib, unda muallif she 'rlarida qo 'llangan metaforik birliklarning o 'zaro farqli ma 'noviy va shakliy xususiyatlari tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: metafora, tasvir vositasi, uslub, differensial tahlil metodi, shakliy o 'xshashlik, belgi o 'xshashligi, harakat o 'xshashligi.

МЕТОДОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА МЕТАФОРИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ, ИСПОЛЬЗУЕМЫХ В ПОЭТИЧЕСКОМ ТЕКСТЕ (на примере стихотворений Икбал Мирзы) Аннотация: в данной статье приведены способы формирования метафоры использованные в поэтическом цикле народного поэта Узбекистана Икбала Мирзо "Что в твоем сердце, не знаю" и сгруппированы по признаку. В статье использован метод дифференциального анализа, при котором метафорические единицы, используемые в стихотворении, анализируются по их взаимодифференцированным смысловым и формообразующим признакам.

Ключевые слова: метафора, средство изображения, метод дифференциального анализа, сходство фигуры, сходство символа, сходство движения.

METHODOLOGICAL CHARACTERISTICS OF METAPHORICAL UNITS USED IN POETIC TEXT (as an example of Iqbal Mirza's poems) Annotation: in this article, the metaphors used in the series ofpoems of the People's Poet of Uzbekistan Ikbala Mirzo "I do not know what is in your heart" are divided into groups according to the methods and symbols of their formation. The article used the method of differential analysis, in which the metaphorical units used in the poem were analyzed according to their distinctive spiritual andformal features.

Keywords: metaphor, image tool, style, differential analysis method, formal similarity, character similarity, action similiarity.

KIRISH

Metafora badiiy tasvir vositalaridan eng keng qo'llanadigani bo'lib, har qanday asar (hatto ilmiy)ni metaforik ma'nosiz tasavvur etib bo'lmaydi. Shuning uchun ham D.S.Xudoyberganova metaforalarni matnda muhim kognitiv-semantik ahamiyat kasb etish bilan birga, til egalarining milliy-madaniy tafakkuriga xos jihatlarni namoyon etuvchi hodisa sifatida baholaydi va o'xshatish hamda metaforalar asosiga qurilgan matnlarning muayyan tilda qoliplashgan matn shakllarini aniqlash imkoniyatini berishini ta'kidlaydi. Shuningdek,olima ularni matnning pretsedent

j VOLUME 1 j ISSUE 3 j 2022 ResearchBip (14) j Google Scholar j SJIF (4.597) j UIF (8.3)

shakllari sifatida baholaydi1 hamda kognitiv metaforalarning so'z, so'z birikmasi, gap va mikromatn shaklidagi metaforalarga2 ajratilishini qayd etadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'zbek tilida poetik nutq leksikasini tadqiq etgan B.Umurqulov metaforalar borasida alohida to'xtaladi hamda tilshunoslar: M.Mirzayev, S.Usmonov, I.Rasulov, R.Qo'ng'urov, A.N.Kojin, K.A.Dolininning izohlariga3 qo'shimcha tarzda, hozirgi o'zbek poeziyasida uchraydigan poetik metaforalarni ikkiga bo'lib ko'rsatadi va ushbu guruhlarni:

1)umumpoetik metaforalar;

2)individual metaforalar deb nomlaydi.

Metafora so'zning ma'no qirralarini namoyon qiluvchi muhim vosita sifatida tilda ilgari mavjud bo'lgan nomning yangi ma'no ifodalash uchun qo'llanishida nominatsiya vazifasinigina bajarmasdan, tinglovchiga ta'sir etish (ekspressiv) vazifasini ham bajaradi va tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytiradi.

Ana shu ma'noda olib qaraladigan bo'lsa, she'riy matnning hissiy-tasirchanligini oshirishda metaforik ifoda yuqori darajadagi uslubiy vosita ekanligi namoyon bo'ladi.

O'zbek xalqining sevimli shoiri Iqbol Mirzo she'riyatini kuzatar ekanmiz, unda ona tilmizning boy, betakror lisoniy xususiyatlari go'zal misralarda jilolanganligiga guvoh bo'lamiz. Xususan, shoir ijodida qo'llangan metaforik ma'nolar bunga yorqin dalil bo'ladi.

Iqbol Mirzo she'riyatida metaforik ma'no turli ko'rinishda namoyon bo'ladiki, bu ijodkorning tafakkur doirasi kengligini, xalqimizning urf-odatlari, qadriyatlaridan yaxshigina xabardor ekanligini ko'rsatadi. Metafora juda keng miqyosli hodisa bo'lib, metaforik qo'llangan so'z sintaktik-stilistik chegaralarni bilmaydi. Iqbol Mirzo she'riyatida qo'llangan metaforalar tanlanishiga ko'ra matn mazmuniga to'la mos keladi, obrazlilik, jozibadorlik, ta'sirchanlik va ohangdorlik kabi xususiyatlarini o'zida namoyon etadi. Metaforalar kitobxonni lirik qahramonning ichki olami, his-tuyg'ulari, quvonch-u umidlari bilan tanishtiradi, uni ham o'z og'ushiga chorlaydi, o'ylashga majbur qiladi, shu bilan birga, unga cheksiz zavq bag'ishlaydi.

TADQIQOT NATIJALARI

Iqbol Mirzo ijodida qo'llangan metaforalar badiiy pardoz bo'libgina qolmay, shoirning ijodiy tafakkuri, til birliklaridan foydalanish mahorati to'g'risida ham ma'lumot beradi. Shoir tilimizdagi mavjud metaforalardan foydalanish barobarida o'zi ham original, yangi metaforalar yaratadi. Iqbol Mirzoning "Ko'nglingda nima bor, bilmayman" she'riy to'plamidan joy olgan ayrim she'rlarida qo'llangan metaforik tasvir ifodalarini quyidagi mezonlar asosida tahlil qilish mumkin.

1. Bir narsaning nomi boshqa bir narsaga shakliy o'xshashlik asosida ko'chirilgan metaforik ifoda:

Afsuski, shabboda sudragan xasman,

Kiyim o 'zimga tan, o 'zim sarmastman,

1 Хyдaйбергaновa Д.С. Узбек тилидаги бадиий матнларнинг антропоцентрик тал^ини. Докторлик диссертация« автореферати. -Тошкент, 2015. -Б.18.

2 Хyдойбергaновa Д. Матннинг мaзмyний таркибида метафоралар.// Узбек тили ва адабиёти. 2012, №3.

3Умуркулов Б. Поэтик нутк; лексикаси. - Тошкент: Фан, 1990.

| VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (4.597) | UIF (8.3)

Ko 'changizdan qaytib kuylab o 'tmasman,

Azal menga shuni bitgan, afsuski (13-bet).

Shoir ushbu misralarda o'zini bir "shabboda sudragan xas"ga o'xshatadi. Xas, bilamizki, shox-shabba va quruq cho'plarni anglatadi. Ana shu quruq cho'plar, shox-shabbalar shamolda uchib ketadi. Muallif shamol so'zining o'rnida shabboda so'zini qo'llash orqali badiiy tasvirning bo'yoqdorligini, poetikligini yanada oshirgan. Shamol, shabboda sinonimlari uslubiy jihatdan farqlanadi. Oshiqning bir xasdek xolati mazmunan mubolag'ali metaforani hosil qilgan. "Sudramoq" leksemasi esa oshiqning zabun holatini yanada bo'rttirishga, sevgi istiroblarini o'quvchi ko'z o'ngida yorqin gavdalantirishga xizmat qilgan. Mazkur she'riy matn parchasida shakliy o'xshashlikka asoslangan ko'chim turi yuzaga kelgan.

2.Bir narsaga xos belgining nomi boshqa bir narsaga ko'chiriladi.

Ko 'z qorasi - yurakdagi dog 'lardan,

Soch qirovi o 'tli-o 'tli ohlardan.

Men do 'stimni alqab so 'z aytay desam,

Alpomishlar bo 'zlab chiqar chohlardan (10-bet).

Bilamizki, yosh o'tgan sari odamning sochlariga oq oralaydi, xuddi shu holat, ya'ni sochlarga oq tushishi esa rang belgisi jihatidan qirovga o'xshatilgan. Qirov esa havo ochiq, sokin tunlarda tuproq, o't va yerdagi narsalar ustida hosil bo'ladigan oppoq muz kristallari hisoblanadi. Ya'ni, Soch qirovi o 'tli-o 'tli ohlardan misrasida ifodalangan ko'chma ma'no belgiga asoslangan metaforik ma'no bo'lsa-da, aslida, bu belgining zamirida insonning qalb kechinmalari, hayot tashvishlari muhrlanganligi ham qo'shimcha planda anglashilib turadi.

3. Bir narsaga xos harakatning nomi boshqa bir narsa harakatiga ko'chiriladi.

Chorasizlik shu-da, bechoralik shu:

Tushingga izlaysan ta 'bir va ma 'ni.

Ammo tushga kirmas - senga qorong 'u

Ichingda qanday dard pishayotgani (11-bet).

MUHOKAMA

Pishmoq so'zining asl ma'nosiga e'tibor bersak, unda ovqat yoki biror taomning tayyorlanishi yoki tayyorlash jarayoni ma'nosi nazarda tutiladi. "Dard pishmoq" metaforik birikmasi esa ko'chma ma'noda qo'llangan bo'lib, inson ruhiy olamiga xos o'y-xayollar, tuyg'ular va turli holatlarni ifodalab kelgan. Hayotda oldinda bizni nimalar kutib turganligini, qanday voqea-hodisalar sodir bo'lishini bilmaymiz, albatta. Yuqorida berilgan misralarda, ana shu holatni shoir "dardpishayotgani" birikmasini qo'llash orqali original metaforik ma'noni ifodalashga erishgan. Natijada, ovqat yoki taomga nisbatan qo'llaniladigan pishmoq leksemasi dard leksemasi bilan sintaktik aloqaga kirishib metaforik ifodani hosil qilgan.

Yuqorida keltirib o'tilgan metaforalarning birinchi va ikkinchisi badiiy adabiyotlarda uchratish mumkin bo'lgan an 'anaviy metaforalar bo'lsa, uchinchisi esa individual, muallifga xos metafora hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, metaforik ifoda antik davrlardan buyon san'at darajasida o'rganilib kelinayotgan bo'lishiga qaramay, xanuz uning mohiyat-mazmuni ko'plab ilmiy tadqiqotlar uchun muhim obyekt vazifasini o'tamab kelmoqda, desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Metaforik ifoda juda murakkab va serqirra tasvir vositasi sifatida har qanday uslub va matnda keng qo'llanish

XULOSA

| VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (4.597) | UIF (8.3)

imkoniyatiga ega. Ayniqsa, she'riy matnda metaforik ma'no yanada bo'rttirilgan holda, ijodkor kechinmalarining "jon tomirida" yugurib yuruvchi sehrli kuchga aylanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Худoйберганова Д.С. Узбек тилидаги бадиий матнларнинг антропоцентрик талкини. Докторлик диссертацияси автореферати. -Тошкент, 2015.

2. Худойберганова Д. Матннинг мазмуний таркибида метафоралар.// Узбек тили ва адабиёти. 2012, №3.

3. Умуркулов Б. Поэтик нут; лексикаси. - Тошкент: Фан, 1990.

4. Кабулжонова Г. Метафоранинг системавий лингвистик талкини: Филол. фан. ном. дисс. ... автореф. Тошкент, 2000.

5. Iqbol Mirzo. Ko'nglingda nima bor, bilmayman. - Toshkent: Sharq, 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.