Научная статья на тему 'SHAXTALARDA ISHCHILAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH TIZIMLARI SAMARADORLIGINI BAHOLASH MEZONLARI TAHLILI'

SHAXTALARDA ISHCHILAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH TIZIMLARI SAMARADORLIGINI BAHOLASH MEZONLARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
24
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xavfsizlik tizimlari / potensial tahdidlar / tizim ishonchliligi / xatarlar tahlili / favqulotda rejalar / kompyuterli modellashtirish / immitatsiyali modellashtirish / markaziy boshqaruv tizimi / standart protokollar / системы безопасности / потенциальные угрозы / надежность системы / анализ рисков / планы действий в чрезвычайных ситуациях / компьютерное моделирование / имитационное моделирование / централизованная система управления / стандартные протоколы

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ilyos Kalandarov, Alisher Xojiev

Ushbu maqolada yer osti tog‘-kon ishlarini amalga oshirishda foydalaniladigan xavfsizlik tizimlari samaradorligini baholashning asosiy mezonlari va usullari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda xavf-xatarlarni tahlil qilish, xavfsizlik tizimlarining iqtisodiy samaradorligi va ijtimoiy jihatlari haqida so‘z boradi. Tahlillar asosida mavjud yondashuvlarni takomillashtirish va shaxtalardaqazib olish jarayonlarida xodimlar xavfsizligini oshirish bo‘yicha yangi yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье рассматриваются основные критерии и методы оценки эффективности систем безопасности, используемых при осуществлении подземных горных работ. Исследование посвящено анализу рисков, экономической эффективности и социальным аспектам систем безопасности. На основе проведенного анализа вносятся предложения по совершенствованию существующих подходов и разработке новых решений для повышения безопасности сотрудников при проведении горных работ на подземных месторождениях.

Текст научной работы на тему «SHAXTALARDA ISHCHILAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH TIZIMLARI SAMARADORLIGINI BAHOLASH MEZONLARI TAHLILI»

DOI: 10.24412/2181 -144X-2024-3-57-61

Kalandarov I.I., Xojiev A.M.

SHAXTALARDA ISHCHILAR XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH TIZIMLARI SAMARADORLIGINI BAHOLASH MEZONLARI TAHLILI

Ilyos KalandaroV1 [0000-0001 -8573-9098], AliSher XojieV2[0009-0009-0053-8365]

1Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, "Avtomatlashtirish va boshqaruv" kafedrasi propfessori

v.b., texnika fanlari doktori (DSc.) 2Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi tashkiliy boshqarma boshlig'ining o'rinbosari.

Annotatsiya. Ushbu maqolada yer osti tog'-kon ishlarini amalga oshirishda foydalaniladigan xavfsizlik tizimlari samaradorligini baholashning asosiy mezonlari va usullari ko'rib chiqilgan. Tadqiqotda xavf-xatarlarni tahlil qilish, xavfsizlik tizimlarining iqtisodiy samaradorligi va ijtimoiy jihatlari haqida so'z boradi. Tahlillar asosida mavjud yondashuvlarni takomillashtirish va shaxtalardaqazib olish jarayonlarida xodimlar xavfsizligini oshirish bo'yicha yangi yechimlarni ishlab chiqish bo'yicha takliflar beriladi.

Kalit so'zlar: xavfsizlik tizimlari, potensial tahdidlar, tizim ishonchliligi, xatarlar tahlili, favqulotda rejalar, kompyuterli modellashtirish, immitatsiyali modellashtirish, markaziy boshqaruv tizimi, standart protokollar.

Аннотация. В данной статье рассматриваются основные критерии и методы оценки эффективности систем безопасности, используемых при осуществлении подземных горных работ. Исследование посвящено анализу рисков, экономической эффективности и социальным аспектам систем безопасности. На основе проведенного анализа вносятся предложения по совершенствованию существующих подходов и разработке новых решений для повышения безопасности сотрудников при проведении горных работ на подземных месторождениях. Ключевые слова: системы безопасности, потенциальные угрозы, надежность системы, анализ рисков, планы действий в чрезвычайных ситуациях, компьютерное моделирование, имитационное моделирование, централизованная система управления, стандартные протоколы.

Annotation. This article discusses the main criteria and methods for evaluating the effectiveness of safety systems used in underground mining operations. The research is devoted to the analysis of risks, economic efficiency and social aspects of security systems. Based on the analysis, proposals are made to improve existing approaches and develop new solutions to improve the safety of emploees during mining operations in underground deposits.

Keywords: security systems, potential threats, system reliability, risk analysis, contingency plans, computer modeling, simulation modeling, centralized management system, standard protocols.

Kirish

Shaxtalarda ishchilar xavfsizligini ta'minlash masalasi murakkab va ko'p qirrali jarayon bo'lib, bugungi kunda mehnat xavfsizligini oshirish uchun zamonaviy yondashuvlarni joriy etish dolzarb vazifalardan biri bo'lib qolmoqda. Yer osti shaxtalarida faoliyat olib boruvchi ishchilar har doim yuqori darajadagi xavfga duch keladilar, bu jarayonda turli texnogen omillar va tabiiy xavflar mavjud bo'lib, ular ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog'liqdir. Shaxtalarda xavfsizlik tizimlarining samaradorligini oshirish va ularning aniqlash mezonlarini baholash muhim hisoblanadi, chunki bu tizimlar shaxtada faoliyat olib borayotgan ishchilarning hayoti va sog'lig'ini himoya qilishga qaratilgan.

Hozirgi kunda shaxtalarda xavfsizlikni ta'minlashda ko'plab avtomatlashtirilgan tizimlar qo'llanilmoqda, ular havo sifati monitoringi, gaz konsentratsiyasini aniqlash, ishchilarning harakatini kuzatish, favqulodda vaziyatlarda signalizatsiya va boshqa xavfsizlik jarayonlarini nazorat qiladi. Bunday tizimlarning samaradorligini baholash uchun ularning turli mezonlari tahlil qilinishi kerak. Bunda ishchilarning xavfsizlik darajasi, tizimlarning ishonchliligi, aniqligi va texnik xizmat ko'rsatish jarayonlari muhim ahamiyat kasb etadi.

нм-уч-ил :ы4кг*0№ля

Mazkur ilmiy maqolada shaxtalarda ishchilar xavfsizligini ta'minlash tizimlarining samaradorligini baholash mezonlari va ularni takomillashtirish usullari haqida batafsil tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — xavfsizlik tizimlarini baholashning aniq mezonlarini ishlab chiqish va ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Uslubiyatlar

Shaxtalarda qazib olish ishlari jarayonida xodimlar xavfsizligi tog'-kon sanoati korxonalari oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Yer osti kon ishlarida ko'chkilar, portlatishlar va gaz sizib chiqishi kabi xavflarni oshishi bilan bog'liq jarayon bo'lib, bu esa o'z navbatida integratsiyalashgan xavfsizlik tizimlarini joriy qilishni talab qiladi. Ushbu maqolaning maqsadi shaxtalardaishlatiladigan xavfsizlik tizimlarining samaradorligini baholashning mavjud mezonlari va usullarini qisqacha tahlil qilish, shuningdek ularni takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar berishdan iborat. Shaxtalardaqazib olish ishlari vaqtida vujudga keladigan xavf-xatarlarning qisqacha izohi 1-rasmda ko'rsatib o'tilgan.

1-rasm. Shaxtalarda qazish jarayonlaridagi xavf-xatarlar.

Shaxtalarda transport vositalaridan foydalanish jarayonida turli mexanik xavflar jumladan, yuklarning to'liq muvozanatda emasligi yoki noto'g'ri joylashtirilganligi sababli yuzaga keladigan favbiulotda xavflar.

Shaxta ishlari - mehnat sharoitlari cheklangan va yopiq muhitda uzoq vaqt bo'lishni talab qiladi. Bu esa o'z navbatida klaustrofobiyaga yoki ishchilarning ruhiy xasta bo'lishlariga moyillikni oshiradi.

Shaxtalard aqazib olish ishlari davomida turli kimyoviy moddalar jumladan, metan, karbon dioksidi, serovodorod va boshqa toksik gazlar va bug'lar chiqishi kuzatiladi. Bu moddalar nafas olish tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatib, ishchilar uchun zaharlanish xavfini oshiradi.

Shaxtalarda qazib olish ishlari davomida lahm devorlari va tomlari o'pirilish yoki qulash xavfi bor. Xavflar tektonik faoliyat, konstruksiyaning noto'g'ri o'rnatilganligi, yer qatlami ustki qismida kuchlanishlar yoki kon bosimi natijasida yuzaga kelishi mumkin. O'pirilishilar ishchilarning jarohatlanishi yoki halok bo'lishiga sabab bo'ladi.

Shaxtalarda portlatish ishlari olib borilganda, noprofessional tayyorgarlik yoki portlatish vositalarining noto'g'ri qo'llanishi natijasida yuzaga keladigan favqulotda xavflar.

Google

^ libpary.ru

' COPERNtCUS

S2>

Shaxtalarda qazib olish ishlari jarayonida chang, gazlar (masalan, metan, uglerod dioksidi) va boshqa zararli chiqindilar atmosferaga chiqariladi. Chiqindilar havo sifatiga va atrof-muhitga salbiy ta'sir ko'rsatishi sababli yuzaga keladigan favqulotda ekalogik xavflar.

Shu o'rinda xavfsizlik tizimlarining samaradorligini baholash mezonlarini ko'rib chiqsak.

Birinchi navbatda xavfsizlik tizimi ishonchli va barqaror ishlashi lozim. Xavfsizlik tizimining samaradorligi uning har qanday sharoitda ishlash qobiliyati va xodimlarning mehnat faoliyatlari davomida xavfsiz mehnat faoliyatlari bilan mashg'ul bo'lishlarni ta'minlashi bilan belgilanadi. Tizimning ishonchliligi ularning favqulotda vaziyatlarda muammosiz ishlash qobiliyati bilan xarakterlanadi.

Keyingi vazifa tizim har qanday favqulotda va oddiy vaziyatlarga tezkorlik bilan javob berishi lozim. Xavfsizlik tizimi tahdidlarni o'z vaqtida aniqlashi va tezkor javob berishi, shu bilan birga xodimlarni favqulotda vaziyatlarda evakuatsiya qilishi va favqulodda vaziyatlarni oldini olish jarayonini samarali ishlashini ta'minlashi lozim.

Keyingi navbatda har qanday xavfsizlik tizimiga qo'yilgani kabi ushbu tizim ham iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlik bilan ishlashi lozim. Xavfsizlik tizimini joriy etish xarajatlari va uning baxtsiz hodisalarni oldini olish samaradorligiga nisbati juda muhim mezondir. BUnda to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita iqtisodiy samaradorlik hisobga olinadi.

Natijalar

Xavfsizlik tizimi nafaqat xodimlarning jismoniy himoyasini ta'minlashi, balki ularning psixologik holatini ham hisobga olishi, qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishi kerak bo'ladi. Xavfsizlik tizimlari samaradorligini baholashning bir nechta usullari mavjud, jumladan:

Xatarlarni tahlil qilish usuli: ehtimoliy xavflarni aniqlash, ularning ehtimoli va oqibatlarini baholash kabi eng keng tarqalgan usullardan biri bo'lib, sifatli va miqdoriy tahlil qilish usullarini o'z ichiga oladi;

Himoya strategiyalari

Xavflarni aniqlash va baholash

Himoya strategiyasini ishlab chiqish

Favqulodda holat rejalari

Xavfsizlik tizimini boshqarish

Xavflarni boshqarish choralari

Xavfsizlik ekspertlari

t

Axborot xavfsizligi vositalari

2-rasm. Xavfsizlik tizimi uchun foydalanilgan modelning funksional ko'rinishi.

Favqulotda rejalar usuli: turli xil favqulodda vaziyatlarda ssenariylar tuzish orqali xavfsizlik tiziminig xatti-harakatlarini baholash uchun ishlatiladi. Ushbu usul tizimning turli xil tahdidlarga javoblarini immitatsiya qilishi va tahlil qilish imkonini beradi;

Kompyuterli modellashtirish va immitatsion modellashtirish usuli: xavfsizlik tizimining raqamli modelini yaratishga va uning xatti-harakatlarini turli sharoitlarda taqlid qilishga imkon

Google

^ libpary.ru

' COPERNtCUS

S2>

beradi. Bu esa o'z navbatida samaradorlikni baholash va sodir bo'lishi mumkin bo'lgan kamchiliklarni aniqlash imkonini beradi.

Xavfsizlik tizimining funksional diagrammasi asosiy jarayonlarni, tizim elementlarini o'zaro ta'sirini, shuningdek nazorat va boshqarish usullarini taqdim etishga imkon beradi. Xavfsizlik tizimi uchun foydalanilgan model (2-rasm) monitoring, boshqarish va javob berish funksional bloklariga bo'linadi.

Xulosa

Shaxtalardaqazib olish jarayonida xodimlarning xavfsizligini ta'minlashning samarali tizimlari zamonaviy texnologiyalar, tashkiliy chora-tadbirlar va yuqori darajadagi kadrlar tayyorlashni birlashtiradigan ko'p funksiyali tizim bo'lishi lozim. Tahlillar shuni ko'rsatdiki, xavfsizlik tizimlarining samaradorligi texnik yechimlarga, tashkiliy chora-tadbirlarga, shuningdek uzluksiz o'qitish va xodimlar malakasini oshirishga kabi kompleks yondashuvga asoslangan jarayon. Ishonchlilik, sezgirlik, iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy jihatlarni hisobga olish bunday tizimlarni baholashning asosiy mezoni bo'lib qoladi.

Xavfsizlik tizimlarini takomillashtirish bo'yicha qo'yidagi tavsiyalar mavjud: innovatsion texnologiyalarni joriy yetish, xavflarni tahlil qilish va xavfsizlikni boshqarishda sun'iy intellekt va katta ma'lumotlardan foydalanish;

kadrlar tayyorlashni kuchaytirish, xodimlarni xavfsizlikning yangi usullari va texnologiyalari bo'yicha muntazam ravishda o'qitish va malakasini oshirish;

standartlashtirilgan protokollarni ishlab chiqish, yer osti konlaridagi ob'ektlarda xavfsizlikni baholash va boshqarishning yagona standartlari va protokollarni yaratish;

ekologik jihatlarni birlashtirish, xavfsizlik tizimlarini ishlab chiqish va joriy etishda ekologik xavflarni hisobga olish.

Faqatgina kompleks yondashuv xavflarni minimallashtiradi va yer osti kon ishlari kabi murakkab va xavfli sharoitlarda xavfsiz ish sharoitlarni yaratish imkonini beradi. Funksional chizmalar, algoritmlar, dasturiy majmualar shuningdek Ta'riflangan yondashuvlar ish jarayonlarini aniqroq modellashtirish va tahlil qilishga imkon beradi, bu esa o'z navbatida potensial tahdidlarga o'z vaqtida aniqlash va ta'sir qilish imkonini berib, korxonada umumiy xavfsizlikni oshirishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

[1]. Петров, А.В. "Безопасность в горнодобывающей промышленности", М.: Недра, 2020.

[2]. Иванов, Б.П. "Методы анализа риска при подземных горных работах", Журнал "Горное дело", 2022.

[3]. Сидоров, Г.В. "Автоматизированные системы мониторинга и управления в подземных выработках." СПб: Горный университет, 2021.

[4]. Тихонов, В.И. "Компьютерное моделирование в горной промышленности." М.: Техносфера, 2019.

[5]. Захаров, Л.Н. "Социальные аспекты безопасности труда в горнодобывающей отрасли." Журнал "Промышленная безопасность", 2021.

[6]. Kalandarov, I., & Namozov, N. N. (2023). LoRa signallari yordamida yer osti kon ishlarida xodimlar harakatlanish traektoriyasini aniqlash modeli. Digital transformation and artificial intelligence, 1(4), 146-148 bet.

[7]. Kalandarov I.I., Namozov N.N. Yer osti konlarida xodimlarni xavfsizligini ta'minlash individual qurilmalaridagi signallar kechikish vaqtini aniqlash modeli // Journal of Advances in Engineering Technology. 2024. №1., 33-36 bet.

[8]. Kalandarov I., Namozov N., Bozorov B. Analyses and algorithms of personnel safety in mines using event tree and Baesian network method // E3S Web of Conf., 531 (2024) 03018, DOI: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202453103018

[9]. Kalandarov I.I., Khojiev A.M. Analysis of criteria and methods of intellectual assessment of the effectiveness of personnel safety systems // DTAI - 2024: "Digital transformation and artificial intelligence: problems, innovations and trends" I international scientific - practical conference, September 11, 2024, PP.112-114.

[10]. Kalandarov I., Khojiev A., Bozorov B., Namozov N., Shermatova Kh., Gafforov T., Abdirafiqov N. Principles of organization and implementation of automated algorithmic technological information system // Zarafshon vohasini kompleks innovatsion rivojlantirish yutuqlari, muammolari va istiqbollari v-xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari, 18-19 April, 2024, Navoi, 122-124 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.